Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lipotiokson infuziya uchun eritma 25 mg / ml 12 ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гепатопротекторы, фосфолипиды
Страна производитель
Россия
Дозировка
25мг/мл
Производитель
Сотекс Фармфирма,ЗАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Концентрат для приготовления раствора для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lipotiokson®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat
Tarkibi
1 ampula quyidagilarni saqlaydi
Faol modda
Meglyumin tioktat*- 583,86 mg;- 1167,72 mg
tioktat kislotasiga (alfa-lipoy kislotasi)
qayta hisoblanganda- 300 mg;- 600 mg
yordamchi moddalar
Makrogol (makrogol 300)- 2400 mg;- 4800 mg
suvsiz natriy sulfiti- 6 mg;- 12 mg
Dinatriy edetati- 6 mg;- 12 mg
Meglyumin 2,5 mg dan 35 mg gacha25 mg dan 70 mg gacha
(rN 8,0-9,0 gacha);(rN 8,0-9,0 gacha)
In'ektsiya uchun suv12 ml gacha; 24 ml gacha
* meglyumin tioktati 300 mg (600 mg) tioktat kislotasi va 283,86 mg (567,72 mg) meglyuminni o‘zaro ta'sirga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ta'rifi och-sariqdan yashilroq sariq rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vosita.
ATX kodi A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi (alfa-lipoat kislotasi) – endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘lab oladi) bo‘lib, organizmda alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksilizatsiyasida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multifermentli komplekslarning koenzimi sifatida piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarni oksidlanishli dekarboksilizatsiyasida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning kontsentratsiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi. Biokimyoviy ta'sir xarakteri bo‘yicha V guruhi vitaminlariga yaqin. Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta'sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikatsiyalarda dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi. Gepatoprotektor, gipolipidemik, gipoxolesterinemik, gipoglikemik ta'sir ko‘rsatadi. Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 10-11 minut, maksimal kontsentratsiyasi 25-38 mkg/ml ni tashkil qiladi, kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon taxminan soatiga 5 mkg/ml. Biokiraolishiligi – 30%.
Tioktat kislotasi jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega. Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon'yugatsiyalanishi natijasida yuz beradi.
Taqsimlanish hajmi – taxminan 450 ml/kg. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25-50 minutni tashkil qiladi. Umumiy plazma klirensi - minutiga 10-15 ml.
Qo‘llanilishi
diabetik polineyropatiya;
alkogolli polineyropatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat natriy xloridining izotonik eritmasida oldindan suyultirilganidan keyin infuziya uchun eritma tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Diabetik yoki alkogolli polineyropatiyaning og‘ir shakllarida 300-600 mg ni sutkada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborish kerak. Vena ichiga infuziyani 50 minut davomida yuborish kerak. Preparatni 2-4 hafta davomida qo‘llash tavsiya qilinadi.
So‘ngra tioktat kislotasini ichga sutkada 300-600 mg dozada qabul qilishni davom ettirish mumkin. Tabletkalar bilan davolashning minimal muddati – 3 oy.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vena ichiga yuborilganda juda kam hollarda tirishishlar; diplopiya; shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlari; trombotsitopatiya; gemorragik toshma (purpura), tromboflebit yuz berishi mumkin.
Tez yuborilganda bosh miya ichki bosimi oshishi (boshda og‘irlik hissi) bo‘lishi mumkin; nafasni qiyinlashishi. Sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar mustaqil ravishda o‘tib ketadi.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, tizimli allergik reaktsiyalar (anafilaktik shokni rivojlanishiga qadar) yuz berishi mumkin.
Gipoglikemiya (glyukozani singishini yaxshilanishi tufayli) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alfa-lipoat kislotasi (infuziya uchun eritma ko‘rinishida) sisplatinning samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Insulin va boshqa peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemik samarani kuchayishi kuzatiladi.
Alfa-lipoat kislotasi qandlarning molekulalari bilan (masalan levuloza eritmasi) bilan reaktsiyaga kirishib, qiyin eruvchan kompleks birikmalarni hosil qiladi, shu boisdan preparat glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, shuningdek disulfidli va SH-guruhlari bilan reaktsiyaga kirishuvchi birikmalar (shu jumladan ularning eritmalari) bilan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini doimo nazorat qilish zarur. Ayrim hollarda gipoglikemik vositalarning dozasini pasaytirish talab etiladi.
Davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilishdan qat'iy saqlanish kerak, chunki alkogol ta'sirida tioktat kislotasining terapevtik samarasi susayadi.
Preparat yorug‘liqqa sezgir, shuning uchun ampulalarni o‘ramidan faqat bevosita ishlatishdan oldin olish kerak. Infuziyani o‘tkazish vaqtida uchun eritmali flakonni yorug‘likdan himoya qilgan afzal (yorug‘likdan himoya qiluvchi paketlar, alyumin folgani ishlatish mumkin). Tayyorlangan eritmani yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlash va tayyorlangandan so‘ng maksimal 6 soat davomida ishlatish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat 25 mg/ml.
12 ml yoki 24 ml dan rangli sindirish xalqasi yoki rangli nuqtasi va o‘yiqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan ampulalarda. Ampulalarga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod va/yoki xarf-raqam kodirovkasi tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqalarsiz ikki o‘lchamli shtrix-kod, harf-raqam kodirovkasiz ampulalar.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki polimer plyonka, yoki folga va plyonkasiz kontur uyali o‘ramda; yoki polivinilxlorid plyonkadan yoyilmaydigan qopqoqli kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Usloviya xraneniya
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 15 dan 25°S gacha haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«FarmFirma «Soteks» YOAJ
141345, Rossiya, Moskva viloyati, Sergiyevo-Posadskiy munitsipal tumani, Bereznyakovskoye qishloq xududi, Belikovo poselkasi, 11 uy.
Tel./faks (495) 956-29-30
Qayd etish guvohnomasining egasi
«FarmFirma «Soteks» YoAJ.
Iste'molchilarning e'tirozlarini ishlab chiqaruvchining manziliga yuborish kerak
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.