Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бендазол гидрохлорида
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Armaniston
Dozasi
10 мл 1%
Производитель
ОАО Ереванская ХФФ
Chiqarillish shakli
Tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Dibazol in'ektsiya uchun eritma 1% 1ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dibazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bendazol
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
Faol modda dibazol - 10 g
Yordamchi moddalar
96% li etil spirti- 100 ml
Distillangan glitserin- 108 g
0,1 M xlorid kislotasi- 10 ml
In'ektsiya uchun suv- 1 l gacha.
Ta'rifi tiniq, o‘ziga xos hidli rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antigipertenziv vosita
ATX kodi G04AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gipotenziv, spazmolitik, tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Silliq mushaklarda erkin kaltsiy miqdorini kamaytirib, uni bo‘shashini chaqiradi; nuklein kislotalari va oqsil sintezini oshiradi, immun tizimini rag‘batlantiradi (antitelalarni hosil bo‘lishiga, fagotsitozga, interferon sinteziga yordam beradi). Orqa miyada neyronlararo aloqani faollashtiradi.
Farmakokinetikasi
Eksperimental tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra, dibazol bosh miya tomirlarning tonusini kamaytiradi va ularni kengayishini chaqiradi, biroq klinik qo‘llanganda reoentsefalografiya yordamida nazorat qilinadigan bu samara qisqa muddat davom etadi.
Qo‘llanilishi
Gipertoniya kasalligi, yurak yetishmovchiligi, gipertonik xurujlar, angiospazmlar, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, pilorospazm, spastik kolit; poliomiyelit (qoldiq ko‘rinishlari), yuz nervining periferik falaji, mono- va polinevritlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gipertonik hurujlarni bartaraf etish uchun vena ichiga, mushak ichiga 30-40 mg (1% li eritmaning 3-4 ml) dan yuboriladi.
Arterial bosimni ahamiyatli darajada oshishi bilan bo‘lgan arterial gipertenziyalarda vena ichiga 0,02-0,03 g (1% li eritmaning 2-3 ml) dan kuniga 2-3 marta yuborish ko‘rsatilgan. Davolash kursi – 8-14 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yuborish joyida og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni antigipertenziv vosita sifatida keksa yoshli patsiyentlarga buyurish maqsadga muvofiq emas, chunki elektrokardiogramma ko‘rsatkichlari yomonlashishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gipotenziya, terlash, issiqlik hissi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, preparatni bekor qilishda tez o‘tib ketadigan yengil bosh og‘rig‘i.
Davolash. Preparatni bekor qilish. Yaqqol gipotenziyada AB nazorati ostida transfuzion davolash, tomirlarni toraytiruvchi vositalar, yurak glikozidlari buyuriladi. Keyingi davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
1% li in'ektsiya uchun eritma 1 ml va 5 ml ampulalarda, 10 donadan karton qutida.
Saqlash sharoiti
+5oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Erevanskaya ximiko-farmatsevticheskaya firma” OAJ
Armaniston, 0040, Yerevan sh., Adjaryan ko‘ch. 2-chi muyulish., №6.
Tel./faks + (374 10) 62 74 10. Telefon 61 87 29, 61 34 70.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.