Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Papazol tab. №10 (Irbitskiy XFZ)
Nomi | Narx | |||||
Папазол таб. №10 Ирбитский ХФЗ (50424##2 241) |
UZS 3 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бендазол, папаверина гидрохлорид
Страна производитель
Россия
Производитель
Ирбитский ХФЗ, Россия
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Papazol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Bendazol, papaverin gidroxloridi
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,03 g bendazol (2-Benzilbenzimidazol gidroxloridi) va 0,03 g papaverin gidroxloridi (6,7-Dimetoksi-1(3,4-dimetoksibenzil)-izoxinolin gidroxloridi);
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearinati.
Ta'rifi Oq yoki kulrang tusli oq rangli, yassi silindrik shaklli, faskali tabletkalar. Biroz sezilarli kiritmalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
antigipertenziv vosita
ATX kodi A03AD51
Farmakologik xususiyatlari
Bendazol (dibazol) – miotrop ta'sirga ega spazmolitik vosita. Qon tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Papaverin gidroxloridi miotrop spazmolitik vositadir. Ichki a'zolar va qon tomirlarning silliq mushaklar tonusini pasaytiradi. Arteriyalarning kengayishini chaqiradi, qon oqishini, shu jumladan serebral qon oqimini oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Periferik qon tomirlar va bosh miya qon tomirlarining spazmlarida, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining silliq mushaklarini spazmlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta.
Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi, odatda 2-4 hafta.
Bolalarga – davolovchi shifokor tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, ko‘p terlash, bosh aylanishi, uyquchanlik, atrioventrikulyar blokadaning rivojlanishi, yurak ritmini buzilishi, miokardning qisqaruvchanligini pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, nafasni susayishi, tutqanoq sindromi, bronxoobstruktiv sindrom, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan ichak peristaltikasini pasayishi, bosh miya jarohatlari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligida, prostata bezining giperplaziyasi, homiladorlik, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmakodinamik spazmolitiklar, sedativ vositalar, diuretiklar, tritsiklik antidepressantlar, prokainamid, rezerpin, xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipotenziv samarasini kuchayishi mumkin.
Antixolinesteraz preparatlarning (galantamin, prozerin, fiziostigmin va boshqalar) silliq mushaklarga ta'sirini susaytiradi; levodopaning antiparkinsonik samarasini pasaytiradi.
Farmakokinetik adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar preparatni me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning xavfsizligi o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda;
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Kortur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Irbitskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod” OAJ,
623856, Sverdlov vil., Irbit sh., Kirov ko‘ch., 172
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.