Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Эмопрокс гл капл 1% 5 мл №1 (09340044##2 376##) |
UZS 60 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эмопрокс гл капл 1% 5 мл №1 (09340044##2 377) |
UZS 60 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Метилэтилпиридинол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari
Emoproks ko‘z tomchilari 1% 5ml №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Emoproks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metiletilpiridinol
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg metiletilpiridinol gidroxloridi;
yordamchi moddalar dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gipromelloza, natriy benzoati, suvsiz natriy sulfiti, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi och jigarrang-sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi S01XA
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Angioprotektor, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi, antioksidant, antigipoksant va antiagregant hisoblanadi.
Erkin-radikalli jarayonlarni samarali ingibitsiya qiladi, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta'sirga ega, xujayra membranalaridagi lipidlarni peroksidli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi. To‘qimalarni kislorod yetishmasligiga chidamliligini oshiradi. Qon ivish tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, umumiy koagulyatsiya indeksini pasaytiradi, qon ivishi vaqtini uzaytiradi. Fibrinoliz jarayonini kuchaytiradi.
Retinoprotektor xususiyatlarga ega, ko‘zning to‘r pardasi va boshqa to‘qimalarini yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi. Ko‘z ichidagi qon quyilishlarni so‘rilib ketishiga yordam beradi, qonning ivuchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Shox pardada (shu jumladan, operatsiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Emoproks ko‘z tomchilari qo‘llanganida faol modda tizimli qon oqimiga biologik faol kontsentratsiyalarda tushmaydi. Ko‘z to‘qimalarida terapevtik kontsentratsiyasiga bir marta tomizilganida erishiladi. Emoproks a'zolar va to‘qimalarda to‘planmaydi. Qo‘llanganidan so‘ng birinchi ikki soat davomida metiletilpiridinolning qondagi kontsentratsiyasi tez pasayadi, 24 soatdan keyin dori vositasi qonda aniqlanmaydi. Ko‘z to‘qimalarida Emoproksning kontsentratsiyasi qondagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi
• shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishini oldini olish va davolash uchun;
• ko‘zning old kamerasiga qon quyilishini davolash uchun;
• og‘ir darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlarida, diabetik retinopatiyada;
• kontakt linzalar taqilganida shox pardani himoya qilish uchun;
• yuqori jadallikdagi yorug‘likni (lazer va quyosh nurlaridan kuyish, lazerokoagulyatsiya) ta'sirida ko‘z to‘r pardasini himoya qilish uchun;
• keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparat kon'yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (odatda 3-30 kunni tashkil etadi) va shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash kursi yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin.
Flakonning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchini biron-bir yuzalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kon'yunktivani achishish hissi, qichishish, qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda– mahalliy allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• metiletilpirilidinolga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Emoproks preparati boshqa dori vositalari bilan davolash fonida qo‘llanganida negativ ko‘rinishlar ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa oftalmologik dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Emoproks preparatini avvalgi dori vositalari to‘liq so‘rilganidan so‘ng (kamida 10-15 minutdan keyin) oxirida tomizish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda Emoproks preparatini qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya (emizish) davrida ko‘rsatmalarga qarab preparatni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Emoproks preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yoshdagi patsiyentlar guruhida Emoproksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat qo‘llanganida so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan patsiyentlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya halqasi bilan ta'minlangan, buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda.
Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo markasi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Oftalmiks Ilachlari Ltd. Shti.», Turkiya
("World Medicine Ophthalmics Ilaçlari Ltd. Şti.", Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K.1B Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K.1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.