Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pantokaltsin tab. 500mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гопантеновая кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
500 мг
Производитель
Валента Фармацевтика,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantokaltsin®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) gopanten kislotasi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
faol modda kaltsiy gopantenati (gopanten kislotasi yoki gopanten kislotasining kaltsiyli tuzi) - 0,25 g (250 mg) yoki 0,5 g (500 mg);
yordamchi moddalar 250 mg doza uchun magniy gidroksikarbonati – 46,77 mg, kaltsiy stearati – 3,1 mg, tal'k – 6,2 mg, kartoshka kraxmali – 3,93 mg.
500 mg doza uchun magniy gidroksikarbonati – 93,54 mg, kaltsiy stearati – 6,2 mg, tal'k – 12,4 mg, kartoshka kraxmali – 7,86 mg.
Ta'rifi oq rangli, yassitsilindrik shaklli, 500 mg li doza uchun faska va riskali,
250 mg li doza uchun faska va xochsimon riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.
ATS kodi
N06VX
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir doirasi strukturasida gamma-aminomoy kislotasining borligi bilan bog‘liq. Ta'sir mexanizmi pantokaltsinni GAMKB-retseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan bog‘liq. Neyrometabolik, neyroprotektor va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miyaning gipoksiyaga va zaharli moddalarning ta'siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Tirishishga qarshi ta'sirga ega, xulqni tartibga solish bilan bir vaqtda motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogolli zaharlanishda va keyingi etanolni bekor qilishda gamma-aminomoy kislotasining miqdorini me'yorlashishiga yordam beradi. Analgeziyalovchi ta'sir namoyon qiladi. Novokain va sulfanilamidlarni faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi atsetillanish reaktsiyalarni ingibirlashga qodir, shu tufayli oxirgilarning ta'sirini uzaytirishga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksi va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Me'da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Eng yuqori kontsentratsiyalari jigar, buyraklar, me'da devori, terida yaratiladi. Gematoentsefalitik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. O‘zgarmagan holda 48 soat davomida (qabul qilingan dozaning 67,5% siydik bilan, 28,5% - ahlat bilan) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar;
• bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari chaqirgan serebrovaskulyar yetishmovchilikni majmuaviy davolash tarkibida; senil dementsiyada (boshlang‘ich shaklida), yetuk yoshli va keksa shaxslardagi miyani rezidual organik shikastlanishlarida;
• shizofreniya bo‘lgan bemorlardagi serebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan majmuada);
• nerv tizimining nasliy kasalliklari bo‘lgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda (Gentington xoreyasi, gepatotserebral distrofiya, Parkinson kasalligi va boshqalar);
• o‘tkazilgan neyroinfektsiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari (majmuaviy davolash tarkibida);
• neyroleptiklarning nojo‘ya ta'sirini to‘g‘rilash uchun va oldini olish maqsadida bir vaqtda «to‘sish terapiyasi» sifatida; ekstrapiramid neyroleptik sindromi (giperkinetik va akinetik);
• ruxiy jarayonlarni sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuada);
• psixoemotsional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi; diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;
• siyishni buzilishlari enurez, siydikni kunduzgi tutib turaolmaslik, pollakiuriya, imperativ qistashlar;
• bolalarga aqliy qoloqlikda (ruxiy, nutq, motor rivojlanishni yoki ularning yig‘indisini kechikishi); bolalar serebral falajida; duduqlanishda (asosan klonik shaklida); tutqanoqda (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash tarkibida, ayniqsa ko‘p shaklli xurujlarda va kichik tutqanoq xurujlarida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatlangandan keyin15-30 minut o‘tgach buyuriladi.
Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun - 0,75-3 g. Davolash kursining davomiyligi 1 oydan 4 oygacha, ba'zi hollarda - 6 oygacha. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarga aqliy qoloqlikda 0,5 g dan kuniga 4-6 marta, har kuni 3 oy davomida; nutqning rivojlanishini kechikishida - 0,5 g dan kuniga 3-4 marta, 2-3 oy davomida.
Neyroleptik sindromida (neyroleptik vositalarning nojo‘ya ta'sirlarini korrektori sifatida) kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga - 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta. Davolash kursining davomiyligi - 1-3 oy.
Tutqanoqda bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, kattalarga 0,5 -1 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, uzoq vaqt davomida (6 oygacha).
Giperkinezlarda (pir-pir uchishlarda) bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta har kuni 1-4 oy davomida, kattalarga - 1,5-3 g dan har kuni 1-5 oy davomida.
Siyishni buzilishlarida kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta (sutkalik doza 2-3 g), bolalarga - 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi - 2 haftadan to 3 oygacha (buzilishlarning yaqqolligi va terapevtik samaraga bog‘liq).
Neyroinfektsiyalar va bosh suyagi - miya jarohatlarining asoratlarida 0,25 g dan kuniga 3-4 marta.
Kuchli zo‘riqishlar va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun 0,25 g dan kuniga 3 marta.
Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin rinit, kon'yunktivit, teri toshmalari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1 uch oyligi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Barbituratlarning ta'sirini uzaytiradi; markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi, tirishishga qarshi dori vositalarining samarasini, mahalliy anestetiklarning (prokainning) ta'sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta'sirlarini oldini oladi.
Glitsin, ksidifon bilan birga qo‘llanganda gopanten kislotasining ta'siri kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mg yoki 500 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
5 kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Valenta Farmatsevtika» OAJ,
141101, Rossiya, Sh’elkovo sh., Moskva viloyati, Fabrichnaya ko‘ch., 2.
Tel. (495) 933-48-62, faks (495) 933-48-63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.