Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klostilbegit tabletkalari 50 mg №10
Nomi | Narx | |||||
Клостилбегит таблетки 50мг №10 (N28E0623##2 254) |
UZS 162 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Клостилбегит таблетки 50мг №10 (N28E0623##2 267) |
UZS 162 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кломифена цитрат
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
50 мг
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company, Венгрия произведено: Allphamed Phabril Arzneimittel GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
• Bu varaqni saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling
• Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
• Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Klostilbegit® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Klostilbegit® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Klostilbegit® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Klostilbegit® tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
1. Klostilbegit® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
Klostilbegit® preparatining faol moddasi ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi sintetik preparatdir.
Ayollarda qo‘llanilishi
U tuxumdonlar yoki gipofizning ayrim kasalliklarida, shuningdek homiladorlikka qarshi vositalarni uzoq muddat qabul qilishdan keyin tuxum xujayralarini yetilishini rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi. Preparat, shuningdek homiladorlikdan keyin ko‘krak sutini me'yoridan yuqori chiqarilishini (galaktoreya) bartaraf qilish uchun xam qo‘llanadi.
Erkaklarda qo‘llanishi
Klostilbegit®ni, shuningdek oligospermiyani (sperma miqdorini pasayishi) davolash uchun ham qo‘llash mumkin.
2. Klostilbegit® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Klostilbegit® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan quyidagi xavf omillarini muxokama qiling
• Bu preparat bilan davolash ko‘p homilali homiladorlik chaqirishi mumkin
• Bachadondan tashqari homiladorlikni yuqori xavfi
• Tuxumdon o‘smasi paydo bo‘lishini yuqori xavfi
Homiladorlikda homilani tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi yoki homiladorlikni yo‘qotilishi mumkin, lekin ular Klostilbegit® preparati qo‘llanmaganda ham bo‘lishi mumkin.
Quyidagi hollarda Klostilbegit® tabletkalarini qabul qilmang
• Agar Sizda ta'sir etuvchi moddaga yoki 8-bo‘limda keltirilgan yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa;
• Agar Siz homilador bo‘lsangiz. Homiladorlikni istisno qilish maqsadida Klostilbegit® tabletkalari bilan davolashni boshlashdan oldin homiladorlikka test o‘tkazish kerak
• Agar Sizda jigar kasalliklari yoki uning faoliyatini buzilishi bo‘lsa;
• Agar Sizda tuxumdon kistasi yoki o‘smasi bo‘lsa;
• Agar Sizda gipofizning faoliyati pasaygan bo‘lsa;
• Agar Sizda qalqonsimon bezi yoki buyrak usti bezlarining faoliyati buzilgan bo‘lsa;
• Agar Sizda kelib chiqishi aniqlanmagan qon ketishi bo‘lgan bo‘lsa;
• Ko‘rishni buzilishi (yaqinda rivojlangan yoki o‘tmishda aniqlangan);
• Agar Sizda gormonga bog‘liq o‘sma bo‘lsa.
Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Klostilbegit® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing
Klostilbegit® tabletkalarini quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak
• Agar Sizda menopauza erta boshlangan bo‘lsa
• Agar Sizda tana vazni pastligi tufayli, xayz ko‘rish buzilgan bo‘lsa
• Agar Sizda ilgari tirishishlar bilan birga kechuvchi kasallik bo‘lgan bo‘lsa
• Agar Sizda bachadon miomasi bo‘lsa
• Agar Sizda tuxumdonning polikistozi bo‘lsa
• Agar Sizda tuxumdonlar kattalashgan bo‘lsa
Bepushtlik sababini aniqlash maqsadida Klostilbegit® preparatini Sizga buyurishdan oldin, shifokor sinchkov tibbiy tekshiruvni buyurishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda Klostilbegit® preparatini qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalari va Klostilbegit® tabletkalari preparati
Shifokoringizga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan xar qanday, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlar, dori vositalari xaqida xabar bering.
Klostilbegit® tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Tabletkalarni kuniga bir marta ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Homiladorlik yuz berganidan keyin Klostilbegit®ni qo‘llash mumkin emas.
Emizish
Klomifen ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun emizish vaqtida uni yuborish xavf va foydani sinchiklab tahlil qilishni talab etadi.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, xar qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Davolash kursini boshida ko‘rishni yomonlashishi yuz berishi mumkinligi tufayli, transport vositalarini haydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Klostilbegit®ning har bir tabletkasi 100 mg laktoza saqlaydi
Agar shifokoringiz Sizga, Sizda qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligini haqida xabar bergan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz bilan maslahatlashing
3. Klostilbegit® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
Klostilbegit® tabletkalarini doimo qat'iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Har qanday gumon bo‘lganida shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolashni boshlash oldidan patsiyentlar sinchkov ginekologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Klostilbegit® preparati bilan davolash mutaxassis-shifokor tomonidan buyuriladi, preparatni faqat ginekologning doimiy nazorati ostida qabul qilish kerak.
Dozalash tartibi
Bepushtlikda tuxumdonlarning sezuvchanligiga (reaktivligiga) qarab doza har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda tanlanishi kerak.
Muntazam siklik qon ketishlarda davolash siklni 5-nchi kunidan boshlash tavsiya etiladi (yoki davomiyligi 12 kundan kam bo‘lmagan erta ovulyator/follikulyar fazani 3-nchi kunida). Hayz ko‘rish bo‘lmaganida davolashni har qanday kunda boshlash mumkin.
I-sxema. Tuxumdonlarning reaktsiyasini klinik va laborator nazoratidakuniga 50 mg 5 kun davomida. Odatda ovulyatsiya siklning 11-nchi va 15-nchi kunlari orasida yuz beradi.
II-sxema. Bu sxemani 1-nchi sxemani muvaffaqiyatsizligida qo‘llash kerak.
Navbatdagi siklning 5-nchi kunidan boshlab preparatni 100 mg dan har kuni 5 kun davomida buyurish kerak. Ovulyatsiyani qo‘zg‘atilishi bo‘lmaganida shu kursni takrorlash mumkin (sutkada 100 mg dan yana bir marta). Agar ovulyatsiya ilgarigidek bo‘lmasa, 3 oylik tanaffusdan keyin qo‘shimcha 3 oylik kurs o‘tkazish mumkin. Shundan keyin preparatni qabul qilishni davom ettirishni hech qanday ma'nosi yo‘q.
Iloji boricha bir siklda umumiy doza 750 mg dan oshmasligi kerak.
Tuxumdonlar polikistozi sindromida boshlang‘ich doza pasaytirilishi kerak (sutkada
25 mg).
Kontratseptivlar qabul qilinganidan keyin paydo bo‘lgan amenoreyada sutkada 50 mg dan dozani qabul qilish kerak; besh kunlik kurs odatda, xatto 1-nchi sxema qo‘llanganida ham muvaffaqiyatga erishiladi.
Oligospermiyada 50 mg dan har kuni 6 xafta davomida buyurish kerak.
Qo‘llash usuli
Klostilbegit® tabletkalarini kuniga bir marta ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
Bolalar, o‘smirlar va postmenopauza davrdagi ayollarda Klostilbegit®ni qo‘llash mumkin emas.
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Klostilbegit® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Shifokorga ko‘rsatish uchun bu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni o‘zingiz bilan olib boring.
Doza oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin
ko‘ngil aynishi, qusish, vazomotor oqib kelishlar, terlash, ko‘rishni buzilishi (ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, stsintillyatsiyalovchi skotoma /yorug‘likni charaqlashi, ko‘r dog‘lar/), tuxumdonlarni kattalashishi va chanoq yoki qorin a'zolarida og‘riq.
Qabul qilingan preparat chiqarib yuborilganidan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash tavsiya etiladi.
Agar Siz Klostilbegit® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Klostilbegit® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar navbatdagi tabletkani qabul qilish vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozalar o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldiraolmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi xavfini oshirishingiz mumkin.
Preparatni nomuntazam qabul qilishda kutilayotgan samara (tuxum xujayrani yetilishi) yuz bermasligi mumkin.
Agar Siz Klostilbegit® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Ayollarda Klostilbegit® tabletkasini qabul qilish davomiyligi bir sikl davomida 5 kunni tashkil qiladi. Preparatni qabul qilish muddatidan oldin to‘xtatilganida, kutilayotgan terapevtik samara yuz bermasligi mumkin.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nohush reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.
Quyidagi reaktsiyalar paydo bo‘lganida Klostilbegit® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga yoki kasalxonaga murojaat qiling
• Agar Sizda allergik reaktsiya rivojlansa, uning simptomlari quyidagilar teri toshmalari, nafas va yutishni qiyinlashishi, lablar, tomoq yoki tilni shishi (angionevrotik shish).
• Tananing bir tomonini uvishishi, oyoq-qo‘llarni kuchsizligi yoki falaji, nutqni noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, ongni chalkashishi, qat'iyatsizlik. Bu insultning belgilari bo‘lishi mumkin.
Kutilmagan nojo‘ya samaralar rivojlanganida Klostilbegit® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling, chunki Sizga shoshilinch tibbiy yordam kerak
• Tuxumdonlarni kuchli rag‘batlantirilishi, uning simptomlari quyidagilar bo‘lishi mumkin qorinning pastki qismida, me'da sohasida, boldir mushaklarida og‘riq, gazlarni to‘planishi, siydik xajmini kamayishi, nafasni qiyinlashishi, tana vaznini oshishi. Bunda davolovchi shifokoringiz Klostilbegit® preparatini bekor qiladi yoki dozasini pasaytiradi.
• Ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, yorug‘likni yaraqlashi yoki yorug‘likni sezish tuyg‘usi. Odatda bu simptomlar o‘tib ketadi, lekin ayrim xollarda o‘zgarishlarsiz qolgan. Davolovchi shifokoringiz Sizni okulistga maslaxat uchun yuboradi.
• Jigar faoliyatini buzilishlari tufayli sariqlik rivojlanishi mumkin, unda teri va ko‘zlarning oqi sarg‘ayadi.
• To‘satdan o‘tkir bosh og‘rig‘i.
• Ruxiy buzilishlar, psixoz.
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar yomonlashsa yoki bir necha kun davomida o‘tib ketmasa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling
• Hayz ko‘rishlar orasidagi og‘riqli qon ketishlar
• Qorinning pastki qismida og‘riq, bu endometriozning (bachadon shilliq qavatini, uning bo‘shlig‘idan tashqarida paydo bo‘lishi), endometriozning belgisini yomonlashishi, tuxumdonlarni kattalashishi, tuxumdonlarning rakining simptomi bo‘lishi mumkin.
• Gavharni xiralashishi (katarakta).
• Tirishishlar, xushdan ketishlar, ongni chalkashishi, bezovtalik, muvozanatni buzilishi.
• Tinka qurishi, uyquni buzilishi, depressiya, kayfiyatni o‘zgarishi, xulqni o‘zgarishi.
• Nutqni o‘zgarishi
• Toshma, qichishish
• Ko‘ngil aynishi, qusish
• Terini qizarishi
• Bosh og‘rig‘i
• Yuz, lablarni shishi, ko‘zlarning atrofini shishi
• Og‘riqli nafas
• Sochlarni to‘kilishi
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari ularni paydo bo‘lish tez-tezligiga muvofiq berilgan
Tez-tez (100 patsiyenlardan 1-10 tasida uchraydi)
-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, ko‘rishni buzilishi (yaraqlash yoki ko‘zlarda yoyilgan dog‘lar, tebranuvchi yorug‘lik va boshqalar.),
-ko‘ngil aynishi, qusish,
-terini qizarishi, terlash, issiqlik oqib kelishi,
-sut bezlarini zichlashishi, qorin va chanoq a'zolarida og‘riq,
-og‘riqli hayz ko‘rishlar, me'yoriy bo‘lmagan bachadon qon ketishlari, tuxumdonlarni kattalashishi.
Tez-tez emas (1000 patsiyenlardan 1-10 tasida uchraydi)
-charchoqlik, aylanish tuyg‘usi bilan bosh aylanishi (vertigo),
-qabziyat, diareya, qorinda o‘tkir og‘riq,
-tez-tezroq siyish,
-toshma, eshakemi, terini allergik yallig‘lanishi, ko‘p shaklli eritema, teriga qon quyilishi, ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, sariqlik, safroni dimlanishi,
-qinni quruqligi,
-nerv kuchlanishi, depressiya, uyqusizlik.
Kam hollarda (10000 patsiyenlardan 1-10 tasida uchraydi)
-gavharni xirashishi, ko‘rish nervini yallig‘lanishi
Juda kam hollarda (10000 patsiyenlardan 1 tasidan kamida uchraydi)
-sochlarni to‘kilishi.
Tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas)
-ruxiy reaktsiyalar, shu jumladan bosh miya qon aylanishini buzilishlari, nerv tizimi tomonidan buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan paranoidal psixoz, ongni buzilishi, nutqni buzilishi,
-bosh miyada qon aylanishini buzilishi, nerv tizimi tomonidan buzilishlar bilan bog‘liq xushdan ketishlar (Ma'lum tirishishga tayyorgarligi bo‘lgan patsiyentlarda ongni yo‘qotilishi bilan tirishish xurujlari xaqida xabar berilgan),
-sariqlik, safroni dimlanishi, allergik reaktsiyalar, ko‘p shaklli eritema (terida nishonsimon dog‘larni paydo bo‘lishi), teriga qon quyilishi, angionevrotik shishi, tuxumdonlarni kuchli rag‘batlantirishishi, endometrioz va uning qaytalanishlari, ayrim hollarda gormonga bog‘liq o‘smalarni rivojlanish yoki holatni yomonlashishi hollari.
Issiqlik oqib kelishi preparat bekor qilinganidan keyin to‘xtaydi. Tuxumdonlarni kistoz kattalashishi kuzatilishi mumkin, ayniqsa kam uchraydigan kasallik - Shteyn-Levental sindromida. Bunday hollarda haroratingizni muntazam o‘lchash kerak. O‘lchashlarning natijalariga qarab Sizning davolovchi shifokoringiz, Siz qachon davolashni to‘xtatishingiz kerakligini hal qiladi.
Preparatni qabul qilish vaqtida ko‘p homilalik homiladorlik, o‘rtacha populyatsiyaga qaraganda ko‘proq paydo bo‘ladi. Klomifen bilan davolashda ko‘proq bachadondan tashqari homiladorlik rivojlanadi.
Nojo‘ya samaralari haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmaganlari aniqlanganida, iltimos, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling. Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz bu preparatni xavfsizligi bo‘yicha ko‘proq ma'lumot olishga yordam berasiz.
5. Klostilbegit® preparatini qanday saqlash kerak
15-25oS haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Klostilbegit® tabletkalarini sifatini yomonlashishini aniq belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) paydo bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Klostilbegit® tabletkalari preparati nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda
har bir tabletka 50 mg klomifen sitrati saqlaydi.
Yordamchi moddalar
laktoza monogidrati (100 mg), kartoshka kraxmali, talk, jelatin, magniy stearati, stearin kislotasi.
Klostilbegit® tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Dumaloq, yassi, oq, sarg‘ish-oq yoki kulrangroq-oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, bir tomonida “CLO” ko‘rinishidagi gravirovkali faskali tabletkalar.
O‘rami
10 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylangan. 1 flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
MARKETINGGA LITSENZIYa EGASI VA IShLAB ChIQARUVChI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
VENGRIYa
Ishlab chiqarish maydonchasi
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
9900 Kyormend, Matyash kiray ko‘ch., 65 uy
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.