Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Сальбутамол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Биннофарм ЗАО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Ingalyatsiya uchun aerozol
Salbutamol aerozol 100mkg/200 doz haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Salbutamol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) salbutamol
Dori shakli
ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol.
Tarkibi
1 doza preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,1208 mg salbutamol sulfati (100% moddaga qayta hisoblanganda) (1,1 mg salbutamolga ekvivalent),
yordamchi moddalar 0,0625 mg oleil spirti, 2,02 mg etanol (rektifikatlangan etil spirti), 56,91 mg propellent R 134a (1,1,1,2-tetraftoretan, HFA 134a). Preparat xlorftoruglerod propellentlarini saqlamaydi.
1 ballon preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,029 g salbutamol sulfati (100% moddaga qayta hisoblanganda) (0,024 g salbutamolga ekvivalent),
yordamchi moddalar 0,015 g oleil spirti, 0,485 g etanol (rektifiklangan etil spirti), 13,659 g propellent R 134a (1,1,1,2-tetraftoretan, HFA 134a) (12,00 ml gacha). Preparat xlorftoruglerod propellentlarini saqlamaydi.
Tarifi himoya qalpoqchali ingalyator-uchlik bilan ta'minlangan, dozalovchi klapan bilan alyumin ballonda bosim ostidagi oq yoki deyarli oq suspenziya ko‘rinishidagi preparat; preparat ballondan chiqishida aerozol-oqimi ko‘rinishida purkaladi.
Farmakoterapevtik guruhi
bronxlarni kengaytiruvchi selektiv β2-adrenomimetik vosita.
ATX kodi R03AS02.
Farmakologik xususiyatlari
Salbutamol β2-adrenoretseptorlarining selektiv agonisti hisoblanadi. Terapevtik dozalarda bronxlar silliq mushaklarining β2-adrenoretseptorlariga ta'sir ko‘rsatadi, miokardning β1-retseptorlariga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Bronxlarning spazmlarini oldini olib yoki bartaraf etib, yaqqol bronxolitik samara ko‘rsatadi, nafas yo‘llarining qarshiligini pasaytiradi. O‘pkaning hayotiy sig‘imini oshiradi.
Tavsiya etilgan terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, arterial bosimni oshishini chaqirmaydi. Shu guruh dori vositalariga nisbatan, kamroq darajada musbat xrono- va inotrop ta'sir ko‘rsatadi. Koronar arteriyalarni kengayishini chaqiradi. Qator metabolik samaralarga ega plazmada kaliyning kontsentratsiyasini pasaytiradi, glikogenoliz va insulinni chiqarilishiga ta'sir qiladi, giperglikemik samara (ayniqsa bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda) va lipolitik samara ko‘rsatadi, atsidozni rivojlanish xavfini oshiradi.
Ingalyatsion shakli qo‘llanilganidan keyin ta'siri tez rivojlanadi, samarasi - 5 minut o‘tgach boshlanadi, maksimumiga - 30-90 minut dan keyin (maksimal samarasining 75% ga 5 minut davomida erishiladi) erishiladi, davomiyligi - 4-6 soatni tashkil qiladi.
Farmakokinetikasi
Ingalyatsion yuborilganidan keyin salbutamolning dozasini 10-20% quyi nafas yo‘llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki xalqumning shilliq qavatida qoladi va keyin yutib yuboriladi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatida qolgan qismi o‘pka to‘qimasiga va qonga so‘riladi, lekin o‘pkada metabolizmga uchramaydi.
Salbutamolning plazmada oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Salbutamol jigarda metabolizmga uchramaydi va asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda va fenol sulfati shaklida chiqariladi. Ingalyatsion qo‘llanganida yutib yuborilgan preparatni qismi me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va jigardan “birinchi o‘tishida” faol metabolizmga uchraydi va fenol sulfatiga aylanadi. O‘zgarmagan salbutamol va kon'yugat asosan siydik bilan chiqariladi.
Salbutamolning yarim chiqarilish davri - 4-6 soat. Buyrak orqali qisman o‘zgarmagan holda va qisman 4'-O-sulfatning nofaol metaboliti (fenolsulfat) holida chiqariladi. Ko‘p bo‘lmagan qismi safro bilan (4%), ahlat bilan chiqariladi. Salbutamolning dozasini katta qismi 72 soat davomida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
1. Bronxial astma
-bronxial astma xurujlarini bartaraf etish, shu jumladan og‘ir kechuvchi bronxial astmasi zo‘rayishida;
-allergen ta'siri bilan bog‘liq yoki jismoniy zo‘riqish oqibatida yuz bergan bronxospazm hurujlarini oldini olish;
-bronxial astmaning uzoq muddatli turuvchi terapiyasida komponentlardan biri sifatida qo‘llaniladi.
2. Nafas yo‘llarining qaytar obstruktsiyasi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliga (O‘SOK), surunkali bronxit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Salbutamol ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol 100 mkg/doza faqat ingalyatsion yuborish uchun mo‘ljallangan.
Preparatning dozasini yoki qo‘llash tez-tezligini oshirish masalasini faqat shifokor hal qilishi mumkin.
Preparatni sutkada 4 martadan ko‘p qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni maksimal dozalarda tez-tez qo‘llashga ehtiyoj yoki dozani to‘satdan oshirib yuborilishi kasallikni kechishini og‘irlashganidan dalolat beradi.
Kattalar (shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar).
Majmuaviy tarkibidagi davolashda bronxial astma va O‘SOK da davomli tutib turuvchi davolash tavsiya qilingan doza sutkada 4 marta 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi. Bronxospazm xurujini bartaraf etish tavsiya qilingan doza 100-200 mkg
(1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergenning ta'siri bilan bog‘liq yoki jismoniy zo‘riqish oqibatida yuz bergan bronxospazm xurujini oldini olish tavsiya qilingan doza 200 mkg (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi va qo‘zg‘atuvchi omilning ta'siridan 10-15 min oldin buyuriladi.
Bolalar.
Majmuaviy tarkibdagi davolashda bronxial astma va O‘SOK da davomli tutib turuvchi davolash tavsiya qilingan doza sutkada 4 marta 200 mkg gacha (2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi.
Allergenning ta'siri bilan bog‘liq yoki jismoniy zo‘riqish oqibatida yuz bergan bronxospazm xurujini oldini olish tavsiya qilingan doza 100-200 mkg (1-2 ingalyatsiya) ni tashkil qiladi va qo‘zg‘atuvchi omilning ta'siridan 10-15 min oldin buyuriladi.
Preparatni qo‘llash qoidalari
Birinchi marta qo‘llash uchun tayyorgarlik
Preparatni birinchi marta qo‘llashdan oldin ingalyator-uchlikdan himoya qalpoqchasini yechish kerak. Keyin ballonni vertikal harakatlar bilan yaxshilab chayqatish, ballonni ingalyator-uchligini pastga qaratib aylantirib klapan adekvat ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun havoga ikki marta purkash kerak. Preparatni qo‘llashda bir necha kun davomida tanaffus qilinganda ballon yaxshilab silkitilganidan keyin havoga bir marta purkash kerak.
Qo‘llanilishi
1.Ingalyator-uchlikdan himoya qopqoqchasi ochilsin. Ingalyator-uchlikning ichki va tashki yuzasini tozaligiga ishonch hosil qilish kerak.
2.Ballonni vertikal harakatlar bilan yaxshilab chayqatish kerak.
3.Ballonni ingalyator-uchligini pastga qaratib, ballonni vertikal holatda katta va o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlari orasida, katta barmoqni ingalyator- uchligi tagiga qo‘ygan holda ushlash kerak.
4.Maksimal chuqur nafas chiqarib, keyin ingalyator- uchligini og‘izga tishlar orasiga tishlamasdan joylashtirib va lablar bilan ushlash kerak.
5.Og‘iz orqali nafas olishni boshlab, preparatning dozasini purkash uchun ballonning yuqori qismiga bosish, va shu bilan birga sekin va chuqur nafas olishni davom ettirish kerak.
6.Nafasni tutib turib, ingalyator-uchlikni og‘izdan olish va barmoqni ballonning yuqori qismidan olish kerak. Nafasni imkon boricha uzoqroq tutib turishni davom ettirish kerak.
7.Agar zarurat bo‘lsa, keyingi ingalyatsiyani bajarish kerak. Buning uchun ballonni vertikal holatda ushlab, taxminan 30 sekund kutish kerak. Shundan keyingina ingalyatsiyani yo‘riqnomaning 2-6 punktlarida bayon etilganidek bajarish kerak.
Ingalyator-uchlikni himoya qalpoqchasini yoping.
MUHIM
Harakatlarni, shoshilmasdan 4, 5 va 6 punktlarga muvofiq bajarish kerak. Dozani purkashdan oldin, imkoni boricha nafas olishni sekinroq boshlash muhim. Dastlab bir necha marta preparatni oyna oldida mashq qilinganidan keyin qo‘llash kerak.
Agar og‘izning ikki chekkasidan “bulutcha” paydo bo‘lsa, unda yana 2 punktdan boshlash kerak.
Tozalash
Ingalyator-uchlikni haftada kamida bir marta tozalash kerak.
1.Ingalyator-uchlikdan himoya qalpoqchasini yechish, ballondan esa, ingalyator-uchlikni yechish kerak.
2.Ingalyator-uchlik va himoya qalpoqchasi iliq oqava suvda yaxshilab yuvilsin.
3.Ingalyator-uchlikni va himoya qalpoqchasining ichini va tashqi yuzasini yaxshilab quritish kerak.
4.Ingalyator-uchlikni shtok klapani va ballonga kiydirish, ingalyator-uchlikning ochiq tegishini himoya qalpoqchasi bilan yopish kerak.
Ballon suvga solinmasin!
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000).
Immun tizimi tomonidan kam hollarda - dermatit, juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmasi.
Modda almashinuv jarayonlari tomonidan kam hollarda - gipokaliyemiya.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez –tremor, bosh og‘rig‘i, xavotirlik; kam hollarda - bosh aylanishi, uyquchanlik, charchoq; juda kam hollarda - giperfaollik.
Yurak–qon tomir tizimi tomonidan tez-tez – taxikardiya, yurak urishini his qilish; kam hollarda - teri giperemiyasi bilan periferik qon tomirlarni kengayishi, ko‘krakda dikomfort yoki og‘riq; juda kam hollarda - aritmiya, shu jumladan yurak oldi bo‘lmasining xilpillashi, supraventrikulyar taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimni pasayishi va kollaps.
Nafas tizimi tomonidan kam hollarda - yo‘tal, nafas yo‘llarini ta'sirlanishi; juda kam hollarda - bronxospazm (paradoksal yoki preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik chaqirgan).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda - og‘iz bo‘shlig‘i va xalqum shilliq qavatini qurishi va ta'sirlanishi, ta'm sezishni o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Suyak-mushak tizimi tomonidan kam - mushaklarni tirishishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Taxiaritmiyada, miokarditda, yurak poroklarida, aortal stenozda, yurak ishemik kasalligida, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligida, arterial gipertenziyada, tireotoksikozda, feoxromotsitomada, dekompensatsiyalangan qandli diabetda, glaukomada, tutqanoq xurujlarida, buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, noselektiv β-adrenobloka-torlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, homiladorlikda va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salbutamolni va propranol kabi noselektiv β-adrenoretseptorlarining blokatorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Monoaminooksidaza ingibitorlarini (IMAO) qabul qilayotgan patsiyentlarda salbutamolni qo‘llash mumkin.
Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Teofillin va boshqa ksantinlarni bir vaqtda qo‘llash taxiaritmiya rivojlanish ehtimolini oshiradi; ingalyatsion anasteziya vositalari, levodopa yurak qorinchalari og‘ir aritmiyalarini rivojlanish ehtimolini oshiradi. M-xolinoblokatorlar bilan bosimni bir vaqtda qo‘llash (shu jumladan ingalyatsion) ko‘z ichki bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.
Diuretiklar va glyukokortikosteroidlar salbutamolning gipokaliyemik ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Salbutamol preparatini qo‘llash qoidalari haqida patsiyentlarga maslahat berish kerak. Preparatni to‘g‘ri qo‘llash va yo‘riqnomaga rioya qilish, salbutamolni bronxlarga tushishini ta'minlash uchun zarurdir. Davolashni boshida preparatni tibbiyot hodimi kuzatuvi ostida qo‘llash va keyin oyna oldida mashq qilish kerak.
Boshqa ingalyatsion preparatlari bilan bo‘lgani kabi, ballon muzlatilganida terapevtik samara kamayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin ballon xona haroratigacha isitilishi kerak (ballonni qo‘llar yordamida bir necha minut davomida isitish kerak, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!).
Ballon bosim ostida, shuning uchun ballonni, xatto u bo‘sh bo‘lsa ham qizdirish, sindirish, teshishi yoki yoqish mumkin emas.
Ingalyatsiyadan so‘ng og‘izda noxush xislar va tomoqda og‘riq yuzaga kelsa, og‘izni suv bilan chayqash kerak. Bronxodilatatorlar noturg‘un yoki og‘ir kechuvchi bronxial astmani davolashda yagona asosiy komponent bo‘lmasligi kerak.
Agar preparatning odatdagi dozasining ta'siri kam samarali yoki kam davomli bo‘lsa (preparatning ta'siri 3 soatdan ortiq saqlanishi kerak), patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak. Salbutamolning dozasini yoki qo‘llash tez-tezligini oshirish faqat shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Keyingi dozalarni qabul qilish intervalini faqat kamdan–kam hollarda qisqartirish mumkin va bu qat'iy asoslangan bo‘lishi lozim. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta'sirga ega β2-adrenoretseptorlar agonistlarini ingalyatsiya qilishga ehtiyojni oshishi, kasallik zo‘rayganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda patsiyentni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bronxial astmani zo‘rayishida salbutamolni yuqori dozalarda qo‘llash “rikoshet” sindromini chaqirishi mumkin (har bir keyingi xuruj jadal bo‘lib boradi). Og‘ir bo‘g‘ilish xurujlarida ingalyatsiyalar orasidagi tanaffus 20 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.
Davolashni ahamiyatli uzaytirilishida, hamda birdaniga to‘xtatilishida asoratlar xavfi oshadi. Salbutamolni uzoq vaqt qo‘llash bazis davolash uchun qo‘llaniladigan yallig‘lanishga qarshi preparatlarni birga qo‘llash bilan olib borilishi kerak.
Bronxail astmani to‘satdan va jadallik bilan og‘irlashishi patsiyent hayoti uchun havf solishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni buyurish yoki dozasini oshirishni darxol hal qilish kerak. Bunday patsiyentlarda har kuni nafas chiqarishni yuqori cho‘qqisining monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Salbutamolni tireotoksikozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
β2-adrenoretseptorlarlari agonistlari bilan davolash, ayniqsa ularni parenteral yuborish yoki nebulayzer yordamida qo‘llash gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi, chunki bunday hollarda ksantin hosilalarini, glyukokortikosteroidlarni, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash natijasida, shu jumladan gipoksiya natijasida gipokaliyemiya kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobidagi kaliy darajasini nazorat qilish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilador ayollarda salbutamolni, faqat patsiyentka uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin.
Salbutamolni ko‘krak sutiga kirish ehtimoli inkor etilmagan, shuning uchun uni emizikli ayollarga uni faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holdan tashqari hollarida buyurish tavsiya qilinmaydi. Ko‘krak suti tarkibidagi salbutamol yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Salbutamol tirishishlar va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, dastlabki qabul qilishda transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan voz kechish yoki yuqori ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari juda ko‘p uchraydiganlari gipokaliyemiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, ko‘ngil aynishi, qusish; kamroq uchraydiganlari - qo‘zg‘atuvchanlik, giperglikemiya, respirator alkaloz, gipoksemiya, bosh og‘rig‘i, kam uchraydiganlari -gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, taxiaritmiya, yurak qorinchalarini lipillashi, periferik qon tomirlarni kengayishi. Salbutamolning dozasi oshirib yuborilganida eng yaxshi antidot kardioselektiv β-adrenoretseptorlar hisoblanadi. Biroq β-adrenoretseptorlarining blokatorlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (bronxospazm rivojlanishi xavfi bor).
Salbutamolni yuqori dozalarda qo‘llash gipokaliyemiyani chaqirishi mumkin, shuning uchun dozani oshirib yuborilganligiga shubha tug‘ilganida, qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol 100 mkg/doza. 200 dozadan (12 ml dan) himoyali qalpoqchali ingalyator-uchlik bilan ta'minlangan, dozalovchi germetiklangan klapanli, ichki himoyasi bo‘lgan monoblokli alyumin ballonlarda. Har bir ballon ingalyator-uchlik va himoya qalpoqchasi, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin. Muzlatilmasin.
Isitish tizimidan narida va quyosh nuri tushishidan saqlansin.
Tushib ketishdan va zarbdan himoyalangan.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
tashkilot
“Binnofarm” OAJ.
Manzili Rossiya, 124460, Moskva, Zelenograd, 4-chi Zapadniy proyezd, 3 uy, 1 qur.
Tel/faks (495) 510-32-88
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
Manzili Rossiya, 124460, Moskva, Zelenograd, 4-chi Zapadniy proyezd, 3 uy, 1 qur.
Tel/faks (495) 510-32-88
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.