Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tivorel infuziya uchun eritma 100ml
Nomi | Narx | |||||
Тиворель р-р для инфузий 100мл (GU223/1-1##2 178) |
UZS 95 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тиворель р-р для инфузий 100мл (GU223/1-1##2 234) |
UZS 95 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тиворель р-р для инфузий 100мл (GU223/1-1##2 254) |
UZS 95 500
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левокарнитин и аргинина гидрохлорид
Страна производитель
Украина
Дозировка
20/42мг 100мл
Производитель
Юрия-Фарм,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tivorel
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Levokarnitin va arginin gidroxloridi;
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 42 mg arginin gidroxloridi, 20 mg levokarnitin;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki yengil sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Vena ichiga yuborish uchun eritmalarga qo‘shimcha. Aminokislotalar.
ATX kodi B05XB.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Tivorel ta'sir etuvchi modda sifatida levokarnitin va arginin gidroxloridi aminokislotalarini saqlaydi.
Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning juda ko‘p hayotiy muhim funktsiyalarining faol va har tomonlama xujayra regulyatori hisoblanadi, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi.
Arginin antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi, moddalarning oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarini faol regulyatori sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turishda ma'lum rol o‘ynaydi. Ma'lumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi siklidagi asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashtirish yo‘li bilan amalga oshadi. Antioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faolligi hisobiga gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Arginin endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiluvchi NO-sintaza-fermentining substrati hisoblanadi. Preparat guanilattsiklazani faollashtiradi va tomirlar endoteliysida siklik guanozinmonofosfat (tsGMF) miqdorini oshiradi, trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va qon tomirlar endoteliysiga adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini susaytiradi va shu bilan aterosklerotik blyashkalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasining stimulyatori va kuchli vazakonstiktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini susaytiradi. Arginin, shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini susaytiradi. Preparat T-xujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy zo‘riqish vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Kislota hosil qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirilishiga olib kelishga yordam beradi.
Levokarnitin energetik metabolizmda ishtirok etadigan, hamda keton tanachalari metabolizmida ishtirok etuvchi tabiiy modda hisoblanadi. Karnitinning faqat
L-izomeri biologik faol hisoblanadi.
Levokarnitin uzun zanjirli yog‘ kislotalarini, ularni keyinchalik beta oksidlanishi va energiya hosil qilishi uchun mitoxondriyaga tashilishi uchun zarur. Yog‘ kislotalari miyadan tashqari barcha to‘qimalarda energetik substrat hisoblanadi. Skelet mushaklari va miokardda yog‘ kislotalari energiyani olinishi uchun asosiy substrat hisoblanadi.
Yog‘ kislotalarining oksidlanishi levokarnitinning yetarli miqdorda bo‘lishiga bog‘liqligi sababli, bu modda yurak metabolizmida muhim rol o‘ynaydi. Eksperimental tadqiqotlar stress, o‘tkir ishemiya, miokardit, kabi ba'zi holatlarda miokard to‘qimasida levokarnitin darajasini kamayishi mumkinligini ko‘rsatdi. Hayvonlarda juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda turli induktsiya qilingan kardial buzilishlarda o‘tkir va surunkali ishemiya, yurak faoliyati dekompensatsiyasi, miokardit natijasidagi yurak yetishmovchiligi, medikamentoz kardiotoksiklik (taksanlar, adriamitsin va b.) levokarnitinning ijobiy ta'siri tasdiqlangan.
Levokarnitin murakkab tioefirlardan koenzim-A ni ajralib chiqishini kuchaytirib, Krebs trikarbon kislotalari siklida uglevodlarni oksidlanishini kuchaytiradi, glikolizning asosiy fermenti – piruvatdigedrogenaza faolligini, skelet mushaklarida shoxlangan zanjirli aminokislotalar oksidlanishini kuchaytiradi. Shunday qilib, levokarnitin ko‘pchilik energetik jarayonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etadi, uning mavjudligi yog‘ kislotalari, aminokislotalar, uglevodlar va keton tanachalarining oksidlanishi uchun uning ishtiroki juda zarurdir.
Odamlarda karnitinning fiziologik ehtiyojikarnitin saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini (asosan go‘sht) qabul qilish va jigarda trimetillizindan endogen yo‘l bilan sintezlanish yo‘li bilan qoplanadi. Levokarnitinning eng katta kontsentratsiyasi mushak, miokard va jigar to‘qimasida aniqlanadi.
Karnitinning birlamchi tizimli tanqisligi qon plazmasida, eritrotsitlarda va/yoki to‘qimalarda uning kontsentratsiyasini pasayishi bilan xarakterlanadi. Karnitinning ikkilamchi tanqisligi karnitin metabolizmini tug‘ma buzilishi yoki gemodializ kabi yatrogen aralashuvlari natijasi bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridining maksimal kontsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o‘tgach kuzatiladi. Arginin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, biroq buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.
Levokarnitin ingichka ichak shilliq qavati hujayralaridan so‘riladi va qon tomir o‘zaniga sekin tushadi; ehtimol, so‘rilishi faol translyuminal mexanizm bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Peroral qo‘llanilganda so‘rilishi cheklangan (<10%) va turg‘un emas.
So‘rilgan levokarnitin qon orqali turli a'zolarga tashiladi; tashilishi jarayoniga eritrotsitlarning transport tizimi jalb etilishi taxmin qilinadi.
Levokarnitin asosan siydik bilan chiqariladi. Chiqarilish tezligi qondagi karnitin miqdoriga to‘g‘ri proportsionaldir.
Levokarnitin organizmda metabolizmga deyarli uchramaydi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligini kompleks davolash tarkibida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan vena ichiga tomchilab yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin.
Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tayanch-harakat apparati tomonidan bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan yuborilgan joyda o‘zgarishlar, jumladan giperemiya, qichishish, terini ocharishi, akrotsianoz.
Immun tizimi tomonidan anafilaktik shok, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan hansirash
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan arterial bosimni o‘zgarib turishi, yurak ritmini o‘zgarishi, yurak sohasida og‘riqlar.
Nerv tizimi tomonidan ko‘pincha yuborish tezligi oshirilganda, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘rquv hissi, holsizlik, tirishishlar, tremor.
Laborator ko‘rsatkichlar giperkaliyemiya kuzatilishi mumkin.
Shubhali salbiy reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin shubhali nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish muhim protsedura hisoblanadi. Bu tegishli dori vositasi uchun foyda/xavf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Tibbiyot mutaxassislari har qanday shubhali nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida milliy farmakonadzor tizimi orqali xabar berishlari yoki quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin +998 78 150 71 00 yoki +998 90 982 24 05.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak funktsiyasining og‘ir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezida allergik reaktsiyalar; kaliyni tejovchi diuretiklar, shu jumladan spironolakton qo‘llanilganda. Miokard infarktida (jumladan anamnezida bo‘lsa ham) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tivorel qo‘llanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barqaror giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliyni tejovchi diuretiklarni oldindan qo‘llanilishi ham, qondagi kaliy kontsentratsiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Aminofilin bilan bir vaqtda qo‘llash qondagi insulinning miqdorini oshirishi mumkin.
Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llash organizm to‘qimalarida (jigardan tashqari) levokarnitinni yig‘ilib qolishiga olib keladi. Boshqa anabolik vositalar preparatning samarasini kuchaytiradi.
Kumarin antikoagulyantlarini levokarnitin bilan bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda ("
Maxsus ko‘rsatmalar
" bo‘limiga qarang) juda kamdan-kam hollarda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) ortishi kuzatildi. Bunday antikoagulyantlarni levokarnitin bilan qabul qilgan bemorlarda qiymatlar barqaror bo‘lgunga qadar har hafta va har oyda XNN yoki boshqa tegishli koagulyatsion test o‘tkazilishi kerak.
Levokarnitinni buyraklar tomonidan karnitinning chiqarilishini ko‘paytirish orqali gipokarnitinemiyani keltirib chiqaradigan vositalar (masalan, valprat kislotasi, pivalon kislota saqlovchi olddorilar, sefalosporinlar, sisplatin, karboplatin, ifosfamid) bilan bir vaqtda qo‘llash uning miqdorini pasaytirishi mumkin.
Nomutanosiblik Preparat tiopental bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy miqdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Preparat endokrin bezlarining funktsiyasi buzilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat insulin va o‘sish gormonining sekretsiyasini rag‘batlantirishi mumkin.
Og‘iz qurishi yuzaga kelganda qonda qand miqdorini tekshirish zarur.
Buyrak kasalliklarida, elektrolitlar almashinuvi buzilganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari kuchaysa muolajani to‘xtatish zarur.
Preparatni stenokardiyasi bor bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Levokarnitin glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, shuning uchun qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar bilan davolanayotgan qandli diabeti bor bemorlarda Tivorel preparatini qo‘llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda davolashni o‘z vaqtida korrektsiyalash uchun qon plazmasida glyukoza miqdorini doimiy ravishda tekshirib turish zarur.
Bir vaqtning o‘zida levokarnitin va kumarin antikoagulyantlarini qabul qilgan bemorlarda juda kamdan-kam holatlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatning oshishi mavjud ("Dorilarning o‘zaro ta'siri" bo‘limiga qarang). Kumarin antikoagulyantlarini bir vaqtda qo‘llash bilan tegishli monitoring zarur.
Anamnezida tutqanoq faolligi bo‘lgan bemorlarda tutqanoq tutishi haqida xabar berilgan, ammo levokarnitin tutqanoqlarning chastotasini va/yoki og‘irligini oshirishi to‘liq aniq emas. Agar levokarnitin sababli tutqanoq hurujlari kelib chiqqanligiga shubha qilingan hollarda, ushbu preparatni to‘xtatish haqida o‘ylash kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Tivorel preparatini homiladorlarda qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘q. Preparatni ko‘krak sutiga chiqarilishi haqida ma'lumot yo‘q va uni homilaga ta'sir etishi noma'lum. Shuning uchun preparatni homiladorlik va emizish davrida faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Bolalar.
Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Ayrim hollarda ba'zi nojo‘ya ta'sirlari markaziy nerv tizimiga ta'sir qilib, avtotransportni boshqarish yoki boshqa murakkab mexanizmlar bilan ishlashga ta'sir qilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. Buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz, preparatning yuqori dozalari diareya chaqirishi mumkin.
Davolash. Dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning infuziyasini to‘xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarni monitoring qilish va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini bir maromda tutib turish kerak. Zarurati bo‘lganida ishqorlovchi vositalar va diurezni yo‘lga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar eritmalari (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatik o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan shisha flakonlarda; qutida 1 flakondan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ
Ukraina, 18030, Cherkass vil., Cherkass sh., Kobzarskaya k. 108
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.