Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enalapril tab. 10mg №20 (Sintez)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эналаприл, гидрохлоротиазид
Страна производитель
Россия
Дозировка
10 мг
Производитель
Синтез,ОАО, Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enalapril
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) enalapril
Dori shakli
tabletkalar
1 tabletkaning tarkibi
Faol modda enalapril maleati – 10 mg;
Yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 95,8 mg; magniy stearati – 2,3 mg; quyi molekulyar povidon (quyi molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon 12600±2700) – 5,7 mg; laktoza monogidrati (sut qandi) – 109,8 mg; tal'k – 6,4 mg.
Ta'rifi oq rangdan sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan faskali va riskali dumaloq yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori
ATX kodi C09AA02
Farmakologik xususiyatlari
Enalapril – AAF ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lgan antigipertenziv preparatdir. Enalapril «old dori» hisoblanadi uni gidrolizlanishi natijasida enalaprilat hosil bo‘ladi, u AAF ni ingibirlaydi. Uning ta'sir mexanizmi angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lib, uning miqdorini kamayishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aldosteronning chiqarilishini kamayishiga olib keladi. Bunda umumiy periferik qon-tomirlar qarshiligi, sistolik va diastolik arterial bosim (AB), miokardga oldingi va keyingi yuklamalar kamayadi.
Arteriyalarni venalarga nisbatan ko‘proq darajada kengaytiradi, bunda yurak qisqarishlari sonini reflektor oshishi aniqlanmaydi.
Gipotenziv samarasi reninning plazmadagi darajasi me'yorida yoki pasaygandagiga nisbatan yuqori bo‘lganida kuchli ifodalangan. AB ni terapevtik chegaralarda pasayishi miyada qon aylanishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, miya qon tomirlaridagi qon oqimi pasaygan arterial bosim fonida ham yetarli darajada tutib turiladi. Koronar va buyrak qon oqimini kuchaytiradi.
Uzoq muddat qo‘llanganida miokardning chap qorinchasi va rezistiv turdagi arteriyalar devoridagi miotsitlarning gipertrofiyasi kamayadi, yurak yetishmovchiligini avj olib borishini oldini oladi va yurakning chap qorinchasi dilatatsiyasi rivojlanishini sekinlashtiradi. Ishemiyaga uchragan miokardni qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi.
Biroz diuretik samaraga ega.
Ichga qabul qilinganida gipotenziv samarani boshlanish vaqti – 1 soat, 4-6 soatdan keyin maksimal darajaga erishiladi va 24 soatgacha saqlanadi.
Ayrim bemorlarda arterial bosimni optimal darajasiga erishish uchun bir necha hafta davomida davolash kerak. Yurak yetishmovchiligida sezilarli klinik samara uzoq muddat, 6 oy va undan ko‘p qo‘llanganida kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin preparatning 60% so‘riladi. Ovqat qabul qilish enalaprilni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Enalapril 50% gacha qon oqsillari bilan bog‘lanadi. Enalapril jigarda tez metabolizmga uchraydi va faol metaboliti enalaprilat hosil bo‘ladi, u enalaprilga nisbatan AAF ning faolroq ingibitori hisoblanadi. Preparatning biokiraolishligi – 40%. Enalaprilning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi, enalaprilatnikiga esa – 3-4 soatdan keyin erishiladi. Enalaprilat gematoentsefalik to‘siqdan tashqari, gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi, oz miqdorda yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi.
Enalaprilatning yarim chiqarilish davri – taxminan 11 soat. Enalapril asosan buyrak orqali – 60% (20% enalapril va 40% enalaprilat ko‘rinishida), ichak orqali – 33% (6% enalapril va 27% enalaprilat ko‘rinishida) chiqariladi.
Gemodializda (tezligi – minutiga 62 ml) va peritoneal dializda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-arterial gipertenziya,
-surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat qabul qilish vaqtidan qat'iy nazar ichga buyuriladi.
Arterial gipertenziyani monoterapiyasida boshlang‘ich dozasi – 5 mg dan sutkada bir marta.
1-2 haftadan keyin klinik samarasi kuzatilmaganida dozasi 5 mg ga oshiriladi. Boshlang‘ich dozasi qabul qilingandan so‘ng bemorlar 2 soat davomida va AB barqarorlashmagunicha yana qo‘shimcha ravishda 1 soat tibbiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Zarurat bo‘lganida va preparat yetarli darajada yaxshi o‘zlashtirilganida dozasini sutkada 40 mg gacha oshirish, uni 2 marta qabul qilishga bo‘lish mumkin. 2-3 haftadan keyin sutkada 10-40 mg bo‘lgan tutib turuvchi dozasiga o‘tiladi, 1-2 marta qabulga bo‘linadi. O‘rtacha darajali arterial gipertenziyada o‘rtacha sutkalik dozasi taxminan 10 mg ni tashkil etadi.
Preparatning maksimal sutkalik dozasi sutkada 40 mg ni tashkil etadi.
Preparat bir vaqtda diuretiklarni olayotgan patsiyentlarga buyurilganida, diuretiklar bilan davolashni enalaprilni buyurishdan 2-3 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar buni iloji bo‘lmasa, u holda preparatning boshlang‘ich dozasi sutkada 2,5 mg ni tashkil etishi kerak.
Preparatning boshlang‘ich dozasi 1,25-2,5 mg ni tashkil etganida, enalapril tabletkalarining 2,5 mg li dori shaklini qo‘llash tavsiya etiladi.
Giponatriyemiyasi (qon zardobida natriy ionlarining kontsentratsiyasi 130 mmol/l dan kam) bo‘lgan bemorlar yoki qon zardobida kreatininning kontsentratsiyasi 0,14 mmol/l bo‘lgan bemorlarga preparatning boshlang‘ich dozasi - 2,5 mg sutkada 1 marta.
Renovaskulyar gipertenziyada boshlang‘ich doza sutkada 2,5-5 mg ni tashkil etadi. Maksimal sutkalik dozasi sutkada 20 mg ni tashkil etadi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich dozasi bir marta 2,5 mg ni tashkil etadi, so‘ngra dozani patsiyentning klinik javob reaktsiyasiga qarab maksimal o‘zlashtiriladigan dozagacha oshiriladi, biroq sutkada 40 mg dan oshmasin, bir yoki 2 marta qabul qilishga bo‘linadi. Sistolik arterial bosim past (110 mm.sm.ust.) bo‘lgan bemorlarda davolashni sutkada 1,25 mg doza bilan boshlash kerak. Preparatning dozasini 2-4 hafta davomida yoki undan qisqa muddat ichida tanlash kerak. O‘rtacha tutib turuvchi doza – sutkada 5-20 mg 1-2 qabulga bo‘linadi.
Keksa yoshdagi odamlarda yaqqol gipotenziv samara va preparatning ta'sir qilish vaqtini uzayishi ko‘proq kuzatiladi, bu enalaprilning chiqarilish tezligini kamayishi bilan bog‘liq, shuning uchun keksa odamlarga tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – 1,25 mg.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida kalava filtratsiyasi minutiga 10 ml dan pasayganida preparatni to‘planishi kuzatiladi. Kreatinin klirensi (KK) – minutiga 80-30 ml bo‘lganida dozasi odatda sutkada 5-10 mg, KK minutiga 30-10 ml bo‘lganida sutkada 2,5-5 mg, KK minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida faqat dializ kunlari sutkada 1,25-2,5 ni tashkil etadi.
Davolash davomiyligi davolash samaradorligiga bog‘liq. AB haddan tashqari pasayganida preparatning dozasi asta-sekin pasaytiriladi.
Preparat ham monoterapiyada, ham boshqa antigipertenziv vositalar bilan birga qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Umuman olganda enalapril yaxshi o‘zlashtiriladi va ko‘pchilik hollarda preparatni bekor qilishni talab etuvchi nojo‘ya ta'sirlarni chaqirmaydi.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan AB ni haddan tashqari pasayishi, ortostatik kollaps, kam hollarda – to‘sh ortida og‘riq, stenokardiya, miokard infarkti (odatda AB ni keskin pasayishi bilan bog‘liq), juda kam hollarda – aritmiyalar (yurak bo‘lmachalari bradi- yoki taxikardiyasi, yurak bo‘lmachalarini xilpillashi), yurakni tez urib ketishi, o‘pka arteriyasi shoxlarining tromboemboliyasi.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyqusizlik, xavotirlik, ongni chalkashishi, kuchli toliqish, uyquchanlik (2-3%), yuqori dozalarda qo‘llanganida juda kam hollarda – asabiylik, depressiya, paresteziyalar kuzatiladi.
Sezgi a'zolari tomonidan vestibulyar apparatni buzilishi, eshitish va ko‘rishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, diareya yoki qabziyat, qusish, qorin sohasida og‘riq), ichak tutilishi, pankreatit, jigar va o‘t chiqarish faoliyatini buzilishi, gepatit, sariqlik.
Nafas tizimi tomonidan balg‘amsiz quruq yo‘tal, interstitsial pnevmonit, bronxospazm, hansirash, rinoreya, faringit.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, juda kam hollarda – disfoniya, polimorf eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, pemfigus, fotosensibilizatsiya, serozit, vaskulit, miozit, artralgiya, artrit, stomatit, glossit.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan giperkreatinemiya, mochevinaning miqdorini oshishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, giperkaliyemiya, giponatriyemiya. Ba'zi hollarda gematokritni pasayishi, eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) oshishi, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz (autoimmun kasalliklari bo‘lgan bemorlarda), eozonofiliya kuzatiladi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buyrak faoliyatini buzilishi, proteinuriya.
Boshqalar alopetsiya, libidoni pasayishi, qon quyilib kelishlari kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Enalaprilga va boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik, anamnezdagi AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan angionevrotik shish, shuningdek nasliy yoki idiopatik angionevrotik shish, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Birlamchi giperaldosteronizmda, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozida, yakka buyrak arteriyasining stenozida, giperkaliyemiyada, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holatda; aorta stenozida, mitral stenozda (gemodinamika buzilishlari bilan), idiopatik gipertrofik subaortal stenozda, biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklarda, suyak ko‘migida qon yaratilishini buzilishida, giperkaliyemiyada, aylanyotgan qon hajmini kamayishi bilan kechuvchi holatlarda (shu jumladan qusish, diareya), yurak ishemik kasalligida, serebrovaskulyar kasalliklarda, qandli diabetda, buyrak yetishmovchiligida, (protenuriya sutkada 1 g dan ortiq), jigar yetishmovchiligida, tuz cheklangan parhezga rioya qiladigan yoki gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda, immundepressantlar va saluretiklarni bir vaqtda qabul qilinganda, keksa (65 yoshdan oshgan) odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Enalapril nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari (NYAQV) bilan bir vaqtda buyurilganida, enalaprilning gipotenziv samarasi pasayishi mumkin; kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamterin, amilorid) bilan – giperkaliyemiyaga; litiy tuzlari bilan – litiyni chiqarilishini sekinlashuviga olib kelishi mumkin (litiyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak).
Isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish enalaprilning samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Enalapril teofillin saqlovchi preparatlarning ta'sirini susaytiradi.
Preparatning gipotenziv samarasini diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, metildopa, nitratlar, «sekin» kaltsiy kanallarining blokatorlari, gidrolazin, prazozin kuchaytiradi.
Immunodepressantlar, allopurinol, sitostatiklar preparatning gematotoksikligini kuchaytiradi.
Suyak ko‘migini susayishini chaqiradigan preparatlar neytropeniya va/yoki agranulotsitoz rivojlanish xavfini oshiradi.
Preparatning gipotenziv ta'sirini umumiy anesteziya uchun dori vositalari kuchaytiradi.
Preparat etanolning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aylanayotgan qon hajmi (diuretiklar bilan davolash, osh tuzini iste'mol qilishni cheklash, gemodializ o‘tkazish, diareya va qusish natijasida) pasaygan patsiyentlarga enalaprilni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – AAF ingibitorining hatto boshlang‘ich dozalarda qo‘llanganidan keyin ham AB ni to‘satdan va yaqqol pasayish xavfi yuqori bo‘ladi. Tranzitor gipotenziya AB turg‘unlashgandan keyin preparat bilan davolashni davom ettirish uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. AB qayta yaqqol pasayganida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish lozim.
Yuqori o‘tkazuvchan dializ membranalarini qo‘llash anafilaktik reaktsiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi. Dializdan xoli kunlari dozalash tartibini to‘g‘rilash, AB darajasiga ko‘ra amalga oshirilishi kerak.
AAF ingibitorlari bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida AB, qon ko‘rsatkichlarini (gemoglobin, kaliy, kreatinin, mochevina, «jigar» fermentlari faolligi), siydikda oqsilni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi va bosh miya tomirlarining kasalliklari bo‘lgan bemorlarni sinchiklab kuzatish lozim, ularda AB ni keskin pasayishi miokard infarktiga, insultga yoki buyraklar faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni to‘satdan bekor qilish «bekor qilish» sindromiga (AB ni keskin ko‘rilishiga) olib kelmaydi.
Ona qornida AAF ingibitorlari ta'siriga uchragan chaqaloqlar va emizikli bolalarni, AB ni yaqqol pasayishi, AAF ingibitorlari chaqirgan oliguriya, giperkaliyemiya va AB ni pasayishida buyrak va bosh miyada qon oqimini kamayishi oqibatidagi nevrologik buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi. Oliguriyada AB va buyrak perfuziyasini muvofiq suyuqliklar va qon tomirlarini toraytiruvchi vositalarni yuborish orqali tutib turish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lganda qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keluvchi, faol metabolitini chiqarilishi sekinlashishi mumkin. Bunday patsiyentlarga preparatning kichikroq dozalarini buyurish talab qilinishi mumkin.
Arterial gipertenziyasi va buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshishi mumkin.
Bunday bemorlarda davolashning birinchi bir nechta haftasi davomida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatning dozasini kamayirish talab qilinishi mumkin.
Enalaprilni koronar va serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurishda, xaddan tashqari arterial gipotenziyada ishemiyani kuchayish xavfi tufayli, xavf va potentsial foyda nisbatini hisobga olish lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga, giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi tufayli, preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Anamnezida angionevrotik shishga ko‘rsatmasi bo‘lgan patsiyentlarda, enalapril bilan davolanish fonida angionevrotik shishni rivojlanish havfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Yaqqol autoimmun kasalliklari, masalan, tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, enalapril bilan davolash fonida neytropeniya yoki agranulotsitoz rivojlanishining xavfi yuqori bo‘ladi.
Yurak glikozidlari va/yoki diuretiklarni olayotgan patsiyentlarda surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun enalaprilni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyatini tekshirishdan oldin enalaprilni bekor qilish kerak.
Alkogol preparatning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Davolashni boshida, dozani tanlash davri tugagunicha avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak, chunki diuretik vositalarini olayotgan bemorlarda, ayniqsa AAF ingibitorining boshlang‘ich dozasidan keyin bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
Jarrohlik aralashuvlaridan oldin (jumladan, stomatologik) AAF ingibitorlarini qo‘llanishi to‘g‘risida jarroh/anesteziologni ogohlantirilishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial bosimni og‘ir darajada, kollaps, miokard infarkti, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi, tromboembolik asoratlarga qadar qadar; tirishishlar, stupor.
Davolash bemorning boshini pastga qaratib gorizontal holda yotkaziladi. Yengil holatlarda me'dani yuvish va tuzli eritmani ichga qabul qilish ko‘rsatilgan, og‘irroq holatlarda – arterial bosimni barqarorlashtirishga qaratilgan choralar vena ichiga fiziologik eritma, plazma o‘rnini bosuvchi vositalar yuborish, zarurat bo‘lganida – angiotenzin II ni yuborish, gemodializ (enalaprilatni chiqarilish tezligi – minutiga
62 ml) o‘tkazish tavsiya etilgan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg dan.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
2, 3 yoki 5 kontur o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Xaridorlardan e'tirozlarni ishlab-chiqaruvchi korxona qabul qiladi.
«Aktsionernoye Kurganskoye obщestvo meditsinskix preparatov i izdeliy «Sintez» (OAJ «Sintez») ochiq aktsionerlik jamiyati
640614, Rossiya, Kurgan sh., Konstitutsiya pr., 7.
Tel/faks (3522) 48-16-89
e-mail real@kurgansintez.ru
Internet sayt http//www.kurgansintez.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.