Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Noliprel arginin tab. 2.5mg/0.625mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Периндоприл, индапамид
Страна производитель
Франция
Дозировка
2,5 мг/0,625 мг
Производитель
Les Laboratoires Servier Industrie
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
NOLIPREL® arginin
perindopril arginin/indapamid - plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqing.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
-Bu preparat shaxsan Sizga qabul qilish uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Xattoki ularning simptomlari siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar nojo‘ya samaralari jiddiy tus olsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada keltirilmagan noxush ta'sirlarni aniqlasangiz, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Savdo nomi NOLIPREL® arginin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) perindopril va indapamid
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg/0,625 mg.
NOLIPREL arginin - bu ikkita faol komponent perindopril va indapamidning majmuasidir. Bu gipotenziv preparat bo‘lib, u yuqori arterial bosimni (gipertenziyani) davolash uchun qo‘llaniladi.
NOLIPREL arginin nima saqlaydi?
-Ta'sir etuvchi moddalar - perindopril arginin va indapamid. Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 2,5 mg perindopril arginin (1,6975 mg perindoprilga to‘g‘ri keladi) va 0,625 mg indapamid saqlaydi.
-Tabletka yadrosining tarkibiga kiruvchi boshqa ingrediyentlar laktoza monogidrati, magniy stearati (E470V), maltodekstrin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi (E551), natriy kraxmal glikolyati (A turi); plyonka qoplamasining tarkibi glitserin (E422), gipromelloza (E464), makrogol 6000, magniy stearati (E470V), titan dioksidi (E171).
NOLIPREL arginin qanday ko‘rinishga ega va o‘ram tarkibi
NOLIPREL arginin - bu oq uzunchoq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan har tomonida qavariq chizig‘i bo‘lgan tabletkalar. Plyonka qobik bilan qoplangan bir tabletka 2,5 mg perindopril arginin va 0,625 mg indapamid saqlaydi.
Tabletkalar 14 yoki 30 tabletka saqlovchi konteynerlarda chiqariladi.
Sotuvda barcha qadoqdagi o‘ramlari bo‘lmasligi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigipertenziv vositalar. Perindopril va diuretiklar.
ATX kodi S09VA04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
NOLIPREL arginin – angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitori perindorilning arginini tuzi, va xlorsulfamoil diuretik indapamidning, majmuasidir. Preparatning farmakologik ta'siri har bir komponentining farmakologik xususiyatlari va ular birga qo‘llanganda additiv sinergik samarasi bilan bog‘liqdir.
Ta'sir mexanizmi
NOLIPREL arginin bilan bog‘liq bo‘lgan ta'sir mexanizmi
NOLIPREL arginin ikkita komponentning additiv sinergizmi bilan bog‘liq gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi.
Perindopril bilan bog‘liq bo‘lgan ta'sir mexanizmi
Perindopril – angiotenzin I ni qon tomirlarni toraytiruvchi modda bo‘lgan angiotenzin II ga aylanishini chaqiruvchi – angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitoridir (AAF ingibitoridir). Bundan tashqari, AAF buyrak usti bezi tomonidan aldosteron sekretsiyasini rag‘batlantiradi va qon tomirlarni kengaytiruvchi birikma bradikininni nofaol geptapeptidlargacha parchalanishini rag‘batlantiradi.
Bu
-aldosteron sekretsiyasini susayishiga,
-aldosteron bilan aks bog‘liqlikni yo‘qolishi sababli, plazmada renin faolligini oshishiga,
-uzoq muddat qo‘llanganda tuz va suvni tutib qolinishi yoki reflektor taxikardiya bilan kechmaydigan, asosan mushaklar va buyrakdagi qon tomirlarga ta'siri tufayli qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini pasayishiga olib keladi.
Perindopril shuningdek renin kontsentratsiyasi normal yoki past bo‘lgan bemorlarda ham gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi.
Perindoprilning ta'siri uning faol metaboliti perindoprilat bilan bog‘liqdir. Boshqa metabolitlari faol emas.
Perindopril quyidagilar hisobiga
-ehtimol, prostaglandinlarning metabolizmidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan venalarga qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'siri yurakka old yuklamani pasayishi hisobiga;
-yurak qisqarishidan keyin qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini pasayishi, yurakkka keyingi yuklamani pasayishi hisobiga yurak faoliyatini yengillashtiradi.
Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni
-yurakning o‘ng va chap qorinchasida to‘lish bosimni pasayishi,
-qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini pasayishi,
-yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshishi va yurak indeksini yaxshilanishi,
-mushaklarda regionar qon oqimini kuchayishi yuz berishini ko‘rsatadi.
Jismoniy yuklama bilan o‘tkazilgan sinamalar xam natijalarni yaxshilanganini ko‘rsatdi.
Indapamid bilan bog‘liq bo‘lgan ta'sir mexanizmi
Indapamid – bu indol xalqasiga ega bo‘lgan, farmakologik jihatdan tiazid diuretiklariga o‘xshash bo‘lgan sulfonamid hosilasidir. Indapamid halqaning kortikal segmentida natriyni qayta so‘rilishini ingibitsiya qiladi. Preparat natriy va xloridlarni, va kamroq darajada kaliy, shuningdek magniyni siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi, va shu yo‘l bilan siydik hosil bo‘lishini oshirib, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi.
NOLIPREL arginin bilan bog‘liq bo‘lgan farmakodinamik samaralar
Gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentning yoshidan qat'iy nazar NOLIPREL arginin sistolik va diastolik arterial qon bosimiga ham yotgan holatda, ham turgan holatda dozaga bog‘liq gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi. Gipotenziv samara sutka davomida saqlanib qoladi. Taxifilaksiyasiz arterial bosimni pasayishiga kamida bir oydan keyin erishiladi; davolashni to‘xtatish bekor qilish sindromini chaqirmaydi. Klinik tadqiqotlar vaqtida perindopril va indapamidni birga qo‘llash har bir preparat alohida qo‘llanganidagi ta'siriga nisbatan sinergik gipotenziv samaraga olib kelgan.
NOLIPRIL argininning kichik dozasini yurak-qon tomir xastaliklari bilan kasallanish va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatidagi o‘lim ko‘rsatkichiga ta'siri o‘rganilmagan.
Perindopril bilan bog‘liq bo‘lgan farmakodinamik samaralari
Perindopril har qanday darajadagi arterial gipertenziyada yengil va o‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan gipertenziyada ta'sir ko‘rsatadi. Sistolik va diastolik arterial qon bosimini pasayishi xam yotgan holatda, xam turgan holatda ro‘y beradi.
Maksimal gipotenziv faollik bir martalik doza qabul qilinganidan keyin 4-6 soat o‘tgach kuzatiladi va kamida 24 soat davomida saqlanib qoladi.
Preparat qabul qilinganidan keyin 24 soatdan keyin angiotenzinga aylantiruvchi ferment faolligini ingibitsiya qilishinining yuqori darajasi taxminan 80% ta'siri saqlanib qolishi aniqlanadi.
Preparat bilan davolab bo‘ladigan patsiyentlarda arterial bosimni normallashishiga bir oydan keyin erishiladi va bu samara taxifilaksiyani rivojlanishisiz saqlanib qoladi.
Davolashni to‘xtatish gipertenziyani yuz berishiga olib kelmaydi.
Perindopril qon tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega, asosiy arterial qon tomirlarning elastikligini tiklaydi, rezistent arteriyalarda gistomorfometrik o‘zgarishlarni tuzatadi va yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasini kamaytiradi.
Zarurat tug‘ilganida, tiazid diuretikni qo‘shilishi additiv sinergizmga olib keladi.
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorini tiazid diuretik bilan majmuada buyurilishi, faqat diuretikning o‘zini qabul qilganda yuz beradigan gipokaliyemiya xavfini pasaytiradi.
Indapamid bilan bog‘liq bo‘lgan farmakodinamik samarali
Indapamid monoterapiyada 24 soat davomida saqlanib turuvchi gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi. Bu samara, indapamidning diuretik ta'siri minimal bo‘lgan dozalarda namoyon bo‘ladi.
Indapamidning gipotenziv samarasi, uni arteriyalarning elastikligini yaxshilash, qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini va arteriola qon tomir qarshiligini pasaytirish xususiyati bilan proportsionaldir.
Indapamid chap qorincha gipertrofiyasini kamaytirishiga olib keladi.
Tiazid va tiazidsimon diuretiklarning dozasi oshirilganda, ularning gipotenziv samarasi platoga (muvozanatli holatga) yetadi, ayni paytda noxush samaralari esa, yanada yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Agar davolash samarasiz bo‘lsa, unda dozani oshirmaslik kerak.
Bundan tashqari, gipertenziya bo‘lgan patsiyentlarni qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli va uzoq muddat davolashda, indapamid
-lipid almashinuviga, ya'ni triglitseridlar, PZLP xolesterini, YuZLP xolesterini miqdoriga ta'sir qilmaydi;
-uglevodlar almashinuviga, hatto gipertenziyasi bo‘lgan diabetiklarda ham ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
NOLIPREL ARGININ bilan bog‘liq bo‘lgan farmakokinetik xususiyatlari
Perindopril va indapamidni majmuada qo‘llangandagi farmakokinetik xususiyatlari ularni alohida qo‘llangandagi xususiyatlaridan farq qilmaydi.
Perindopril bilan bog‘liq bo‘lgan farmakokinetik xususiyatlari
Peroral qabul qilinganda perindoprilni so‘rilishi tez yuz beradi, maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat davomida erishiladi. Perindoprilning plazmadan yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi.
Perindopril olddori bo‘lib, perindoprilning qabul qilingan dozasini yigirma yetti foiz faol metabolit perindoprilat ko‘rinishida qon oqimiga tushadi. Faol metabolit perindoprilatdan tashqari organizmda yana beshta nofaol metabolitlar hosil bo‘ladi. Perindoprilning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga preparat qabul qilingandan keyin 3-4 soatdan so‘ng erishiladi.
Ovqat qabul qilish perindoprilni perindoprilatga aylanishini, va demak uning biokiraolishligini ham kamaytiradi, shuning uchun perindopril arginin tuzini sutkada bir marta, peroral, ertalab nonushtadan oldin qabul qilish tavsiya qilinadi.
Perindoprilning dozasi va uning plazmadagi ekspozitsiyasi orasidagi bog‘liqlik borligi ko‘rsatilgan.
Bog‘langan perindoprilatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi. Perindoprilning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil qiladi, va asosan angiotenzinga aylantiruvchi ferment bilan bog‘lanadi, lekin preparatning kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Perindoprilat siydik bilan chiqariladi, uning erkin fraktsiyasini yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 17 soatni tashkil qiladi, bu 4 kun davomida muvozanat holatiga erishishga imkon beradi.
Perindoprilatni chiqarilishi keksa patsiyentlarda, shuningdek yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda sekinlashishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani tuzatishni buyrak faoliyatini buzilish darajasini (kreatinin klirensini) hisobga olib o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Dializda perindoprilning klirensi minutiga 70 ml ni tashkil qiladi.
Perindoprilning kinetikasi jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda o‘zgarishi mumkin dastlabki molekulaning jigar klirensi yarmiga kamayadi. Biroq, hosil bo‘ladigan perindoprilatning miqdori kamaymaydi, shuning uchun dozani tuzatish talab etilmaydi.
Indapamid bilan bog‘liq bo‘lgan farmakokinetik xususiyatlari
Indapamid me'da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi.
Odam plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga peroral qabul qilingandan keyin taxminan bir soatdan so‘ng erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 79% ni tashkil qiladi.
Yarim chiqarilish davri 14 soatdan 24 soatgachani (o‘rtacha taxminan 18 soatni) tashkil qiladi. Preparatni takroran qabul qilish uni organizmda to‘planishiga olib kelmaydi. Asosan siydik bilan (dozaning 70%) va ahlat bilan (22%) nofaol metabolitlar shaklida chiqariladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Essentsial gipertenziyasini davolash uchun qo‘llanadi.
Arterial gipertenziyasi va qandli diabeti 2 tipi bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari tomonidan chaqirilgan makroangiopatiyalar va mikroangiopatiyalar (buyrak tomonidan kelib chiqqan) xavfini pasaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalalari
NOLIPREL arginin qabul qilishda doimo shifokorning ko‘rsatmalariga qat'iy rioya qiling. Agar Siz nimagadir shubhalansangiz, albattashifokoringizgayoki farmatsevtgamurojaat qiling. Odatdagi doza sutkada bir tabletkani tashkil qiladi. Agar Siz buyrak yetishmovchiligidan aziyat cheksangiz, shifokoringiz qabul qilish tartibini o‘zgartirishi mumkin. Tabletkalarni ertalab, ovqatdan oldin qabul qilgan afzal. Tabletkani bir stakan suv bilan qabul qiling.
Tabletkadagi o‘yiqcha bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Agar Siz NOLIPREL arginin qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Preparatni har kuni qabul qilish muhimdir, chunki muntazam qabul qilish davolashni yanada samaraliroq qiladi. Shunday bo‘lsada, agar Siz NOLIPREL arginin dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. Qabul qilishni unutgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun keyingi dozani ikki barobarga oshirmang.
Agar siz NOLIPREL arginin qabul qilishni to‘xtatsangiz
Gipotenziv davolash butun umr davom etishi tufayli, preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin, Siz o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz lozim.
Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa,shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralari
Har qanday boshqa dori preparatlari kabi, NOLIPREL arginin ham, garchi har bir patsiyentda bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Agar quyidagi holatlardan birortasi paydo bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokoringiz bilan bog‘laning
-Sizda yuz, lablar, og‘iz, til yoki tomoq shishsa, nafas olishingiz qiyinlashsa;
-agar Sizning boshingiz yaqqol aylansa yoki xushingizdan ketsangiz;
-agar g‘ayri odiy tez yoki nomuntazam yurak urishi paydo bo‘lsa.
Nojo‘ya samaralari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin (tez-tezligini pasayishi tartibida)
-Tez-tez (preparatni qabul qilayotgan 10 odamdan 1 nafardan kamida, lekin 100 odamdan 1 nafaridan ortig‘ida kuzatiladi) bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, vertigo, sanchilish va chimchilash hissi, ko‘rishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi (quloqlardashovqin hissi), arterial qon bosimni pasayishi tufayli bosh aylanishi, yo‘tal, hansirash, me'da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, anoreksiya, qusish, qorin og‘rig‘i, ta'mni o‘zgarishi, og‘izni qurishi, dispepsiya yoki ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qabziyat), allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish kabi), mushak tirishishlari, charchoqlik xissi.
-Tez-tez emas (preparatni qabul qilayotgan 100 odamdan 1 nafardan kamida, lekin 1000 odamdan 1 nafaridan ortig‘ida kuzatiladi); kayfiyatni o‘zgarishi, uyquni buzilishi, bronxospazm (ko‘krak sohasida ezilish hissi, xushtaksimon nafas va xansirash), angionevrotik shish (xushtaksimon nafas,yuz va tilni shishi kabi simptomlar), eshakemi, purpura (terida qizil nuqtalar), buyrak faoliyatini buzilishi, impotentsiya, ko‘p terlash.
-Juda kam xollarda (preparatni qabul qilayotgan 10000 odamdan 1 nafardan kamida ortig‘ida kuzatiladi) ongni chalkashishi, yurak-qon tomir buzilishlari (yurak notekis urishi, yurak xuruji), eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyani kam uchraydigan turi), rinit (burunni bitishi yoki tumov), ko‘p shaklli eritema kabi og‘ir teri reaktsiyalari. Agar Siz tizimli qizil yugurik bilan xastalangan bo‘lsangiz (kollagenozli-tomir kasalligi), unda u yomonlashish mumkin. Quyoshda yoki sun'iy ultrabinafsha nurlarida bo‘lgandan keyin fotosezuvchanlik reaktsiyalari hollari (terining tashqi ko‘rinishini o‘zgarishi) xaqida xabarlar bor.
-Noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlashning iloji yo‘q) hushdan ketish, hayotga xavf soluvchi nomuntazam yurak ritmi (“piruet” turdagi paroksizmal yurak qorinchalari taxikardiyasi), EKG ni anomal ko‘rsatkichlari, jigar fermentlari darajasini oshishi.
Qon, buyrak, jigar, me'da osti bezi tomonidan buzilishlar yuz berishi yoki laboratoriya ko‘rsatkichliklari (qon tahlillari) o‘zgarishi mumkin. Sizning holatingizni tekshirib ko‘rish uchun shifokor sizga qon tahlilini o‘tkazishni buyurishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi (jigar kasalligida), jigar entsefalopatiyasi (bosh miyaning degenerativ kasalligi) yuz berishi mumkin.
Agar nojo‘ya ta'sirlari jiddiy tus olsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya ta'sirlarni aniqlasangiz, bu haqida o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Quyidagi hollarda NOLIPREL arginin qabul qilmang
-agar Sizda perindoprilga, har qanday boshqa AAF ingibitoriga, indapamidga, xar qanday boshqa sulfanilamidga yoki NOLIPREL arginin preparatining har qanday boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa;
-agar ilgari boshqa AAF ingibitorlarini qabul qilinganda yoki boshqa vaziyatlarda Sizda yoki sizning qarindoshlaringizdan birida xushtaksimon nafas, til yoki yuzni shishishi, kuchli qichishish yoki ko‘p teri toshmasi (angionevrotik shish) kabi simptomlar namoyon bo‘lgan bo‘lsa;
-agar Sizda qandli diabet yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa yoki Siz aliskerin saqlovchi gipotenziv vositalar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizda jigarning og‘ir kasalligi yoki jigar entsefalopatiyasi (bosh miyaning degenerativ kasalligi) bo‘lsa;
-agar Sizda buyrakning og‘ir kasalligi bo‘lsa yoki Siz dializ o‘tayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizda qonda kaliy miqdori xaddan tashqari yuqori yoki past bo‘lsa;
-agar Sizda davolanmagan dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligiga (tuzlarni jiddiy tutilib qolishi, nafasni qiyinlashuvi) shubxa bo‘lsa;
-agar Siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlikning muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa (shuningdek NOLIPREL arginin homiladorlikning ilk bosqichlarida qabul qilishdan saqlanish kerak – “Homiladorlik va emizish davri” bo‘limiga qarang);
-agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz qo‘llash mumkin emas.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri
Agar Siz har qanday boshqa dori vosiitalarini, shu jumladan retseptsiz olingan dori vositalarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
NOLIPREL arginin quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlaning
-litiy (depressiyani davolash uchun qo‘llanadi);
-kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteron), kaliy tuzlari.
Boshqa preparatlarni qabul qilish NOLIPREL arginin bilan davolashga ta'sir qilishi mumkin. Ehtimol, sizning shifokoringizga dozani o‘zgartirish va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarni ko‘rish talab etilar. Agar Siz quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz o‘z davolovchi shifokoringizni albatta xabardor qiling, chunki ularni qabul qilganda maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
-arterial gipertenziyani davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar, shu jumladan angiotenzin II retseptorlar blokatori yoki aliskerin (“NOLIPREL arginin qabul qilmang” va “NOLIPREL arginin qabul qilishda juda ehtiyot bo‘ling” sarlavhadagi ma'lumotlarni qarang);
-prokainamid (yurakning ritmini buzilishini davolash uchun);
-allopurinol (podagrani davolash uchun);
-terfenadin yoki astemizol (toshmali isitma yoki allergiyani davolash uchun antigistamin preparatlar);
-turli holatlar, shu jumladan og‘ir astma va revmatoid artritni davolash uchunqo‘llanadigan kortiqosteroidlar;
-immunodepressiv preparatlar autoimmun buzilishlarni davolash uchun yoki transplantatsiya operatsiyalardan keyin ko‘chib ketishni oldini olish uchun qo‘llanadidigan (masalan, siklosporin);
-rakni davolash uchun buyuriladigan preparatlar;
-eritromitsin vena ichiga in'ektsiya ko‘rinishida (antibiotik);
-galofantrin (bezgakning ayrim turlarini davolash uchun qo‘llanadi);
-pentamidin (pnevmoniyalarni davolash uchun qo‘llanadi);
-in'ektsion oltin preparatlari (revmatoid poliartritni davolash uchun qo‘llanadi);
-vinkamin (keksa patsiyentlarda kognitiv buzilishlarni shu jumladan, xotira yo‘qolishini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi);
-bepridil (stenokardiyani davolash uchun qo‘llanadi);
-sultoprid (psixozlarni davolash uchun);
-yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun buyuriladigan preparatlar (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, sotalol);
-digoksin yoki boshqa yurak glikozidlari (yurak kasalliklarini davolash uchun),
-baklofen (ayrim kasalliklarda, masalan, tarqoq sklerozlarda ro‘y beradigan mushaklarning qattiqligini davolash uchun);
-insulin yoki metformin kabi qandli diabetni davolash uchun preparatlar;
-kaltsiy, shu jumladan kaltsiy saqlovchi qo‘shimchalar;
-surgi vositalari (masalan, sano);
-nosteroid yalliglanishga qarshi preparatlar (masalan, ibuprofen) yoki salitsilatlarning yuqori dozalari (masalan, aspirin);
-amfoteritsin V vena ichiga in'ektsiya ko‘rinishida (jiddiy zamburug‘i kasalliklarni davolash uchun);
-depressiya, xavotirlik, shizofreniya va boshqalar kabi mental buzilishlarni davolash uchun preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar);
-tetrakozaktid (Kron kasalligini davolash uchun).
Maxsus ko‘rsatmalar
NOLIPREL arginin qabul qilishda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka amal qiling.
Agar quyida keltirilganlardan birortasi Sizga taalluqli bo‘lsa, NOLIPREL argininni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
-agar Sizda aorta stenozi (yurakdan chiqadigan asosiy qon tomirni torayishi), gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagining kasalligi) yoki buyrak arteriyasining stenozi (buyrakni qon bilan ta'minlovchi arteriyani torayishi) bo‘lsa;
-agar Sizda boshqa yurak yoki buyrak kasalliklari bo‘lsa;
-agar Sizda jigar kasalliklari bo‘lsa;
-agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya turidagi biriktiruvchi to‘qimalar kasalligi bo‘lsa;
-agar Sizda ateroskleroz (arteriyalarning o‘tqazuvchanligini buzilishi) bo‘lsa;
-agar Sizda giperparatireoz (qalqonsimon bezi oldi bezlarining faolligi oshgan) bo‘lsa;
-agar Sizda podagra bo‘lsa;
-agar Sizda qandli diabet bo‘lsa;
-agar Siz tuzni kam saqlovchi parhezga rioya qilayotgan yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz litiy yoki kaliyni tejovchi diuretiklarni (spironolakton, triamteren) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ularni NOLIPREL arginin bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Boshqa preparatlarni qabul qilish”) ga qarang;
-agar siz yuqori arterial qon bosimni davolash uchun quyidagi sanab o‘tilgan biron bir ko‘rsatilgan dori vositalar qabul qilsangiz
-angiotenzin II retseptorlar blokatorlari (sartan kabi ma'lum, masalan valsartan, telmisartan, irbersartan), shu jumladan diabet bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak faoliyatini buzilishi;
-aliskiren.
Sizning shiforingiz buyrak faoliyatini, arterial qon bosim va qonda elektrolitlar darajasini (masalan kaliy) muntazam vaqt orasida tekshirishi mumkin.
“Quyidagi hollarda NOLIPREL arginin qabul qilmang” bo‘limini qarang.
Agar Siz homiladorman deb o‘ylasangiz (yoki xomiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), o‘z shifokoringizni ogohlantirishingiz kerak. NOLIPREL arginin ni xomiladorlikning ilk muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat 3 oylikdan katta muddatlarda qabul qilinmasligi lozim, chunki bu bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltirishi mumkin (“Homiladorlik va emizish” qarang).
Siz NOLIPREL arginin qabul qilayotganingizda, Siz shuningdek quyidagilar haqida davolovchi shifokoringizni yoki tibbiy xodimlarni xabardor qilishingiz kerak
-agar Sizga anesteziya va/yoki jiddiy jarrohlik operatsiyasi qilinadigan bo‘lsa;
-agar Sizda yaqinda diareya yoki qusish kuzatilgan bo‘lsa yoki organizmingiz suvsizlangan bo‘lsa;
-agar Siz dializ yoki PZLP aferezini (qondan holesterinni apparat yordamida chiqarish) o‘tayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz asalari yoki arilarni chaqishiga bo‘lgan allergik reaktsiyalarni kamaytirishi kerak bo‘lgan desensibilizatsiyadan o‘tayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan bo‘lsangiz, uning uchun yod saqlovchi kontrast moddalarni (ichki a'zolar, masalan, buyraklar yoki me'dani rentgen nurlari yordamida tekshirishga imkon beradigan moddalar) yuborish talab qilinsa.
Sportchilar NOLIPREL arginin doping-nazoratni o‘tkazishda ijobiy reaktsiya berishi mumkin bo‘lgan faol modda (indapamid) saqlashini bilishlari kerak.
NOLIPREL arginin bolalarga buyurish mumkin emas.
NOLIPREL argininni ovqat va suyuqlik bilan qabul qilish
NOLIPREL argininni ovqatdan oldin qabul qilish avzalroq.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Agar Siz homiladorman deb o‘ylasangiz (yoki xomiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), shifokorni xabardor qilish kerak.
Odatda, shifokor sizga NOLIPREL argininni qabul qilishni xomiladorlikkacha yoki xomiladorlik tasdiqlangandan keyin qabul qilishni darxol to‘xtatishni maslahat berishi va NOLIPREL argininning o‘rniga boshqa preparatni buyurishi mumkin. NOLIPREL argininni xomiladorlikning ilk muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat 3 oylikdan katta muddatlarda qabul qilinmasligi lozim, chunki bu bolaning sog‘lig‘igajiddiy zarar keltirishi mumkin.
Emizish
NOLIPREL argininni emizish davrida qabul qilish man etiladi.
Agar siz emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizni habardor qiling.
O‘z davolovchi shifokoringizga darhol murojaat qiling.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyati
NOLIPREL arginin odatda xushyorlikka ta'sir qilmaydi, lekin ayrim patsiyentlarda arterial bosimni pasayishi tufayli, turli reaktsiyalar, masalan, bosh aylanishi yoki holsizlik paydo bo‘lishi mumkin. Natijada avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyati buzilishi mumkin.
NOLIPREL arginin tarkibiga kiruvchi ayrim ingrediyentlar to‘g‘risida muhim ma'lumot
NOLIPREL arginin laktoza saqlaydi. Agar shifokor Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, unda bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz haddan tashqari ko‘p tabletka qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqindagi tez yordam punkti bilan bog‘laning yoki darhol bu haqida o‘z shifokoringizga xabar bering. Doza oshirib yuborilganida eng ko‘p uchraydigan samara arterial bosimni pasayishidir. Agar Sizda arterial bosim tushib ketsa (bosh aylanishi yoki xushdan ketish kabi simptomlar kuzatilsa), yoting va oyoqlaringizni ko‘taring, bu Sizning ahvolingizni yengillashtirishi mumkin.
Saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Bolalar ololmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin.
NOLIPREL arginin karton qutida va konteynerda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qabul qilinmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilganida ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuni nazarda tutiladi.
Nam tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun konteynerni zich yopish kerak.
Dorini oqar suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Sizga boshqa kerak bo‘lmagan dorilardan qanday holi bo‘lishni farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoyalashga qaratilgan.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Qayd etish guvohnomasining egasi
Les Laboratoires Servier(“Le Laboratuar Servye”)
50, rue Carnot
92284 Suresnes Cedex
France (Fransiya)
Ishlab chiqaruvchi
lar
Les Laboratoires Servier Industrie (“Le Laboratuar Servye Industri”)
905 route de Saran
45520 Gidy – France (Fransiya)
yoki
Servier (Ireland) Industries Ltd (“Servye (Irlandiya) Indastriz Ltd”)
Gorey Road
Arklow - Co. Wicklow – Ireland (Irlandiya).

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.