Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Бифолак - МАГНИЙ 1,5г №30 (саше) (3925##2 481) |
UZS 64 000
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бифолак - МАГНИЙ 1,5г №30 (саше) (4525##2 517) |
UZS 64 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комплекс витаминов
Ishlab chiqarilgan mamlakat
TM BIOTACT DEUTSCHLAND (Германия)
Производитель
ООО BIOTACT
Chiqarilish shakli
Sashe
Bifolak - MAGNIY 1,5g №30 (sashe) haqida va yo'riqnoma
Tavsif
BIFOLAK MAGNIY tarkibiga kiruvchi magniy oqsillar sintezida, B guruh vitaminlarining o‘zlashtirilishida, suyaklarning shakllanishida, yurak, oshqozon-ichak trakti, asab tizimi, qalqonsimon bez oldi bezlarining sog‘lom ishlashini ta’minlashda ishtirok etadi. BIFOLAK MAGNIY tarkibidagi B6 vitamini oshqozon-ichak traktidan magniyning so‘rilishini va uning hujayralarga kirishini yaxshilaydi. Magniy bilan birgalikda B6 vitamini mushaklar spazmini kamaytiradi, asab tizimi, jigarning normal ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, yog‘lar va oqsillar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
BIFOLAK MAGNIY probiotik bakteriyalari keng doiradagi patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik faollikka ega bo‘lib, ichak mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi, organizmning himoya kuchlarini, immunitetini faollashtiradi va shu bilan oshqozon-ichak trakti faoliyatini, metabolik jarayonlarni, devor yonidagi ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Natijada magniy va V6 vitaminining so‘rilishi kuchayadi. Mikrokristallik sellyuloza organizmni ichakdagi shlaklar, zararli moddalar va mikroorganizmlardan tozalanishini ta’minlaydi, organizmni sog‘lomlashtiradi, surunkali kasalliklarning kechishini qisqartiradi va susaytiradi.
Tarkibi
1 ta sashe (=1,5 g)
Magniy sitrat (magniy manbai) 450 mg
B6 vitamini 2 mg
8 turdagi probiotik bakteriyalar (Bifidobacterium bifidum RKMUz-175, Bifidobacterium adolescentis RKMUz-109, Bifidobacterium bifidum RKMUz-108, Lactobacillus plantarum RKMUz-174a, Lactobacillus acidophilus RKMUz-212, Lactobacillus bulgaricus RKMUz-210, Propionibacterium avidum RKMUz-261, Streptococcus thermophilus RKMUz-237) > 10 mlrd KHQB
Yordamchi moddalar Fruktooligosaxaridlar (FOS) maltodekstrin, fruktoza, glyukoza; TS bo‘yicha mikrokristallik sellyuloza va boshqalar.
Qo‘llanilishi
• bolalarda qo‘zg‘algan va zo‘riqqan hissiy holatda, shu jumladan zo‘riqishni, qo‘zg‘aluvchanlikni bartaraf etish va maksimal hissiy va jismoniy bo‘shashishga erishish uchun giperaktivlikda;
• ortiqcha charchoq, stress, uyqusizlikda, asab tizimini himoya qilish, bo‘shashish, uyquga ketishni osonlashtirish uchun;
• homilador ayollarda bachadon gipertonusida homiladorlikni to‘xtatish xavfining oldini olish, bachadon va homilaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilash, homilada yurak-qon tomir, asab tizimlarini to‘g‘ri shakllantirish;
• hayz oldi sindromining salbiy ko‘rinishlarida spazmlarni kamaytirish uchun;
• kamaygan magniy miqdorini to‘ldirish uchun oral kontratseptivlarni qabul qilishda;
• metabolik buzilishlarda (qandli diabet, semizlik);
• gipomagniyemiya bilan kechadigan endokrin buzilishlarda (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi kasalliklari va boshqalar);
• yurak mushaklari qo‘zg‘aluvchanligida tomirlar tonusini pasaytirish, yurak ritmi va arterial bosimni me’yorlashtirish uchun.
Qo‘llash usuli
• 6 oygacha bo‘lgan bolalarga kuniga yarimta sashedan.
• 6 oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1 tadan sashe.
• 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1-2 ta sushi.
• 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 2 tadan sushi.
• 12 yoshdan boshlab bolalar va kattalarga kuniga 2-3 ta sashedan. Ovqatdan 1 soat keyin qo‘llaniladi.
Iste’mol qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiriladi (harorat >40°C bo‘lganda bakteriyalar nobud bo‘lishi mumkin). Hosil bo‘lgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi va bir qabulda qabul qilinadi (bolaga beriladi). Preparat bilan tayyor aralashmani keyinchalik foydalanish uchun qoldirmaslik kerak.
Kukunning suyuqlikda to‘liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy va normal jarayondir. Qabul qilish davomiyligi 10-20 kun.
Qarshi ko‘rsatmalar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Saqlash shartlari
+5°S dan +25°S gacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan ortiq bo‘lmagan sharoitda saqlang.
Yaroqlilik muddati
chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.