Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lira in'ektsiya uchun eritma 500 mg / 4 ml. №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитиколин
Страна производитель
Украина
Дозировка
500мг/4мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lira
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitikolin (citicoline)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ampula (4 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblanganda 500 mg yoki 1000 mg sitikolin natriy;
yordamchi moddalar kontsentratsiyalangan xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
psixostimulyatsiyalovchi va nootrop vositalar.
ATX kodi N06BX06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sitikolin neyronlarning membranasida struktur fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi, bu magnitrezonans spektroskopiya ma'lumotlar bilan isbotlangan. Sitikolin ion nasoslari va retseptorlari kabi membrana mexanizmlarini faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi, ularni muvofiqlashtirishsiz nerv impulslarini normal o‘tkazilishini imkoni yo‘q. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, sitikolin shishga qarshi xususiyatlarga ega, shuning uchun bosh miya shishini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari sitikolin ayrim fosfolipazalar (A1, A2, S va D) faoliyatini susaytirishi, erkin radikallarni qoldiq ajralib chiqishiga to‘sqinlik qilishi, membrana tizimlarini shikastlanishini oldini olishi va himoya antioksident tizimini saqlab qolishini ta'minlashini namoyish qilgan.
Sitikolin neyron energiyasining saqlab qoladi, apoptozni ingibitsiya qiladi, bu xolinergik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi.
Sitikolin shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasida profilaktik neyroprotektiv ta'sir ko‘rsatadi.
Sitikolin bosh miya to‘qimasining ishemik shikastlanishini kamaytirib, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida patsiyentlarni tez funktsional reabilitatsiyasiga yordam beradi, bu rentgenologik tekshiruv natijalari bilan tasdiqlangan.
Bosh-miya jarohatlarida sitikolin tiklanish davri davomiyligini qisqartiradi va posttravmatik sindrom jadalligini kamaytiradi.
Sitikolin diqqatni va ong holatini yaxshilaydi, amneziya ko‘rinishlarini kamayishiga yordam beradi, bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv va boshqa nevrologik buzilishlarda holatni yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Preparatni yuborgandan keyin qon plazmasida xolinlar darajasini sezilarli oshishi kuzatiladi. Preparat peroral qo‘llanilganda deyarli to‘liq so‘riladi. Tadqiqotlar peroral va parenteral yo‘llar orqali yuborganda biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini namoyish qilgan.
Preparat xolin va sitidin hosil qilib ichak va jigarda metabolizmga uchraydi. Sitikolin yuborilgandan keyin bosh miya to‘qimalari tomonidan o‘zlashtiriladi, bunda xolinlar fosfolipidlarga, sitidin – sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga ta'sir ko‘rsatadi. Sitikolin bosh miya to‘qimasi tez yetib boradi va fosfolipidlar faoliyatini faollashtirib, xujayra membranalari, sitoplazma va mitoxondriylarga faol kiradi.
Yuborilgan dozaning faqat oz qismi siydik va axlat (3% dan kamroq) bilan chiqariladi. Dozaning taxminan 12% nafas bilan chiqariladigan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishi ikki fazaga ajratiladi birinchi faza – taxminan 36 soat, bunda chiqarilish tezligi tez pasayadi va ikkinchi faza, bunda chiqarilish tezligi sekinroq pasayadi. Bunday fazalar bilan chiqarilishi nafas bilan chiqariladigan SO2 bilan chiqarilishda ham kuzatiladi, taxminan 15 soat davomida chiqarilish tezligi tez pasayadi, so‘ngra u sekinroq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Insult, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir fazasi va asoratlarni va bosh miyada qon aylanishi buzilishining oqibatlarini davolash;
-Bosh-miya jarohati va uning oqibatlari;
-Surunkali qon tomir va degenerativ serebral buzilishlar oqibatida kognitiv buzilishlar va hulq atvorni buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish uchun buyuriladi.
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi bemorning og‘irlik holatiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gachani tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza – 2000 mg ni tashkil qiladi.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni qo‘llashning birinchi 24 soatda erishiladi.
Preparatning dozasi va davolash muddati bosh miyaning shikastlanish darajasiga bog‘liq shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi.
Vena ichiga sekin in'ektsiya (yuboriladigan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) ko‘rinishida yuboriladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Preparat vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib.
Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan eritmani yo‘q qilish kerak.
Zarurati bo‘lganida davolashni peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi sitikolin bilan davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar kam hollarda (<1/10000), shu jumladan yakka hollarda yuzaga keladi.
Ruhiy buzilishlar gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, taxikardiya.
Nafas tizimi tomonidan hansirash.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, giperemiya, ekzantema, eshakemi, purpura, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Umumiy buzilishlar qaltirash, yuborish joyida reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Preparatni meklofenoksat bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Nomutanosiblik
“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida ko‘rsatilmagan erituvchilar qo‘llanilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bosh miyaga turg‘un qon quyilishida sutkada 1000 mg dozani va vena ichiga yuborish tezligini minutiga 30 tomchidan oshirish mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda sitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar mavjud emas. Sitikolinni ko‘krak sutiga ajralishi va uning homilaga ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida preparat faqat ona uchun kutilayotgan foydi homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina buyuriladi.
Bolalar
Bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparat agar qo‘llashdan foyda kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan juda zarur hollarda qo‘llanadi.
Avtotrasnsportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Ayrim hollarda markaziy nerv tizimi tomonidan ba'zi nojo‘ya reaktsiyalar avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
4 ml dan ampulada. 5 ampuladan qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” JAJ.
Manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100000, Toshkent sh., A.Kodiriy ko‘ch., 39.
Tel./faks 235-77-13, 235-67-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.