Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Farmateks vag. tab. 20mg №12
Farmateks vag. tab. 20mg №12
Nomi | Narx | |||||
Фарматекс таб. ваг. 20мг №12 (65536E##2 061) |
UZS 72 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бензалкония хлорид
Страна производитель
Франция
Дозировка
20 мг
Производитель
Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Farmateks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) miristalkoniy xloridi
Dori shakli
qin tabletkalari
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 20,0 mg miristalkoniy xloridi,
yordamchi moddalar 110,0 mg natriy gidrokarbonati, 96,0 mg limon kislotasi, 12,0 mg kolloid kremniy dioksid, 172,0 mg mikrokristall sellyuloza, 5,3 mg magniy stearati, 363,0 mg laktoza monogidrati, 20,7 mg makrogol 6000.
Ta'rifi oq, dumaloq hidsiz, teshikli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun kontratseptiv vosita.
ATX kodi G02BB.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Miristalkoniy xloridi bir vaqtning o‘zida spermitsid va antiseptik vosita hisoblanadi. Spermitsid ta'siri ta'sir etuvchi moddaning spermatozoidlarning membranasini parchalashi (dastlab dumini, so‘ngra boshchasini) bilan bog‘liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug‘lanish imkonini yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilgandan keyin 10 minut o‘tgach rivojlanadi.
Farmateksni qo‘llash homilador bo‘lish xavfini ahamiyatli darajada kamaytiradi, ammo uni to‘liq bartaraf qilmaydi.
In vitro sharoitida Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus ga nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta'sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta'sir qiladi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan Doderlyayn tayoqchasiga) va hayz ko‘rish sikliga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Miristalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so‘rilmaydi, normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi yoki suv bilan oddiy yuvish orqali yo‘qotiladi.
Qo‘llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun (shu jumladan peroral kontratseptivlarni yoki bachadon ichki kontratseptsiyasini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lganida; tug‘ruqdan keyingi davrda, emizish davrida; homiladorlik to‘xtatilgandan keyin; menopauzadan oldingi davrda; nomuntazam jinsiy aloqada; peroral kontratseptivlarni muntazam ishlatishda o‘tkazib yuborilgan yoki qabul qilish kechiktirilgan holda) mahalliy kontratseptsiyada qo‘llanadi.
Qin diafragmasini yoki bachadon ichki kontratseptsiyasi ishlatilganida qo‘shimcha mahalliy kontratseptsiya sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qinga qo‘llash uchun.
To‘liq erishi uchun suv bilan xo‘llangan tabletka yotgan holatda qinga chuqur qilib, jinsiy aloqadan 10 minut oldin yuboriladi. Ta'sir davomiyligi – 3 soatni tashkil etadi. Har bir qayta jinsiy aloqadan oldin albatta yangi tabletkani yuborish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, kontakt dermatit, qinda va/yoki sherikning jinsiy a'zosida qichishish va achishish, og‘riqli siyish.
Ular paydo bo‘lgan hollarda Farmateks preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Agar yo‘riqnomada keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo‘yni shilliq qavatini yaralanishi va ta'sirlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qinga yuborilgan har qanday dori vositasi preparatning spermatsid ta'sirini kamaytirishi mumkin. Yod eritmalari (shu jumladan yodonatning 0,1% li eritmasi) preparatni faolsizlantiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kontratseptsiyaning samaradorligi preparatni to‘g‘ri ishlatishga bog‘liq.
• Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va jinsiy aloqadan keyin 2 soat davomida jinsiy a'zolarni tozalash uchun sovun ishlatish taqiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta'sir etuvchi moddasini parchalaydi.
• Jinsiy aloqadan keyin darhol tashqi jinsiy a'zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Qinni yuvish jinsiy aloqadan keyin 2 soat o‘tgach bajariladi.
• Qinga kiritilgan Farmateks bilan vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho‘milish, keyingi kontratseptivta'sirini pasayishi xavfi tufayli mumkin emas.
• Farmateks preparatini qinning kasalligi paydo bo‘lganida, to qin dori vositalari bilan davolash tugagunicha ishlatishni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo‘llanmaydi.
Miristalkoniy xloridi kontratseptsiyasi fonida homiladorlik aniqlansa, homiladorlikni kechishiga ta'siri aniqlanmagan. Ko‘krak suti bilan chiqarilmaydi, emizish davrida qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi belgilari ta'riflanmangan.
Chiqarilish shakli
Qin tabletkalari 20,0 mg
12 tabletkadan silikagelli polietilen tiqin bilan berkitilgan polipropilen tubada.
1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi
Innotera Shuzi
Ryu Rene Shantero, L’Isl Ver, 41150 Shuzi-Syur-Sis, Frantsiya
Rossiyadagi vakolatxonasi
«Laboratoriya Innotek Internasional» AJ (Frantsiya)
127051, Moskva sh., Petrovka ko‘ch., 20/1 uy,
tel. (495) 775-41-12, faks (495) 287-87-68
ye-mail innotech@innotech.ru
www.innotech.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.