Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vinebral kaps. 30 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Винкамин
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 мг
Производитель
World Medicine Limited, Великобритания произведено: October Pharma
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vinebral
Ta'sir etuvchi modda (XPN) vinkamin
Dori shakli
sekin ajralib chiqadigan kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar vinkamitsin - 30 mg;
yordamchi moddalar saxaroza, makkajo‘xori kraxmali, eudragit, gidroksipropilmetiltsellyuloza, ftalat, talk.
Qobiq tarkibi jelatin, titan diaoksidi, brilliant ko‘ki, karmoizin, ponso.
Ta'rifi yaltiroq xira qizil rangli, №2 o‘lchamli oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan pelletlarni saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Periferik vazodilatorlar. Bosh miya qon aylanishini yaxshilovchi vositalar.
ATX kodi S04AX07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Vinebral bosh miyaning metabolik ehtiyojlarga, miya qon oqimini moslashuviga yordam berib, miya tomirlariga selektiv tomirlarni boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Vinebral bosh miyaning metabolizmini glyukozaning oksidlanishini kuchayishi hisobiga, shu orqali energiyaning hosil bo‘lishini oshirib va organizmning umumiy faolligini oshishiga yordam berib yaxshilaydi. Vinebral gipoksiya holatida bo‘lgan neyronlarning kislorod bilan ta'minlanishini oshiradi, miya qon aylanishini me'yorlashtiradi. Aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Venibralni patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiradi, buyraklar va jigarga biologik, gematologik toksiklikka va nojo‘ya ta'sirlarga ega emas.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, yarim chiqarilish davri 60-80 min. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish 64% tashkil qiladi. Vinebral jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi, faqat 4-6% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bosh miyaning metabolik ehtiyojlar me'yorlashtirish va miya qon aylanishini metabolik ehtiyojlarga moslashtirish uchun, uning faoliyatini boshqarish, yaxshilash va tutib turish uchun. Quyidagi holatlarda qo‘llanadi
-xotirani pasayishi;
-diqqatni jamlashni buzilishi;
-diabetik angiopatiya;
-bosh miya tomirlarining aterosklerotik shikastlanishi;
-kalla suyagi miya jarohatidan va miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlaridan keyingi holat;
-miya ishemiyasidan keyingi serebral buzilishlar;
-gipertonik entsefalopatiya;
-eshitishni va ko‘rishni tomir genozli buzilishlari;
-fazo va vaqtda oriyentatsiyani buzilishlari.
-
Qo‘llash usuli va dozalari
-Vinebral kapsulalari ichga, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga ichga 1 kapsuladan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikning kechishiga qarab belgilaydi.
-
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tzimi tomonidan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat, og‘izni qurishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan AB ni pasayishi, taxikardiya.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Bosh miyani usmasi;
-homiladorlik va laktatsiya;
-vinkomitsin va preparatning boshqa komponentlariga ma'lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vinebral itrakonazol va vinkristin bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘tkir limfoblast leykomiyali bolalarda va kattalarda neyrotoksiklikni kuchayishi mumikn. Vinebral gipotenziv vositalar va antoagregantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Xinupristin/dalfopristin bilan majmua CYP3A4 izofermenti ingibitori kabi ta'sir qiladi va bir vaqtda qo‘llanganida vinkomitsinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya qilingan dozalarni oshirmaslik kerak. AG va yurak faoliyatining buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Q-T oraliqni uzayishida va gipokaliyemiyada qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Vinebral avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligiga talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.
Chiqarilish shakli
Sekin ajralib chiqariladigan qattiq jelatin kapsulalar.
10 kapsula blisterda.
2 blister ilova-varaqasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanasidan boshlab 4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo markasi va qayd etish sertifikati egasi
“UORLD MEDITSIN”, BUYUK BRITANIYA
(“WOLD MEDICINE”, GREAT BRITAIN).
Ishlab chiqarilgan
“Oktober Farma”, Birinchi sanoat xududi, Siks ov Oktober siti, Misr
(“October Pharma”, Ist Industrial Zone 6th Of October city, Egypt).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.