Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Startum in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun erituvchi bilan №3
Nomi | Narx | |||||
Стартум лиоф. пор. д/приг. р-ра д/и флак.+раст-ль №3 (2254004##1595) |
UZS 75 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кокарбоксилазы хлорид, динатрия аденозинтрифосфата тригидрат, витамин В12, РР
Страна производитель
Турция
Производитель
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок лиофилизированный для приготовления раствора
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Startum
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun.
Tarkibi
Preparatning 1 flakoni quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
kokarboksilaza xloridi 50 mg;
nikotinamid 20 mg;
dinatriy adenozintrifosfat trigidrati 10 mg;
sianokobalamin 0,5 mg;
yordamchi moddalar glitsin, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati.
erituvchi 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasi 2 ml.
Ta'rifi pushti rangli liofilizatsiya qilingan kukun.
erituvchi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. Polivitaminlar boshqa dori vositalari bilan majmuada.
ATX kodi A11AB
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat metabolik vositalar va vitaminlarning ratsional tanlab olingan majmuasidir.
Kokarboksilaza – koferment bo‘lib, organizmga tashqaridan kelib tushadigan tiamin (V1 vitaminidan hosil bo‘ladi. Uglevodlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, α-ketokislotalarni karboksilizatsiya va dekarboksillizatsiya katalizatsiya qiladigan karboksilaza fermentining tarkibiga kiradi. Nuklein kislotalar, oqsillar va lipidlar sintezida bevosita qatnashadi. Organizmda sut va pirovat kislotalarining darajasini paaytiradi, glyukozani o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Nerv to‘qimasining trofikasini yaxshilaydi.
Nikotinamid – RR vitaminining shakllaridan biri bo‘lib, hujayrada oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, uglevodlar va azot almashinuvini yaxshilaydi.
Dinatriy adenozintrifosfat trigidrati adenozinning hosilasi hisoblanadi, metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Gipotenziv va antiaritmik ta'sirga ega. Qon-tomirlar, shu jumladan koronar arteriyalarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) organizmda yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan faol shakli (adenozilkobalamin yoki kobamamid) ga aylanadi. Organizmda oqsil sintezini oshiradi va uni to‘planishiga olib keladi. Uglevodlar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi. Qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi, jigarni yog‘li infiltratsiyasini oldini oladi. Qon yaratuvchi a'zolarni normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur, eritrotsitlarda sulfgidril guruhini saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam berib, ularni gemolizga nisbatan chidamliligini oshiradi. To‘qimalarni regeneratsiyasi oshiradi. Jigar va nerv tizimlarining faliyatiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Kokarboksilaza
Kokarboksilaza mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tez so‘riladi. Organizmning ko‘pgina to‘qimalariga o‘tadi. Metabolik taqsimlanishga uchraydi. Metabolizm mahsulotlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Nikotinamid
Me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi (asosan me'daning pilorik qismida va o‘n ikki barmoq ichakning antral qismida) – tez, malabsorbtsiya sindromida ahamiyatli darajada pasayadi va sekinlashadi. Barcha to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Jigarda metabolizmga uchrab, N-metilnikotinamid, metilpiridonkarboksamidlar, glyukuron kislotasi efiri va glitsin bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – 45 minutni tashkil etadi.
Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, yuqori dozalarda qabul qilinganida – asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Dinatriy adenozintrifosfat trigidrati
Organizmning xususiy ATF ishtirokida yuz beradigan turli reaktsiyalarning miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, parenteral yuboriladigan ATF preparatining kinetikasini kuzatish imkoni yo‘q. Natriy adenozintrifosfat yuborilgan joyda adenozin hamda fosfat qoldiqlariga tez parchalanadi, keyinchalik yangi ATF molekulalarini sintezi uchun ishlatilishi ma'lum.
Sianokobalamin
V12 vitamini qonda I va II transkobalaminlar bilan bog‘lanadi, ular uni to‘qimalarga tashiydilar. Asosan jigarda to‘planadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi. Jigardan safro bilan ichakka chiqariladi va qonga qayta so‘riladi. Yarim chiqarilish davri – 500 kunni tashkil etadi. Buyrak funktsiyasi normal bo‘lganida – 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% - axlat massalari bilan chiqariladi; buyrak funktsiyasi pasayganida – 0-7% buyraklar orqali, 70-100% axlat massalari bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
• nevritlar, neyropatiyalar (qandli diabetda, pernitsioz anemiyada va boshqalarda);
• turlicha rivojlangan nevralgiyalar;
• mialgiya, ishialgiya;
• lyumbago, radikulit;
• bursitlar, tendinitlar;
• yurak ishemik kasalligi, miokardit, miokardiopatiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Startum preparati mushak ichiga 1-2 flakondan sutkada bir marta yuboriladi.
Davolash davomiyligi va takroriy davolash kurslarini o‘tkazish kasallikning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.
Preparat jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
65 yoshdan oshgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri reaktsiyalari, anafilaktik shok, Kvinke shishi). Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikka shubha qilingan patsiyentlarga Startum preparatini yuborishdan oldin teri ichiga yuborib sinama o‘tkazish tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan davolash boshlanishida o‘pka shishi va dimlangan yurak yetishmovchiligi; periferik tomirlar trombozi;
Qon yaratish a'zolari tomonidan chin politsitemiya;
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan yengil shakldagi vaqtinchalik diareya;
Teri qoplamlari tomonidan qichishish, tranzitor ekzantema;
Umumiy simptomlar to‘satdan kuchli terlash, holsizlik hissi, bosh aylanishi bo‘lishi mumkin.
Ko‘rsatilgan yoki boshqa nojo‘ya ta'sirlar rivojlanganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
• o‘tkir miokard infarkti davri;
• giperkoagulyatsiya (shu jumladan o‘tkir trombozlarda), eritremiya, eritrotsitoz, arterial gipertoniyaning og‘ir shakllari, arterial gipotoniya, o‘pkaning yallig‘lanish kasalliklari, og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi, psoriaz, yurakning o‘tkazuvchanligini og‘ir buzilishlari, o‘tkir yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta'sirini kuchaytiradi.
Nikotinamid tutqanoqqa qarshi vositalar, ayniqsa karbamazepin, diazepam va natriy valproati kabilar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning tutqanoqqq qarshi samarasi kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tayyor bo‘lgan eritmaning rangi qizil-pushti rangli bo‘lishi kerak.
Agar eritmaning rangi o‘zgarsa, uni ishlatmang.
Anamnezida me'da-ichak yara kasalligi, gastrit, podagra, qon ketishlari, jigar va o‘t chiqarish yo‘llarini shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarga Startum preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida umumiy qon tahlilida eritrotsitlarning miqdori, qon ivish vaqti, koagulogrammada protrombin indeksi, qon zardobida transaminazalar, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltranspeptidaza, bilirubin, siydik kislotasining darajasini qondagi trombotsitlar miqdorini nazorat qilish kerak.
Eritmani tayyorlangandan so‘ng darhol ishlatish kerak!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida Startum preparatini ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash kerak.
Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni bolalarda qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nikotinamid uzoq muddat qo‘llanganida ham chiqarilishida metillizatsiya reaktsiyalarida ishtirok etishi fonida metil guruhiningtanqisligi holati rivojlanishi mumkin.
Nikotinamidning yuqori dozalari (3000-9000 mg = Startum preparatining 150-450 flakoni) uzoq muddat qo‘llanganida jigar funktsiyasi buzilishini klinik holatlari ta'riflangan.
Davolash simptomatik.
Bexosdan ichga qabul qilinganida yoki vena ichiga yuborilaganida toksikligi namoyon bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun brombutilkauchuk tiqin yopilgan va Flip off turidagi majmuaviy alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan to‘q rangli shisha flakonlarda.
Liofilizatsiya qilingan 3 flakon erituvchi (3 ampula 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasi) bilan majmuada kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi vatqayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
("Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi", Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Mefar Ilach Sanayii A.Sh.», Turkiya
(Ramazanoglu Max. Ensar Djad. № 20, 34906 Kurtkyoy-Pendik / Istambul)
"Mefar İlaç Sanayii A.Ş.", Turkey
(Ramazanoğlu Mah. Ensar Cad. No 20, 34906 Kurtköy-Pendik / İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«TarPharmAlliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy.
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.