Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enam tab. 10mg №30
Nomi | Narx | |||||
Энам таб. 10мг №30 (B2301012##2 089) |
UZS 39 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Энам таб. 10мг №30 (B2303325##2 174) |
UZS 39 300
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эналаприл
Страна производитель
Индия
Дозировка
10 мг
Производитель
Dr. Reddi's Laboratories LTD
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enam
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Enalapril maleati
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
2,5 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda – 2,5 mg enalapril maleati;
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, malein kislotasi, rux stearati;
5 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda – 5 mg enalapril maleati;
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, malein kislotasi, rux stearati;
10 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda – 10 mg enalapril maleati;
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, rux stearati.
Ta'rifi
Dumaloq shaklli, qirralari kesilgan, oq rangli, qobiqsiz, bir tomonida “EMT” markirovkasi va boshqa tomonida “2,5” raqami va bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Dumaloq shaklli, qirralari kesilgan, oq rangli, qobiqsiz, bir tomonida “EMT” markirovkasi va boshqa tomonida “5” raqami va bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Dumaloq shaklli, qirralari kesilgan, oq rangli, qobiqsiz, bir tomonida “EMT” markirovkasi va boshqa tomonida “10” raqami va bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antigipertenziv vosita (AAF ingibitori)
ATX kodi S09AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetika
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan taxminan 60% so‘riladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishga ta'sir qilmaydi. Enalaprilat hosil bo‘lishi bilan gidroliz yo‘li orqali jigarda metabolizmga uchraydi, uning farmakologik faolligi tufayli gipotenziv ta'sir yuzaga keladi. Enalaprilatni plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Enalaprilatning T1/2 11 soatni tashkil qiladi va buyrak yetishmovchiligida oshadi. Ichga qabul qilingan dozaning 60% buyraklar orqali (20% enapril ko‘rinishida, 40% enalaprilat ko‘rinishida), 33% ichak orqali (6% enapril ko‘rinishida, 27% enalaprilat ko‘rinishida) chiqariladi. Enalaprilat vena ichiga yuborilgandan keyin 100% buyrak orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Farmakodinamika
si
AAF ingibitori. Old dori hisoblanadi, organizmda undan faol metabolit enalaprilat hosil bo‘ladi. Antigipertenziv ta'siri angiotenzin I ni angiotenzin II ga (yaqqol qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi va buyrak usti bezi po‘stloq qismida aldosteron sintezini rag‘batlantiradi) aylanish tezligini pasayishiga olib keladi deb taxmin qilinadi. Angiotenzin II ning kontsentratsiyasini pasayishi oqibatida reninni ajralib chiqishida manfiy qayta aloqani bartaraf etish va aldosteron sintezini bevosita kamayishi orqali plazmadagi renin faolligini ikkilamchi oshishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ehtimol enalaprilat bradikininni parchalanishiga to‘sqinlik qilib, kinin-kallikrein tizimiga ta'sir qiladi. Qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'siri tufayli QTUPQ (keyingi yuklama), o‘pka kapillyarlarida qotib qolish bosimi (old yuklama) va o‘pka qon tomirlarida qarshilikni kamaytiradi; yurakning minutlik xajmini va yuklamaga tolerantlikni oshiradi. Enalapril shuningdek biroz diuretik samara ham ko‘rsatadi. Buyrak qon tomirlarida bosimni kamaytiradi, bu qon aylanishini normallashishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
-arterial gipertenziya (shu jumladan renovaskulyar gipertenziya).
-surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida)
-yurak chap qorinchasining simptomsiz disfunktsiyasi bilan kechuvchi patsiyentlarda klinik jihatdan yaqqol yurak yetishmovchiligi rivojlanishini oldini olishda (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Enam ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar ichga buyuriladi.
Diuretiklar qabul qilmayotgan patsiyentlar uchun - tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi sutkada 5 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik doza shaxsiy ravishda tanlanadi. Odatda bir yoki ikki marta qabul qilishga sutkada 10 mg dan 40 mg gacha bo‘lgan doza talab etiladi.
Diuretiklar qabul qilayotgan patsiyentlar uchun – gipotenziyani oldini olish uchun davolashni buyurishdan 1-2 kun oldin diuretikni bekor qilish kerak. Diuretikni bekor qilish imkoniyati bo‘lmagan holatda Enamning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi – 2,5 mg ni tashkil qiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida Enamni qo‘llanishi
Davolashni sutkada 1 marta 2,5 mg dozadan boshlagan afzal. Preparatni qabul qilishdan samarani 3-4 kun kutish kerak. Arterial bosimni doimo nazorat qilish kerak. So‘ngra 2,5 mg dan sutkada 2 marta 3-4 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Ikkinchi xaftadan boshlab, agar sistolik bosim 100 mm sim.ust. dan past bo‘lmasa,zarurati bo‘lganida dozani 20 mg dan bir yoki ikki marta qabul qilishga oshiriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 40 mg ni tashkil qiladi.
Dozani tanlash va keyingi davolash ambulator olib borilishi mumkin, bunda bemorning holatini bir oyda kamida 1 marta baholash (faqat dozani tanlashda shifokor ko‘rigi va nazorati har 10 kunda talab etiladi), qonda kreatinin va elektrolitlar darajasini nazorat qilish kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash fonida bemorda shikoyatlar bo‘lmaganida 80/60 mm sim.ust. gacha arterial gipotenziya bo‘lishi preparatni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Diuretiklar (ayniqsa, halqali va kaliy tejovchi), shuningdek kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Arterial gipotenziya rivojlanganda bemorni bir necha kunga yotoq tartibiga o‘tkazish kerak, agar bu yordam bermasa, bemorga vena ichiga 400-800 ml fiziologik eritma yuborish kerak.
Yurak chap qorinchasining simptomsiz disfunktsiyasida Enamni qo‘llash
Boshlang‘ich doza sutkada ikki marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Agar patsiyent preparatni yaxshi o‘zlashtiraolsa (gipotenziya rivojlanishi kuzatilmasligi) yoki simptomatik gipotenziyani muvofiqlashtirgandan keyin preparatning dozasi asta-sekin oshiriladi. Preparatning tavsiya etilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasi sutkada 1 marta 20 mg yoki sutkada 2 marta 10 mg ni tashkil qiladi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda nefropatiya chaqirgan arterial gipertenziyada Enamni qo‘llash
Preparatning dozasi diabetik nefropatiya arterial gipertenziya bilan kechayotganligi yoki kechmayotganligiga bog‘liq. Agar diabetik nefropatiya normal arterial bosim fonida kechsa, Enamning yuqori bo‘lmagan dozalari – sutkada 2,5 mg yoki 5 mg ishlatiladi. Agar nefropatiya arterial gipertenziya bilan kechsa, doza arterial gipertenziyadagidek tanlanadi (maksimal sutkada 40 mg gacha).
Buyrak yetishmovchiligida Enamni qo‘llash
Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan yuqori (qonda kreatininning darajasi minutiga 3 ml dan yuqori) bo‘lgan patsiyentlarda uchun preparatning oddiy dozasi tavsiya etiladi. Agar kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lsa, boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg dan oshmasligi kerak. Keyinchalik dozani tanlash qonda kreatinin va elektrolitlar darajasini nazorati ostida shaxsiy ravishda amalga oshiriladi. Gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich doza va dializ kunidagi doza sutkada 2,5 mg dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Enamni qo‘llaganda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar qayd etilgan, ular kuchsiz yaqqollikda bo‘lgan, o‘tuvchan xarakterga ega va preparatni bekor qilishni talab etmaydi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush dori reaktsiyalari va/yoki noxush ko‘rinishlarning rivojlanish tez-tezligi quyidagi gradatsiyaga muvofiq ta'riflangan juda tez-tez (>1/10); tez-tez (1/10-1/100); tez-tez emas (1/100-1/1000); kam hollarda (1/1000-1/10000); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tez-tez emas – anemiya (shu jumladan aplastik va gemolitik); kam hollarda – neytropeniya, gemoglobinni kamayishi, gematokritni pasayishi, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, pantsitopeniya, limfadenopatiya, autoimmun kasalliklar.
Endokrin tizimi tez-tezligi noma'lum – antidiuretik gormon sekretsiyasi sindromi.
Metabolizm va oziqlanishni buzilishi tez-tez emas – gipoglikemiya.
Ruhiy buzilishlar tez-tez – depressiya; tez-tez emas – asabiylik, uyqusizlik; kam hollarda - uyquni buzilishi.
Nerv tizimi juda tez-tez – bosh aylanishi; tez-tez – bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, ta'mni o‘zgarishi; tez-tez emas – uyquchanlik, paresteziya.
Ko‘rish juda tez-tez – ko‘rishni noaniqligi.
Eshitish tez-tez emas – quloqlarda shang‘illash.
Yurak-qon tomir tizimi tez-tez – ko‘krakda og‘riq, ritmni buzilishi, stenokardiya, taxikardiya, gipotoniya (shu jumladan ortostatik gipotoniya); tez-tez emas – yurak urib ketishi hissi, miokard infarkti yoki bosh miyada qon aylanishini buzilishi, ehtimol patsiyentlarda arterial gipertenziya xavfining yuqoriligi tufayli ikkilamchi; kam hollarda – Reyno sindromi.
Respirator, torakal buzilishlar juda tez-tez – yo‘tal; tez-tez – nafas olishni qiyinlashishi, hansirash; tez-tez emas – rinoreya, tomoqda og‘riq va bo‘g‘ilish, bronxospazm/astma; kam hollarda – o‘pka infiltratlari, rinit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – diareya, abdominal og‘riq; tez-tez – ichak tutilishi, pankreatit, qusish, dispepsiya, qabziyat, anoreksiya, me'dani ta'sirlanishi, og‘izni qurishi, peptik yara; kam hollarda – stomatit/aftoz yaralar, glossit; juda kam hollarda – ichak angionevrotik shishi.
Gepatobiliar tizim kam hollarda – jigar yetishmovchiligi, gepatit – gepatotsellyulyar yoki xolestatik, nekroz, xolestaz (shu jumladan sariqlik).
Teri va teri osti to‘qimalari tez-tez – toshma, o‘ta yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish yuz, qo‘l-oyoq, ovoz boylamlari va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi; tez-tez emas – terlash, qichishish, eshakemi, soch to‘kilishi; kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, pufaklar, eritrodermiya; tez-tezligi noma'lum – quyidagi simptomlardan ayrimlarini yoki barchasini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan simptomlar kompleksi isitma, serozit, vaskulit, mialgiya/miozit, artralgiya/artrit, musbat antinuklear antitelalar, EChT ni oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshma, fotosezuvchanlik yoki boshqa dermatologik ko‘rinishlar.
Suyak-mushak tizimi tez-tez emas – mushak spazmlari.
Siydik chiqarish tizimi tez-tez – buyrak disfunktsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, proteinuriya; kam hollarda – oligouriya.
Reproduktiv tizim tez-tez emas – impotentsiya; kam hollarda – ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar juda tez-tez – asteniya; tez-tez – toliqish; tez-tez emas – lohaslik, isitma.
Laborator ko‘rsatkichlar tez-tez – giperkaliyemiya, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi; tez-tez emas – qonda mochevina darajasini oshishi, giponatriyemiya; kam hollarda – jigar fermentlari darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin darajasini oshishiga olib kelish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-enalaprilga va angiotenzinga aylantiruvchi fermentning boshqa ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik;
-anamnezida AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq angimonevrotik shishni mavjudligi;
-aortal stenoz, mitral stenoz, homiladorlik (II-III uch oylik), laktatsiya davri, bolalar;
-enalaprilni qandli diabeti yoki buyrak faoliyatini buzilishi (KFT<60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarda aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Enalaprilni nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV) bilan bir vaqtda buyurilganda enalaprilning gipotenziv samarasi pasayishi mumkin; kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren, amilorid) bilan – giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin; litiy tuzlari bilan – litiyni chiqarishi sekinlashadi (qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak).
Davolash davrida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish taqiqlanadi, chunki alkogol preparatning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Enalaprilni isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish enalaprilning samaradorligi pasaytirishi mumkin.
Enalapril teofillin saqlovchi preparatlarning ta'sirini susaytiradi.
Simetidin enalaprilning ta'sirini uzaytiradi.
Diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, metildopa, nitratlar, kaltsiy kanallari blokatorlari, gidralazin, prazozin bilan bir vaqtda qo‘llash enalaprilning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipotenziyani rivojlanishi.
Arterial gipotenziyani rivojlanishi preparatni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi, lekin profilaktika choralariga (qonda elektrolitlar darajasini nazorati, arterial bosim nazorati, preparatning dozasiga tuzatish kiritish) rioya qilishni talab etadi.
• Jarroxlik operatsiyalarida anesteziya vaqtida arterial gipotenziya rivojlanishi.
Enamni antigipertenziv ta'sirga ega narkoz uchun vositalar bilan birga qo‘llash arterial gipotenziya chaqirishi mumkin.
• Enamni buyurgandan keyin arterial gipotenziya va ikkilamchi renal gipoperfuziya rivojlanishi oqibatida azot mochevinasi va zardobda kreatinin darajasi oshishi mumkin.
• Enamni buyurganda diuretiklar va kaliy preparatlari bilan avvalgi davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Enamni buyurgandan 2 xaftadan keyin laborator nazoratni o‘tkazish kerak azot mochevinasi, qon plazmasida kreatinin va elektrolitlar, shuningdek umumiy siydik tahlili. Surunkali yurak yetishmovchiligi yoki arterial gipertenziya buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish kerak.
• Giperkaliyemiya.
Enam kaliy yo‘qotilishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun u bilan birga davolaganda kaliy tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlarini qo‘llash zarurati yo‘q. Aks holda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Qalqonsimon oldi bezi faoliyatini tekshirishdan oldin Enamni bekor qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Enalaprilni qo‘llash ba'zida toliqish yoki bosh aylanishi hissini chaqirishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial gipotenziya. AAF ingibitorlarining dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq simptomlar tomirli shok, elektrolit buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urib ketishi, bradikardiya, bosh aylanishi, bezovtalik va yo‘talni o‘z ichiga oladi.
Davolash patsiyentni yotqizish, oyoqlarini yuqoriga qaratish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
ning yengil holatlarida patsiyentga ichga tuzli eritma buyuriladi. Enalaprilni chiqarishga qaratilgan choralar ko‘riladi (masalan, sun'iy qusish, me'dani yuvish, adsorbentlar va natriy sulfatini yuborish). Jiddiyroq holatlarda statsionar sharoitda arterial bosimni barqarorlashtirishga qaratilgan choralar amalga oshiriladi fiziologik eritma yoki plazma o‘rnini bosuvchilarni vena ichiga yuborish. Gemodializ qo‘llanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletka saqlovchi alyumin folgali strip. 2 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan (2x10).
10 tabletka saqlovchi PVX va alyumin folgali blister. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan (2x10).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Saqlash sharoiti
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«D-r Reddi’s Laboratoris Limited»
Formulations Technical Operations - II,
Survey No. 42, 45 & 46, Bachupally, Qutubullapur Mandal, Ranga Reddy District, Telangana, Xindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.