Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vazopro in'ektsiya uchun eritma 100mg/ml 5ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мельдоний
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мг/мл 5 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vazopro
Ta'sir etuvchi modda (XPN) meldoniy
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg meldoniy (metonat);
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Yurak-qon tomir tizimiga ta'sir etuvchi vositalar.
ATX kodi S01EV22.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Meldoniy – karnitinning o‘tmishdoshi, uglerodning bir atomi azot atomiga almashingan gamma-butirobetain (GBB) ning struktur analogidir. Uning organizmga ta'sirini ikkita yo‘l bilan tushuntirish mumkin.
1. Kartinin biosinteziga ta'siri.
Meldoniy gamma-butirobetain-gidroksilazani qaytuvchan ingibitsiya qilib, kartininning biosintezini kamaytiradi va shuning uchun xujayra qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishiga to‘sqinlik qiladi, shu orqali xujayralarda kuchli detergent – oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faollashgan shaklini to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, xujayra membranasini shikastlanishini oldi olinadi.
Ishemiya sharoitida karnitin kontsentratsiyasini kamayganda yog‘ kislotalarining beta-oksidatsiyasi sekinlashadi va xujayralarda kislorod iste'mol qilinishi optimallashadi, glyukozani oksidlanishi rag‘batlantiriladi va biosintez joyidan (mitoxondriyalar) iste'mol qilish joyiga (tsitozol) ATF tashilishi tiklanadi. Umuman olganda, xujayra ozuqa moddalari va kislorod bilan ta'minlanadi, shuningdek bu moddalarni iste'mol qilish optimallashadi.
O‘z navbatida, kartinin o‘tmishdoshi, ya'ni GBB ning biosintezi oshganda NO-sintetaza faollashadi, buning natijasida qonning reologik xususiyatlari yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi.
Meldoniy kontsentratsiyasi kamayganda kartinin biosintezi takroran kuchayadi va xujayralarda yog‘ kislotalarining miqdori asta-sekin oshadi.
Meldoniy ta'sirining asosiy samarasi bo‘lib xujayra yuklamasiga tolerantlikni oshishi hisoblanadi (yog‘ kislotalarining miqdori o‘zgarganda).
2. Gipotetik GBB-ergik tizimda mediator funktsiyasi.
Organizmda neyronal signallarni uzatish tizimi – GBB-ergik tizim mavjud degan gipoteza ilgari surilgan, u xujayralararo nerv impulsini uzatishni ta'minlaydi. Bu tizimning mediatori bo‘lib karnitinning so‘nggi o‘tmishdoshi – GBB-efir hisoblanadi. GBB-esteraza ta'siri oqibatida mediator xujayraga elektron beradi, shu orqali elektrik impuls o‘tkaziladi, GBB ga aylanadi. Keyinchalik GBB ning gidrolizga uchragan shakli jigar, buyrak va tuxumdonlarga faol tashiladi, u yerda karnitinga aylanadi. Somatik xujayralarda ta'sirlanishga javoban signalni tarqalishini ta'minlab, GBB ning yangi molekulalari takroran sintezlanadi.
Kartininning kontsentratsiyasi kamayganda GBB sintezi rag‘batlantiriladi, buning oqibatida GBB efiri kontsentratsiyasi oshadi.
Meldoniy avval ta'riflangandek GBB ning struktur analogi bo‘lib hisoblanadi va “mediator” funktsiyasini bajarishi mumkin. Bunga teskari ravishda GBB-gidroksilaza meldoniyni “tanimaydi”, shuning uchun karnitinning kontsentratsiyasi oshmaydi, kamayadi. Shunday qilib, meldoniy “mediator” o‘rnini bosib va GBB kontsentratsiyasini oshishiga olib kelib, organizmda tegishli reaktsiyalarga olib keladi. Natijada boshqa tizimlarda, masalan markaziy nerv tizimi (MNT) da ham umumiy metabolik faollik oshadi.
Yurak-qon tomir tizimiga ta'siri.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniy miokardning qisqaruvchanlik faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi namoyish etilgan, unga miokardioprotektor ta'sir xos (shu jumladan katexolaminlar va alkogolga qarshi), u yurak ritmini buzilishini oldini olishi, miokard infarkti sohasini kamaytirish qobiliyatiga ega.
Yurak ishemik kasalligi (barqaror zo‘riqish stenokardiyasi).
Barqaror zo‘riqish stenokardiyasini davolaganda meldoniyni kurs bo‘yicha qo‘llash haqidagi klinik ma'lumotlar tahlili preparat stenokardiya xurujlari tez-tezligi va jadalligini, shuningdek qabul qilinayotgan glitseril trinitratning miqdorini kamaytiradi. Preparat yurak ishemik kasalligi (YuIK) va qorinchalar ekstrasistoliyasi bo‘lgan bemorlarda yaqqol antiaritmik ta'sir namoyon qiladi, supraventrikulyar ekstrasistoliyasi bo‘lgan patsiyentlarda kamroq ta'sir kuzatiladi.
Ayniqsa preparatning tinch holatda kislorodni iste'mol qilishni kamaytirish qobiliyati muhim bo‘lib hisoblanadi, bu YuIK ni antianginal davolashda samarali mezon bo‘lib hisoblanadi.
Meldoniy qon zardobida xolesterinning umumiy miqdorini va aterogenlik indeksini kamaytirib, koronar va periferik qon tomirlarda aterosklerotik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi.
Ko‘pgina klinik tadqiqotlarda meldoniyning YuIK oqibatidagi surunkali yurak yetishmovchiligini davolashdagi roli tahlil qilingan va uning jismoniy yuklamaga tolerantlikni, shuningdek patsiyentlar tomonidan bajarilgan ishlar xajmini oshirish qobiliyati ega ekanligi aniqlangan.
NYHA tasnifi bo‘yicha (Nyu-York kardiologiya assotsiatsiyasi) I-III funktsional sinf yurak yetishmovchiligi holatida meldoniyning samaradorligi tekshirilgan. Meldoniy bilan davolash ta'sirida dastlab II sinf surunkali yurak yetishmovchiligi diagnostika qilingan 59-78% patsiyentlar I funktsional sinfga kiritilgan. Meldoniyni qo‘llash miokardning inotrop funktsiyasini yaxshilashi va jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshishi, og‘ir nojo‘ya samaralar chaqirmasdan patsiyentlarning hayot sifatini yaxshilashi aniqlangan.
Og‘ir yurak yetishmovchiligi holatida meldoniyni yurak yetishmovchiligini davolashning boshqa an'anaviy vositalari bilan majmuada qo‘llash kerak.
MNT ga ta'siri.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniyning antigipoksik ta'siri va bosh miyada qon aylanishiga ta'siri aniqlangan. Preparat bosh miyada qon aylanishini ishemik sohalar foydasiga qayta taqsimlanishini optimallashtiradi, gipoksiya sharoitida neyronlarning mustahkamligini oshiradi.
Preparatga MNT ga rag‘batlantiruvchi – harakat faolligi va jismoniy chidamlilikni oshishi, hulq reaktsiyalarini rag‘batlantirish, shuningdek stressga qarshi ta'sir – simpatoadrenal tizimni rag‘batlantirish, bosh miyada va buyrak usti bezlarida katexolaminlarni to‘planishi, stress chaqirgan o‘zgarishlardan organizmni himoya qilish ta'siri xos.
Nevrologik kasalliklardagi samaradorligi.
Meldoniy bosh miyada qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlarini (ishemik insult, bosh miyada qon aylanishini surunkali yetishmovchiligi) majmuaviy davolashda samarali vosita ekanligi isbotlangan. Meldoniy bosh miyadagi kapillyarlar va arteriolalarning tonusi va qarshiligini normallashtiradi, ularning reaktivligini tiklaydi.
Nevrologik xarakterdagi buzilishlari (bosh miya qon tomirlari kasalliklarini o‘tkazgandan keyin, bosh miyada operatsiyalar, jarohatdan keyin, kana entsefalitidan keyin) bo‘lgan patsiyentlarda reabilitatsiya jarayoniga meldoniyning ta'siri o‘rganilgan.
Meldoniyning terapevtik faolligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari uning jismoniy chidamlilik va sog‘ayish davrida funktsional mustaqillikka dozaga bog‘liq ijobiy ta'siridan dalolat beradi.
Preparatni qo‘llagandan keyin alohida va yig‘indi intellektual funktsiyalarning o‘zgarishlarini tahlil qilganda sog‘ayish davrida intellektual funktsiyalarning tiklanish jarayoniga ijobiy ta'siri aniqlangan.
Meldoniy rekonvalestsent hayot sifatini (asosan organizmning jismoniy funktsiyasini yangilanishi hisobiga) yaxshilashi aniqlangan, bundan tashqari u psixologik buzilishlarni bartaraf etadi.
Meldoniyga sog‘ayish davrida nevrologik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda nerv tizimi funktsiyasiga ijobiy ta'sir xos.
Patsiyentlarning umumiy nevrologik holati yaxshilanadi (bosh miya nervlarini shikastlanishi va reflekslar patologiyasini kamaytirish, parezlar regressiyasi, harakat koordinatsiyasi va vegetativ funktsiyalarni yaxshilash).
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarda meldoniyni vena ichiga va peroral qo‘llanilganda o‘rganilgan.
So‘rilishi
Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) yuborilgandan keyin darhol erishiladi. Ko‘p martalik dozalari vena ichiga yuborilgandan keyin Smax 25,5±3,63 mkg/ml ga erishiladi.
Meldoniyning bir martalik va takroriy dozalari vena ichiga yuborilganda kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) farq qiladi, bu qon plazmasida meldoniyni to‘planishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Taqsimlanishi
Meldoniy qon aylanishidan yuqori yurak affinlik bilan to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Meldoniy va uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali qisman o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniy ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlangan.
Metabolizmi
Eksperimental hayvonlarda o‘tkazilgan metabolizm tadqiqotlarida meldoniy asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan.
Chiqarilishi
Meldoniy va uning metabolitlarini organizmdan chiqarilishida buyrak ekskretsiya muhim ahamiyatga ega. 250 mg, 500 mg va 1000 mg meldoniyning bir martalik dozalari vena ichiga yuborilgandan keyin meldoniyning yarim chiqarilish davri 5,56-6,55 soat, yakuniy chiqarilish davri 15,34 soatni tashkil qiladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan, preparatning biokiraolishligi yuqori bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Biokiraolishligi yuqori bo‘lgan buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak. Meldoniy yoki metabolitlarining (masalan 3-gidroksimeldoniy) va karnitinning buyrak reabsorbtsiyasi o‘rtasida o‘zaro ta'sir mavjud, buning natijasida karnitinning buyrak klirensi oshadi. Meldoniy, GBB va meldoniy/GBB majmuasining renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga bevosita ta'siri yo‘q.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Biokiraolishligi yuqori bo‘lgan jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak. Kalamushlarda o‘tkazilgan toksiklik bo‘yicha tadqiqotlarda meldoniyni 100 mg/kg dan yuqori dozalarda qo‘llaganda jigarni sariq rangga bo‘yalishi va yog‘larni denaturatsiyasi aniqlangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan gistopatologik tadqiqotlarda meldoniyning yuqori dozalari (400 mg/kg va 1600 mg/kg) qo‘llanilganda jigar xujayralarida lipidlarni to‘planishi aniqlangan. 400-800 mg yuqori dozalar qo‘llanilganda odamlarda jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi kuzatilmagan. Jigar xujayralarida yog‘lar infiltratsiyasi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi kasalliklarni majmuaviy davolashda
• yurak va qon tomir kasalliklari barqaror zo‘riqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA I-III funktsional sinf), kardiomiopatiya, yurak faoliyatining va qon tomir tizimining funktsional buzilishlari;
• bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari;
• ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy va psixoemotsional zo‘riqish;
• serebrovaskulyar buzilishlar, bosh miya jarohati va entsefalitdan keyin sog‘ayish davrida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga qo‘llanadi. Preparatni qo‘llash yuborishdan oldin maxsus tayyorlashni talab etmaydi.
Qo‘zg‘atuvchi samarasi tufayli, preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.
Kattalar
Doza sutkada 500-1000 mg (5-10 ml) ni tashkil qiladi, dozani 1 martada yuboriladi yoki uni 2 dozaga bo‘lib yuboriladi. Davolash davomiyligi odatda 10-14 kunni tashkil etadi, undan so‘ng peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi.
Davolash kursi davomiyligi – 4-6 xafta. Davolash kursini bir yilda 2-3 marta takrorlash mumkin.
Keksa yoshli patsiyentlar
Jigar va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda meldoniyning dozasini kamaytirish mumkin.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Preparat organizmdan buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, yengildan o‘rtacha darajagacha bo‘lgan buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyning pastroq dozasini qo‘llash kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Yengildan o‘rtacha darajagacha bo‘lgan jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyning pastroq dozasini qo‘llash kerak.
Bolalar
Meldoniyni bolalarda qo‘llashning xavfsizligi yoki samarasi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu kategoriyali patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
MedDRA muvofiq a'zo tizimlar va nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lishi tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha).
Klinik sinovlarda va postmarketing davrda kuzatilgan nojo‘ya samaralar
Immun tizimi tomonidan
Tez-tez
Kam hollarda
Allergik reaktsiyalar*
Yuqori sezuvchanlik, shu jumladan allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, hatto shokkaga
Ruhiyat tomonidan
Kam hollarda
Qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, xiralik fikrlari, uyquni buzilishi
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez
Kam hollarda
Bosh og‘rig‘i*
Paresteziyalar, tremor, gipesteziya, quloqlarda shovqin, vertigo, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushdan ketish
Yurak tomonidan
Kam hollarda
Yurak ritmini o‘zgarishi, yurak urib ketishi, taxikardiya/sinus taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, aritmiyalar, ko‘krakda diskomfort hissi/ko‘krakda og‘riq
Qon tomir tizimi tomonidan
Kam hollarda
Arterial bosimni oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, oqarish
Nafas a'zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan
Tez-tez
Kam hollarda
Nafas yo‘llari infektsiyalari
Tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, xansirash, apnoe
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Tez-tez
Kam hollarda
Dispepsiya *
Disgevziya (og‘izda metall ta'mi), ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorinda og‘riq, og‘izni qurishi yoki gipersalivatsiya
Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan
Kam hollarda
Toshma, umumiy/makulyoz/papulyoz toshma, qichishish
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan
Kam hollarda
Beldaog‘riq, mushak kuchsizligi, mushak spazmlari
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan
Kam hollarda
Pollakiuriya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar
Kam hollarda
Qaltirash, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqni shishi, qizib ketish hissi, sovuq hissi, sovuq ter ajralishi, yuborish joyida reaktsiya, shu jumladan yuborish joyida og‘riq
Tekshiruvlar
Tez-tez
Kam hollarda
Dislipidemiya, s-reaktiv oqsil darajasini oshishi
Elektrokardiogramma (EKG) da og‘ishlar, yurak ishini tezlashishi, eozinofiliya*
* Meldoniyni ilgari o‘tkazilgan nazorat qilinmagan klinik sinovlarda kuzatilgan nojo‘ya samaralar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Meldoniy va/yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
• Bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqimni buzilishi, bosh miya ichki o‘smalarida);
• Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning xavfsizligi haqida ma'lumotlar yetarli emas).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Meldoniyni ta'siri uzaytirilgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar (barqaror zo‘riqish stenokardiyasi), yurak glikozidlari va diuretik preparatlar (yurak yetishmovchiligi) bilan birga qo‘llash mumkin. Shuningdek, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Meldoniy glitseril trinitrat, nifedipin, beta-adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Temir tanqisligi chaqirgan anemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda temir preparatlari va meldoniyni bir vaqtda qo‘llash oqibatida eritrotsitlarda yog‘ kislotalarining tarkibi yaxshilangan.
Meldoniyni ishemiya/reperfuziya chaqirgan shikastlanishlarni bartaraf etish uchun orat kislotasi bilan qo‘llanilganda qo‘shimcha farmakologik samara kuzatiladi.
Meldoniy azidotimidin (AZT) chaqirgan yurakning patologik o‘zgarishlarini bartaraf etishga yordam beradi va mitoxondriyalar disfunktsiyasiga olib keluvchi AZT chaqirgan oksidlanuvchi stress reaktsiyalariga bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Meldoniyni azidotimidin yoki OITS ni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash orttirilgan immuntanqislik (OITS) ni davolashda ijobiy ta'sirga ega.
Etanol chaqirgan muvozanat refleksini yo‘qotish testida meldoniy uyqu davomiyligi kamaytirgan. Pentilentetrazol chaqirgan tirishish vaqtida meldoniyning tirishishga qarshi yaqqol ta'siri aniqlangan. O‘z navbatida, meldoniy bilan davolashdan oldin 2 mg/kg dozada alfa2-adrenoblokator yoximbinni va 10 mg/kg dozada azot oksidi sintaza ingibitorini (COA) N-(G)-nitro-L-argininni qo‘llash meldoniyning tirishishga qarshi ta'sirini to‘liq bloklaydi.
Meldoniy dozasini oshirib yuborilishi siklofosfamid chaqirgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Meldoniyni qo‘llaganda kuzatiladigan karnitin tanqisligi ifosfamid chaqirgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Meldoniy indinavir chaqirgan kardiotoksiklik va efavirenz chaqirgan neyrotoksik ta'sir holatida himoya ta'sirga ega.
Meldoniy saqlovchi boshqa preparatlar birga qo‘llanilmasin, chunki nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelishi xavfi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida jigar va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (jigar va/yoki buyrak funktsiyasi nazoratini amalga oshirish kerak).
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani davolashning ko‘p yillik tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromda birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmasligini namoyish qilgan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Meldoniyning homiladorlik, embrion/homilani rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga ta'sirini baholash uchun hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Odamlar uchun potentsial xavfi noma'lum, shuning uchun meldoniyni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning mavjud ma'lumotlari meldoniyni ko‘krak sutiga kirishidan dalolat beradi. Meldoniyni odam ko‘krak sutiga o‘tishi noma'lum. Yangi tug‘ilgan/chaqaloqlar uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi, shuning uchun meldoniyni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatish qobiliyati
Transportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sirini baholash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Meldoniy dozasini oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan. Preparat kamtoksik va xavf soluvchi nojo‘ya samaralar chaqirmaydi.
Arterial bosim pasayganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy holsizlik kuzatilishi mumkin. Davolash simptomatik.
Dozani og‘ir oshirib yuborilganda jigar va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Meldoniyni qon oqsillari bilan yaqqol bog‘langanligi tufayli, dozani oshirib yuborilganda gemodializ sezilarli ahamiyatga ega emas.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulada. 10 ampula tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga gofra qilingan yorliqli qutida.
5 ml dan ampulada. 5 ampuladan blisterda. 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovckaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va faoliyatini amalga oshirish joyining manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch. 12a, 1/2
e-mail info@farmak.ua; Tel. +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.