Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ацетилцистеин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Lek Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
ACC ichga qabul qilish uchun eritma 20 mg / ml 100 ml haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
ACC
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atsetiltsistein
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda atsetiltsistein - 20mg/ml;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (E 218), natriy benzoati (E 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (E 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta'mli eritma
Farmakoterapivtik guruhi mukolitiklar
ATX kodi R05CB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Atsetiltsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta'sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikatsiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta'sir ko‘rsatadi. Bu paratsetamol intoksikatsiyasida atsetiltsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda atsetiltsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.
Farmakokinetika
Atsetiltsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diatsetiltsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Ichga qabul qilingan atsetiltsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan atsetiltsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.
Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.
Atsetiltsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda atsetiltsisteinni gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
ACC – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.
ACC nafas a'zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovistsidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.
Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg atsetiltsisteinga muvofiq);
6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg atsetiltsisteinga muvofiq);
2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg atsetiltsisteinga muvofiq);
Mukovistsidoz
6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg atsetiltsistein);
2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg atsetiltsisteinga muvofiq);
Mukovistsidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan patsiyentlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha atsetiltsisteinni dozasini oshirish mumkin.
Qo‘llash usuli
Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradatsiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml,5 ml va 10 ml solingan dozalangan shpritsdan foydalanish kerak.
Shprits yordamida dozani o‘lchash
1.Bolalar ochishidan himoyalangan flakonni ochib, qopqoqni bosib va uni chapga burash kerak.
2.Flakon bo‘g‘ziga solingan perforatsiya qilingan qistirmani ichiga bosib kirgiziladi. Agar qistirma to‘liq bosib kirgizilmasa, qopqoqni kiygizib keyin uni aylantiring. Qistirma shpritsni flakon bilan biriktiradi va flakon bo‘g‘zida qoladi.
3.Qistirma teshigiga shpritsni zich kirgiziladi. Shprits porshenini oxirigacha tiralguncha tushirilishi kerak.
4.Flakonni ehtiyotkorlik bilan kirgizilgan shprits bilan tubi yuqoriga qaratilgan holatda aylantiriladi, kerakli dozani ml da o‘lchab olish uchun porshenni tortish kerak. Agar eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, shpritsni asta – sekin yana to‘ldirish kerak. Agar zarur dozada 5 ml dan oshsa shpritsni bir necha marta to‘ldirish kerek.
5.Flakonni shprits bilan tubini yuqoriga qaratib aylantirish kerak, perforatsiya qilingan qistirmadan shpritsni olib tashlash lozim.
6.Eritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri shpritsdan bolaga berish mumkin yoki uni ichidagisini qoshiqqa quyish mumkin. Shpritsdan eritmani bola qabul qilayotganda to‘g‘ri o‘tirishi lozim. Eritmani lunjlarning ichki tomoniga qaratib bola qalqib ketmasligi uchun shpritsni sekin bo‘shatgan afzalroq.
Dozalangan shpritsni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.
Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Qabul qilish davomiyligi
Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.
Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.
Surunkali bronxitda va mukovistsidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma'lumotlarga asoslangan
Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma'lum (bor ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari juda kam hollarda anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaktsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas bosh og‘rig‘i.
Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari
Tez–tez emas tinnitus
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas taxikardiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas arterial gipotenziya.
Juda kam hollarda qon ketishlar.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda hansirash, bronxospazm
Me'da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema
In'ektsiya yuborish joyida umumiy buzilishlar
Tez–tez emas isitma.
Tez–tezligi noma'lum yuz shishi
Turli tadqiqotlarda atsetiltsistein qondagi trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Atsetiltsisteinga, metilparagidroksibenzoatga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-Faol peptik yara.
-2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
ACC va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolashbuyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.
Hozirgi vaqtgacha olingan ma'lumotlarga ko‘ra atsetiltsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ACC dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.
ACC nitroglitserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astmasi bo‘lgan patsentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.
ACC qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspiratsiya kabi) qo‘llanishi kerak.
Atsetiltsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaktsiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ACC qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.
Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaktsiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homilador ayollarda atsetiltsisteinni qo‘llanishi haqida ma'lumotlar yetarli emas. Atsetiltsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat'iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Kuzatilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha atsetiltsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada atsetiltsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan atsetiltsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikatsiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me'da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekretsiya xavfi mavjud.
Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.
2,5 va 5 ml gradatsiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shprits o‘ramiga joylashgan.
1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.