Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Niperten tab. 5mg №30
Nomi | Narx | |||||
Нипертен 5 мг таб.№30 (DD2603##1996) |
UZS 44 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бисопролол
Страна производитель
Словения
Дозировка
5 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg
Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg
Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg
Bisoprolol fumarati
Mazkur preparatni qo‘llashdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni yana o‘qib chiqish Sizga kerak bo‘lib qolishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Mazkur preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga, garchand Sizda kasallikning o‘xshash belgilari qayd etilgan bo‘lsa-da, zarar keltirishi mumkin.
-Agar Sizda nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu holat ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qaralsin.
Ushbu ilova-varaqa qanday ma'lumot saqlaydi
1.Niperten preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Niperten qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
3.Niperten qanday qo‘llaniladi
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Niperten qanday saqlanadi
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
1. Niperten preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
Bisoprolol Niperten preparatining ta'sir etuvchi moddasidir. Bisoprolol beta-blokatorlar deb ataladigan dori preparatlari guruhiga mansub bo‘lib, ushbu preparatlar ayrim nerv impulslariga, ayniqsa yurakda, organizmning javobiga ta'sir ko‘rsatgan holda ishlaydi. Natijada bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashtiradi va qonni tana bo‘ylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi. Ayni vaqtda bisoprolol kislorodga bo‘lgan ehtiyojni va qonni yurakka oqib kelishini kamaytiradi. Yurak mushagi kuchsiz bo‘lganda va organizm ehtiyojlari uchun yetarlicha qon miqdorini haydab berishga qodir bo‘lmaganida yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.
Niperten quyidagilarni davolash uchun
-yuqori arterial bosim (arterial gipertenziya);
-stenokardiya;
-stabil surunkali yurak yetishmovchiligi. Niperten ni ushbu kasallikni davolash uchun to‘g‘ri keladigan boshqa preparatlar (AAF ingibitorlari, siydik haydovchi preparatlar va yurak glikozidlari kabi preparatlar) bilan majmuada qo‘llaniladi.
2. Niperten qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
Quyidagi hollarda Niperten qabul qilinmasin
Sizda quyidagi kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten preparati qabul qilinmasligi kerak
-ushbu preparatning faol moddasi yoki har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa;
-og‘ir bronxial astma yoki o‘pkaning og‘ir surunkali kasalligi;
-qo‘l-oyoqlaringizda og‘ir darajada qon aylanishini buzilishi (masalan, Reyno sindromi), u qo‘l va oyoq barmoqlarida og‘riq hislarini yoki ularni ocharishi yoki ko‘karib ketishini keltirib chiqarishi mumkin;
-buyrak usti bezlarining kam uchraydigan o‘smasi bo‘lgan davolanmagan feoxromotsitoma;
-qonda kislota miqdorining oshib ketadigan holati bo‘lgan metabolik atsidoz.
Sizda quyidagi yurak kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten preparati qabul qilish mumkin emas
-o‘tkir yurak yetishmovchiligi;
-yurak yetishmovchiligini avj olishi, u yurak mushagi qisqarishi kuchini ko‘paytiradigan preparatlarni vena ichiga yuborishni talab qiladi;
-past arterial bosim;
-yurak qisqarishlarini juda past tez-tezligiga yoki Sizda o‘rnatilgan kardiostimulyator mavjud bo‘lmaganida yurakning nomuntazam qisqarishlariga olib keluvchi yurakning ayrim kasalliklari;
-past arterial bosimga va qon aylanishining yetishmovchiligiga olib keladigan, yurakning o‘tkir jiddiy patologiyasi bo‘lgan kardiogen shok.
Maxsus ko‘rsatmalar
Niperten ni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Sizda quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa, bu haqda o‘z shifokoringizni Niperten tabletkalari qabul qilinguniga qadar xabardor qiling; ehtimol u bunga alohida e'tibor qaratishi (masalan, qo‘shimcha davolashni buyurishi yoki ko‘proq nazorat o‘lchashlarini o‘tkazishi) mumkin
-qandli diabet;
-ro‘za tutish;
-yurak ritmini buzilishi yoki tinch holatda ko‘krakda kuchli og‘riq (Printsmetal stenokardiyasi) kabi yurakning ayrim kasalliklari;
-buyrak yoki jigar kasalliklari;
-og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini buzilishi;
-og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan bronxial astma yoki surunkali o‘pka kasalligi;
-anamnezda tangachali teri toshmasi (psoriaz);
-buyrak usti bezi o‘smasi (feoxromotsitoma);
-qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi;
-birinchi darajali yurak blokadasi (yurakka nerv signallari o‘tishi buziladigan holat, bu yurak qisqarishlarini davriy o‘tkazib yuborilishlariga yoki nomuntazam yurak qisqarishlariga olib kelishi mumkin).
Bundan tashqari, agar Siz quyidagilarni qabul qilmoqchi bo‘lsangiz shifokoringizga xabar qiling
-desensibilizatsiya qiluvchi davolash (masalan, pollinozni profilaktika qilish uchun), chunki Niperten® tabletkalari allergik reaktsiya rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin yoki bunday reaktsiya og‘ir kechishi mumkin;
-anesteziya (masalan, jarrohlik aralashuvida), chunki Niperten® tabletkalari ushbu vaziyatga nisbatan Sizning organizmingiz reaktsiyasiga ta'sir etishi mumkin.
Boshqa dori preparatlari va Niperten
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga ma'lum qiling.
Shifokoringiz tavsiyasisiz quyidagi preparatlarni Niperten bilan qabul qilmang
-nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon kabi I sinf antiaritmik preparatlar);
-yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (verapamil va diltiazem kabi kaltsiy antagonistlari);
-yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniladigan klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi ayrim preparatlar. Biroq ushbu preparatlarni qo‘llashni shifokoringiz bilan maslahatlashmay turib to‘xtatmang.
Quyidagi preparatlarni Niperten tabletkalari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing; ehtimol shifokoringiz Sizning salomatligingiz holatini tez-tez nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi
-yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (nifedipin, felodipin va amlodipin kabi digidropiridin qatoridagi kaltsiy antagonistlari);
-nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (amiodaron kabi III sinf antiaritmik preparatlar);
-mahalliy qo‘llaniladigan beta-blokatorlar (glaukomani davolash uchun timolol ko‘zga tomchilar kabi);
-masalan, Altsgeymer kasalligi yoki glaukomani davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (takrin yoki karbaxol kabi parasimpatomimetiklar) yoki o‘tkir yurak patologiyasini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar (izoprenalin va dobutamin kabi simpatomimetiklar);
-qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, shu jumladan insulin;
-og‘riqsizlantiruvchi preparatlar (masalan, jarrohlik aralashuvi vaqtida);
-yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llaniladigan angishvonagul preparatlari;
-artrit, og‘riqlar yoki yallig‘lanishni davolash uchun qo‘llaniladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQV) (masalan, ibuprofen yoki diklofenak);
-gipotenziv preparatlar kabi kutilgan yoki noxush samara sifatida arterial bosimni pasaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday preparatlar, depressiyani davolash uchun ayrim preparatlar (imipramin yoki amitriptilin kabi tritsiklik antidepressantlar), tutqanoqni davolash uchun yoki anesteziya vaqtida qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (barbituratlar, masalan fenobarbital) yoki haqqoniy holat bilan aloqani yo‘qotgan holda tavsiflanadigan ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (levomepromazin kabi fenotiazinlar);
-bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llaniladigan mefloxin;
-depressiyani davolash uchun moklobemid kabi monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno) deb ataladigan preparatlar;
-Reyno sindromi kabi qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun qo‘llaniladigan moksisilit.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik davrida Niperten preparati qo‘llanilganida bolaga salbiy ta'sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoxud emizikli bo‘lsangiz, o‘zingizni homilador deb ehtimol qilsangiz yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Niperten® preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkinligini u hal etadi.
Insonda ko‘krak sutiga bisoprololni o‘tishi noma'lum. Shuning uchun Niperten preparati bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Niperten preparati bolalarda yoki o‘smirlarda qo‘llanilishi uchun tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta'siri Siz Niperten preparatini qanday o‘zlashtirishingizga bog‘liq. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat o‘zgartirilganida, shuningdek preparatni alkogol bilan majmuada qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.
3. Niperten qanday qo‘llaniladi
Preparat shifokor yoki farmatsevt buyurilgandek doimo aniq qabul qilinishi lozim. Agar Sizda ikkilanishlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Tabletkani ovqat qabul qilinishidan qat'iy nazar ertalab suv bilan iching. Tabletkani sindirmang va chaynamang.
Niperten preparati bilan davolashda shifokoringiz tomonidan muntazam monitoring olib borilishi zarur. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat bilan davolash to‘xtatilganida bu ayniqsa zarurdir.
Niperten preparati bilan davolash odatda uzoq davom etadi.
Arterial gipertenziya va stenokardiya
Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozani tanlash shaxsiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Odatda sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
Preparatga nisbatan organizmning javobiga bog‘liq ravishda shifokoringiz dozani 5 mg gacha kamaytirishga yoki dozani 20 mg gacha ko‘paytirishni hal etishi mumkin. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.
Stabil surunkali yurak yetishmovchiligi

Bisoprolol bilan davolash past dozadan, dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda boshlanishi kerak.
Shifokoringiz dozani qanday oshiishni hal etishi lozim; odatda u quyidagi tarzda o‘tadi
-1,25 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
-2,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
-3,75 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
-5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
-7,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
-10 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida.
Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
Preparatga nisbatan o‘zlashtiraolishingizga bog‘liq ravishda shifokoringiz shuningdek dozalarni oshirish oralig‘idagi intervalni uzaytirishi mumkin. Holat yomonlashganida yoki preparatni o‘zlashtira olmagan holatlarda dozani yana kamaytirish yoki davolash vaqtincha to‘xtatib turish talab etilishi mumkin. Ayrim patsiyentlarda bisoprololning 10 mg dan kam bo‘lgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi yetarlicha bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz bu holatda qanday yo‘l tutish mumkinligini Sizga xabar qiladi. Davolashni to‘liq to‘xtatish zarurati bo‘lganida shifokor, odatda dozani bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya etadi, chunki aks holda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.
Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi
Yengil va o‘rta darajali jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Og‘ir darajadagi buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi <20 ml/min) va og‘ir darajali jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda bisoprololning sutkalik dozasi 10 mg dan oshirilmaslik tavsiya qilinadi.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Niperten bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
Agar Siz Niperten ni keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Niperten preparatini keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga darhol xabar qiling. Shifokoringiz qanday choralar lozimligi haqida qaror qabul qiladi.
Dozani oshirib yuborilganligi simptomlari yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashishini, og‘ir darajali nafas siqilishini, bosh aylanishini yoki qaltirashni (qonda qand miqdorining pasayishi munosabati bilan) o‘z ichiga olishi mumkin.
Niperten Kombi dozasini o‘tkazib yuborilishi
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Ertasi kuni ertalab odatdagi dozangizni qabul qiling.
Agar Siz Niperten preparatini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ysangiz
Niperten preparatini qabul qilishni shifokoringiz tavsiyasisiz hech qachon to‘xtatib qo‘ymang. Aks holda Sizning holatingiz sezilarli ravishda yomonlashishi mumkin. Davolanishni ayniqsa yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda birdan to‘xtatib qo‘ymaslik lozim. Agar Siz davolanishni to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz dozani asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.
Agar Sizda mazkur preparatni qabul qilishga nisbatan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokiringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmasa ham.
Agar nojo‘ya samaralar og‘ir bo‘lsa, to‘satdan yuzaga kelgan bo‘lsa yoki Siz ularni tez yomonlashishini qayd etgan bo‘lsangiz, jiddiy reaktsiyalarni oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qiling. Eng jiddiy nojo‘ya samaralar yurak faoliyatiga aloqador bo‘lib, ular quyidagichadir
-yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
-yurak yetishmovchiligini avj olishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
-sekin yoki nomuntazam yurak urishi (100 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin).
Agar Siz bosh aylanishi, holsizlik yoki nafas olishni qiyinlashishini sezsangiz shifokoringizga iloji boricha tezroq murojaat qiling.
Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar ular tez-tez uchrashiga qarab sanab o‘tilgan
Tez-tez (10 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin)
-toliqish, holsizlik hissi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
-qo‘llar yoki oyoqlarni muzlashi yoki uvishishi;
-past arterial bosim;
-ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat kabi me'da yoki ichak tomonidan buzilishlar.
Tez-tez emas (100 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin)
-uyquni buzilishi;
-depressiya;
-o‘rnidan turganda bosh aylanishi;
-bronxial astmali yoki surunkali o‘pka kasalligi mavjud patsiyentlarda nafas olishni buzilishi;
-mushak kuchsizligi, mushak tirishishi.
Kam hollarda (1000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin)
-eshitishni buzilishi;
-allergik rinoreya;
-yosh ajralishini pasayishi (quruq ko‘zlar);
-ko‘z yoki ko‘z oqini sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yallig‘lanishi;
-jigar faoliyati yoki lipidlar kontsentratsiyasini belgilovchi qon tahlilining ayrim natijalari normadan farqlanadi;
-qichishish, giperemiya, toshma kabi allergik tipdagi reaktsiyalar;
-erektsiyani buzilishi;
-tungi vahimali tushlar, gallyutsinatsiyalar;
-hushdan ketish.
Juda kam hollarda (10 000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin)
-ko‘zlarni achishishi va qizarishi (kon'yunktivit);
-soch to‘kilishi;
-po‘stloqli teri toshmasi (psoriaz) paydo bo‘lishi yoki avj olishi; psoriazsimon toshma.
5. Niperten qanday saqlash kerak
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
Ushbu preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamayotgan dori preparatlarini qanday qilib utilizatsiya qilish haqida farmatsevtdan so‘rang. Mazkur choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram o‘z ichiga nimani oladi va boshqa axborot
Niperten nimalarni o‘zida saqlaydi
Faol modda – bisoprolol fumarati.
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumaratini saqlanadi.
Yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati tabletka yadrosida, gipromelloza, makrogol, titan dioksid, talk, temir (II) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda va temir (III) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda.
Niperten qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg oval, biroz ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg oval, biroz ikki tomonlama qavariq, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, qiya chekkali, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
10 tabletkadan OPA/Al/PVX va alyumin folgali blisterda. 3, 6 yoki 9 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.