Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enalozid 25 10mg/25mg №20 tab
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эналаприл
Страна производитель
Украина
Дозировка
10 мг/25 мг
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
ENALOZID 25
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Enalapril maleati; gidroxlortiazid
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar 100% moddaga hisoblanganda 10 mg enalapril maleati, 25 mg gidroxlortiazid;
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon; kaltsiy stearati.
Ta'rifi oqdan sarg‘ish-oq rangligacha bo‘lgan, yassi yuzali, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarining majmuaviy preparati. AAF ingibitorlari va diuretiklar.
ATX kodi S09V A02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
ENALOZID 25 majmuaviy antigipertenziv vositalar guruhiga kiradi. Preparatning tarkibiga kiruvchi enalapril maleati, angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. Preparat periferik arteriyalarning kengayishini, umumiy periferik tomirlarning qarshiligini pasayishini va aldosteronning chiqarilishini kamayishini chaqiradi. Gidroxlortiazid o‘rtacha diuretik samara chaqiradi, aylanayotgan qon hajmini kamayishiga olib keladi, qon tomirlarining devorlarida natriy ionlarining miqdorini kamaytiradi va tomirlarini toraytiruvchi ta'sirlarga ularning sezuvchanligini pasaytiradi. Enalapril maleati va gidroxlortiazid bir vaqtda qo‘llanganida ularning antigipertenziv samarasi o‘zaro kuchayadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng me'da-ichak yo‘llaridan taxminan 60% enalapril va taxminan 60-75% gidroxlortiazid so‘riladi. Enalapril enalaprilatning hosil bo‘lishi bilan gidrolizga uchraydi, uning qondagi maksimal kontsentratsiyasi 3-4 soatdan so‘ng kuzatiladi. Enalaprilat – enalaprilga nisbatan faolroq AAF ingibitoridir. Gidroxlortiazidning diuretik samarasi 2 soatdan keyin boshlanadi, 3-4 soatdan so‘ng maksimumiga yetadi va 24 soatgacha davom etadi. Taxminan 94% enalapril va enalaprilat va taxminan 50-75% gidroxlortiazid buyraklar orqali siydik bilan chiqariladi. Enalaprilatning yarimchiqarilish davri 11 soatni, gidroxlortiazidniki esa - 10 soatni tashkil qiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda enalapril va gidroxlortiazidning yarim chiqarilish davri uzayadi.
Qo‘llanilishi
Majmuaviy davolashni qo‘llash ko‘rsatilgan patsiyentlarda arterial gipertenziyani davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Arterial gipertenziyada. ENALOZID 25 ning boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 1 tabletkani tashkil qiladi. Agarda istalgan samara bo‘lmasa, unda sutkalik doza sutkada 1 marta 2 tabletkagacha oshiriladi. Maksimal doza – sutkada 2 tabletka.
Diuretiklar bilan oldingi davolash. Agarda patsiyent diuretiklar olayotgan bo‘lsa, u holda arterial bosimni keskin pasayishidan saqlanish uchun, ENALOZID 25 bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretikni bekor qilish yoki dozasini kamaytirish tavsiya qilinadi. Simptomatik arterial gipotenziya ENALOZID 25 bilan davolashning boshida paydo bo‘lishi mumkin va ko‘pincha diuretiklar bilan oldingi davolash suv-elektrolit buzilishlarini chaqirgan patsiyentlarda kuzatiladi.
Buyraklar faoliyatini buzilishlari. Buyraklar faoliyatini o‘rtacha va og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensining darajasi minutiga 30 ml va undan past) bo‘lgan patsiyentlar uchun tiazidlar yetarli darajada samarali bo‘lmasligi mumkin.
Kreatinin klirensi >30 dan <80 ml/min diapazonida bo‘lgan patsiyentlarga ENALOZID 25 ni faqat har bir komponentning dozalari oldindan tanlanganidan keyin qo‘llash mumkin.
Buyraklar faoliyatini yengil buzilishlarida enalapril maleatning tavsiya qilingan dozasi, u alohida qo‘llanganida 5 dan 10 mg gachani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
ENALOZID 25 bilan davolash odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Eng ko‘p uchragan nojo‘ya samaralari bosh aylanishi va yuqori charchoqlik oz bo‘lgan va ular doza kamaytirilganida yo‘qolgan va faqat kamdan-kam hollardagina preparatni bekor qilishni talab qilgan.
1-2% hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari ortostatik samaralar, shu jumladan arterial gipertenziya, bosh og‘rig‘i, mushak tirishishlari, ko‘ngil aynishi, asteniya, yo‘tal va impotentsiya.
Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari
yurak-tomir tizimi tomonidan sinkope, arterial gipotenziya, kuchli yurak urishi; taxikardiya; aritmiya; ko‘krakda og‘riq;
me'da-ichak yo‘llari tomonidan pankreatit, diareya, qusish, dispepsiya; qorin og‘rig‘i; meteorizm; qabziyat;
nerv tizimi/ruxiyat tomonidan uyqusizlik, uyquchanlik, paresteziyalar, asabiylik; vertigo, lohaslik;
nafas a'zolari tomonidan hansirash.
dermatologik reaktsiyalar ko‘p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz, toshma, fotosensibilizatsiya, qichishish; kuchli terlash va boshqa dermatologik ko‘rinishlar.
qon yaratish tizimi tomonidan antinuklear antitelalarga (ANA) musbat test, eritrotsitlarning cho‘kish tezligini (EChT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz.
allergik reaktsiyalar o‘ta yuqori sezuvchanlik, yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush yorig‘i va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi, intestinal angionevrotik shish;
laboratoriya ma'lumotlari kam hollarda giperglikemiya, giperurikemiya va gipo- yoki giperkaliyemiya, gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkichlarini pasayishi, qonda mochevina, zardobda kreatinin darajasini oshishi, qon zardobida jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinni oshishi, qandni pasaytiruvchi vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda gipoglikemiya aniqlangan.
Boshqalar buyrak disfunktsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, libidoni pasayishi, og‘izni qurishi, podagra, quloqlarda shovqin, artralgiya, isitma, serozit, vaskulit, nekrozlovchi vaskulit, mialgiya, miozit, artralgiya/artrit, antidiuretik gormoni sekretsiyasini buzilishi sindromi, anoreksiya.
Preparatning alohida komponentlari qo‘llanganida kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar, ENALOZID 25 preparatining ham potentsial nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin.
Enalapril. Ileus, jigar yetishmovchiligi, gepatit (gepatotsellyulyar yoki xolestatik), sariqlik, depressiya, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi, tush ko‘rishlarni buzilishi, o‘pka infiltratlari, bronxospazm/astma, tomoqda og‘riq va tovushni xirillashi, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, miokard infarkti yoki insult (yuqori xavf guruhi patsiyentlarida haddan tashqari arterial gipotenziya tufayli bo‘lishi mumkin), Reyno fenomeni, rinoreya, alopetsiya, eritrodermiya, ta'm sezish hissini o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi, eshakemi, anafilaktik shok, limfadenopatiya, autoimmun buzilishlar, stomatit, glossit, oliguriya, eksfoliativ dermatit, po‘rsildoq yara, giponatriyemiya.
Gidroxlortiazid. Me'dani ta'sirlanishi, sariqlik (jigar ichki, xolestatik), sialadenit, leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, purpura, isitma, eshakemi, respirator distress (shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi), interstitsial nefrit, anafilaktik reaktsiya, glyukozuriya, elektrolit disbalansi, shu jumladan giponatriyemiya, xavotirlik, ko‘rishni vaqtinchalik noaniqligi, gipoglikemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan biriga va sulfonamidning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezdagi angionevrotik shish, shuningdek nasliy yoki idiopatik angionevrotik shish. Og‘ir buyrak (kreatinin klirensi 30 ml/minut) yoki jigar yetishmovchiligi. Anuriya. Buyrak arteriyalarining stenozi. Gemodializni o‘tkazish vaqtida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Enalapril maleati boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llanganida samarasini kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Tiazid qatori diuretiklarning ta'siri ostida kaliyni yo‘qotilishi, odatda enalapril ta'siri ostida susayadi. Qon zardobida kaliyning darajasi odatda norma chegarasida qoladi.
Kaliy saqlovchi qo‘shimchalar, kaliy tejovchi diuretiklar yoki kaliy saqlovchi tuzlarni, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki qon zardobida kaliyning darajasini sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin.
Litiy preparatlari odatda AAF ingibitorlari yoki diuretiklar bilan birga buyurilmaydi. Diuretiklar va AAF ingibitorlari litiyning buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi va litiyli intoksikatsiyani rivojlanish xavfini kuchaytiradi; birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolanayotgan ayrim patsiyentlarda AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash, buyraklar faoliyatini keyinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar odatda qaytuvchidir.
Tiazidlar tubakuraringa sezuvchanlikni oshirishi mumkin.
Tiazid diuretiklar bilan qo‘llanganida
-alkogol, barbituratlar yoki narkotik analgetiklar ortostatik gipotenziyani rivojlanishini kuchaytirishi mumkin;
-antidiabetik preparatlar (peroral vositalar va insulin) – antidiabetik preparatning dozasini to‘g‘rilashni zarurati paydo bo‘lishi mumkin, chunki AAF ingibitorlarini va antidiabetik preparatlarni birga qo‘llash qonda glyukoza darajasini pasayishini chaqirishi mumkin;
-kolestiramin va kolestipol qatronlari – anion-almashinuvi qatronlari ishtirokida gidroxlortiazidni so‘rilishi kamayadi;
-kortikosteroidlar va AKTG – elektrolitlarni yo‘qotilishi kuchayadi, xususan gipokaliyemiya;
-pressor aminlar (masalan, epinefrin) – pressor aminlarning ta'siriga javob pasayishi mumkin, lekin ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lishi uchun yetarli emas;
-prostaglandin-sintetaza ingibitorlari – ayrim patsiyentlarda ularni qo‘llash diuretiklarning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv samaralarini pasaytirishi mumkin;
-oltin preparatlari – yakka nitroid reaktsiyalar (uning simptomlari yuzni shishi, ko‘ngil aynishi, qusish va gipertenziyani o‘z ichiga oladi) oltinning in'ektsion preparatlari (natriy aurotimalati) va enalapril bilan davolangan patsiyentlarda kuzatilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ayrim patsiyentlarda boshqa antigipertenziv davolashning boshqa vositalarini qo‘llanganida bo‘lgani kabi simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Patsiyentlar diareya yoki qusishning epizodlari oqibatida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan giponatriyemiya, suyuqlikning yetishmovchiligi, gipoxloremik alkaloz, gipomagniyemiya yoki gipokaliyemiya kabi suv-elektrolit muvozanatining buzilishini klinik belgilarini aniqlash maqsadida tekshirilishlari kerak. Bunday patsiyentlarda zardobda elektrolitlarning darajasini vaqti-vaqti bilan aniqlab turish lozim.
Arterial bosimni haddan tashqari pasayishi yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda miokard infarktiga yoki insultga olib kelishi mumkin.
ENALOZID 25 buyurilganidagi o‘tkinchi arterial gipotenziya uni keyinchalik qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Davolashni, arterial bosim va aylanib yuruvchi suyuqlikning hajmi me'yorlashganidan keyin, kamaytirilgan dozalarda, yoki preparatning har bir komponentini alohida ishlatgan holda qaytadan boshlash mumkin.
AAF ingibitorlari (boshqa barcha vazodilatatorlar kabi) chap qorinchadan qon oqib chiqish yo‘llarining obstruktsiyasi (aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
O‘rtacha yoki yaqqol buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensining darajasi minutiga 30 ml va undan past bo‘lganida) tiazidlar yetarli darajada samarali diuretik bo‘lmasliklari mumkin. Kreatinin klirensi <80 ml/min da ENALOZID 25 ni faqat komponentlarning har birining dozalarini oldindan tanlashdan keyin qo‘llash kerak.
Buyraklarning har qanday kasallik belgilari bo‘lmagan ayrim patsiyentlarda enalaprilni diuretik bilan birga qo‘shib davolashda, davolashni boshida qondagi mochevina va zardobdagi kreatinin darajasini biroz va o‘tkinchi oshishi paydo bo‘lgan. Bunday hollarda ENALOZID 25 bilan davolashni to‘xtatish kerak; keyinchalik mumkin bo‘lgan davolash, kamaytirilgan dozalarda yoki preparatning har bir komponentini alohida buyurgan holda tiklanishi mumkin.
Tiazidlarni jigar faoliyatini buzilishi yoki jigarning kuchayib boruvchi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki suv-elektrolit muvozanatining ozgina o‘zgarishi ham jigar komasini chaqirishi mumkin.
Katta jarrohlik aralashuvlari vaqtida yoki arterial gipotenziyani chaqiruvchi vositalarni qo‘llash bilan o‘tkazilayotgan anesteziya vaqtida, enalapril ikkilamchi angitenzin II hosil bo‘lishini reninni kompensator ajralib chiqqunigacha bloklaydi. Agarda bunda arterial gipotenziya rivojlansa, u shunga o‘xshash mexanizm bilan tushuntiriladi, uni suyuqlik hajmini oshirish bilan to‘g‘rilash mumkin.
Tiazidlar
-glyukozaga tolerantlikni o‘zgartirish xususiyatiga ega (diabetga qarshi preparatlarning, shuningdek insulinning dozasi to‘g‘rilanishi mumkin);
-kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytirishi mumkin, u kaltsiyning zardobdagi darajasini biroz va qaytar o‘sishiga (yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireozning belgisi bo‘lishi mumkin) olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezining faoliyatini tekshirishini o‘tkazishdan oldin tiazidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak;
-xolesterin va triglitseridlar darajasini oshirish xususiyatiga ega, bu ham tiazid qatori diuretiklari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo gidroxlortiazidning 12,5 mg dozasida bunday samaralar umuman kuzatilmagan yoki oz bo‘lgan;
-ayrim patsiyentlarda giperurikemiyani va/yoki podagrani chaqirishi mumkin, ammo enalapril siydikda siydik kislotasining darajasini oshirishi va shu orqali gidroxlortiazidning giperurikemik samarasini kamaytirishi mumkin.
Giperkaliyemiya. Giperkaliyemiyani rivojlanish omillariga buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet va kaliy tejovchi diuretiklarni (masalan, spironolakton, triamteren yoki amiloridni) yondosh qo‘llash, shuningdek kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rinbosarlarini qo‘llash kiradi. Agarda ENALOZID 25 preparatini va yuqorida ko‘rsatilgan vositalarni bir vaqtda qo‘llash zarur hisoblansa, ularni ehtiyotkorlik bilan va qon zardobida kaliyning darajasini tez-tez nazorat qilish bilan qo‘llash kerak.
Allergik reaktsiyalar. AAF ingibitorlari, shu jumladan enalapril maleati bilan davolash vaqtida yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush yorig‘ini va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishini alohida hollari ta'riflangan. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish, klinik belgilarni nazorat qilish maqsadida patsiyentning holatini sinchkov kuzatuvini o‘tkazish kerak. Faqat ular yo‘qolganidan keyingina tibbiy kuzatuvni to‘xtatish mumkin.
Hiqildoqning shishi bilan kechuvchi angionevrotik shish o‘limga olib kelishi mumkin. Shish til, tovush yorig‘i yoki hiqildoq sohasida joylashganida, bu nafas yo‘llarining obstruktsiyasiga olib kelishi mumkin, darhol teri ostiga adrenalin eritmasini 11000 (0,3-0,5 ml) yuborish va boshqa muvofiq davolash choralarini o‘tkazish kerak.
Anamnezida AAF ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan anginevrotik shish hollari bo‘lgan patsentlar, AAF ingibitorlari bilan davolanish fonida angionevrotik shishni paydo bo‘lishiga ko‘proq moyil bo‘lishlari mumkin.
Tiazidlar bilan davolash fonida patsiyentlarda, anamnezida allergik holatlari yoki bronxial astmani bo‘lishidan qat'iy nazar, allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Tiazidlarni olgan patsiyentlarda tizimli qizil yugurikni qaytalanishlari yoki kechishini yomonlashishi to‘g‘risida ma'lumotlar bor.
Kamdan-kam hollarda AAF ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda parda qanotlilarning zahridan olingan allergenlar bilan giposensibilizatsiyani o‘tkazish vaqtida og‘ir anafilaktoid reaktsiyalar rivojlangan. Bunga o‘xshash reaktsiyalardan, agarda giposensibilizatsiyani o‘tkazishni boshida AAF ingibitorlarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilsa saqlanish mumkin.
Anafilaktoid reaktsiyalar yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyati bo‘lgan membranalarni (AN 69® kabi) ishlatish bilan dializda bo‘lgan va bir vaqtda AAF ingibitorlari bilan davolangan patsiyentlarda kuzatilgan. Bu patsiyentlarda boshqa turdagi dializ membranalarini yoki boshqa sinf gipotenziv preparatlarini ishlatish kerak.
Yo‘tal. AAF ingibitorlari bilan davolash fonida yo‘tal hollari kuzatilgan. Odatda yo‘tal mahsulotsiz (balg‘amsiz), doimiy xarakterga ega bo‘lgan va preparat bekor qilinganidan keyin to‘xtaydi.
AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq yo‘talning ehtimoli, yo‘talning differentsial diagnostikasini bir qismi sifatida qaralishi lozim.
Keksa yoshli patsiyentlar. Enalapril maleati va gidroxlortiazidni bir vaqtda qo‘llashning samaradorligi va o‘zlashtirilishi keksa va yosh patsiyentlardagi samaralari bilan o‘xshash.
ENALOZID 25 tabletkasining tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun bu preparatni galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
ENALOZID 25 bilan davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. ENALOZID 25 ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning birinchi belgilarida preparatni qabul qilishni, preparatni qo‘llash ona uchun hayotiy muhim bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, darhol to‘xtatish kerak. AAF ingibitorlarini homiladorlikning I va III uch oyliklarida buyurilishi homilani (yangi tug‘ilgan chaqaloqni) kasallanishini yoki nobud bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Agarda preparat homiladorlik vaqtida buyurilgan bo‘lsa, patsiyentkani homila uchun xavfi to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Juda kam hollarda, preparatni homiladorlikda buyurish zarur hisoblanganida, homilaning holatini, shuningdek intraamniotik bo‘shliqni baholash uchun vaqti-vaqti bilan ultratovush tekshirishlarini o‘tkazish kerak. Agarda oligogidroamnion aniqlansa, ENALOZID 25 preparatini qo‘llashni, preparatni qo‘llash ona uchun hayotiy muhim bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, darhol to‘xtatish kerak. Biroq, oligogidroamnion homilada barqaror qaytmas o‘zgarishlar paydo bo‘lganidan keyin ham paydo bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Agarda AAF ingibitori homiladorlik davrida qo‘llanayotgan bo‘lsa va oligogidroamnion aniqlasa, unda bachadonni qisqarishini stress-testi va nostress testni yoki homiladorlikning haftasiga qarab, homilaning biofizik profili kabi testlarni o‘tkazish o‘rinli bo‘lishi mumkin.
Preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Spetsifik ma'lumotlar yo‘q. «Nojo‘ya ta'sirlari» bo‘limida ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning ayrimlari avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish simptomlari arterial gipotenziya, ko‘ngil aynishi, holsizlik, elektrolit muvozanatini buzilishi fonidagi bosh aylanishi. Diurezni kuchayishi tufayli gipokaliyemiya, giponatriyemiya va degidratatsiya. Agarda digitalis preparatini qo‘llagan bo‘lsangiz, gipokaliyemiya yurak aritmiyasining ko‘rinishlarini kuchaytirishi mumkin.
ENALOZID 25 ning dozasini oshirib yuborilishini davolash simptomatik va bir maromda ushlab turuvchi bo‘lishi kerak. Tasodifan doza oshirib yuborilganida preparatni bekor qilish, agarda preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa me'dani yuvish kerak; shuningdek suv va elektrolit muvozanatini va arterial gipotenziyani to‘g‘rilash kerak. Enalapril tizimli qon oqimidan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 3 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.