Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Amlipin tab. 5 mg/ 10 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Амлипин таб. 5мг/10мг №30 (208101201##2 043) |
UZS 100 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амлодипин, лизиноприл
Страна производитель
Турция
Дозировка
5/10 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Amlipin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) amlodipin + lizinopril
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Amlipin 5/5 mg
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg,
lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 5 mg;
yordamchi moddalar kraxmal 1500, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi opadri 03B25577 qizil (gipromelloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol).
Amlipin 5/10 mg
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg,
lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 10 mg;
yordamchi moddalar kraxmal 1500, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi opadri II 85F18422 oq (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, talk).
Amlipin 10/10 mg
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 10 mg,
lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 10 mg;
yordamchi moddalar kraxmal 1500, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi opadri 03B25577 qizil (gipromelloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol).
Amlipin 10/20 mg
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 10 mg,
lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 20 mg;
yordamchi moddalar kraxmal 1500, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi opadri II 85F18422 oq (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, talk).
Ta'rifi
Amlipin 5/5 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Amlipin 5/10 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Amlipin 10/10 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Amlipin 10/20 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada.
ATX kodi S09VV
Farmakologik hususiyatlari
Amlipin – majmuaviy antigipertenziv preparat bo‘lib, farmakologik hususiyatlari amlodipin (kaltsiy kanallarining selektiv blokatori) va lizinopril (AAF ingibitori) ning umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi.
Membranalardagi sekin kaltsiy kanallarini bloklab, amlodipin kaltsiy ionlarini kardiomiotsitlar va qon tomirlar devoridagi silliq mushak hujayralariga membranalar orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Uning ta'siri oqibatida qon tomirlar (arteriolalar) ning tonusi va periferik qon-tomirlar qarshiligi pasayadi. Arteriolalarni kengayishi va yurakni keyingi zo‘riqishini pasayishi hisobiga amlodipin antianginal ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli, amlodipin reflektor taxikardiyani chaqirmaydi, u qo‘llanganida miokardni kislorodga bo‘lgan talabi pasayadi. Amlodipin ham intakt, ham patologik o‘zgargan tojtomirlarini kengaytirib, miokardda perfuziyani yaxshilaydi; noxush metabolik samaralarga ega emas.
Lizinopril qon plazmasida angiotenzin II va aldosteronning darajasini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega bo‘lgan bradikininning darajasini oshiradi. Lizinoprilni ta'sirida umumiy periferik qon tomirlar qarshiligi (UPTQ), arterial bosim (AB) o‘pka kapillyarlaridagi bosim pasayadi; lizinopril yurak ritmining tezligiga ta'sir qilmaydi, bunda minutlik hajmi oshishi va buyrakda qon oqimi kuchayishi mumkin. Lizinopril AB ni pasaytirishi tufayli, shuningdek glomerulyar apparatda va uning to‘qima strukturasida gemodinamikani yaxshilanishi natijasida albuminuriyani kamaytiradi. Uzoq muddat qo‘llanganida miokard hamda rezistiv turdagi arteriyalarning devorini gipertrofiyasi kamayadi. Giperglikemiyasi bo‘lgan bemorlarda lizinopril endoteliyning buzilgan faoliyatini tiklanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng amlodipin me'da-ichak yo‘llaridan sekin va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi, maksimal kontsentratsiyasiga 6-10 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 35-50 soatni tashkil etadi.
Lizinopril ovqatlanishdan qat'iy nazar ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi 25-50% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan so‘ng 6 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil etadi.
Har ikkala ta'sir etuvchi moddalarni organizmda uzoq muddat aylanib yurishi preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
• arterial gipertenziya;
• yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya, Printsmetall stenokardiyasi);
• surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida);
• diabetik nefropatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Amlipin preparatini ichga ovqatlanishdan qat'iy nazar 1 tabletkadan sutkada 1 marta qabul qilish kerak. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozani 2 tabletkagacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuzatiladigan nojo‘ya reaktsiyalar odatda kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchi hususiyatga ega, preparatni bekor qilish kam hollarda talab etiladi. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – diareya, qusish; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi.
Allergik reaktsiyalar tez-tez mas – terini qichishishi, teri toshmasi; kam hollarda – angionevrotik shishi.
Boshqalar tez-tez – yuz terisini qizarishi, oyoqlarning to‘pig‘ini shishi, quruq yo‘tal, ortostatik gipotenziya, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlaridan birortasiga yoki digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
• anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan angionevrotik shish;
• aorta yoki mitral klapanni gemodinamik jihatdan ahamiyatli stenozi;
• yaqqol ifodalangan arterial gipotenziya;
• kardiogen shok;
• homiladorlik va laktatsiya davri;
• bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Giperkaliyemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, asosan buyraklar faoliyati pasayganida preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren), kaliy va tarkibida kaliy saqlovchi vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish talab etiladi. Preparat foyda va havf yaxshilab baholangandan so‘ng buyuriladi, bunda qonda kaliyning darajasi va buyraklar faoliyati muntazam ravishda nazorat qilinadi.
Preparat quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorolikka rioya qilish kerak
diuretiklar bilan (AB keskin pasayishi mumkin);
boshqa gipotenziv vositalar bilan (additiv ta'sir qilishi mumkin);
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan (ayniqsa indometatsin bilan), chunki ular natriyni ushlab qoladilar va buyraklarda prostaglandinlar sintezini bloklaydilar, estrogen vositalar va adrenostimulyatorlar, simpatomimetiklar bilan (terapevtik samarasi pasayishi mumkin);
litiy bilan (litiyni chiqarilishi yomonlashishi mumkin, qon plazmasida litiyning darajasini nazorat qilish kerak.
Amiodaron, xinidin, beta-adrenoblokatorlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) gipotenziv samarasini kuchaytirishlari mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu sutkalik dozasini tanlashda ehtiyotkorlikni talab etadi.
Diuretiklar olayotgan bemorlarda, yoki boshqa genezli degidratatsiyada (kuchli terlash, uzoq muddatli qusish, profuz ich ketishi), shuningdek yurak yetishmovchiligida simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin. Bunday holatda bemorni yotkazish, zarurat bo‘lganida 0,9% natriy xlorid eritmasini infuziya qilish tavsiya etiladi. Davolash boshlanishidan oldin qon zardobida natriyning darajasini normallashtirish va gipovolemiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish kerak.
Buyrak arteriyasini stenozida (ayniqsa bilateral stenozda yoki yagona buyrak arteriyasini stenozida), shuningdek degidratatsiyada lizinoprilni qo‘llash buyrak faoliyatini odatda qaytuvchan bo‘lgan va preparat bekor qilinganidan so‘ng qaytadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha buzilishiga olib kelishi mumkin.
Arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin bo‘lgan narkoz uchun qo‘llanadigan vositalar yordamida o‘tkazilgan yirik jarrohlik aralashuvlarida, lizinopril lizinopril angiotenzin II ni kompensator ravishda hosil bo‘lishini bloklaydi. Yuqori ko‘rsatilgan mexanizm oqibatida rivojlangan gipotenziya aylanuvchi qon hajmini to‘ldirish bilan bartaraf qilinishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarga preparatning dozasini aniqlashda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Agranulotsitozni potentsial rivojlanish havfini butunlay istisno qilish mumkin emasligi tufayli, preparat ishlatilganida periferik qonni vaqti vaqti bilan laborator nazorat o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Amlipinni qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir qilishi (ayniqsa, davolashni boshlanshida) mumkin, shuning uchun individual reaktsiya aniqlangunicha ushbu faoliyatlarni bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari AB ni yaqqol pasayishi va reflektor taxikardiyani paydo bo‘lishi bilan kechuvchi vazodilatatsiya.
Davolash simptomatik davolash, yurak faoliyatini, AB, diurez va suv-elektrolitlar muvozanatini nazorat qilish, zarurat bo‘lganida unga tuzatish kiritish kerak. AB yaqqol darajada pasayganida bemor oyoqlarini biroz yuqoriga ko‘targan holatda yotkaziladi; suyuqlikni o‘rnini bosuvchi eritmalar vena ichiga yuborilishiga qoniqarli terapevtik javob reaktsiyasi kuzatilmaganida, qon aylanishini tutib turish uchun periferik vazopressorni yuborish talab etilishi mumkin. Kaltsiyning antagonistini ta'sirini to‘xtatish uchun vena ichiga kaltsiy glyukonat yuborish mumkin.
Amlodipin so‘rilishi sekin amalga oshganligi tufayli, ayrim hollarda me'da yuviladi, faollashtirilgan ko‘mir ishlatiladi.
Lizinopril gemodializ yordamida organizmdan chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.