Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Viferon rektal suppozitoriylar 150000 XB №10
Nomi | Narx | |||||
Виферон супп.150000 МЕ №10 (262Z##2 319) |
UZS 63 800
UZS 66 500
-4%
Экономия UZS 2 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Виферон супп.150000 МЕ №10 (318Z##2 353) |
UZS 64 300
UZS 67 000
-4%
Экономия UZS 2 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Виферон супп.150000 МЕ №10 (318Z##2 404) |
UZS 64 300
UZS 67 000
-4%
Экономия UZS 2 700
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
150000 МЕ
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
ООО «ФЕРОН», Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Viferon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) interferon al'fa-2b
Dori shakli
rektal suppozitoriylar
Tarkibi
VIFERON 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 150000 XB odam rekmobinant interferon al'fa-2b,
yordamchi moddalar askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, al'fa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha
VIFERON 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500000 XB odam rekmobinant interferon al'fa-2b,
yordamchi moddalar askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, al'fa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.
VIFERON 1000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1000000 XB odam rekmobinant interferon al'fa-2b,
yordamchi moddalar askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, al'fa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.
VIFERON 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1000000 XB odam rekmobinant interferon al'fa-2b,
yordamchi moddalar askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, al'fa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gachasaqlaydi.
Ta'rifi Pulyasimon shaklli, oq-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan suppozitoriylar. Dog‘lar yoki marmarlik ko‘rinishida rangini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Bo‘ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud. Suppozitoriyning diametri 10 mm gacha.
Farmakoterapevtik guruhi
sitokin.
ATX kodi L03AB05
Farmakologik xususiyatlari
Odam rekombinant al'fa-2b interferonb viruslarga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, antiproliferativ xususiyatlarga ega, RNK- va DNK-saqlovchi viruslarning replikatsiyasini susaytiradi. Makrofaglarning fagotsitar faolligini kuchaytirish, nishon-xujayralarga limfotsitlarning sitotoksikligini spetsifik oshishi kabi interferon al'fa-2b ning immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlari uning bilvosita antibakterial faolligini ta'minlaydi.
Askorbin kislotasi va al'fa-tokoferol atsetati mavjudligida interferon al'fa-2b ning viruslarga qarshi spetsifik faolligi oshadi, uning immunitetni rag‘batlantiruvchi ta'siri kuchayadi, bu patogen mikroorganizmga qarshi organizmning xususiy immun javobining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Preparat qo‘llanilganda A sinf sekretor immunoglobulinlar darajasi oshadi, immunoglobulin Ye darajasi normallashadi, interferon al'fa-2b endogen tizimining faoliyati tiklanadi. Askorbin kislotasi va al'fa-tokoferol atsetati yuqori faollikka ega antioksidant hisoblanib, yallig‘lanishga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, shuningdek regeneratsiyalovchi xususiyatlarga ega. VIFERON preparatini qo‘llaganda interferon al'fa-2b preparatlarini parenteral yuborilganda paydo bo‘luvchi nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi, interferon al'fa-2b ning viruslarga qarshi faolligini neytralizatsiya qiluvchi antitelalar hosil bo‘lmasligi aniqlangan. Majmuaviy davolash tarkibida VIFERON preparatini qo‘llash antibakterial va gormonal dori vositalarining terapevtik dozalarini kamaytirish, shuningdek ko‘rsatilgan davolashning toksik samaralarini kamaytirish imkonini beradi.
Kakao moyi fosfolipidlar saqlaydi bu esa preparatni ishlab chiqarish jarayonida sintetik toksik emulьgatorlarni ishlatmaslik imkonini beradi, ko‘p to‘yinmagan yog‘lar mavjudligi esa preparatni yuborishni va erishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
• kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);
• majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infektsion-yallig‘lanish kasalliklari meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infektsiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infektsiyasi, enterovirus infektsiyasi, kandidoz, shu jumladan vistseral, mikoplazmoz);
• bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiyani qo‘llash bilan birga;
• kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infektsiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz);
• teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi urogenital shaklida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat rektal qo‘llanadi. 1 suppozitoriy faol modda sifatida ko‘rsatilgan dozalarda (150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB) odam rekombinant interferon al'fa-2b saqlaydi.
Kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali).
Kattalar, shu jumladan homilador va 7 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya etiladigan doza VIFERON 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan va gestatsion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.
Gestatsion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda har kuni 5 sutka davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.
Majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infektsion-yallig‘lanish kasalliklari meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infektsiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infektsiyasi, enterovirus infektsiyasi, kandidoz, shu jumladan vistseral, mikoplazmoz).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, shu jumladan gestatsion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON 150000 XB preparati 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.
Gestatsion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.
Turli infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida tavsiya etilgan davolash kurslar soni sepsis – 2-3 kurs, meningit – 1-2 kurs, gerpetik infektsiya – 2 kurs, enterovirus infektsiya – 1-2 kurs, sitomegalovirus infektsiya – 2-3 kurs, mikoplazmoz, kandidoz, shu jumladan vistseral – 2-3 kurs. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiyani qo‘llash bilan birga.
Kattalar uchun tavsiya etilgan doza - VIFERON 3000000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, keyinchalik xaftada uch marta kunora 6-12 oy davomida buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga sutkada 300000-500000 XB; 6 oylikdan 12 oylikkacha – sutkada 500000 XB tavsiya etiladi.
1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 3000000 XB tavsiya etiladi.
7 yoshdan oshgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 5000000 XB tavsiya etiladi.
Preparat sutkada 2 marta har 12 soatda 10 sutkada davomida har kuni, so‘ngra xaftada kunora 6-12 oy davomida qo‘llanadi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Har bir patsiyent uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash ushbu yoshda tavsiya etiladigan dozani Garford, Terri va Rurku bo‘yicha bo‘y va tana vazni bo‘yicha tana yuzasi maydonini hisoblash uchun nomogramma bo‘yicha hisoblangan tana yuzasi maydoniga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Bir martalik dozani aniqlash uchun hisoblab topilgan sutkalik dozani 2 marta yuborishga bo‘lish orqali amalga oshiriladi, olingan qiymatni suppozitoriyning dozasigacha yaxlitlanadi.
Yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatit va jigar sirrozida plazmaferez va/yoki gemosorbtsiya o‘tkazishdan oldin 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga VIFERON 150000 XB, 7 yoshdan oshgan bolalarga VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 14 sutka davomida buyuriladi.
Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infektsiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz).
Kattalar uchun tavsiya etilgan doza - VIFERON 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5-10 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.
Homilador ayollarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestatsiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON 150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestatsiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.
Teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi, shu jumladan homiladorlardagi urogenital shakli.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza - VIFERON 1000000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida va qaytalanuvchi infektsiyada undan ko‘proq buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Teri va shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo‘lganda davolashni darhol boshlash tavsiya etiladi.
Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrda yoki qaytalanish belgilarini paydo bo‘lishini boshida boshlash afzal.
Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestatsiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON 150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestatsiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, qichishish) kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida uni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
VIFERON, rektal suppozitoriylar yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo‘llanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB. 10 suppozitoriydan PVX/PVX kontur uyali o‘ramda. 10 suppozitoriyli 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
2°C dan 8°C gacha haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“FERON” MChJ, Rossiya. 123098, Moskva sh., Gamalei ko‘ch., 18 uy
Telefon/faks (499) 193-30-60.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«FERON» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi,
100077, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yuli ko‘ch., 154/4.
Tel. (+99897)776-45-67.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.