Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rohto ko‘z tomchilari vitamin, 13 ml
Nomi | Narx | |||||
Рохто глазные капли витаминные, 13 мл (HZ01A##2 274) |
UZS 90 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Рохто глазные капли витаминные, 13 мл (HZ01A##2 326) |
UZS 90 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комбинированный препарат
Kelib chiqqan mamlakat
Vetnam
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Rohto Pharmaceutical Co., Ltd., Япония произведено: ROHTO Menttholatum (Vietnam) Co., Ltd.
Chiqarish shakli
Капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
ROHTO Vitamin
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
faol moddalar
Kaliy L-aspartati 130 mg,
Piridoksin gidroxloridi 13,0 mg,
Natriy xondroitin sulьfati 13,0 mg,
d-α-tokoferol atsetati 6,5 mg,
Xlorfeniraminamaleat 3,9 mg.
yordamchi moddalar borat kislotasi, polioksietilen gidrogenlangan kanakunjut moyi 60, natriy borati, l-mentol, d-borneol, dinatriy edetati, evkalipt moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
boshka oftalьmologik vosita.
ATX kodi S01XA
Farmakologik xususiyatlari
d-α-tokoferol atsetati (tabiiy Ye vitamini) qon aylanishini yaxshilaydi, pasaygan ko‘rish o‘tkirligini yaxshilashga yordam beradi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) ko‘zlarda xujayraviy metabolizmni yaxshilaydi, ko‘rishni xiralashishini yengillashtiradi va ko‘rishni zo‘riqishini tez bartaraf etadi.
Natriy xondroitin sulьfati ko‘z elementlarini to‘ldiradi, ko‘zning shox pardasini himoya qiladi, quruq ko‘zlar sindromini samarali bartaraf etadi.
Kaliy L-aspartati ko‘zlarda xujayraviy nafasni faollashtiradi, ko‘rishni zo‘riqishini oldini olishga va davolashga yordam beradi.
Xlorfeniramin maleati antigistamin samara, ko‘zlarni qizarishi va qichishishida diskomfortni yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
− Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi
− Ko‘zlarda xiralashish (sekret tufayli)
− Ko‘rishni zo‘riqishi
− Suzgandan keyin yoki ko‘zlarga chang yoki ter suyuqligi tushishidan keyin kasalliklarni oldini olish
− Kon'yuktival giperemiya
− Ko‘zlarda qichishish
− Blefarit
− UB yoki boshqa nurlanish (masalan qorlik ko‘rlik) tufayli ko‘zlarni yallig‘lanishi
− Qattiq kontakt linzalardan foydalanish tufayli diskomfortda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 2-3 tomchidan, kuniga 5-6 marta tomizing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qichishish va kon'yuktival giperemiya kabi allergik simptomlar chaqirishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, shifokoringizga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Glaukoma yoki biron-bir ingrediyentga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar boshqasi shifokor tomonidan buyurilmagan bo‘lsa, boshqa ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llamang.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Bolalar ushbu preparatni kattalar kuzatuvi ostida qo‘llashlari kerak.
• Eritmani sekret yoki turli bakteriyalar bilan ifloslanishi yoki xiralashishi xavfini oldini olish uchun, flakon uchi bilan qovoqlar yoki kipriklarga tegmang.
• Ushbu preparat faqat tomizish uchun qo‘llanishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda, shuningdek homilada nojo‘ya samaralari haqida xabarlar mavjud emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mavjud emas.
Qo‘llash vaqtida va qo‘llagandan keyin ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak
Agar quyidagi simptomlar paydo bo‘lsa, qo‘llashni to‘xtating va shifokor yoki farmatsevt bilan bog‘laning
• Agar qo‘llagandan keyin quyidagi simptomlar paydo bo‘lsa
SohaSimptom
TeriToshma, qizarish, qichishish
Ko‘zlarQizarish, qichishish, shish, og‘riq
• Agar ko‘rishni noaniqligi yaxshilanmasa.
• Agar 2 xaftadan keyin simptomlar kamaymasa.
Saqlaganda va ishlov berilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
• Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang
• Noto‘g‘ri qo‘llash va sifatini o‘zgarishi mumkinligidan saqlanish uchun eritmani boshqa idishga quymang.
• Kuzatilishi mumkin bo‘lgan zararlanishdan saqlanish uchun ushbu preparatni boshqa odamlar bilan birga qo‘llamang.
•
Yaroqlilik muddati
(tashqi o‘ramda ko‘rsatilgan) o‘tgach preparatni ishlatmang.
•
Saqlash sharoiti
tufayli, ayrim ingrediyentlar konteyner uchida kristallizatsiyaga uchrashi mumkin. Qo‘llashdan oldin ularni toza doka bilan arting.
• Flakon ochilgandan keyin darhol ishlating, flakon ichidagisi qo‘llash vaqtida ifloslaniga moyil.
• Preparat flakonida boshqa suyuqliklarni saqlamang.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyurilgan dozaga rioya eting, chunki dozani oshirib yuborilishi kon'yuktival giperemiya chaqirishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, qo‘llashni to‘xtating va shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Chiqarilish shakli
Eritma flakonda. Bitta flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Salqin, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Rohto-Mentholatum (Vietnam) Co., Ltd.,
VSIP Thuan An Town, Binh Duong, Vietnam
Ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Rohto Pharmaceutical Co., Ltd., Yaponiya
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“MARI PHARM” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bayroqtol ko‘ch., 15.
Tel. +998 78 150 86 68
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.