Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Аминофиллин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
150 мг
Производитель
Ирбитский ХФЗ
Eufillin tab. 0.15g №30 (Irbitskiy) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Eufillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) aminofillin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda aminofillin (eufillin) - 150 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali - 48,4 mg; kaltsiy stearati - 1,6 mg.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, yassitsilindrik shaklli, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
bronxolitik vosita.
ATX kodi R03DA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Bronxolitik vosita, purin hosilasi. Fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, to‘qimalarda siklik adenozinmonofosfatni to‘planishini oshiradi, adenozin retseptorlarini bloklaydi; xujayra membranalarining kanallari orqali Ca2+ kirishini pasaytiradi, silliq mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini kamaytiradi.
Bronxlarning mushaklarini bo‘shashtiradi, mukotsiliar klirensni oshiradi, diafragmaning qisqarishini rag‘batlantiradi, nafas va qovurg‘alararo mushaklarining faoliyatini yaxshilaydi, nafas markazini rag‘batlantiradi, karbonat angidrid gaziga uning sezgirligini oshiradi va alveolyar ventilyatsiyani yaxshilaydi, bu oxir oqibatda apnoe epizodlarining og‘irligini va tez-tezligini pasayishiga olib keladi. Nafas faoliyatini normallashtirib, qonni kislorod bilan to‘yinishiga va karbonat angidrid gazining kontsentratsiyasini pasayishiga yordam beradi. Gipokaliyemiya sharoitlarida o‘pkaning ventilyatsiyasini kuchaytiradi.
Yurak faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, yurak qisqarishlarining kuchi va tez-tezligini oshiradi. Koronar qon oqimini va miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Bosh miya, teri va buyrak qon tomirlarining tonusini pasaytiradi. Periferik tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, o‘pka tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, «kichik» qon aylanish doirasidagi bosimni pasaytiradi. Buyrakda qon oqimini oshiradi, o‘rtacha diuretik ta'sir ko‘rsatadi. Jigardan tashqaridagi o‘t chiqarish yo‘llarini kengaytiradi.
Semiz xujayralarning membranalarini barqarorlashtiradi, allergik reaktsiyalarning mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi.
Trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, eritrotsitlarning deformatsiyaga turg‘unligini oshiradi, tromb hosil bo‘lishini kamaytiradi va mikrotsirkulyatsiyani normallashtiradi.
Tokolitik ta'sirga ega, me'da shirasining kislotaliligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi 90-100% ni tashkil qiladi.
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga - 1-2 soatdan so‘ng erishiladi. Taqsimlanish hajmi 0,45 l/kg diapazonida bo‘ladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi kattalarda - 60%, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda - 36%, jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda - 36%. Ko‘krak sutiga (qabul qilingan dozaning 10%), yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Bronxlarni kengaytiruvchi ta'sirini preparat 10-20 mkg/ml kontsentratsiyalarida namoyon qiladi. 20 mg/ml dan yuqori kontsentratsiyasi toksik hisoblanadi. Nafas markaziga qo‘zg‘atuvchi samarasi preparatning qondagi kamroq miqdorida - 5-10 mkg/ml da amalga oshiriladi.
rN ni fiziologik qiymatlarida erkin teofillin ajralib chiqishi bilan metabolizmga uchraydi, u keyinchalik jigarda sitoxrom R450 ning bir necha izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Natijada 1,3-dimetilsiydik kislotasi (45-55%) hosil bo‘ladi, u farmakologik faollikka ega, lekin teofillindan 1-5 marta sust. Yarim chiqarilish davri kattalarda 8,7 soat; «chekuvchilarda» (sutkada 20-40 sigaret) - 4-5 soat (chekish tashlanganidan keyin 3-4 oy o‘tgach farmakokinetikasi normallashadi); o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (O‘SOK), «o‘pka» yuragi va o‘pka-yurak yetishmovchiligi bo‘lgan kattalarda - 24 soatdan ortiq. Buyraklar orqali chiqariladi.
10% teofillin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Har qanday genezli bronxoobstruktiv sindromi bronxial astma (jismoniy zo‘riqish astmasi bo‘lgan bemorlarda tanlov preparati va boshqa shakllarida qo‘shimcha vosita sifatida), O‘SOK (surunkali obstruktiv bronxit, o‘pka emfizemasi), «kichik» qon aylanish doirasidagi gipertenziya, «o‘pka» yuragi, tungi apnoeda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kattalarga, 1-2 tabletkadan ovqatdan keyin kuniga 1-3 marta buyuriladi. Kattalar uchun bir martalik yuqori dozasi ichga qabul qilinganida - 0,45 g; yuqori sutkalik dozasi ichga qabul qilinganda - 1,5 g ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, ta'sirchanlik, tremor.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak urib ketishi, taxikardiya (shu jumladan homilador ayol III uch oylikda qabul qilganida homilada), aritmiyalar, arterial bosimni pasayishi, kardialgiya, stenokardiya xurujlarining tez-tezligini oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastroeozofagal reflyuks, jig‘ildon qaynashi, me'da yara kasalligini zo‘rayishi, diareya, uzoq muddat qabul qilganda - ishtahani pasayishi.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, isitma.
Boshqalar ko‘krakda og‘riq, taxipnoe, yuzga oqib kelishlarni his qilish, albuminuriya, gematuriya, gipoglikemiya, diurezni kuchayishi, kuchli terlash.
Nojo‘ya samaralari preparatning dozasi pasaytirilganida kamayadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan ksantinning boshqa hosilalariga kofein, pentoksifillin, teobromin), tutqanoq, me'da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘riqish bosqichida - peroral shakllari, ayniqsa uzoq ta'sirga ega bo‘lmagan tabletkalari uchun), yuqori kislotali gastrit, og‘ir arterial giper- va gipotenziya, taxiaritmiyalar, gemorragik insult, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Og‘ir koronar yetishmovchiligi (miokard infarktining o‘tkir bosqichi, stenokardiya), qon tomirlarning tarqalgan aterosklerozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, tez-tez qorincha ekstrasistoliyasi, tirishishga yuqori tayyorlik, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me'da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi (anamnezdagi), yaqindagi anamnezda me'da-ichakdan qon ketishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan gipotireoz (to‘planishi mumkinligi) yoki tireotoksikoz, uzoq muddatli gipertermiya, gastroezofageal reflyuks, prostata bezining giperplaziyasi, homiladorlik, laktatsiya davri, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kislotalarning eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Glyukokortikosteroidlar (GKS), mineralokortikosteroidlar (MKS) ning (gipernatriyemiya), umumiy anesteziya vositalari (qorinchalar aritmiyalari paydo bo‘lishi xavfi), markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi vositalar (neyrotoksikligini oshiradi) ning nojo‘ya ta'sirlarini rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
Diareyaga qarshi preparatlar va enterosorbentlar aminofillinning so‘rilishini pasaytiradi.
Mikrosomal oksidlanish induktorlari bo‘lgan rifampitsin, fenobarbital, fenitoin, izoniazid, karbamazepin, sulfinpirazon, aminoglutetemid, peroral estrogen saqlovchi kontratseptivlar va moratsizin aminofillinning klirensini oshiradi, bu uning dozasini oshirishni talab qilishi mumkin.
Makrolidlar guruhi antibiotiklari, linkomitsin, allopurinol, simetidin, izoprenalin, enoksatsin, etanolning yuqori bo‘lmagan dozalari, disulfiram, ftorxinolonlar, rekombinant interferon-alfa, metotreksat, meksiletin, propofenon, tiabendazol, tiklopedin, verapamil bilan bir vaqtda qo‘llanganida va grippga qarshi emlashda aminofillinning ta'sirini jadalligi oshishi mumkin, bu uning dozasini pasaytirishni talab qilishi mumkin.
Beta-adrenostimulyatorlar va diuretiklarning ta'sirini oshiradi (shu jumladan kalavalar filtratsiyasini oshishi hisobiga), Li+ va beta-adrenoblokatorlarning samaradorligini pasaytiradi.
Spazmolitiklar bilan mutanosib; ksantinning boshqa hosilalari bilan birga qo‘llanmaydi.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida kofein saqlovchi mahsulotlar yoki ichimliklarni katta miqdorda iste'mol qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ishtahani pasayishi, gastralgiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan qon bilan), me'da-ichakdan qon ketishlari, taxipnoe, yuz terisining giperemiyasi, taxikardiya, qorinchalar aritmiyalari, uyqusizlik, harakat qo‘zg‘alishi, xavotirlik, yorug‘likdan qo‘rqish, tremor, tirishishlar. Og‘ir zaharlanishda tutqanoqsimon xurujlar (ayniqsa bolalarda biron-bir darakchi belgilarni paydo bo‘lishisiz), gipoksiya, metabolik atsidoz, giperglikemiya, gipokaliyemiya, arterial bosimni pasayishi, skelet mushaklarining nekrozi, ongni chalkashishi, mioglobinuriya bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, surgi dori vositalarini buyurish, polietilenglikol va elektrolit majmuasi bilan ichakni yuvish, jadallashtirilgan diurez, gemosorbtsiya, plazmasorbtsiya, gemodializ (samaradorligi yuqori emas, peritoneal dializ samarali emas), simptomatik davolash (shu jumladan qusishda - metoklopramid va ondansetron). Tirishishlar paydo bo‘lganida nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tutib turish va oksigenoterapiya o‘tkazish. Xurujlarni bartaraf qilish uchun 0,1-0,3 mg/kg (10 mg dan ko‘p bo‘lmagan) dozada diazepamni vena ichiga yuborish. Kuchli ko‘ngil aynishi va qusishda - metoklopramid va ondansetron (vena ichiga).
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 150 mg.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 30 tabletkada OS-1 shisha-massali bankalarda.
3 kontur uyali o‘ram yoki banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Irbitskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» OAJ,
623856, Sverdlov viloyati, Irbit sh, Kirov ko‘ch., 172
Tel. (34355) 3-61-01, faks (34355) 3-60-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.