Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lipoevaya kislota tab. 0,025g №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
25 мг
Производитель
Марбиофарм,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Lipoyevaya kislota
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda lipoat kislotasi (tioktat kislotasi) - 12 mg yoki 25 mg,
Tabletka yadrosining yordamchi moddalari qand (saxaroza) - 52,917 mg yoki 105,22 mg, glyukoza (dekstroza) - 21,3 mg yoki 41,7 mg, kartoshka kraxmali - 10,1 mg yoki 20,7 mg, kaltsiy stearati 1-suvli (kaltsiy stearati monogidrati) - 0,5 mg yoki 1,0 mg, stearinkislotasi - 0,5 mg yoki 1,0 mg, tal'k (magniy gidrosilikati) - 2,5 mg yoki 5,0 mg.
Qobiqning yordamchi moddalari aerosil (kolloid kremniy dioksidi) - 0,77 mg yoki 1,08 mg, asalari mumi - 0,021 mg yoki 0,03 mg, titan dioksidi - 1,689 mg yoki 2,35 mg, magniy karbonati asosi (magniy gidroksikarbonati) - 13,976 mg yoki 18,0 mg, vazelin moyi -
0,014 mg yoki 0,02 mg, quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon (povidon) - 0,665 mg yoki 0,93 mg, qand (saxaroza) - 57,6 mg yoki 77,24 mg, tal'k (magniy gidrosilikati) -
0,085 mg yoki 0,12 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye-104 - 0,18 mg yoki 0,23 mg.
Ta'rifi sariq yoki ko‘kimtir-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi A05BA.
Farmakologik ta'siri
Lipoat kislotasi piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarning oksidlanuvchi dekarboksillanishida ishtirok etuvchi koferment hisoblanadi, organizmning energetik balansida muhim rol o‘ynaydi. Bioximik ta'sirining xarakteri bo‘yicha tioktat kislotasi V guruhi vitaminlari bilan o‘xshash. Lipidlar va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, lipotrop ta'sir ko‘rsatadi, xolesterinning almashinuviga ta'sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metall tuzlari va boshqa intoksikatsiyalarda dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Jigarning yog‘li distrofiyasi, jigar sirrozi, surunkali gepatit, A gepatiti, intoksikatsiyalar (shu jumladan og‘ir metall tuzlari, zaharli qo‘ziqorin bilan), giperlipidemiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar - 50 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalar - 12-24 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi - 20-30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida shifokorning buyurishi bo‘yicha 1 oydan keyin takroriy davolash kursi o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dispepsiya (shu jumladan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar), allergik reaktsiyalar (shu jumladan eshakemi, teri toshmasi, qichishish va hatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan tizimli allergik reaktsiyalar), gipoglikemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - homiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlarning yallig‘lanishga qarshi ta'sirini kuchaytiradi, Sisplatinning samaradorligini pasaytiradi. Insulin va peroral gipoglikemik vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Metallarni bog‘laydi, shuning uchun metall ionlarini saqlovchi preparatlar (temir, magniy, kaltsiy) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas; qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Etanol va uning metabolitlari lipoy kislotasining ta'sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda davolash davrida (ayniqsa davolashni boshida) glyukozaning kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak; alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 12 mg va 25 mg.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
50, 100 tabletkadan shisha bankalarda yoki polimer material bankalarda.
Har bir banka yoki 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
va e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“Marbiofarm” OAJ
424006, Rossiya, Mariy El Respublikasi, Yoshkar-Ola sh., K.Marks ko‘ch., 121,
Tel. (8362) 42-03-12, faks (8362) 45-00-00
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.