Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Mavjud emas Preparatning savdo nomi: Fenkarol® Ta'sir etuvchi modda (XPN): xifenadin (quifenadinum) Dori shakli: ichga qabul uchun tabletkalar. Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25 mg xifenadin gidroxloridi; yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. Ta'rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar, tizimli qo‘llash uchun boshqa antigistamin vositalar. ATX kodi: R06AX31. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Fenkarol® - antigistamin vositasi bo‘lib, gistaminning a'zolar va to‘qimalarga ta'sirini kamaytiradi. Bu guruhning boshqa klassik dori vositalaridan farqli ravishda, Fenkarol® alohida ta'sir mexanizmiga ega. Dori vositasi periferik to‘qimalarda N1- gistamin retseptorlarini bloklaydi, shuningdek diaminoksidaza (gistaminaza) fermentini faollashtiradi va shu tariqa gistaminni to‘qimalardagi miqdorini kamaytiradi. Boshqa gistaminga qarshi vositalari bilan davolash samarasiz bo‘lgan bemorlar uchun Fenkarol® ning samaradorligi shu bilan tushuntiriladi. Fenkarol® past lipofillikka ega, shuning uchun gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, bosh miya to‘qimalarida serotoninni dezaminlanish jarayonlariga va monoaminoksidaza fermentlari faolligiga kuchsiz ta'sir qiladi. Fenkarol® gistaminning toksik ta'sirini pasaytiradi, bronxokonstriktor ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini bartaraf etadi yoki susaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'sirini va va uni kapillyarlar o‘tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Fenkarol® o‘rtacha serotoninga qarshi va kuchsiz xolinolitik faollikka ega, adrenolitik faollikka ega emas. Fenkarol® juda kuchli qichishishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi So‘rilishi Dori vositasining 45% me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va 30 minutdan keyinoq organizmning to‘qimalarida aniqlanadi. Faol modda (xifenadin gidroxloridi) ning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi Faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, o‘pkada va buyrakda, eng past kontsentratsiyasi – bosh miya to‘qimalarida aniqlanadi. Dori vositasi past lipofillikka ega bo‘lib, uning miya to‘qimalaridagi miqdori past (0,05% dan kam), bu markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini yo‘qligini anglatadi, lekin individual yuqori sezuvchanlikda kuchsiz sedativ samara bo‘lishi mumkin. Metabolizmi Fenkarol® jigarda metabolizmga uchraydi. Eliminatsiyasi (chiqarilishi) Dori vositasining metabolitlari va o‘zgarmagan qismi asosan siydik, safro bilan va o‘pka orqali chiqariladi. Ichakdan dori vositasining so‘rilmagan qismi chiqariladi. Dori vositasi va uning metabolitlarini asosiy qismi (taxminan 44%) siydik bilan 48 soat davomida va yana 1% keyingi 48 soat davomida chiqariladi. Qo‘llanilishi Pollinoz, o‘tkir va surunkali eshakemi, allergik rinit, allergik kon'yuktivit, angionevrotik shish, dermatozlar (ekzema, neyrodermit, terini qichishi va boshq.), dori vositalarini yoki oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaktsiyalarda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Fenkarol® ichga ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi. Kattalarga 25-50 mg dan kuniga 2-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 200 mg. 12 yoshdan katta bolalarga 25 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 10-20 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida kurs takrorlanadi. Agar preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, dori vositasini, bu haqida eslagan zahoti qabul qiling, lekin agar keyingi qabul qilish vaqti kelib qolgan bo‘lsa, dozani o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozani qabul qilmang. Nojo‘ya ta'sirlari Boshqa dori vositalari kabi, Fenkarol® xam, garchi ular hamma patsiyentlarda namoyon bo‘lmasa-da, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish tezligi bo‘yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); namoyon bo‘lish tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: og‘iz qurishi. Tez-tez emas: dispepsik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish), ular odatda doza pasaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida yo‘qoladi. Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lsa, yoki eslatib o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Dori vositasining ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, homiladorlikning birinchi 3 oyligida esa – qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta'siri Fenkarol® alkogol va uxlatuvchi vositalarining markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Fenkarol® kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega, ammo me'da-ichak yo‘llarining motorikatsiyasi pasayganida sekin so‘riladigan dori vositalarni (masalan, bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar - kumarinlar) so‘rilishi kuchayishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Fenkarol® markaziy nerv tizimiga yaqqol susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin alohida hollarda kuchsiz sedativ samara kuzatiladi. Ehtiyotkorlik choralari Yurak-qon tomir tizimi, me'da-ichak yo‘llari, jigar va/yoki buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasi qand saqlaydi Har qanday qandlarni o‘zlashtiraolmaslikda, ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Dori vositasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini homiladorlikning butun davri davomida qabul qilish tavsiya qilinmaydi, ta'sir etuvchi moddani ona sutiga kirishini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida dori vositasini emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ishi tezkor jismoniy yoki ruhiy reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslarga (transport haydovchilari va boshqalar) oldindan preparatni sedativ ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi yoki yo‘qligini (qisqa muddat buyurish yo‘li orqali) aniqlash lozim. Preparatning sedativ ta'siri namoyon bo‘ladigan shaxslarga transport vositalarini va xavfli mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi shubha tug‘ilganida zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar tushmagan. Simptomlari: dori vositasining katta dozalari shilliq qavatlarni qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, ovqat hazm bo‘lishin buzilishlari. Davolash: simptomatik davolashni va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turuvchi davolashni ta'minlash lozim. Spetsifik antidoti yo‘q. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blisterda). 2 kontur uyali o‘ram (20 tabletkadan) dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz. Ishlab chiqaruvchi va qayd etish guvohnomasining egasi “Olaynfarm” AJ Manzili: Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya. |
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Mavjud emas Levosetil kapli d/priema vnutr' 5mg/ml 20ml №1 |
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|
Быстрый просмотр
|
|
-
+
|