Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Гербион сироп исландского мха 150мл (Z99119##2 433) |
UZS 43 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Sloveniya
Производитель
KRKA, d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Sirop
Gerbion sirop islandskogo mxa 150ml haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Gerbion sirop islandskogo mxa.
Ta'sir etuvchi moddasi (XPN) Island lishayniki ekstrakti.
Dori shakli
sirop
Tarkibi
1 ml sirop saqlaydi
faol modda 6 mg island moxining quyuq ekstrakti (Cetraria islandica (L.) Acharius s.l., tallus), 96 mg-108 mg island moxiga ekvivalent.
Ekstraktsion erituvchi suv.
yordamchi moddalar suyuq sorbitol (kristallanmagan) (E420), ksantan kamedi (E415), natriy benzoati (E211), limon kislotasi monogidrati (E330), limon xushbo‘yi (tarkibi limon moyi, etanol (E1510), suv, laym moyi, xushbo‘y modda, Litsea cubeba sitralь tabbiy ekstrakti).
Ta'rifi o‘ziga xos xid va ta'mga ega bo‘lgan sarg‘ish-jigarrangdan to jigarrang rangligacha bo‘lgan sirop. Bir oz opalestsentsiya bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tabbiy moddalar uchun xos bo‘lgan yengil cho‘kma kuzatilishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruxi balg‘am ko‘chiruvchi moddalar bilan majmualardan tashqari, yo‘talga qarshi vosita.
ATX kodi R05D.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Gerbion sirop islandskogo mxa preparati island moxiningg yumshoq ekstraktini saqlaydi, u immunostimullovchi, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Island moxining asosiy ingrediyentlari suvda eruvchi polisaxaridlar, asosan lixenin va izolixenin shaklidagi shilimshiq, shuningdek lishaynikning achchiq kislotalari xisoblanadi. Polisaxaridlar yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarini qoplaydi va shilliq qavatining yuzasiga tinchlantiruvchi ta'sir qiluvchi ximoya qavatini xosil qiladi, shu bilan tashqi omillar chaqirgan ta'sirlanishga yordam beruvchi quruq yo‘talni yengillashtirib, yo‘tal refleksini bostiradi. Shuningdek shilimshiq shilliq qavatining yuzasidagi suvni bog‘laydi va og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning ta'sirlangan shilliq qavatiga maxalliy xo‘llovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Island moxi ekstraktining antioksidant ta'siri, aloxida ingrediyentlar ά-D-glyukan va galaktomannanning immunostimullovchi samarasi, shuningdek lishaynikning protolixesterin kislotasining antibakterial, antivirus va antiproliferativ ta'siri in vitro tekshirishlar davomida ko‘rsatilgan.
Farmakokinetikasi
Island moxi ekstraktining farmakokinetik xususiyatlari xaqida ma'lumot yo‘q.
Xavfsizlikning klinikagacha tekshirishlarning ma'lumotlari
in vitro tekshirishlarda protolixesterin kislotasi sut bezi xujayralarining to‘qima kulьturasiga toksik ta'sir ko‘rsatmagan.
Qo‘llanilishi
Gerbion sirop islandskogo mxa o‘simlik kelib chiqishga ega bo‘lgan preparat bo‘lib, quyidagilarda tavsiya etiladi
- quruq ta'sirlovchi yo‘tal;
- yuqori nafas yo‘llarining yengil yallig‘lanishi va og‘iz-tomoq shilliq qavatining ta'sirlanishi, shu jumladan xirillash va tomoq og‘rig‘i.
Island moxining ekstrakti katta miqdorda suvda eruvchi shilimshiq saqlaydi, u og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatini o‘rab oladi, ximoya qiladi va xo‘llaydi va ta'sirlanish va quruq yo‘talni kamaytiradi.
Agar kasallikning simptomlari yemonlashsa yoki 7 kun davomida yaxshilanmasa, shifokorga muroajat eting.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlar 15 ml siropdan kuniga 4 mahal (360 mg quruq island moxiga mos keladi).
10 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 ml siropdan kuniga 4 mahal (240 mg quruq island moxiga mos keladi).
4 dan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar 5 ml siropdankuniga 4 mahal (120 mg island quruq island moxiga mos keladi).
1 dan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2,5 ml siropdan kuniga 4 mahal (60 mgquruq island moxiga mos keladi).
Gerbion sirop islandskogo mxa siropiyangi tug‘ilgan chiqaloqlar va bir yoshga to‘lmagan bolalarga tavsiya etilmaydi.
Gerbion sirop islandskogo mxa preparatini qabul qilgandan keyin darxol ovqat yoki ichimliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatidan siropni juda tez yo‘qotilishiga yordam berishi mumkin.
Gerbion sirop islandskogo mxa preparati bilan davolashda choy yoki boshqa iliq ichimliklar ko‘rinishida ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etildi, lekin ularni preparat qo‘llanganidan keyin darxol qabul qilish kerak emas.
Preparatni qo‘llash kursi kasallikning og‘irligi va xarakteriga bog‘liq va uzoq muddatli uzuluksiz davr davom etishi mumkin. Kasallikning simptomlari yo‘qolganidan keyin preparatni birnecha kun davomida qabul qilishni davom ettirish tavsiya etiladi.
Iste'mol qilish oldidan flakon chayqatilsin!
Nojo‘ya ta'sirlai
Gerbion sirop island Setrarii preparati bilan davolash davrida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush ko‘rinishlar, paydo bo‘lish tez-tiyezligi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam (≤1/100000), noma'lum (bor bo‘lgan ma'lumotlar baxolash uchun yetarli emas).
Noxush ko‘rinishlarning paydo bo‘lish tez-tezligi aloxida tizimlar va a'zolar bo‘yicha guruxlangan
Immun tizimi tomonidan buzilishlar yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi
Og‘ir noxush reaktsiyalar rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gerbion sirop islandskogo mxa preparatini boshqa dori vositalarining samaradorligiga ta'siri xaqida xabar berilmagan. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirining tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Maxsus qo‘rsatmalar
Xansirash, surunkali yo‘tal, xirillash, qonli balg‘am paydo bo‘lgan xolda, shuningdek xarorat ko‘tarilganida, darxol shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
7 - 14 kun davolashdan keyin yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga muroljaat qilish kerak.
1 dan 4 yeshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra berishi kerak. Gerbion sirop islandskogo mxa siropini bolalarga berish faqat ota-onalarga yoki ularga qaraydigan kattalar berishi mumkin.
Gerbion sirop islandskogo mxa preparati sorbitol saqlaydi. Kamdan-kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarga, ushbu preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ushbu dori vositasi ko‘p bo‘lmagan miqdorda, dozaga 100 mg dan karoq, etanol (spirt) saqlaydi.
Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Island moxining ekstraktini xomiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlarning yetarli bo‘lmaganligi tufayli, siropni xomilador va emizuvchi ayollarni qabul qilishi tavsiya etilmaydi.
Avtotransport va boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri
Gerbion sirop islandskogo mxa preparatini transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini tabal qiluvchi texnik moslamalar bilan ishlash qobilyatiga ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas. Dozani oshirib yuborilish xollari xaqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
150 ml dan sirop suyuqlikni bo‘luvchi plastmassa tiqin bilan berkitilgan va birinchi ochish nazoratili plastmassa qopqoq bilan yopilgan to‘q shisha flakonda.
1 flakon o‘lchov qoshig‘i va qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan xaroartda saqlansin.
Flakon ochishdan oldin va keyin sovutgichda saqlanmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Siropni flakon ochilganidan keyin 3 oy davomida ishlatish kerak.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmarьeshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.