Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Милдронат д/и 0,5 г/5мл 5 мл №10 (044110624##2 382) |
UZS 171 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Милдронат д/и 0,5 г/5мл 5 мл №10 (038010524##2 443) |
UZS 171 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Милдронат д/и 0,5 г/5мл 5 мл №10 (038010524##2 460) |
UZS 171 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Мельдоний
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Latviya
Dozasi
0,5 г/5 мл
Производитель
Гриндекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Mildronat in'ektsiya uchun eritma 0,5 g/5ml 5 ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ta'rifi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MILDRONAT Ta'sir etuvchi modda (XPN) mel'doniy (meldonium)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma 0,5 g/5 ml.
Tarkibi
1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi faol modda 0,5 g melьdoniy digidrati; yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi
tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar. ATX kodi S01EV22.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Mel'doniy karnitinning o‘tmishdoshi bo‘lgan gamma butirobetainning (GBB) struktur analogi hisoblanadi, unda uglerod atomlaridan biri azot atomiga almashgan. Uning organizmga ta'sirini ikki tomonlama tushuntirish mumkin. • Karnitinning biosinteziga ta'siri Mel'doniy, gamma butirobetaingidroksilazani qaytuvchan ingibitsiya qilib, karnitinni biosintezini kamaytiradi va shu boisdan xujayra qobiqlari orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarining tashilishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, yog‘ kislotalarini oksidlanmagan faollangan shakli, kuchli detergentni xujayralarda to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib xujayra membranalarini shikastlanishi bartaraf etiladi. Ishemiya sharoitlarida karnitinning kontsentratsiyasi kamayganida yog‘ kislotalarining β-oksidlanishi kechikadi va xujayralarda kislorodni istemol qilinishi optimallashadi, glyukozani oksidlanishi rag‘batlantiriladi va ATF ni, uni biosintezi joylaridan (mitoxondriyalardan) istemol qilinish joylariga (tsitolizda) tashilishi qayta tiklanadi. Aslida xujayralar ozuqa moddalari va kislorod bilan ta'minlanadi, shuningdek bu moddalarni ishlatilishi optimallashadi. O‘z navbatida, karnitinning o‘tmishdoshi, ya'ni GBB biosintezini oshishida, NO-sintetaza faollashadi, buning natijasida qonning reologik xususiyatlari yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi. Mel'doniyning kontsentratsiyasi kamayganida karnitinning biosintezi yana kuchayadi va xujayralarda yog‘ kislotalarining miqdori biroz tiklanadi. Mel'doniyning ta'sir samaradorligining asosida xujayra yuklamasiga (yog‘ kislotalarining miqdorini o‘zgarishida) bo‘lgan tolerantlikni oshishi yotadi deb hisoblanadi. • Gipotetik GBB-ergik tizimida mediatorning funktsiyasi Organizmda neyronli signallarni o‘tkazuvchi tizim - GBB-tizimi mavjudligi haqida gipoteza oldinga suriladi, u somatik xujayralar orasida nerv impulьslarini o‘tkazilishini ta'minlaydi. Bu tizimning mediatori karnitinning o‘tmishdoshi - GBB efiri hisoblanadi. GBB-esterazaning ta'siri natijasida mediatr xujayraga elektoron beradi, shunday qilib elektr impul's olib o‘tiladi, o‘zi esa GBB ga aylanadi. Keyin GBB ning gidrolizlangan shakli jigarga, buyraklarga va urug‘donlarga faol tashiladi, u yerda u karnitinga aylanadi. Somatik xujayra, ta'sirlanishga javob berib, signalni tarqalishini ta'minlab, yana GBB ning yangi molekulalarini sintez qiladi. Karnitinning kontsentratsiyasi kamayganida GBB ning sintezi rag‘batlantiriladi, buning natijasida GBB efirining kontsentratsiyasi oshadi. Mel'doniy, ilgari ko‘rsatilganidek, GBB ning struktur analogi hisoblanadi va “mediator” vazifasini bajarishi mumkin. Bunga qarama-qarshi tarzda GBB-gidroksilaza melьdoniyni “tanimaydi”, shuning uchun karnitinning kontsentratsiyasi oshmaydi, balki kamayadi. Shunday qilib, melьdoniyning o‘zi ham, “mediator” o‘rnini bosib, GBB kontsentratsiyasini oshishiga yordam berib, organizmning javob reaktsiyasini rivojlanishiga yordam beradi. Natijada umumiy metabolik faollik, shuningdek boshqa tizimlarda ham, masalan markaziy nerv tizimida (MNT) oshadi. Yurak-qon tomir tizimiga ta'siri Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda melьdoniyni miokardning qisqaruvchanlik faolligiga ijobiy ta'siri aniqlangan, unga miokrdioprotektiv ta'sir xos bo‘lib (shu jumladan katexolaminlar va alkogolga qarshi), u yurak ritmini buzilishlarini oldini olish, miokard infarkti sohasini kamaytirish qobiliyatiga ega. Yurakning koronar kasalligi (stabil zo‘riqish stenokardiyasi) Klinik ma'lumotlarning tahlili, stabil zo‘riqish stenokardiyasini davolashda boshqa antianginal vositalar bilan majmuada melьdoniyni kursli qo‘llash, stenokardiya xurujlari soni va jadalligini, shuningdek qo‘llanayotgan glitseriltrinitratning miqdorini kamaytiradi. Preparat yurakning koronar kasalligi (YuKK) va qorincha ekstrasistolalari bo‘lgan bemorlarda yaqqol antiaritmik ta'sir namoyon qiladi, u supraventrikulyar ekstrasistolalari bo‘lgan patsiyentlarda kamroq samaralidir. Preparatni tinchlik xolatida kislorodni iste'mol qilinishini kamaytirish xususiyati alohida ahamiyatga ega, bu YuKK ni antianginal davolashni samarali mezoni hisoblanadi. Mel'doniy qon zardobida xolesterinning umumiy darajasini va aterogen indeksni kamaytirib, koronar va periferik qon tomirlardagi aterosklerotik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Surunkali yurak yetishmovchiligi Nisbatan ko‘p sonli klinik tadqiqotlarda YuKK natijasidagi surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda melьdoniyning roli tahlil qilingan va jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish, shuningdek yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar tomonidan bajarilgan ish hajmini oshirish xususiyati aniqlangan. Latviya va Tomsk kardiologiya institutlaridagi alohida tadqiqotda o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (NYHA II funktsional sinfi) yurak yetishmovchiligida mel'doniyning samaradorligi tekshirilgan. Melьdoniy bilan davolash natijasida, boshida II funktsional sinfi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan 59-78% patsiyentlar, I funktsional sinfi guruxiga o‘tkazilgan. Mel'doniyni qo‘llash og‘ir nojo‘ya ta'sirlarni chaqirmay, miokardning inotrop faoliyatini yaxshilashi va jimoniy yuklamaga tolerantlikni oshirishi, patsiyentlarning hayot sifatini yaxshilashi aniqlangan. MNT ga ta'siri Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda mel'doniyning antigipoksik ta'siri va miyada qon aylanishiga yordam beruvchi ta'siri aniqlangan. Mel'doniy miyada qon aylanish hajmini ishemik o‘choqlar foydasiga qayta taqsimlanishini optimallashtiradi, gipoksiya sharoitlarida neyronlarning mustahkamligini oshiradi. Preparat MNT ga rag‘batlantiruvchi ta'sirga ega - harakat faolligi va jismoniy chidamlilikni oshiradi, xatti-harakat reaktsiyalarini rag‘batlantiradi, shuningdek antistressor ta'sir namoyon qiladi - simpatoadrenal tizimini rag‘batlantirilishi, bosh miya va buyrak usti bezlarida katexolaminlarni to‘planishi, stress chaqirgan o‘zgarishlardan ichki a'zolarni himoyasini ta'minlaydi. Miyada qon aylanishini buzilishlari hollarida va nevrologik kasalliklarda samaradorligi Mel'doniyni miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (ishemik insulьt, miyada qon aylanishini surunkali yetishmovchiligi) majmuaviy davolashda samarali vosita ekanligi isbotlangan. Mel'doniy miya kapillyarlari va arteriolalarining tonusi va qarshiligini normallashtiradi, ularning reaktivligini qayta yaxshilaydi. Nevrologik xarakterga ega buzilishlari (miya qon tomirlarining o‘tkazilgan kasalliklari, bosh miyadagi operatsiyalar, travmalardan, o‘tkazilgan kana entsefalitidan keyingi holat) bo‘lgan patsiyentlarda reabilitatsiya jarayoniga mel'doniyning ta'siri o‘rganilgan. Mel'doniyning terapevtik faolligini tekshirish natijalari, sog‘ayishi davrida patsiyentning jismoniy chidamliligiga va funktsional mustaqilligini tiklanishiga uning dozaga bog‘liq ijobiy ta'sir ko‘rsatishidan dalolat beradi. Preparat qo‘llanganidan keyin alohida va yig‘indi intellektual funktsiyalarning o‘zgarishlarini tahlilida, tuzalish davrida intellektual funktsiyalarni tiklanish jarayoniga ijobiy ta'siri aniqlangan. Mel'doniyni rekonvalestsent yashash sifatini yaxshilashi aniqlangan (asosan organizmning jismoniy faoliyatlarini yangilanishi hisobiga), shu bilan birga preparat patsiyentdagi mental buzilishlarni bartaraf qilinishiga yordam beradi. Mel'doniyga nevrologik tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda tuzalish davrida nerv tizimining buzilgan faoliyatlarini regressiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi xosdir. Patsiyentlarning umumiy nevrologik holati yaxshilanadi (bosh miya nervlarining shikastlanishini va patologik reflekslarni kamayishi, parezlarni regressiyasi, harakat koordinatsiyasi va vegetativ faoliyatlarni yaxshilanishi kuzatiladi. Farmakokinetikasi Farmakokinetikasi sog‘lom shaxslarda melьdoniyni vena ichiga va peroral qo‘llanganida o‘rganilgan. So‘rilishi Vena ichiga ko‘p martalik dozalari yuborilganidan keyin qon plazmasidagi melьdoniyning maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) 25,50±3,63 mkg/ml ga yetgan. Biokiraolishligi Cmax, “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) va yarim chiqarilish davri (T1/2) oshgan shaxslarda, jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda oshgan. Vena ichiga qo‘llanganida mel'doniy bir marta va dozalar takroran yuborilganidan keyin AUC farq qiladi. Bu natijalar mel'doniyni qon plazmasida to‘planishi mumkinligidan dalolat beradi. Taqsimlanishi Mel'doniy qon oqimidan to‘qimalarga tez tarqaladi; yurak to‘qimalariga yuqori affinlikka ega. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi doza qo‘llanganidan keyingi vaqtga qarab oshadi. Melьdoniy va uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘idan qisman o‘tadi. Hayvonlardagi tadqiqotlarda melьdoniyni ona sutiga ajralib chiqishi isbotlangan. Metabolizmi Eksperimental hayvonlardagi tadqiqotlarda, melьdoniyni asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan. Chiqarilishi Mel'doniy va uning metabolitlarini chiqarilishida ahamiyatli rolni jigar ekskretsiyasi o‘ynaydi. Mel'doniy 250 mg, 500 mg va 1000 mg dozalarda bir marta vena iyaiga yuborilganidan keyin mel'doniyning erta chiqarilishini yarim davri 5,56-6,55 soatni, chiqarilishini yakuniy yarim davri - 15,34 soatni tashkil qiladi. Patsiyentlarning alohida guruhlari Keksa patsiyentlar Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari, proportsional biokiraolishligi yuqori bo‘lgan keksa patsiyentlarda mel'doniyning dozasini kamaytirish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyati susaygan, biokiraolishligi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, dozani kamaytirish kerak. Mel'doniy yoki uning metabolitlari (masalan, 3-gidroksimel'doniy) va karnitinning buyrak reabsorbtsiyasida o‘zaro ta'sirlar mavjud, uning natijasida karnitinning buyrak klirensi oshadi. Melьdoniyni, GBB va mel'doniy/GBB majmuasini renin-angiotenzin-al'dosteron tizimiga bevosita ta'siri yo‘q. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan biokiraolishligi oshgan patsiyentlarda, mel'doniyning dozasini kamaytirish kerak. Melьdoniyning kalamushlardagi toksiklik bo‘yicha tekshirishlarda melьdoniy 100 mg/kg dan katta dozada, jigarni sariq rangga bo‘yalishini va yog‘larni denaturatsiyasini chaqiradi. Mel'doniyning katta dozalari (400 mg/kg va 1600 mg/kg) qo‘llanganidan keyin hayvonlardagi gistopatologik tekshirishlarda, jigar xujayralarida lipidlarni to‘planishi kuzatilgan. 400-800 mg ni tashkil qiluvchi dozalar qo‘llanganidan keyin odamlarda jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi kuzatilmagan. Jigar xujayralarigi yog‘larning mumkin bo‘lgan infil'tratsiyasini istisno qilish mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi - yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiya, shuningdek miya qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (miya insul'tlari va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolash; - gemoftal'm va to‘r pardaga turli etiologiyali qon quyilishi, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik); - ishlash qobiliyatini pastligi; jismoniy o‘ta zo‘riqish, shu jumladan sportchilardagi; - surunkali alkogolizmdagi abstinentsiya sindromi (alkogolizmni spetsifik davolash bilan majmuada); - bronxial astma va surunkali obstruktiv bronxit (majmuaviy davolashda immunomodulyator sifatida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatni qo‘llash, yuborish oldidan maxsus tayyorgarlikni ko‘zda tutmaydi. Yurak-qon tomir kasalliklari Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1 g dan vena ichiga (in'ektsiya uchun 5-10 ml 0,5 g/5 ml eritma), butun doza bir yo‘la yoki uni 2 marta qabulga bo‘lib, 10-14 kun davomida qo‘llanadi, keyin ichga qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi - 4-6 hafta. Miokardning disgormonal distrofiyasi fonidagi kardialgiyada - peroral dori shakli buyuriladi. Miyada qon aylanishini buzilishi O‘tkir fazasi - 0,5 g dan kuniga 1 marta 10 kun davomida, so‘ngra ichga qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi - 4-6 hafta. Surunkali buzilishlar - peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslarni (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor bilan maslahatlashgandan keyin o‘tkazish mumkin. Qon tomir patologiyasi va to‘r pardaning distrofik kasalliklari Parabul'bar 0,5 ml 0,5 g/5 ml eritma 10 kun davomida qo‘llash buyuriladi. Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqishlar 0,5 g dan vena ichiga kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi - 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi. Sportchilarga peroral shakli buyuriladi. Surunkali alkogolizm Vena ichiga 0,5 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi - 7-10 kun. Bronxial astma Peroral dori shakli buyuriladi. Agar Siz preparatning navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni darxol qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Qabul qilishni shifokorning tavsiyasi bo‘yicha davom ettiring. Nojo‘ya ta'sirlari Quyida a'zolar tizimiga muvofiq tasniflangan nojo‘ya samaralari sanab o‘tilgan; uchrash tez-tezligini ko‘rsatishda quyidagi tasnif ishlatiladi tez-tez (>1/100, <1/10), kam hollarda (>1/10000, <1/1000). Immun tizimi buzilishlari Tez-tez - allergik reaktsiyalar. Kam hollarda - yuqori sezuvchanlik, allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shishi, anafilaktik reaktsiyalar. Ruxiy buzilishlar Kam hollarda - qo‘zg‘alish, qo‘rquv xissi, shilqimlik, uyquni buzilishi. Nerv tizimining buzilishlari Tez-tez - bosh og‘rig‘i. Kam hollarda - paresteziyalar, et uvishishi, gipesteziya, quloqlar shang‘illashi, vertigao, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, xushdan ketish oldi xolati, xushdan ketish. Yurak faoliyatini buzilishi Kam hollarda - aritmiya, yurakni urib ketishi, taxikardiya/sinusli taxikardiya, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, ko‘krakda diskomfort xissi/ko‘krakda og‘riq. Qon tomirlar tizimini buzilishlari Kam hollarda - arterial bosimni oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, oqarish. Respirator kasalliklar va ko‘krak qafasi kasalliklari Kam hollarda - tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, dispnoe, apnoe. MIY faoliyatini buzilishlari Tez-tez - dispepsiya Kam hollarda - disgevziya (og‘izda metall ta'mi), ishtahani yo‘qolishi, qusishga qistovlar, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, ich ketishi, qorinda og‘riqlar. Teri va teri osti to‘qimlarini shikastlanishlari Kam hollarda - toshmalar, umumiy/makulez/papulez toshmalar, qichishish. Skelet-mushak va yondosh tizimining shikastlanishlari Kam hollarda - belda og‘riq, mushak kuchsizligi, mushak spazmlari. Buyrak faoliyatini va siydik chiqarish yo‘llarini buzilishlari Kam hollarda - pollakiuriya (kuchli qistovlar va og‘riq bilan birga kechuvchi tez-tez siyish). Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar Kam hollarda - umumiy kuchsizlik, qaltirash, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqlarni shishi, qizish hissi, sovuqni his qilish, sovuq ter. Tekshirishlar Kam hollarda - elektrokardiogrammada (EKG) o‘zgarishlar, yurak ishini tezlashishi, eozinofiliya. Ilgari o‘tkazilgan nazorat qilinmagan klinik sinovlarda kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlari. Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Mel'doniy digidratiga yuqori sezuvchanlik. - Bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqib chiqish buzilganida, bosh miya ichki o‘smalarda), - Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi. - Homiladorlik va emizish davri. - Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (qo‘llash xavfsizligi tekshirilmagan).
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va/yoki buyrakning surunkali kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparat uzoq muddat qo‘llanganida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (jigar va/yoki buyrak faoliyatini nazorati kerak). Bolalarda mel'doniyni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik va emizish Mel'doniyni homiladorlikka, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga ta'sirini baxolash uchun hayvonlardagi tadqiqotlar yetarli emas. Odam uchun potentsial xavfi noma'lum. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Hayvonlardagi bor bo‘lgan ma'lumotlar melьdoniyni ona sutiga chiqarilishidan dalolat beradi. Preparatni odam ona sutiga chiqish-chiqmasligi noma'lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/go‘daklar uchun xavfni istisno qilish mumkin emas, shuning uchun emizish vaqtida bu preparatni qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Mel'doniyning dozasini oshirib yuborilish hollari noma'lum, preparat kam zaharli va patsiyentlarning sog‘lig‘i uchun xavfli nojo‘ya ta'sirlar chaqirmaydi. Simptomlari qon bosimi pasaygan hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy kuchsizlik bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik. Doza og‘ir oshirib yuborilgan hollarda jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatni oqsillar bilan yaqqol bog‘lanishi tufayli, gemodializ ahamiyatli qimmatga ega emas.
Chiqarilish shakli
5 ml dan sindirish yo‘li yoki nuqtasi bo‘lgan I gidrolitik sinfi rangsiz shisha ampulalarda. 5 ampuladan uyali qoplamasiz polivinilxlorid plyonka o‘ramda (taglik). 2 uyali o‘ramdan (taglik) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha. Qayd etish guvohnomasining egasi “Grindeks” AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya Telefon +371 67083205 Faks +371 67083505.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.