Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Сальбутамол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
ООО Юрия Фарм
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Nebutamol ingalyatsiya uchun eritma 1 mg/ml 2ml №10 Yuriya-Farm haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nebutamol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) salbutamol
Dori shakli
ingalyatsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol modda salbutamol sulfatiga qayta hisoblaganda - 1 mg salbutamol;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Ingalyatsion yuborish uchun adrenergik vositalar. Selektiv β2-adrenomimetiklar.
ATX kodi R03AC02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Salbutamol β2-adrenoretseptorlarning selektiv agonistidir. Terapevtik dozalarda yurakning β2-adrenoretseptorlariga minimal yoki butunlay ta'sir ko‘rsatmay, bronxial mushaklarning β1-adrenoretseptorlariga ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Ingalyatsion ravishda qo‘llanganidan keyin yuborilgan dozaning 10 dan 20% gachasi quyi nafas yo‘llariga yetib boradi. Qolgan qismi yetkazib beruvchi tizimda yoki og‘iztomoqda qoladi, u yerdan yutiladi. Nafas yo‘llariga yetib borgan dozaning bir qismi, o‘pka to‘qimalarida so‘riladi va qon aylanish tizimiga tushadi, lekin o‘pkada metabolizmga uchramaydi.
Preparatning ta'sirini boshlanishi ingalyatsiyadan keyin 4-5-chi minutga to‘g‘ri keladi, ta'siri davomiyligi 4-6 soatni tashkil qiladi.
Qon aylanish tizimiga tushganidan keyin preparat jigarda metabolizmga uchraydi, asosan buyrak orqali o‘zgarmagan xolda va fenolsulfat metaboliti ko‘rinishida chiqariladi.
Halqumdan ovqat hazm qilish tizimiga tushgan preparatning dozasi, me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi, jigarda fenolsulfat birikmagacha metabolizmining birinchi bosqichini o‘tadi, keyin buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda 4 yoshdan boshlab davolashda qo‘llaniladi. Preparat bronxial astma o‘tkir hurujlarini bartaraf qilish, shuningdek o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari bo‘lgan, an'anaviy terapiya ta'sir qilmagan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nebutamol preparati nebulayzer yordamida og‘iz orqali nafas olish yo‘li bilan ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan va shifokorning nazorati ostida qo‘llanadi.
Eritmani inektsiya yo‘li bilan yuborish yoki yutish mumkin emas.
β2-agonistlarga bo‘lgan yuqori extiyoj astma kechishini og‘irlashishidan darak beradi.Bunday hollarda bemorlarni davolash tartibini qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimcha glyukokortikosteroid terapiya tavsiya qilishni qarab chiqish zarur.
Kattalar (shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar)
Ingalyatsiya yo‘li bilan yuboriladigan salbutamolning odatdagi boshlang‘ich dozasi 2,5 mg hisoblanadi. U 5 mg gacha oshirilishi mumkin. Ingalyatsiyani sutkada 4 martagacha takrorlash mumkin.
Nafas yo‘llarining og‘ir obstruktsiyasi bo‘lgan katta patsiyentlarni davolash uchun dozalar sutkada 40 mg gacha oshirilishi mumkin, lekin bunday davolashni statsionar sharoitlarida shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak.
12 yoshdan katta bolalar
Dozasi xuddi kattalarnikidek.
4 yoshdan 11 yoshgacha bolalar
Ingalyatsiya yo‘li bilan yuboriladigan salbutamolning odatdagi boshlang‘ich dozasi 2,5 mg hisoblanadi. U 5 mg gacha oshirilishi mumkin. Ingalyatsiyani sutkada 4 martagacha takrorlash mumkin.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda boshqa dori shakllarini qo‘llash kerak.
18 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarda salbutamolni nebulizatsiya yo‘li bilan qo‘llashning klinik samaradorligi aniqlanmagan.
Tranzitor gipoksemiya yuz berishi mumkinligi tufayli, qo‘shimcha kislorodli terapiya o‘tkazish zaruratini hisobga olish kerak.
Nebutamol odatda suyultirilmagan holda qo‘llanadi. Lekin, ingalyatsiyani uzoq vaqt (10 minutdan ko‘proq) davomida o‘tkazish kerak bo‘lsa, konteyner ichidagisi steril fiziologik eritma bilan suyultirilishi mumkin.
Aerozol ingalyatsiyasi maxsus yuz niqobi yoki mundshtuk yordamida o‘tkazilishi mumkin. Ingalyatsiya o‘tkazilayotgan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatish kerak. Gipoventilyatsiya oqibatida gipoksiyani rivojlanish xavfi paydo bo‘lganda, olinayotgan havoni kislorod bilan boyitish kerak.
Preparatning dozasini va qo‘llash tez-tezligini oshirishni, doza oshirilganida nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishini mumkinligini hisobga olib, faqat shifokor amalga oshirishi mumkin.
Nebutamol preparatini ishlatish uchun yo‘riqnoma
1. Nebulayzerni ishlatishga tayyorlang.
2. Paketni oching va undan bir dozali konteynerni chiqarib oling. Agar bunga ehtiyoj bo‘lmasa, paketdan bir dozali konteynerni chiqarmang.
3. Bir dozali konteynerni silkiting. Boshqa bir dozali konteynerlarni polimer paketda qoldiring va ularni karton qutiga joylang.
4. Bir dozali konteynerni yuqori uchidan ushlab turib, konteynerni ochish uchun, boshqa uchini buring.
5. Bir dozali konteynerni nebulayzerga ochiq uchini pastga qilib kiriting va biroz bosing. Preparatning hammasi nebulayzerga oqib o‘tganiga ishonch hosil qiling.
6. Nebulayzerni yig‘ing va ko‘rsatma bo‘yicha ishlating.
7. Ishlatgandan keyin nebulayzerni yuving, preparatning qoldiqlarini zararsizlantiring.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan nojo‘ya ta'sirlar, a'zolar va tizimlar bo‘yicha va paydo bo‘lishining tez-tezligiga muvofiq tasniflangan. Paydo bo‘lishining tez-tezligi juda tez-tez (1/10), tez-tez (1/100 va (1/10), tez-tez emas (1/1000 va (1/100), kam hollarda (1/10000 va (1/1000), juda kam hollarda (1/10000), shu jumladan yakka hollarda sifatida tasniflanadi. Umuman, juda tez-tez va tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari bo‘yicha, kam va juda kami esa - spontan xabarlari bo‘yicha aniqlanadi.
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, bronxospazm, arterial gipotenziya va kollaps.
Metabolizm va moddalar almashinuvi tomonidan
Kam hollarda - gipokaliyemiya. Potentsial og‘ir gipokaliyemiya β2-agonistlar bilan davolashning natijasi bo‘lishi mumkin;
Uchrash tezligi noma'lum – laktoatsidoz («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Nevrologik buzilishlar
Tez-tez - tremor, bosh og‘rig‘i;
Juda kam hollarda - o‘ta yuqori faollik.
Kardial buzilishlar
Tez-tez - taxikardiya;
Tez-tez emas - yurakni kuchli urishi;
Juda kam hollarda - yurak ritmini buzilishi, shu jumladan qorinchalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliya.
Uchrash tezligi noma'lum - miorkard ishemiyasi ( «maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Bu ma'lumotlar spontan bo‘lgani uchun, qayd qilingandan keyingi uchrash tezligi aniqlanmagan.
Qon-tomirlar tomonidan.
Kam hollarda periferik vazodilyatatsiya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan
Juda kam hollarda - paradoksal bronxospazm.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan
Tez-tez emas - og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatini ta'sirlanishi.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi apparati tomonidan.
Tez-tez emas - mushak tirishishlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezdagi preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Garchi salbutamol vena ichiga in'ektsiyalar uchun eritma shaklida va ba'zida tabletkalar va shamchalar shaklida muddatidan avval tug‘ruqlarda qo‘llansa ham, salbutamol ingalayatsiya uchun aerozol shaklida bu ko‘rsatmalarda qo‘llanilmaydi. Salbutamol bola tashlash xavfida qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salbutamol propranolol kabi noselektiv β-adrenoblokatorlar bilan birga buyurilmaydi. Salbutamolni monoaminooksidazasini ingibitorlari bilan davolanayotgan bemorlarga buyurish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nebutamolni og‘iz orqali ingalyatsiya usuli bilan ishlatish kerak va in'ektsiya yo‘li bilan yuborish yoki yutish mumkin emas.
Bronxial astmani davolash bosqichma-bosqich dasturga muvofiq o‘tkazilishi, patsiyentning holatini funktsional o‘pka sinamalari yordamida klinik baholash kerak.
Qisqa ta'sir qiluvchi ingalyatsion β2-agonistlarni ishlatish tez-tezligini oshishi, bronxial astma ustidan nazoratni yomonlashishi haqida dalolat beradi. Bunday holat bemorni davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bronxial astmani to‘satdan va rivojlanib boruvchi og‘irlashishi bemor hayoti uchun xavfli holat hisoblanadi, u kortikosteroidlarni qo‘llashni boshlash yoki ko‘paytirishiga muhtojdir. Xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda, nafas chiqarishni maksimal tezligini nazoratini har kuni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Nebutamol preparati bilan uyda davolanayotgan bemorlarni quyidagilar haqida ogohlantirib qo‘yish kerak agar qachon preparatning samarali dozasi bilan davolanish yengillik keltirmasa yoki bu yengillikning davomiyligi kamaysa, shifokorga murojaat qilish, preparatning dozasini yoki uni qo‘llash tez-tezligini mustaqil oshirmaslik kerak.
Boshqa simpatomimetiklarning katta dozalarini olayotgan bemorlarni davolash uchun Nebumatol ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Simpatomimetiklarni, shu jumladan salbutamolni qo‘llash, yurak-qon tomir tizimiga ta'sir qiladi. Postlitsenzion qo‘llash ma'lumotlari va adabiyotlarda chop etilgan ma'lumotlar bo‘yicha, salbutamolni qo‘llash bilan assotsiatsiyalangan miokard ishemiyasini paydo bo‘lishini kam hollari haqida dalillar mavjud. Yurak kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan va salbutamol bilan davolanayotgan patsiyentlar, ko‘krakda og‘riqlar yoki yurak kasalligini zo‘rayishidan dalolat beruvchi boshqa simptomlar paydo bo‘lgan hollarda, tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Diqqatni bo‘g‘ilish va ko‘krak og‘rig‘i kabi simptomlarni baholashga qaratish kerak, ular ham yurak kasalligini, ham nafas tizimi kasalliklarining oqibati bo‘lishi mumkin.
Tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarga salbutamol ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Bir dozali konteynelarda salbutamol va ipratropium bromidining majmuasi bilan patsinetlarni davolashda, ba'zida o‘tkir yopiq burchakli glaukomani rivojlanishi hollari kuzatilgan. Shuning uchun salbutamol majmuasini bir dozali konteynerlarda antixolinergik preparatlar bilan nebulizatsiya yo‘li bilan yuborilganda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bemorlar preparatni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalarini olishlari va purkalgan aerozolni ko‘zga tushishidan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
β2-agonistlari bilan davolash oqibatida og‘ir gipokaliyemiya yuz berishi mumkin; asosan bu parenteral shakllar yoki nebulayzer qo‘llanganida kuzatiladi. O‘tkir og‘ir bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga alohida e'tibor beriladi, chunki gipokaliyemiya ksantin derivatlari, steroidlar va diuretiklarni yo‘ldosh qo‘llanishi va gipoksiya tasirida potentsiyalanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qon zardobidagi kaliyning darajasini tekshirish tavsiya etiladi.
β-adrenoretseptorlarning boshqa agonistlari kabi, Nebutamol ham teskari metabolik o‘zgarishlarga, masalan, qon zardobida qand miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda bunday o‘zgarishlarni hamma vaqt ham kompensatsiya qilib bo‘lmaydi, shuning uchun bunday bemorlarda ketoatsedozni rivojlanishi haqida alohida xabarlar bor. Bir vaqtda kortikosteroidlarni qo‘llash, bu holatni kuchaytirishi mumkin.
Juda kam hollarda zo‘rayish bosqichidagi bronxial astmasi bo‘lgan, vena ichiga yoki nebulayzer orqali qo‘llangan salbutamolning yuqori dozalari bilan davolangan bemorlarda, laktoatsidozni rivojlanish hollari haqida xabar berilgan. Qonda laktatning darajasini oshishi, bo‘g‘ilish va o‘pkaning kompensator giperventilyatsiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu astmaga qarshi davolashning samaradorligi yetarli emasligi sifatida xato baholanishi va, o‘z navbatida qisqa ta'sir qiluvchi beta-agonistlar bilan davolashni noo‘rin jadallashtirilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarda qon zardobida laktatning darajasini va, muvofiq holda, ularda metabolik atsidoz mavjudligini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Salbutamol homiladorlik vaqtida faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homilaga mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina buyuriladi.
Qayd qilingandan keyingi tekshiruvlarda homiladorlik davrida salbutamol qabul qilgan onalarning bolalarida yakka hollarda tanglay bitmasligi va qo‘l-oyoqlar defekti kabi turli tug‘ma anomaliyalar haqida ma'lumotlar bo‘lgan. Bu ayollardan ba'zilari homiladorlik davrida boshqa dori vositalari ham qabul qilishgan. Bunday anomaliyalarning yuzaga kelish sabablarini salbutamolni qo‘llash bilan bog‘liqligini bir xilligi aniqlanmagan.
Salbutamol ko‘krak sutiga chiqarilishi mumkinligi tufayli, ona uchun kutilayotgan foyda, bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan vaziyatlardan tashqari, laktatsiya davrida uni buyurish tavsiya etilmaydi. Ko‘krak sutidagi salbutamolni bolaga zararlita'siri bor-yo‘qligi noma'lum.
Bolalar.
Nebutamol bolalarda 4 yoshdan boshlab tavsiya etiladi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'siri (tremor) paydo bo‘lgan hollarda, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashni cheklash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Nebutamolning dozasini oshirib yuborilishining eng tarqalgan belgilari va simptomlari, β2-agonistlar bilan farmakologik β2-agonistlar bilan induktsiyalangan tranzitor o‘zgarishlar, masalan taxikardiya, tremor,giperfaollik va gipokaliyemiyani o‘z ichiga oluvchi metabolik o‘zgarishlar hisoblanadi («
Maxsus ko‘rsatmalar
» va «Nojo‘ya ta'sirlari» bo‘limiga qarang).
Salbutamolning dozasini oshirib yuborilishi natijasida gipokaliyemiya paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun qon zardobida kaliyning darajasini tekshirish kerak.Kisqa ta'sir qiluvchi β2-agonistlarni yuqori terapevtik dozadaqo‘llash yoki dozani oshirib yuborilganda laktoatsidoz haqida ma'lumotlar bor, shuning uchun qon zardobida laktat miqdorini tekshirib turish zarur.
Bronxospazm simptomlari kamayganligiga qaramasdan, asosan nafas tezlashgan yoki turg‘un hollarida metabolik atsidozni nazorat qilib turish zarur.
Chiqarilish shakli
2 ml dan bir dozali konteynerlarda. 10 bir dozali konteynerlar polimer plyonkali paketchalarda, 1 paketcha yoki 4 paketchadan karton kutilarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Muzlashga va to‘g‘ri quyosh nurlarining ta'siriga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Polimer plyonka paket ochilganidan keyin - 3 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Yuriya-Farm” MChJ
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili
Ukraina, 18030, Cherkassi sh., Kobzarskaya ko‘ch., 108.
Tel.+38 (044) 281-01-01.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Yuriya-Farm» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus kucha 71 uy.
Tel. 78 150 71 00.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.