Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
0,01%
Производитель
ЧП Иммуномед
Chiqarillish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Immunomodulin amp.0.01%.1ml № 10 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Immunomodulin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
faol modda immunomodulin - 0,1 g;
yordamchi moddalar natriy xloridi 9 g, in'ektsiya uchun suv 1 litrgacha.
Ta'rifi tiniq, yashil-sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunomodulyatsiyalovchi vosita.
ATX kodi L03
Farmakologik xususiyatlari
Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kDa molekulyar og‘irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagotsitlar miqdorini tiklaydi va xususiy a'zo va to‘qimalarga qarshi yo‘naltirilgan hujayraviy immun reaktsiyalari jadalligini pasaytiradi, infektsion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag‘batlantirishi orqali jigardagi detoksikatsiyani, xamda organizm to‘qimalarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaktsinatsiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo‘lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag‘batlantiruvchi va gemorag‘batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari og‘riq, dispeptik xolatlar, intoksikatsiyani tezda yo‘qolishi va sog‘ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomiyelit, saramas yallig‘lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, piyelonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, o‘smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaktsinatsiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 in'ektsiya kurslari, har kuni bir in'ektsiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo‘shimcha tutib turuvchi kurslar bir in'ektsiyadan 2-7 kun oralig‘ida 2-16 hafta davomida o‘tkaziladi.
Preparat bolalarga tana vazni hisobidan 10 kg gacha - 0,1 ml; 10-30 kg - 0,3 ml; 30-50 kg - 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga - 1,0 ml dan yuboriladi.
Yuborishga bo‘lgan reaktsiya
Preparatni yuborishga bo‘lgan reaktsiya kuzatilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuzatilmagan. Allergik reaktsiyalar yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Aniqlanmagan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.
Mahsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xususida ma'lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin.
Transportirovka Dav.Stan. 17768-90 Ye ga muvofik amalga oshiriladi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«IMMUNOMED» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., massiv Xumoyun ZA, tel 261-36-26
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.