Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Edarbi Klo tab. 40mg/25mg №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Азилсартана медоксомил+Хлорталидон
Страна производитель
Ирландия
Дозировка
40мг+25мг
Производитель
Такеда Айлэнд Лимитед, Ирландия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Edarbi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Azilsartan medoksimil
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 42,68 mg va 85,36 mg azilsartan medoksimil kaliy (40 mg va 80 mg azilsartan medoksomilga ekvivalent),
yordamchi moddalar mannitol, fumarat kislotasi, natriy gidroksidi, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi
40 mg li tabletkalar
Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “40” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 7,6 mm, qalinligi – taxminan 4,2 mm.
80 mg li tabletkalar
Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “80” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 9,6 mm, qalinligi – taxminan 5,3 mm.
Farmakoterapevtik guruhi
Renin-angiotenzin tizimiga ta'sir etuvchi preparatlar. Angiotenzin II antagonistlari. Azilsartan medoksomil.
ATX kodi S09SA09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Azilsartan medoksomil turli to‘qimalarda AT1 retseptorlari bilan bog‘lanishini bloklashi tufayli angiotenzin II selektiv antagonisti hisoblangan faol azilsartanga tez aylanuvchi peroral faol olddori hisoblanadi.
Angiotenzin II vazokonstriktsiya, aldosteron sintezi va ajralib chiqishini rag‘batlantirish, yurak faoliyatini va natriyni buyrakda reabsorbtsiyasini rag‘batlantirishni o‘z ichiga oluvchi samaralar bilan renin-angiotenzin tizimining asosiy vazofaol modda hisoblanadi.
AT1 retseptorlarni blokadasi renin sekretsiyasiga angiotenzin II ning qayta salbiy ta'sirini susayishiga olib keladi, lekin plazmada aylanib yuruvchi reninning va angiotenzin II ning faolligini keyingi oshishi azilsartanning klinik antigipertenziv samarasini susaytirmaydi.
Azilsartan medoksomilning antigipertenziv samarasi qo‘llashning birinchi 2 hafta davomida rivojlanadi, maksimal terapevtik samaraga 4 haftadan keyin erishiladi. Bir martalik dozasi ichga qabul qilingandan keyin arterial bosimni (AB) pasayishiga odatda bir necha soatda erishiladi va 24 soat davomida saqlanadi. Edarbi® preparati bilan uzoq vaqt (6 oy davomida) davolaganda qabul qilishni to‘satdan to‘xtatgandan keyin bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Preparatni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi patsiyentning yoshiga bog‘liq emas, lekin keksa yoshdagi ayrim patsiyentlarda AB ni pasayishiga yuqori sezgirlikni inkor etib bo‘lmaydi. Angiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlari va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) qo‘llagandagi kabi, negroid irqdagi patsiyentlarda (odatda qon plazmasida reninning faolligi past bo‘lgan populyatsiyada) antigipertenziv samarasi kamroq yaqqollikda bo‘ladi.
Edarbi® 40 mg va 80 mg ni “sekin” kaltsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) yoki tiazid diuretik vositalar (xlortalidon) bilan bir vaqtda buyurish monoterapiya sifatida qo‘llanilgan boshqa antigipertenziv vositalarga nisbatan AB ni qo‘shimcha pasayishiga olib kelgan.
Dozaga bog‘liq nojo‘ya samaralar, shu jumladan bosh aylanishi, arterial gipotenziya va zardobda kreatinin darajasini oshishi ko‘pincha Edarbi® ni monoterapiya sifatida qabul qilishga nisbatan siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda buyurilganda ko‘proq kuzatilgan, gipokalemiya esa diuretik bilan monoterapiyaga nisbatan kamroq kuzatilgan.
Yurak repolyarizatsiyasiga ta'siri
Edarbi® ni QT/QTc intervallarini oshirish potentsiali QT/QTc tadqiqoti vaqtida sog‘lom ko‘ngillilarda baholangan.
Edarbi® ni sutkada 320 mg gacha dozada qabul qilganda QT/QTc intervallarini uzayishining biron-bir belgilari kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llarida va/yoki so‘rilish vaqtida faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar karboksimetilbutenolidaza ichakda va jigardagi gidrolizda ishtirok etishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, plazmadagi esterazalar azilsartan medoksomilni azilsartanga gidrolizida ishtirok etadi.
So‘rilishi
Azilsartanning plazmadagi kontsentratsiyasi asosidagi azilsartan medoksomilning taxmin qilingan mutloq biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin azilsartanning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (Smax) ga 1,5-3 soat davomida erishiladi. Ovqat azilsartanning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Azilsartanning taqsimlanish xajmi (Vd) taxminan 16 litrni tashkil qiladi. Azilsartan plazma oqsillari bilan, asosan zardobdagi albumin bilan deyarli to‘liq (>99%) bog‘lanadi.
Azilsartanning qon plazmasidagi tavsiya etilgan dozalarda erishiladigan diapazondan ahamiyatli darajada yuqori kontsentratsiyalarda oqsillar bilan barqaror bog‘lanishi kuzatiladi.
Metabolizmi
Azilsartan ikkita asosiy metabolitgacha metabolizmga uchraydi. Plazmadagi asosiy metaboliti O-dezalkilizatsiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi va M-II metaboliti deb nomlanadi, boshqa metaboliti M-I dekarboksilizatsiya yo‘li bilan kamroq kontsentratsiyalarda hosil bo‘ladi. Odam organizmida ikkala metabolitning tizimli ta'siri muvofiq ravishda taxminan 50% va 1% dan kamroqni tashkil qiladi. M-I va M-II Edarbi® ning farmakologik faolligida ishtirok etmaydi. Azilsartanning metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment CYP2S9 hisoblanadi.
Chiqarilishi
Tadqiqotlar azilsartan medoksomilning 14S-nishonlangan dozasi ichga qabul qilingandan keyin uning taxminan 55% ahlat bilan va 42% siydik bilan chiqarilishini ko‘rsatdi (preparatning 15% o‘zgarmagan azilsartan ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi). Azilsartanning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 11 soatni tashkil qiladi, buyrak klirensi minutiga taxminan 2,3 ml ni tashkil qiladi. Azilsartan doimiy kontsentratsiyasiga 5 kun davomida erishiladi va sutkada bir marta takroran qabul qilinganda plazmada to‘planishi kuzatilmaydi.
Dozaning proportsionalligi/proportsional emasligi
Azilsartan uchun ekspozitsiyada dozaning proportsionalligi azilsartan medoksomilning 20 mg dan 320 mg gacha dozasi bir marta yoki ko‘p marta qabul qilingandan keyin aniqlangan.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda azilsartanning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Yosh (18-45 yoshdagi) va keksa (65-85 yoshdagi) patsiyentlarda azilsartanning farmakokinetikasi ahamiyatli darajada farq qilmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda AUC muvofiq ravishda 30%, 25% va 90% ga oshgan. Gemodializga muhtoj buyrak faoliyatining terminal bosqichi bo‘lgan patsiyentlarda ekspozitsiyaning biron-bir oshishi (+5%) kuzatilmagan. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi va buyrak kasalligining terminal bosqichi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetika haqidagi klinik ma'lumotlar yo‘q. Gemodializ azilsartanni tizimli qon aylanishidan chiqarmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinf) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V sinf) darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® ni 5 kun muddatga buyurish AUC ni ahamiyatsiz oshishiga olib kelgan. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinf) bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® preparatining farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Jins
Erkaklar va ayollarda azilsartanning farmakokinetikasi sezilarli darajada farq qilmaydi. Jinsga qarab dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Irq
Patsiyentlarning irqiga qarab azilsartanning farmakokinetikasi sezilarli darajada farq qilmaydi, dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi
Qo‘llanilishi
- essentsial gipertenziyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Edarbi tabletkalarini ovqatlanishdan qat'iy nazar ichga qabul qilish kerak.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 40 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga bir marta 80 mg maksimal dozagacha oshirish mumkin. Klinik antigipertenziv samara 2 haftada namoyon bo‘ladi, maksimal samaraga esa qabul qilishning 4 haftasida erishiladi.
Agar Edarbi bilan mototerapiya yordamida AB tegishli ravishda nazoratlanmasa, u holda Edarbi® ni boshqa antigipertenziv vositalar, shu jumladan siydik haydovchi vositalar (xlortalidon va gilroxlortiazid) va kaltsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa patsiyentlar (65 yosh va undan katta)
Keksa patsiyentlarda Edarbining boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Lekin 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda 20 mg dozani boshlang‘ich doza sifatida qo‘llash mumkin (arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi tufayli).
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi va terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbini qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, bu toifadagi patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Gemodializ azilsartanni qon aylanishidan chiqarmaydi.
Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Klinik tajriba yo‘qligi sababli, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbini qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, davolashni sutkada 1 marta 20 mg dozadan boshlash, bunday patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi
Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, davomli qusish, diareya yoki diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlar) Edarbini faqat sinchkov tibbiy kuzatuv ostida buyurish kerak, tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 20 mg ni tashkil qiladi.
Yurak yetishmovchiligi
Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday patsiyentlarda Edarbini qo‘llash tajribasi yo‘q.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Edarbi® ni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan. Ma'lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Edarbini qabul qilganda nojo‘ya samaralar yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarning namoyon bo‘lishiga patsiyentlarning jinsi va yoshi ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparatning nojo‘ya samaralarini uchrash tezligi quyidagicha baholanadi
Juda tez-tez ≥1/10
Tez-tez ≥1/100, <1/10
Tez-tez emas ≥1/1000, <1/100
Kam hollarda ≥1/10000, <1/1000
Juda kam hollarda<1/10000
Tez-tez
- bosh aylanishi
- diareya
- qonda kreatinfosfokinazani oshishi
Tez-tez emas
- arterial gipotenziya
- periferik shishlar
- toliqish hissi
- ko‘ngil aynishi
- qonda kreatinin darajasini oshishi
- qonda siydik kislotasining darajasini oshishi/giperurikemiya
- toshma, qichishish
- mushak spazmlari
Kam hollarda
- angionevrotik shish
Alohida nojo‘ya reaktsiyalarning ta'rifi
Edarbi xlortalidon bilan bir vaqtda qo‘llanganida qonda kreatinin darajasini oshishi va AB ni pasayishini uchrash tezligi tez-tez emas darajadan tez-tez darajagacha oshgan.
Edarbi amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida periferik shishlarni uchrash tezligi oshgan, lekin amlodipin monoterapiyada qo‘llanganiga nisbatan past bo‘lgan.
Angiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlari va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF ingibitorlari) ni qo‘llagandagi kabi Edarbi preparatini diuretiklar (masalan, xlortalidon) bilan bir vaqtda qo‘llash kreatinin kontsentratsiyasini oshish holatlarini ko‘payishiga olib keladi. Edarbi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida kreatinin kontsentratsiyasini oshishi Edarbi bilan monoterapiyaga nisbatan AB ni ko‘proq pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu samaralarning ko‘pchiligi qisqa muddatli bo‘lgan yoki patsiyentlar davolashni davom ettirganlarida avj olmagan. Preparatni bekor qilingandan keyin kreatininning kontsentratsiyasini davolash vaqtida o‘tib ketmagan oshishi ko‘pgina hollarda qaytuvchan bo‘lgan. Ko‘pchilik patsiyentlarda kreatininning kontsentratsiyasi dastlabki yoki deyarli dastlabki ko‘rsatkichlarga qaytgan.
Edarbini qo‘llaganda qon zardobida siydik kislotasining darajasini platseboga
(4,3 mkmol/l) nisbatan biroz oshishi (10,8 mkmol/l) kuzatilgan.
RAAT ning boshqa ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi Edarbi bilan monoterapiyada gemoglobin va gematokritni biroz pasayishi (muvofiq ravishda 3 g/l ga yoki 1 hajm foizga) kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik
- qandli diabeti bo‘lgan yoki buyrak faoliyatini buzilishi (kalavalar filtratsiyasi tezligi (KFT) <60 ml/minut/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarda Edarbini aliskiren bilan birga qo‘llash
- jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi
- homiladorlik va laktatsiya davri
- bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan
- surunkali og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funktsional sinf);
- og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut);
- buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi va faoliyat ko‘rsatayotgan yagona buyrak arteriyasining stenozi;
- ishemik kardiomiopatiya;
- ishemik serebrovaskulyar kasalliklar;
- buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat;
- AYuQX pasayishi (shu jumladan qusish, diareya) bilan kechuvchi holatlar, shu jumladan osh tuzi cheklangan parhezdagi patsiyentlarda;
- diuretiklarning yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llash;
- birlamchi giperaldosteronizm;
- giperkaliyemiya;
- aortal va mitral klapanlar snozi;
- gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);
- 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Litiy
Litiy va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida litiyning kontsentratsiyasini qaytuvchan oshishi va toksiklik ko‘rinishlarining yaqqolligini qaytuvchan oshishi qayd etilgan. Shunga o‘xshash samara angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan ham kuzatilishi mumkin. Azilsartan medoksomil va litiyni bir vaqtda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar birga qo‘llash zarur bo‘lsa, zardobdagi litiyning darajasini sinchkovlik bilan monitoring qilish tavsiya etiladi.
Bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlik talab etiladi
Angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini NYaQP (masalan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi (sutkada 3 g dan ko‘proq) va noselektiv NYaQP) lar bilan bir vaqtda qo‘llaganda antigipertenziv samarasi pasayishi mumkin. Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va NYaQP ni bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishi xavfini oshishi va qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun davolashni boshida suyuqlikni yetarli darajada iste'mol qilish va buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar yoki boshqa dori preparatlarini (masalan, geparin) azilsartan medoksomil bilan bir vaqtda qo‘llash kaliyning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Majmuaviy davolash vaqtida patsiyentlarda qon zardobidagi kaliyning darajasi monitoringini olib borish kerak.
Qo‘shimcha ma'lumot
Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, AAF ingibitorlari yoki aliskiren tomonidan renin-angiotenzin aldosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi monoterapiyaga nisbatan arterial gipotenziya, giperkaliyemiya va buyrak faoliyatini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liq.
Azilsartan medoksomil yoki azilsartanni amlodipin, antatsidlar, xlortalidon, digoksin, flukonazol, glibenklamid, ketokonazol, metformin va varfarin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri qayd etilmagan.
Azilsartan medoksomil me'da-ichak yo‘llarida va/yoki preparat so‘rilganda esterazalar tomonidan faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi.In vitro sharoitdagi tadqiqotlar esterazalarni ingibitsiya qilish asosidagi o‘zaro ta'sirlarning ehtimoli kamligini ko‘rsatdi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faollashgan renin-angiotenzin-aldosteron tizimi
Qon tomir tonusi va buyrak faoliyati asosan RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi yoki buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan patsiyentlarda) AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari bilan davolash o‘tkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya yoki kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Edarbi da bunday samaralarning ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi yoki buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday patsiyentlarda Edarbini qo‘llash tajribasi yo‘q.
Ishemik kardiomiopatiya yoki ishemik serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda AB ni haddan tashqari pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.
Buyrak transplantatsiyasi
Hozirgi vaqtda buyrak transplantatsiyasini yaqinda o‘tkazgan patsiyentlarda Edarbi ni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Jigar faoliyatini buzilishi
Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi preparatini qo‘llash tajribasi haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Preparatni bu toifadagi patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Suv-elektrolit muvozanatini buzilishi fonidagi arterial gipotenziya
AYuQX ni yaqqol kamayishi va/yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (qusish, diareya, yuqori dozalarda diuretiklarni qabul qilish yoki osh tuzini cheklangan parhezga rioya qilish oqibatida) Edarbi preparati bilan davolash boshlangandan keyin klinik ahamiyatli arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Gipovolemiyani Edarbi ni qabul qilguncha muvofiqlashtirish kerak yoki davolashni 20 mg dozadan boshlash kerak.
Birlamchi giperaldosteronizm
Birlamchi aldosteronizmi bo‘lgan patsiyentlar odatda RAAT ga ta'sir etuvchi gipotenziv preparatlarga rezistentdirlar. Shuning uchun bu patsiyentlarda Edarbi ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Giperkaliyemiya
RAAT ga ta'sir euvchi boshqa dori vositalarini qo‘llashning klinik tajribasi Edarbi preparatini kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar yoki qonda kaliy darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlari (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi shaxslarda, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda va/yoki boshqa yondosh kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda fatal bo‘lishi mumkin bo‘lgan giperkaliyemiya xavfi oshadi. Bunday patsiyentlarda qonda kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Aortal va mitral klapan stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya
Aortal yoki mitral klapan stenozi yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya bo‘lgan patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlik choralari tavsiya etiladi.
Litiy
Angiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlarini qo‘llagandagi kabi litiy preparatlari va Edarbi preparatini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang).
Homiladorlik va laktatsiya davri
Edarbi ni homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Homilador bo‘lganda yoki rejalashtirilganda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va zarurati bo‘lsa muqobil davolashga o‘tish kerak.
Edarbi ni emizish vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, Edarbi ni qo‘llash tavsiya etilmaydi va emizish vaqtida, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki chala tug‘ilgan chaqaloqni emizish vaqtida isbotlangan eng yaxshi xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lgan muqobil davolash usullarini qo‘llash afzal hisoblanadi.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Farmakodinamik xususiyatlar asosida azilsartan medoksomil avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta'sirga ega ekanligi kutiladi. Shunga qaramasdan, har qanday antigipertenziv preparatlarni qabul qilganda ba'zida bosh aylanishi yoki toliqish hissi paydo bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Edarbi ni sog‘lom odamlarda 7 kun davomida sutkada 320 mg dozada qo‘llash tajribasi yaxshi o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi.
Simptomlari arterial gipotenziya va bosh aylanishi.
Davolash agar arterial gipotenziya paydo bo‘lsa, simptomatik davolashni boshlash va hayotiy muhim faoliyatlarni monitoring qilish kerak. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
14 tabletkadan ichki tomondan polietilen qavat va qurituvchi qavat sifatida ustidan kaltsiy oksidi surtilgan alyumin materialdan tayyorlangan shakl hosil qiluvchi kontur uyali o‘ramda. O‘ram yuqori tomondan ichki tomondan polietilen qavat surtilgan laklangan alyumin folga bilan berkitiladi.
2 kontur o‘ram (40 mg doza uchun) yoki 2 yoki 4 kontur o‘ram (80 mg doza uchun) davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25° dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qadoqlovchi va sifati nazoratini o‘tkazuvchi
Takeda Aylend Ltd., Irlandiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.