Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Фенилэфрин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Armaniston
Производитель
Ликвор ЗАО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Midoptik ko‘z tomchilari 2.5% 10ml №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Midoptik.
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) fenilefrin.
Dori shakli
2,5% li ko‘z tomchilari.
Tarkibi
Faol modda fenilefrin gidroxloridi – 0,25 g;
Yordamchi moddalar borat kislotasi – 0,05 g, natriy metabisulfiti – 0,004 g, dinatriy edetati – 0,0005 g, konservant – benzalkoniy xloridi – 0,001 g, in'ektsiya uchun suv –
10 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki sarg‘ish tusli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
alfa-adrenomimetik, vazokonstriktor vosita.
ATX kodi S01FB01
Farmakologik xususiyatlari
Alfa-adrenergik retseptorlarni rag‘batlantiruvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sirga ega sintetik simpatomimetik amindir. Ko‘z qorachig‘i dilatatorining alfa-adrenoretseptorlariga ta'sir qilib, qorachiqni kengaytiradi va akkomodatsiyaga ta'sir qilmaydi; kon'yunktiva arteriolalarining alfa-adrenoretseptorlariga ta'sir qilib, arteriolalarni torayishini chaqiradi. Fenilefrin kipriksimon mushakka biroz ta'sir qilganligi sababli, midriaz sikloplegiyasiz ro‘y beradi. Ochiq burchakli glaukomada miotiklar bilan majmuada ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.
Maksimal midriazga erishish vaqti 15-60 minut.
Ta'sir davomiyligi 1-3 soatni tashkil qiladi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng fenilefrin tizimli so‘rilishi, simpatomimetik samarani namoyon etishi mumkin.
Preparat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan va uning faolligi qon plazmasidagi faol moddalarning kontsentratsiyasi bilan mos kelmaydi.
Qo‘llanilishi
Intraokulyar jarrohlikda qorachiqni kengaytirish; diagnostik tekshirishlarda oftalmoskopiyani, retinoskopiyani, refraktsiyani o‘tkazish; sinexiyalar bilan asoratlangan uveitlarni davolash; sinexiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Midriaz va vazokonstriktsiya qilish maqsadida – 1 tomchidan buyuriladi, zarurat bo‘lganida 1 soatdan keyin takrorlanadi. Sinexiyalar bilan asoratlangan uveitlarni davolashda va sinexiyalarni oldini olishda – 1 tomchidan kuniga ko‘pi bilan 3 marta buyuriladi.
Zarurat bo‘lganida davolash kelasi kuni takrorlanadi.
Jarrohlik aralashuvidan oldin 1 tomchidan operatsiyadan 30-60 minut oldin.
Oftalmoskopiyada 1 tomchidan tekshiruvdan 15-30 minut oldin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar allergik reaktsiyalar (ko‘zni achishishi, sanchiq, kon'yunktiva giperemiyasi), qoshning yuqori sohasida og‘riq, ko‘z yoshini oqishi, fotosezuvchanlik.
Tizimli reaktsiyalar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, kuchli terlash, oqarish, xavotirlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fenilefrin va sulfitlarga yuqori sezuvchanlik, yuqori qorinchalari fibrillyatsiyasi, angiospazmlarga moyillik, bosh miya qon aylanishini jiddiy buzilishlari, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, YuIK og‘ir shakllari, feoxromotsitoma, gipertireoz, og‘ir ateroskleroz, yopiq burchakli glaukoma, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri (tana vazni kichik bo‘lgan bolalar uchun).
Ehtiyotkorlik bilan stenokardiya III-IV funktsional sinfi, qandli diabet, arterial gipertenziya, idiopatik ortostatik arterial gipotenziya, homiladorlik, laktatsiya davri, keksalik yoshi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qon tomirlarni toraytiruvchi (pressor) samarasini kuchayishi tritsiklik antidepressantlarni, maprotilin, MAO ingibitorlari, shu jumladan furazolidon, prokarbazin va selegilin bir vaqtda buyurilganida kuzatilishi mumkin.
Guanadrel yoki guanetidin midriatik va pressor samarani kuchayishi, arterial bosimni oshishi va aritmiyalarni rivojlanish xavfini chaqiradi.
Mahalliy anestetik butakain bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.
Kontakt linzalarini taqadigan shaxslarga, ularni taqib yurgan vaqtda preparatni tomizish qilish mumkin emas.
Tizimli so‘rilishni kamaytirish uchun eritmani instillyatsiya qilinganidan so‘ng kon'yunktiva qopchasini 2-3 minut bosib turish kerak.
Preparat keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tizimli nojo‘ya ta'sirlari ko‘proq shu yosh toifasida rivojlanadi.
Ko‘z tomchilarini bolalarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda takroriy qo‘llash aks samaraga – miozga va midriatik samarani susayishiga olib kelishi mumkin.
Fenilefrinni MAO ingibitorlarini olayotgan yoki uni bundan oldingi 3 hafta davomida olgan patsiyentlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ular simpatomimetiklarning adrenergik ta'sirlari yaqqolligini kuchaytirishi va yurak qon-tomir tizimi tomonidan bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlarining paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Emizikli onalarga va homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyurilsin.
Gipotrofiyali bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganida odatda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar yuz bermaydi, shunday bo‘lsada, keragidan ortiq dozalarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, oqarish kuzatilishi mumkin.
Spetsifik davolash gipertenziv ta'sirida fentolamin kabi alfa-adrenoblokatorlarni 5-10 mg v/i, zarurat bo‘lganida takroran, yuborish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 ml dan polietilen flakon-tomchilagichlarda.
10 flakon-tomchilagich karton blokda.
Saqlash sharoiti
8oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Ochilganidan keyin flakonning ichidagisi bir oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Likvor» YoAJ, Armeniya, Yerevan
Tel. 37460 378800
E-mail info@liqvor.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.