Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аskofer sirop 100 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Железа (III) гидроксид полимальтозный комплекс
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Askofer
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Temir (III) gidroksidining polimaltoz kompleksi.
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Elementar temir 50 mg (temir (III) gidroksidining polimaltoz kompleksi ko‘rinishida)
Yordamchi moddalar metilparaben, propilparaben, glitserol, sorbitol, sukroza, vanilin-qaymoqli yoki karamelli aromatizatori, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi Karamel ta'mli, qizg‘ish-jigarrang suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita. Temir preparatlari.
Kod ATX B03AB05
Farmakologik hususiyatlari
Askofer preparati temir (III) gidroksidining polimaltoz kompleksi ko‘rinishida temir saqlaydi. Ushbu makromolekulyar kompleks barqaror va me'da-ichak yo‘llarida temirni erkin ionlar ko‘rinishida ajratmaydi. Askoferni tuzilishi temirning tabiiy birikmasi ferritinga o‘xshash. Bunday o‘xshashlik sababli temir (III) faol tashilish yo‘li bilan ichakdan qonga o‘tadi. So‘rilgan temir ferritin bilan bog‘lanadi va organizmda, asosan jigarda saqlanadi. So‘ngra suyak ko‘migida u gemoglobinning tarkibiga kiradi. Temir (III) gidroksidining polimaltoz kompleksi tarkibiga kiruvchi temir, temirning oddiy tuzlari bilan solishtirganda, prooksidant hususiyatlarga ega emas. Temir tanqisligining yaqqolligi va uning so‘rilish darajasi orasida korrelyatsiya mavjud (temir tanqisligi qanchalik yaqqol bo‘lsa uning so‘rilishi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Eng ko‘p faol so‘rilish ingichka va o‘n ikki barmoqli ichakda sodir bo‘ladi. Askofer preparati tishlarning emalini bo‘yalishini chaqirmaydi.
Qo‘llanilishi
• go‘daklar va kichik yoshli bolalarda turli genezli temir tanqisligi anemiyasi va temirning yashirin tanqisligini davolash;
• temirga bo‘lgan yuqori talab (homiladorlik, laktatsiya davri, donorlik, jadal o‘sish davri, vegetarianlar, keksalik yoshi).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng darhol ichga qabul qilinadi. Dozasi va davolash muddati temirning yetishmovchilik darajasiga bog‘liq. Sutkalik dozasini bir necha qabulga bo‘lish yoki bir marta qabul qilish mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 1-2 marta.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan har kuni, dozani 1 choy qoshiqgacha oshirish mumkin, har kuni.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dispepsiya (epigastral sohada to‘lib ketish va bosilish hissi, ko‘ngil aynashi, qabziyat yoki diareya), axlatni to‘q rangga bo‘yalishi (so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan ifodalanadi va klinik ahamiyatga ega emas).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Anamnezida temir (III) gidroksidining polimaltoz kompleksiga o‘ta yuqori sezuvchanlik; temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan, gemolitik anemiya, V12 vitaminining yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan megaloblast anemiya, eritropoezni buzilishi, suyak ko‘migi gipoplaziyasi);
• Organizmda temirni oshib ketishi (ya'ni, gemoxromatoz, gemosideroz);
• Temirning utilizatsiyasini buzilishi (masalan, sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshinli anemiya, terini kechki porfiriyasi);
• Osler-Randyu-Veber sindromi;
• Surunkali poliartrit;
• Bronxial astma;
• O‘tkir bosqichidagi buyraklarning infektsion kasalliklari;
• Nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz;
• Dekompensatsiyalangan jigar sirrozi;
• Infektsion gepatit;
• Homiladorlikning birinchi uch oyligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlikda qo‘llanishi.
Nazoratli tekshirishlarda homilador ayollarda homiladorlikning birinchi uch oyligidan so‘ng ona va homilaga nisbatan nojo‘ya samaralarni rivojlanishi kuzatilmagan. Homiladorlikni birinchi uch oyligida preparatni homilaga ko‘rsatadigan salbiy samaralari aniqlanmagan.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri.
Hozirgi kungacha aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Temir preparatlarining dozalarini oshirib yuborilishi o‘tkir asoratlarga va gemosiderozga olib kelishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi kabi anemiyaga noto‘g‘ri tashxis qo‘yish temirni oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Doza oshirib yuborilgan holda davolash simptomatik, temirning maxsus antidoti bo‘lib deferoksamin, xelat agenti hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
Sirop flakonlarda 100 ml dan. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Isitilmasin va muzlatilmasin.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
«REMEDY GROUP» MChJ O‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent shaxri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor kuchasi, 51 Tel./faks (99871) 248-02-05
”Sitco Shemicals LTD”, Angliya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.