Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Liverin kap. 0,1g. №24
Nomi | Narx | |||||
Ливерин кап. 0,1г. №24 (230827102##2 191) |
UZS 105 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оксиматрин
Страна производитель
Китай
Дозировка
0,1 г
Производитель
Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Liverin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) oksimatrin
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda oksimatrin – 0,1 g;
yordamchi moddalar beta-tsiklodekstrin, natriy laurilsulfati, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi jelatin, titan dioksidi, natriy laurilsulfati, PEG, ko‘k rangli yaltiroq bo‘yovchi, tartrazin.
Ta'rifi korpusi oq rangli, qopqoqchasi och yashil rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi – oq yoki oqish rangli, hidsiz, achchiq ta'mli granulalar yoki kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor.
ATX kodi A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Oksimatrin – kam uchraydigan tetratsikloxinolizidin alkaloididir. Oksimatrin tulkiquyruq Soforaning faol ingrediyenti bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, allergiyaga qarshi, o‘smalarga qarshi, viruslarga qarshi (V gepatiti virusiga qarshi), fibrozga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, yurak ritmini normallashtiradi, immunitet va oq qon tanachalarining darajasini oshiradi, jigarni himoyalaydi, detumestsentsiya va diurezni yaxshilaydi, biologik javob reaktsiyasini oshiradi.
Farmakodinamika
si
Oksimatrin viruslar replikatsiyasi (ko‘payishi) ni ingibitsiya qiladi, jigar hujayralarining parchalanishini kamaytiradi va jigarni fibrozlanishdan himoya qiladi, shuningdek safroni oqib chiqishiga yordam beradi.
Oksimatrin yurak qisqarishlarini boshqaradi, ko‘pchilik sabablar oqibatida rivojlangan aritmiyalarga qarshi ta'sir qiladi, koronar arteriyalarini kengaytiradi, qon oqimini yaxshilaydi va yurak hujayralariga kislorodni yetib kelishini yaxshilaydi, miokarditni chaqiradigan Koksaki virusiga qarshi ta'sir qiladi. Oksimatrin sitoplazmada erkin Sa2+ ionlarining darajasini oshiradi, shuningdek s-AMF (tsiklik adenozinmonofosfat) ni qisqartiradi, shunday qilib, oksimatrin hujayra membranasiga ta'sir qilish va Sa2+ ionlari hamda s-AMF ning darajasini o‘zgartirish orqali immun tizimiga ta'sir ko‘rsatadi.
Oksimatrin o‘sma hujayralarining o‘sishini bevosita ingibitsiya qiladi.
Oksimatrin terining allergik kasalliklari va infektsiyani davolashda qo‘llanadi, uzluksiz ishlab chiqariladigan keratinotsit hujayralarini susaytiradi, o‘ziga xos tangachalarni ishlab chiqarib, psoriaz bo‘lgan sohalarni kamaytiradi.
Oksimatrin IgE antitelani shakllanishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, biroq taloqning hujayralariga bevosita ta'sir qiladi. Allergenlar tomonidan ahamiyatli darajada chaqirilgan semiz hujayralarning degranulyatsiyasini ingibitsiya qiladi, shu bilan semiz hujayralarning ko‘chib yurishini pasaytirish orqali gistaminni ajralib chiqishini to‘xtatadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng oksimatrin yengil o‘zlashtiriladigan shakli bo‘lgan matringa aylanadi. Preparat me'dada va ingichka ichakda tez so‘riladi. Preparat qabul qilinganidan so‘ng 4 soatdan keyin me'da va ingichka ichak orqali preparatning 94,7% so‘riladi. Preparat asosan o‘t pufagi, buyraklar, jigar, ichak, suyak ko‘migi, taloqqa taqsimlanadi. Matrin qonda barqaror bo‘lib, u jigarda hosil bo‘lmaydi va siydik hamda ahlat bilan 24 soat davomida o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• surunkali virusli gepatit V va S;
• jigar fibrozi va sirrozi;
• oddiy psoriazda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Liverin ichga 2 kapsuladan (0,2 oksimatringa ekvivalent) kuniga uch marta qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozani kuniga uch marta 3 kapsulagacha (0,3 g oksimatringa ekvivalent) oshirish mumkin.
Surunkali virusli gepatit V va S, davolash kursi 24 haftani, jigar fibrozi va sirrozini davolash kursi 52 haftani tashkil etadi.
Oddiy psoriazda davolash kursi 1 oyni tashkil etadi.
To‘liq davolash kursi tugaganidan so‘ng patsiyentning holatini nazorat qilish va davolashni davom ettirish zaruriyatini hal qilish maqsadida mutaxassis ko‘ruvidan o‘tish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Liverin kapsulalar odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi past. Ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda achchiqlik hissi, diareya, qorinning yuqori qismida diskomfort va og‘riq bo‘lishi mumkin. Kam hollarda teri toshmasi, ko‘krakda siqilish va qizib ketish rivojlanadi, ular qo‘shimcha davolashsiz o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Liverin kapsulalarni oksimatrin va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Liverin, IFN alfa-2b va ribavirinni birga qo‘llash preparatlarning ta'sirini o‘zaro kuchaytiradi va nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini pasaytiradi (viruslarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi, nekrozni kamaytiradi va gepatotsitlarni tiklanishini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishni pasaytiradi, immunitetni boshqaradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Liverin kapsulalarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Liverin kapsulalarni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Liverin kapsulalarni ayollarga laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bolalar
Bolalarda muvofiq qat'iy nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak.
Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish hususiyati
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Liverin kapsulalar yuqori dozalarda qabul qilinganida o‘ziga xos fizikaviy belgilar va klinik simptomlar rivojlanmagan, ovqat hazm qilish yo‘llari faoliyatini biroz buzilishi me'da diskomfort, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat bo‘lishi mumkin. Liverin kapsulalarni yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlar sinchkov kuzatuvda bo‘lishlari kerak.
Chiqarilish shakli
12 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Berish tartibi
Retsept buyicha
Ishlab chiqaruvchi
Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd., XXR
Manzili Jiangsu provintsiyasi, Lianyungang shahri,
Haizhou iqtisodiy rivojlanish zonasi, Yuzhou South ko‘ch., 369.
O‘rta Osiyodagi rasmiy distribyutor
«Mu Lin Sen» MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A
http//mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.