Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vermoks tab. 100 mg №6
Nomi | Narx | |||||
Вермокс таб. 100мг №6 (F43207A##2 238) |
UZS 26 000
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мебендазол
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
100 мг
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1. PREPARATNING NOMI
Savdo nomi VERMOKS
Xalqaro patentlanmagan nomi
(XPN) mebendazol
Dori shakli
tabletkalar
2. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Vermoks tabletkalari, 100 mg
Har bir tabletka 100 mg mebendazol saqlaydi.
Preparat shuningdek har bir tabletkada 110 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda saqlanadi.
3. DORI SHAKLI
Tabletkalar, 100 mg
Oq yoki deyarli oq rangli, yengil o‘ziga xos hidli, disk shaklidagi, bir tomonida faskasi va “VERMOX” yozuvi va boshqa tomonida riskasi bo‘lgan yassi tabletkalar.
Riska tabletkani teng dozalarga bo‘lish uchun emas, balki preparatni ichga qabul qilishda qulaylik tug‘dirish uchun tabletkani sindirish uchun kerak.
4. KLINIK XUSUSIYATLARI
4.1.
Qo‘llanilishi
Vermoks Enterobius vermicularis (ostritsalar); Ascaris lumbricoides (katta dumaloq chuvalchanglar [askaridalar]); Trichuris trichiura (qil boshli gijjalar); Ancylostoma duodenale (oddiy ankilostomalar), Necator americanus (nekatorlar); Strongyloides stercoralis; Taenia spp. (tasmasimon chuvalchanglar) chaqirgan mono- yoki aralash infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi.
4.2.
Qo‘llash usuli va dozalari
Enterobiaz
Kattalar va bolalar uchun doza (tana vazni va yoshidan qat'iy nazar) bir marta 100 mg (1 tabletka) qo‘llanadi.
Juda ko‘p hollarda Enterobius vermicularis ni qayta yuqishi/reinfektsiyalarni yuz berishini nazarda tutib, davolashni 2-4 haftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.
Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomoz va aralash infektsiyalar
Kattalar va bolalar uchun doza (tana vazni va yoshidan qat'iy nazar) 3 kun davomida sutkada 200 mg dan (1 tabletkadan ertalab va kechqurun) qo‘llanadi.
Tenioz va strongiloidoz
Kattalar
3 kun davomida 400 mg (2 tabletka ertalab va 2 tabletka kechqurun) qo‘llanadi.
Bolalar
3 kun davomida 200 mg (1 tabletka ertalab va 1 tabletka kechqurun) qo‘llanadi.
Davolanish vaqtida parhezga rioya qilish yoki surgi vositalarni buyurish kabi xech qanday maxsus choralar talab qilinmaydi.
2 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumot 4.4. “
Maxsus ko‘rsatmalar
va ishlatishdagi ehtiyotkorlik choralari” bo‘limida keltirilgan.
Tabletkalarni chaynab yoki butunlaycha yutish mumkin. Kichik yoshdagi bolalarga berishdan oldin, tabletkani maydalash zarur.
4.3.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
4.4.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash
2 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yuzasidan ishonarli tasdiqlangan xujjatli dalillar yo‘q. Biroq bu yosh guruhidagi patsiyentlarda tirishishlarni yuz berganligi to‘g‘risida xabarlar olingan, shuning uchun Vermoksni 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida, preparatning har bir tabletkasi 110 mg laktoza monogidratini saqlashini hisobga olish kerak.
4.5. Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri va o‘zaro ta'sirning boshqa shakllari
Simetidinni birga qo‘llanilishi jigarda mebendazolning metabolizmini susayishi bilan kechishi mumkin, bu, ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganda plazmada dori vositasining kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Bunday hollarda dozaga tuzatish kiritish maqsadida plazmada preparatning kontsentratsiyasini aniqlash (qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini monitoringi o‘tkazish) tavsiya qilinadi.
4.6 Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Vermoksni homiladorlikda qo‘llash mumkin emasligi tufayli, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Laktatsiya
Mebendazol ko‘krak suti bilan ajralib chiqadimi yoki yo‘qmi, noma'lum, shuning uchun emizish vaqtida ushbu preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
4.7. Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mebendazol avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
4.8. Noxush samaralari
1/10
10%
Juda tez-tez
1/100 - <1/10
1–10%Tez-tez
1/1000 - <1/100
0,1–1%Tez-tez emas
1/10 000 - <1/1000
0,01–0,1%Kam hollarda
<1/10 000<0,01%Juda kam hollarda
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Noma'lum (ishonarli statistika yo‘q) neytropeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar tipidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda emizikli bolalarda tirishishlar.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda qorinda og‘riq, diareya (bu simptomlar invaziyalar oqibati bo‘lishi mumkin).
Teri va teri osti kletchatkalari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, toshma, angionevrotik shish, eshakemi.
Preparat tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganida aniqlangan noxush dori reaktsiyalari
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Noma'lum (ishonarli statistika yo‘q) jigar faoliyatini buzilishi, gepatit.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Noma'lum (ishonarli statistika yo‘q) glomerulonefrit.
Vermoksni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanishi odatda hech qanday shikoyatlar chaqirmaydi.
Qorindagi og‘riq va diareya yakka hollarda katta miqyosdagi glistli invaziyalar fonida paydo bo‘lishi mumkin.
4.9.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Preparatning dozasi tasodifan oshirib yuborilganda qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Garchi Vermoks bilan davolashning maksimal davomiyligi uch kundan oshmasada, exinokokkoz yuzasidan preparatning katta dozalari bilan uzoq muddat davomida davolangan patsiyentlarda jigar faoliyatini qaytuvchan buzilishi va neytropeniyani yuz berishining juda kam hollari to‘g‘risida xabarlar mavjud.
Davolash
Spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilganidan keyin birinchi soatda me'dani yuvish o‘tkazilishi mumkin. Zarurati bo‘lganida faollashtirilgan ko‘mir berish mumkin.
5. FARMAKOLOGIK XUSUSIYaTLARI
5.1. Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakoterapevtik guruhi
Antigelmint/Antinematod vositalar.
ATX kodi R02 SA01
Vermoks keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan sintetik antigelmint preparatdir. Dori vositasi gelmint xujayralarida tubulinni hosil bo‘lishiga ta'sir qiladi, bu gelmintda glyukozani qamrab olinishi va normal ovqat hazm qilish faoliyatini shunday darajada buzilishiga olib keladiki, xatto autolitik jarayonlar boshlanadi.
5.2. Farmakokinetik xususiyatlari
Mebendazol peroral qo‘llanganida kam so‘riladi.
Preparat tavsiya etilgan (o‘rta terapevtik) dozalarda dori vositasining juda past eruvchanligi va yaqqol birlamchi metabolizmi tufayli past biokiraolishlikka ega.
Preparatning 90% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
5.3 Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma'lumotlari
Bir marta peroral qo‘llanganida Vermoks preparatining embriotoksik va teratogen faolligi kalamushlar va sichqonlarda namoyish etilgan.
Boshqa hayvonlarda bunga o‘xshash kuzatuvlar ta'riflanmagan.
Mutagenlik va teratogenlikni baholashbo‘yicha tadqiqotlar
Mutagenlikni baholash bo‘yicha tadqiqotlarning natijalari (Eyms testlari/EYMS-test va dominant o‘lim bo‘yicha testlar) Vermoks preparatining mutagenlik xususiyatlarini aniqlamadi.
Laborator hayvonlarda Vermoks preparatining kantserogenligini baholash yuzasidan o‘tkazilgan testlarda, preparatni hatto 40 mg/kg sutkalik dozada qo‘llash fonida hech qanday kantserogen samaralar kuzatilmagan.
Reproduktiv faoliyatga toksik ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar
Preparatni 40 mg/kg gacha dozalarda erkak sichqonlarda 60 kun davomida va urg‘ochi sichqonlarda homiladorlikdan 14 kun oldin qo‘llanilishi, garchi urg‘ochi organizmlarga nisbatan preparatning bir muncha toksikligi kuzatilgan bo‘lsada, homila yoki avlodga nisbatan hech qanday samaralarni yuz berishi kuzatilmagan.
6. FARMATSEVTIK MA'LUMOTLAR
6.1. Yordamchi moddalar ro‘yhati
Natriy laurilsulfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, natriy saxarini, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
6.2. Nomutanosiblik
Aniqlanmagan.
6.3.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
6.4.
Saqlash sharoiti
+15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
6.5. O‘rami
6 tabletka AL/PVX blisterda.
1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilingan karton qutida.
6.6.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
7.
Ishlab chiqaruvchi
Gedeon Rixter Rumniya A.O., Trgu Muresh, Ruminiya «Gedeon Rixter» OAJ, Budapesht, Vengriya uchun
Muomalaga chiqarish bo‘yicha mas'ul
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch. 19-21, Vengriya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.