Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Timalin 10mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимуса экстракт
Страна производитель
Грузия
Дозировка
10 мг
Производитель
Биофарм,АО,Грузия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Timalin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
1 ampula (1 flakon) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg yirik qoramol timusi (ayrisimon bez) ning quruq tozalangan ekstrakti;
yordamchi moddalar glitsin.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli amorf kukun yoki g‘ovaksimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi
immunostimulyatorlar.
ATX kodi L03A X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiasi
T- va V-limfotsitlarning va ularning subpopulyatsiyalarining miqdorini va nisbatini boshqaradi, xujayra immunitetining reaktsiyalarini rag‘batlantiradi, fagotsitozni kuchayiradi, regeneratsiya va qon yaratilishini, ularning susayishi hollarida rag‘batlantiradi, shuningdek xujayra metabolizmi jarayonlarining kechishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Xujayra immunitetini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklarni kompleks davolashda
-suyak va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanishi kasalliklari;
-regenerator jarayonlarni buzilishi (suyaklarni sinishi, kuyishlar, sovuq urishi, trofik yaralar, to‘qimalarni nurlanish oqibatidagi nekrozlari, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi);
-surunkali bakterial va virusli infektsiyalar, tarqalgan skleroz, obliteratsiyalovchi ateroskleroz, revmatoid artrit;
-nur bilan davolash yoki kimyoterapiya o‘tkazilgandan keyingi immunitetni va qon yaratilishini susayishi, antibiotiklarni katta dozalarda ishlatilganda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin ampula (flakon) ichidagi modda 0,9% li natriy xloridi eritmasining 1-2 ml da eritiladi.
Timalinning dozalash sxemasini patsiyentning klinik va laborator tekshirishlari asosida klinik immunolog aniqlaydi.
Mushak ichiga har kuni quyidagi dozalarda yuboriladi kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga - 5-20 mg dan (kursga 30-100 mg) immunitetni buzilishi darajasiga qarab, 3-10 davomida buyuriladi.
Bolalar. Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin.
Xujayraviy immunitetni buzilishlari (susayishi) borligi isbotlangan hollarda faqat shifokorning tavsiyasi va nazorati ostida qo‘llash kerak.
Immunitetni buzilish darajasiga qarab, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga -1 mg dan; 1-3 yoshlik bolalarga - 1-2 mg dan; 4-6 yosh bolalarga - 2-3 mg dan, 7-14 yosh bolalarga - 3-5 mg dan 3-10 kun davomida har kuni mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslari (1-6 oydan keyin) o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, teri toshmasi, giperemiya, terini qichishishi bo‘lishi mumkin.
Yuborish joyida o‘zgarishlar yuborish joyida reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparataning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Autoimmun kasalliklar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Biostimulyator va immunostimulyator preparatlar, rifampitsin, izoniazid, glyukokortikoid preparatlar bilan mutanosib. Ta'sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan Timalin va T-aktivin, timaktid, timogen yoki timoptin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Nomutanosibligi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin. Tayyorlanganidan keyin darhol qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Timalin bilan davolashni immunologik ko‘rsatkichlarning muntazam nazorati ostida o‘tkazish kerak. IgE-ga bog‘liq patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Timalin boshqa dori vositalariga bo‘lgan allergik reaktsiyalarni, ular bir vaqtda qo‘llanganida potentsiyalashi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan klinik ma'lumotlar yo‘q. Preparatni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati. O‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya reaktsiyalar kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Preparat 30 mg dan ampulada (flakonda). 10 ampuladan (flakonda) qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik ta'siridan himoya qilish uchun original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“FZ “BIOFARMA” MChJ
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili va uning faoliyatini yuritish manzili
Ukraina, 09100, Kiyev viloyati, Belaya Serkov sh., Kiyevskaya ko‘ch., 37.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.