Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ekdisten tab. 5mg №100
Nomi | Narx | |||||
Экдистен таблетки 5мг №100 (010124##2 278) |
UZS 121 800
Stokda yetarli (20)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экдистен
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,005 г
Производитель
Radiks,НПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Ekdisten
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ekdisten (2β, 3β, 14α, 20R, 22R, 25-geksagidroksi-5β-xolesten – 7ON6).
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda ekdisten – 5 mg;
yordamchi moddalar qand, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali.
Ta'rifi oq rangli yoki och sariq tusli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni mufiqlashtiruvchi vosita.
Farmakologik hususiyatlari
Ekdisten – oksisteroid tuzilishiga ega tabiiy birikma, tonusni oshiruvchi va adaptogen ta'sir ko‘rsatadi. Organizmda oqsil sintezini kuchaytirib, jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Anabolik steroidlardan farqli ravishda, gormonsimon hususiyatlarga ega emas, androgen, antigonadotrop va timolitik ta'sirlarni namoyon qilmaydi. Preparatga, shuningdek membranani mustahkamlovchi, antioksidant va gipoksiyaga qarshi ta'sirlar xosdir.
Klinika sharoitida miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda o‘tkir bosqichida miokardning nekrozga uchragan sohalarini kamaytiradi, depolyarizatsiya jarayonlarini tiklanishini va miokardning sog‘lom sohalarini elektr faolligini oshishini tezlashtiradi, miokard ishemiyasini kamaytiradi. Ilk statsionar reabilitatsiya bosqichida, jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatkichlarini (veloergometrik sinama) ishonchli oshiradi. Miokard infarktini o‘tkazgan erkaklarda jinsiy qo‘zg‘aluvchanlik va jinsiy faollik jarayonlarini tiklaydi.
Ekdisten homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini majmuaviy davolashda homila gipotrofiyasini kamaytiradi, homiladorlarda anemiya tez-tezligini kamaytiradi, gormonal gomeostazga, immun tizimiga normallashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va sintsitiotrofoblastning regenerativ imkoniyatlarini oshiradi, homiladorlikda chala tug‘ishni kamaytiradi, chaqaloqlarda asfiksiyani pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
Kattalarga, oqsil sintezi jarayonlarini susayishi bilan bog‘liq astenik va asteno-depressiv holatlarda, uzoq muddatli intoksikatsiyalarda, infektsiyalarda. Nevrasteniyalarda, nevrozlarda, arterial gipotenziyada. Miokard infarktining o‘tkir davrida nekroz sohasini cheklash maqsadida; miokard infarktidan keyin statsionar reabilitatsiyaning ilk davrida reabilitatsiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida. Infarktdan keyingi impotentsiyada jinsiy sohani tiklash maqsadida. Zo‘riqish stenokardiyasi va infarktdan keyingi kardiosklerozda qo‘llanadi.
Homiladorlarda homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini oldini olishva davolash uchun. Jadal sport mashg‘ulotlari vaqtida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin 5-10 mg (1-2 tabletka) dan kuniga 3 marta qo‘llanadi. Davolash kursi 15-20 kun, zarurati bo‘lganida kursni 1-2 haftalik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.
Kattalar uchun yuqori dozalari bir martalik 25 mg, sutkalik 100 mg ni tashkil qiladi.
O‘tkir miokard infarktida statsionarga tushgan kundan boshlab, umumiy qabul qilingan davolash fonida – 10 mg (2 tabletka) dan kuniga 3 marta 28-30 kun davomida qo‘llanadi.
O‘tkazilgan miokard infarktidan keyin reabilitatsiya maqsadida, shuningdek zo‘riqish stenokardiyasi va infarktdan keyingi kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarga 1 yoki 2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi. Akusherlik statsionar sharoitda homilani ona qornida rivojlanishini kechikishini oldini olish va davolash maqsadida tashxis qo‘yilgan birinchi kundan boshlab, umumiy qabul qilingan davolash fonida ikki hafta davomida 2 tabletkadan kuniga 3 marta (sutkalik 30 mg dozada) buyuriladi.
Agar davolash kursi homiladorlikning II uch oyligida o‘tkazilgan bo‘lsa, uni 2-3 haftalik tanaffusdan keyin homiladorlikning 32-34 haftasida takrorlash zarur. Davolashni homiladorlikning 35-36 haftasida boshlash, homilani rivojlanishiga ta'sir qilmaydi, ammo uni holatini yaxshilaydi va gipoksiyaga bo‘lgan chidamlilikni oshiradi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni nerv tizimi labil (o‘zgaruvchan) bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganda uyqusizlik, arterial bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda dozani kamaytiriladi yoki preparatni kechqurungi qabul qilishni to‘xtatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nerv qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, gipertenziya, tutqanoq, giperkinezlar va preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lumotlar yo‘q. Ammo nojo‘ya ta'sirining belgilari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 5 mg dan, kontur uyali va uyasiz o‘ramlarda, bankalarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” XIICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.