Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tenoten tab. №40
Nomi | Narx | |||||
Тенотен таб. №40 (12530923##2 253) |
UZS 44 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к мозгоспецифическому белку s-100
Страна производитель
Россия
Производитель
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tenoten
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
(1 tabletkaga)
Faol moddalar miya spetsifik S-100 oqsiliga affin tozalangan antitelalar - 0,003 g*.
Yordamchi moddalar 0,267 g laktoza monogidrati, 0,03 g mikrokristall sellyuloza, 0,003 g magniy stearati.
*laktozaga ta'sir qiluvchi moddaning faol shaklini 10-15 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini saqlovchi suvli-spirtla aralashma shaklida kiritiladi.
Ta'rifi Yassitsilindrik shaklli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan faska va riskali tabletkalar. Riskali yassi tomoniga MATERIA MEDICA yozuvi, boshqa yassi tomoniga TENOTEN yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
anksiolitiklar, nootroplar.
ATX kodi N05BX, N0BX
Farmakologik ta'siri
Preparat noxush gipnogen va miorelaksant samaralarni chaqirmasdan, tinchlantiruvchi, xavotirlikka qarshi (anksiolitik) ta'sir ko‘rsatadi. Psixoemotsional yuklamalarga chidamlilikni yaxshilaydi. Stress-protektor, nootrop, antiamnestik, gipoksiyaga qarshi, neyroprotektor, antiastenik, antidepressiv ta'sirga ega.
Intoksikatsiya, gipoksiya sharoitlarida, miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlaridan keyingi holatlarda neyroprotektor ta'sir ko‘rsatadi, shikastlanish sohasini cheklaydi, markaziy nerv tizimida (MNT) o‘qish jarayonlari va xotirani normallashtiradi.
Lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini susaytiradi.
Miyada sinaptik (informatsion) va metabolik jarayonlarni birlashishini amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funktsional faolligini modifikatsiyalaydi. GAMK-mimetik va neyrotrofik ta'sir ko‘rsatib, stressni cheklovchi tizimlarning faolligini oshiradi, neyronal plastiklik jarayonlarini tiklanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Nevrotik va nevrozsimon holatlar, psixosomatik kasalliklar; kuchli asabiylashish, ta'sirchanlik, xavotir va vegetativ reaktsiyalar bilan kechuvchi stressli buzilishlar.
Markaziy nerv tizimini, shu jumladan jarohatlar va distsirkulyator holatlar oqibatidagi, emotsional fonni beqarorligi, jizzakilik, xotirani pasayishi, vegetativ buzilishlar bilan kechuvchi o‘rtacha namoyon bo‘lgan shikastlanishlari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. Bir qabulga - 1 yoki 2 tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunicha tutib turish kerak). Kuniga 2 marta, zarurati bo‘lganida – sutkada 4 qabulgacha qabul qilinadi.
Davolash kursi 1-3 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 6 oygacha uzaytirish yoki 1-2 oydan keyin takrorlash mumkin.
Davolash boshlanganidan so‘ng 3-4 hafta davomida patsiyentning umumiy holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar va ko‘rsatilgan dozalarda ishlatilganida nojo‘ya ta'siri aniqlanmagan.
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bolalarga va 18 yoshdan kichik shaxslarga Tenoten detskiy preparati qo‘llanadi.
Dorilarlarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozani yoki galaktozani kam so‘rilish sindromi, yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Tenoten preparatining ta'sirida faollashtiruvchi xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, uni uyqudan 2 soat oldin qabul qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida Tevotenni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Qabul qilish zarurat bo‘lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid parda va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.
Preparatni qo‘llash davri davomida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan kontur uyali o‘ram karton kutida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchi/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ,
Rossiya, 127473, Moskva sh, 3-nchi Samotechniy per., 9 uy.
Tel./faks (495) 684-43-33.
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qiluvchi tashkilotning manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.