Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
El'kar ichga qabul uchun eritma 300mg/ml 25 ml
Nomi | Narx | |||||
Элькар р-р 300мг/мл 25 мл (681023BZ##2 242) |
UZS 114 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
30% 25 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Пик-Фарма ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Раствор для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
El'kar
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levokarnitin
Dori shakli
ichga qabul uchun eritma
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg levokarnitin (karnifit);
yordamchi moddalar 1,2 mg limon kislotasi monogidrati, 0,5 mg metilparagidroksiben-zoat, 0,2 mg propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv 1 ml gacha.
Ta'rifi Tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik. Spepifik hidini bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik vosita.
ATX kodi A16AA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
L-karnitin — B guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy moddadir. Uzun zanjirli yog‘ kislotalarini (pal'mitin va boshqalar) sitoplazmadan mitoxondriyaga o‘tkazuvchi sifatida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar V-oksidlanish jarayoniga uchraydi va adenozintrifosfat kislotasini va atsetil-KoA ni hosil qiladi.
Oksil va yog almashinuvini yaxshilaydi, me'da va ichak shirasini ishlab chiqarilishini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqatni o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘ miqdorini kamaytiradi. Jismoniy yuklamalarga nisbatan chidamlilikni oshiradi, ketokislotalarni hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktatatsidoz darajasini pasaytiradi, glikogenni tejamli ishlatilishiga yordam beradi va uni jigar va mushaklardagi zahirasini oshiradi.
Anabolik va lipolitik ta'sir ko‘rsatadi. Gipertireozda oshgan asosiy modda almashinuvini normallashtiradi qalqonsimon bezi funktsiyasini bevosita ingibitori emas tireoid gormonlarini ta'sirining periferik (bilvosita) antagonisti hisoblanadi. Moddalar almashinuvini va to‘qimalarni energiya bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Ichakda yaxshi so‘riladi, qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga 3 soatdan keyin erishadi va 9 soat davomida terapevtik diapazonda saqlanadi. Jigarga, miokardga oson, mushaklarga – sekinroq kiradi. Buyrak orqali, asosan atsil efirlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparatni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi
— jadal jismoniy yuklamalar va psixozmotsional yuklamalar mehnat qobiliyatini, chidamlilikni oshirish, toliqishni pasaytirish uchun, shu jumladan keksa yoshdagi shaxslarda;
— o‘tkazilgan kasalliklardan va jarrohlik aralashuvlardan, jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida, shu jumladan to‘qimalarni regeneratsiyasini tezlashtirish uchun;
— surunkali gastrit va sekretor funktsiyasini pasayishi bilan bo‘lgan surunkali pankreatitni majmuaviy davolash;
— teri kasalliklarini majmuaviy davolash (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choq sklerodermiya va diskoid qizil yugurik);
— yengil darajali gipertireoz;
— bosh miyaning qon-tomirli, toksik va jarohat shikastlanishlarida nevrologik ko‘rinishlar;
— nerv anoreksiyasi sindromi;
— karnitinni yetishmovchiligi yoki uning ko‘p miqdorda yo‘qotilishi bilan kechuvchi kasalliklar (miopatiyalar, kardiomiopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, mitoxondrial yetishmovchiligi bilan yondosh nasliy kasalliklar) — uning tanqisligini to‘ldirish uchun majmuaviy davolash tarkibida;
— pediatriya amaliyotida (3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni shifokorning kuzatuvi ostida davolash) chala tug‘ilgan chaqaloqlar, tug‘ruq davrida jarohat yoki asfiksiyani o‘tkazgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni; so‘rish refleksi sust va tana vaznini ortishi past bo‘lgan bolalarni; mushak tonusi pasaygan bolalarda, harakat va ruhiy funktsiyasini rivojlanishini stishmovchiligida, shuningdek "xavf guruhi" ga mansub bolalarda bu buzilishlarni profilaktika qilish maqsadida; bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘sishni kechikishida va tana vaznini yetishmovchiligida;
— kattalarda sport tibbiyotida va jadal mashg‘ulotlarda (mashg‘ulot jarayonida aerob sharoitda kobiliyatni mashq qilishda); tezlik-kuchli ko‘rsatkichlarini va harakat koordinatsiyasini yaxshilash uchun; mushak massasini oshirish va tananing yog‘ massasini kamaytirish uchun; mashg‘ulotdan keyingi sindromni oldini olish uchun (jismoniy yuklamadan keyin tiklanish jarayonlarini tezlashtirish) jarohat shikastlanishlarda mushaklar regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi.
Ovqatdan 30 minut oldin qo‘shimcha suyuqlik bilan suyultirib ichga qabul qilinadi.
Uzoq jismoniy va psixoemotsional yuklamalarda 0,75 g dan (1/2 o‘lchov qoshiqchasi yoki 7,5 ml) kuniga 2-3 marta.
Nerv anoreksiyasida, shuningdek o‘tkazilgan kasalliklardan va jarrohlik aralashuvlaridan va jarohatdan keyin reabilitatsiya davrida 1,5 g dan (1 o‘lchov qoshiqchasida yoki 5 ml) kuniga 2 marta. Davolash kursi 1-2 oy davomida.
Surunkali gastritni va sekretor funktsiyasini pasayishi bilan bo‘lgan surunkali pankreatitni majmuaviy davolashda 0,375 g dan (1/4 o‘lchov qoshiqchasi yoki 1,25 ml) kuniga 2 marta. Davolash kursi – 1-1,5 oy davomida.
Teri kasalliklarini davolash uchun 0,75 g dan (1/2 o‘lchov qoshiqchasi yoki 2,5 ml). Davolash kursi – 2-4 hafta davomida.
Yengil darajali gipertireozda 0,25 g dan (13 tomchi) kuniga 2-3 marta. Davolash kursi — 20 kun. Davolash kursini 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki 3 oy davomida tanaffuzsiz buyuriladi.
Bosh miyaning qon-tomirli, toksik va jarohat shikastlanishlarida sutkada 0,75 g dan (1/2 o‘lchov qoshikchasi yoki 2,5 ml). Davolash kursi – 3-5 kun davomida. Zarurati bo‘lganda 12-14 kundan keyin takroriy kurslar buyuriladi.
Karnitinni yetishmovchiligi (birlamchi va ikkilamchi karnitin yetishmovchiligi) bilan kechuvchi kasalliklarda tana vazniga 50-100 mg/ml gacha (2-5 tomchi/kg) kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Davolash kursi – 3-4 oy davomida.
Bolalarga shirinliklarga (kisel, kompot, sharbat) qo‘shimcha sifatida buyuriladi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dozani davolovchi shifokor belgilaydi. 3 yoshdan 6 yoshgacha – 0,1 g bo‘lgan bolalarga bir martalik doza (5 tomchi) kuniga 2-3 marta; sutkasiga 0,2-0,3 g (11-16 tomchi) dozada qo‘llaniladi. Davolash kursi — 1 oy davomida. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bir martalik doza 0,2-0,3 g (11-16 tomchi) 2-3 marta, sutkalik doza 0,4-0,9 g (22-48 tomchi). Davolash kursi — 1 oydan kam bo‘lmagan vaqt.
O‘sishni kechikishida 0,25 g dan (13 tomchi) kuniga 2-3 marta. Davolash kursi 20 kun.
Davolash kursini 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki 3 oy davomida tanaffussiz buyuriladi.
Sport tibbiyotida va jadal mashg‘ulotlarda 2,5 g dan kuniga 1-3 marta (sutkalik doza 2,7-7,5 g); davolash maqsadida qo‘llanilganda — sutkada 70-100 mg/kg (sutkada 5-7,5 g) buyuriladi. Qabul qilish kurslari musobaqadan oldingi davrda 3-4 haftani tashkil etadi. Mashg‘ulot jarayoni davrida – 6-8 haftagacha muddatni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, gastralgiya, dispepsiya, miasteniya (uremiya bo‘lgan patsiyentlarda) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Individual o‘zlashtiraolmaslikda ko‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar preparatni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga olib keladi, boshqa anaboliklar samarani kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashni shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat o‘ziga xos diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va hokazolar) bajarishga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari dispepsik buzilishlar, miastenik buzilishlar (uremiyasi bo‘lgan patsiyentlarda).
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma, 300 mg/ml.
100 ml li shisha flakon. 100 ml dan birinchi ochish nazorat halqasi bo‘lgan qopqok bilan berkitilgan to‘q shisha flakonlarda. Flakonga 20 ml hajmli o‘lchov stakanchasi kiygiziladi. Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riknomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.
50 ml li shisha flakon. 50 ml dan birinchi ochish nazorat halqasi, tomchilagichi bo‘lgan qopqoq bilan berkitilgan to‘q rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon riskali “1/4”
va “1/2” yorliqli (bu 1,25 ml va 2,5 ml ga mos keladi), nominal hajmi 5 ml bo‘lgan o‘lchov qoshiqchasi va davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.
25 ml li shisha flakon. 25 ml dan birinchi birinchi ochish nazorat halqali, tomchilagichi bo‘lgan qopqoq bilan berkitilgan to‘q rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalari bilan birga karton kutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ochilgan flakonni 2 dan 8°C gacha haroratda 2 oy davomida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ko‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi
«PIK-FARMA» MChJ, Rossiya, 125047, Moskva sh., Orujeyniy tor ko‘ch., 25 uy, 1 qur, 1-qavat, 1-xona
Telefon/faks (495) 925-57-00
www.pikfarma.ru
www.elkar.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.