Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pankreatin tab. 25TB №60 (Biosintez)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Панкреатин
Страна производитель
Россия
Дозировка
25 ЕД
Производитель
Биосинтез,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Pankreatin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) pankreatin
Dori shakli
ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda pankreatin – 0,1 g (25 TB).
Yordamchi moddalar sut qandi (laktoza), jelatin, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, sellatsefat (atsetilftaliltsellyuloza), titan dioksidi, suyuq parafin (vazelin moyi), tvin-80 (polisorbat), azorubin bo‘yovchisi (kislotali qizil 2S).
Ta'rifi pushti yoki to‘q pushti rangli qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli, ikkiyoqlama qabariq shaklli tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi, ichki qavatida dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.
ATX kodi A09AA02
Farmakologiya xususiyatlari
Me'da osti bezi tashqi sekretor faoliyatining yetishmovchiligini kompensatsiyalaydi, proteolitik, amilolitik va lipolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar (lipaza, amilaza, tripsin, ximotripsan) oqsillarni aminokislotalargacha, yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalarigacha, kraxmalni dekstrin va monosaxaridlargacha parchalanishiga yordam beradi.
Me'da-ichak yo‘llarining funktsional holatini yaxshilaydi, ovqat hazm bo‘lish jarayonlarini me'yorlashtiradi.
Tripsin og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatib, me'da osti bezining rag‘batlangan sekretsiyasini ingibirlaydi.
Pankreatik fermentlar me'da shirasi ta'siridan qobiq bilan himoyalanganligi tufayli ingichka ichakning ishqoriy muhitida dori shaklidan ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
Me'da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash surunkali pakreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovistsidoz.
Meteorizm, noinfektsion genezli diareya, Remxeld sindromi (gastrokardial sindrom).
Ovqatni hazm qilishini buzilishlari (me'da va ingichka ichakni rezektsiyasidan keyingi holat); me'da-ichak yo‘llarining faoliyati me'yoriy bo‘lgan shaxslarga ovqatlanishdagi xatoliklarda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun (yog‘li ovqat, ko‘p miqdorda ovqat iste'mol qilish, nomuntazam ovqatlanish) va chaynash faoliyatini buzilishi, kam harakatli turmush tarzi, uzoq muddatli immobilizatsiya.
Qorin bo‘shlig‘i a'zolarining rentgenologik va ultratovush tekshirishlarga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin, chaynamasdan va ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbati) bilan birga qabul qilinadi.
Doza ovqat hazm bo‘lishining buzilish darajasiga ko‘ra shaxsiy ravishda aniqlanadi. Kattalarga odatda 2-4 tabletkadan sutkada 3-6 marta. Maksimal sutkalik doza – 16 tabletka. 6 yoshdan oshgan bolalarga preparat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. Doza shaxsiy ravishda aniqlanadi. Odatda 1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi bir necha kundan (parhezdagi xatolik oqibatida ovqat hazm bo‘lish jarayonini buzilishi) bir necha oygacha yoki yilgacha (doimiy o‘rinbosar davolash zarurati bo‘lganida) o‘zgarishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Kam – diareya, qabziyat, me'da sohasida diskomfort, ko‘ngil aynishi (bu reaktsiyalarni Pankreatinning ta'siri bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan, chunki ko‘rsatilgan holatlar me'da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligi belgilariga taalluqli). Uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiyani rivojlanishi mumkin. Mukovistsidozda Pankreatinning zarur dozalari oshirib yuborilgan hollarda ko‘tariluvchi chambar ichakning ileotsekal bo‘limida strikturalarning (fibrozli kolonopatiya) rivojlanishi mumkin. Pankreatin bolalarda yuqori dozalarda qo‘llanganida perianal ta'sirlanish va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini ta'sirlanishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pankreatin qo‘llanganida temir va folat kislotasini so‘rilishi kamayishi mumkin. Kaltsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qo‘llash Pankreatinning samarasini pasayishga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mukovistsidozda strikturalarning (fibroz kolonopatiyalar) rivojlanishini xavfi sababli Pankreatinni yuqori dozalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Doza iste'mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobi bilan yog‘larni so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga adekvat bo‘lishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Pankreatinni homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi yetarli o‘rganilmagan. Ona uchun foyda homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida pankreatinni qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari giperurikozuriya, giyeprurikemiya. Bolalarda – qabziyat.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 TB.
60 tabletkadan polimer bankalarda.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki polietilen bilan qoplangan qog‘ozli kontur uyali o‘ramda.
Har bir banka yoki 6 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Biosintez” OAJ, Rossiya, Penza sh.
Yuridik manzili va e'tirozlarni qabul qilish uchun manzil
“Biosintez” OAJ, Rossiya, 440033, Penza sh., Drujba ko‘ch., 4, tel/faks (8412) 57-72-49
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.