Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Ретиналамин лиоф. для приг. р-ра для в.м. и парабульб вв. 5 мг №10 (561224##2 420) |
UZS 1 249 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ретиналамин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
5 мг
Производитель
Герофарм ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Retinalamin mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 5mg №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi korxona
Preparatning savdo nomi
RETINALAMIN®
XPN mavjud emas
Guruhlash nomi Qoramol ko‘z to‘r pardasining polipeptidlari.
Dori shakli
mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg Retinalamin (suvda eruvchan polipeptid fraktsiyalarining majmuasi),
yordamchi modda 17 mg glitsin (stabilizator).
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli liofillangan kukun yoki g‘ovak massa.
Farmakterapevtik guruhi to‘qimalar reparatsiyasining stimulyatori.
ATX kodi S01XA.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Retinalamin – 10000 Da dan oshmaydigan molekulyar massali suvda eruvchan polipeptid fraktsiyalarining majmuasidir.
Preparat fotoretseptorlar va to‘r pardaning xujayra elementlariga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi; distrofik o‘zgarishlarida pigmentli epiteliy va fotoretseptorlarning tashqi segmentlarini, glial xujayralarning funktsional o‘zaro ta'sirini yaxshilanishiga yordam beradi; to‘r pardaning yorug‘likka sezgirligini tiklanishini tezlashtiradi. Ko‘z to‘r pardasining kasalliklari va jarohatlarida reparativ jarayonlarini faollashtiradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, mahalliy yallig‘lanish reaktsiyalarini ko‘rinishlarini kamaytiradi.
RETINALAMIN® ning ta'sir mexanizmi uning metabolik faolligi bilan belgilanadi preparat ko‘z to‘qimalarining metabolizmini yaxshilaydi va xujayra membranalarining faoliyatini normallashtiradi, xujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi, lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini boshqaradi, energetik jarayonlarni uyg‘unlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
RETINALAMIN® tarkibi, ta'sir etuvchi moddasi polipeptid fraktsiyalarining majmuasi bo‘lganligi tufayli, uning ayrim komponentlarini odatdagi farmakokinetik tahlilini o‘tkazishning imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kompensatsiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukoma, diabetik retinopatiya, to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasi, to‘r pardaning markaziy distrofiyasi, miopiya kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida), markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda - kompensatsiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukoma, diabetik retinopatiya, miopiya kasalligi (samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli);
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasi, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga diabetik retinopatiyada, to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 5-10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 5-10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Kompensatsiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukomada parabulbar yoki mushak ichiga
5 mg dan sutkada 1 marta. Davolash kursi 10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Miopiya kasalligida parabulbar 5 mg dan sutkada 1 marta. Davolash kursi 10 kun. Angioprotektor vositalar va V guruhi vitaminlari bilan birga tavsiya qilinadi.
Preparat 1-2 ml in'ektsiya uchun suv, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% prokain (novokain) eritmasida eritiladi, ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun igna flakon devoriga yo‘naltiriladi.
1-5 yoshli bolalarga to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 2,5 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.
6-18 yoshli bolalarga to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 2,5-5,0 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.
Preparat 1-2 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi, ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun igna flakon devoriga yo‘naltiriladi. Davolash kursi – 10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
RETINALAMIN® ni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlating!
Flakondagi eritilgan dori vositasini saqlash va saqlashdan keyin ishlatish mumkin emas. RETINALAMIN® eritmasini boshqa eritmalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari, dozani oshirib yuborilganda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabarlar berilmagan.
Dori preparatini birinchi marta qabul qilganda yoki uni bekor qilganda ta'sir qilishining o‘ziga xosligiga ko‘rsatma, zarurati bo‘lsa.
Dori preparatini birinchi marta qabul qilganda yoki uni bekor qilganda ta'sir qilishining o‘ziga xosligi yo‘q.
Ta'rifi, zarurati bo‘lsa, dori preparatining bir yoki bir necha dozalari o‘tkazib yuborilganda shifokor (feldsher), patsiyent harakatining o‘ziga xosligi
In'ektsiya o‘tkazib yuborilganda ikkita dozani yuborish tavsiya etilmaydi, navbatdagi in'ektsiyani esa belgilangan kunda amalga oshirish lozim.
Dori preparatini qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Dori preparatini homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, bolalar, surunkali kasalliklari bo‘lgan kattalar tomonidan qo‘llash mumkinligi va o‘ziga xosligiga ko‘rsatmalar
Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo‘q). Laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xaqidagi ko‘rsatmalar
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Yaroqlilik muddati
va dori preparatini yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatishni taqiqlashga ko‘rsatmalar
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 dan 20oS gacha haroratda.
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan joyda saqlash zarurligiga ko‘rsatmalar
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Ishlatilmagan dori preparatlarini yo‘q qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari zarurligiga ko‘rsatmalar
Ishlatilmagan dori preparatini yo‘q qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yoki parabulbar yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat, 5 mg.
22 mg dan liofilazat 5 ml hajmli flakonlarda, 5 flakondan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchining nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarish manzillari
«GEROFARM» MChJ
Rossiya, 191119 Sankt-Peterburg, Zvenigorodskaya ko‘ch., 9 uy.
Telefon. (812) 703 79 75 (ko‘p kanalli), faks (812) 703 7976
Ishlab chiqarish manzili
Rossiya, 196158, Sankt-Peterburg sh., Moskovskoye shosse, 13 uy, lit. VI, lit. VL;
Rossiya, 142279, Moskva vil., Serpuxovskiy tumani, Obolensk qishlog‘i, 83 korpusi, lit. AAN
Iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi korxona
«GEROFARM» MChJ
Rossiya, Moskva vil., Serpuxovskiy tumani, Obolensk qishlog‘i, 4 bino, 83 korpus, 23 a/q
Telefon. (812) 703-79-75 (ko‘p kanalli), faks (812) 703-79-76
Ishonch telefonlari 8-800-333-4376 (Rossiya bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul)
www.retinalamin.ru
www.geropharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.