Mastopatiya nima va uni qanday davolash mumkin?
Mastopatiyaga qarshi preparatlar - ayollar ginekologik kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari guruhi.
Mastopatiya deb ko’krak bezlari to‘qimasida xavfli o‘simtalarga aylanishi mumkin bo‘lgan xavfsiz o‘simtalar aytiladi. Kasallikning og‘irligi va yo‘ldosh tashhislarga qarab, optimal davolash usuli tanlanadi. O‘smalarning diffuz shakllarida medikamentoz terapiya o‘tkazish mumkin, tugunlilarida esa jarrohlik amaliyoti talab qilinadi.
Mastopatiyaga qarshi qanday dorilar mavjud?
Ginekologiya endokrin tizim bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli, fibroz-kistoz mastopatiyani davolash gormonal preparatlar bilan amalga oshiriladi. Ular mavjud patologiyalar, boshqa o‘simtalar va o‘zga omillardan kelib chiqqan holda alohida tanlanadi. Mastopatiyani davolash uchun gormonal preparatlar ro‘yxati antiestrogenlar, gonadotropinlar va gestagenlardan iborat.-
Antiestrogenlar qondagi estrogen miqdorini kamaytiradi.
-
Gonadotropinlar bepushtlikni davolaydigan preparatlar bo‘lib, gormonal holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, gipofiz funksiyasini bloklaydi va ortiqcha gormonlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
-
Gestagenlar ko’krak bezlarining sog‘lom ishlashini tiklash uchun juda zarur bo‘lgan progesteronni o‘z ichiga oladi.
Ayollarda ko’krak bezi mastopatiyasini davolash uchun dori vositalari dori ta’sirini kuchaytirish uchun nogormonal vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Mastopatiyaga qarshi gormonal bo‘lmagan dorilarga antibiotiklar va vitaminli komplekslar kiradi. Antibiotiklar ko’krak bezlari to‘qimalarida jarohat yoki infektsiya sababli yuzaga kelgan yallig‘lanish tufayli chiqqan o‘smalarda qo‘llaniladi.
Mastopatiyaga qarshi tabletkalar ushbu kasallikni davolashda o‘zining samaradorligini isbotladi. Ammo ayollar mastopatiya va ko’krak bezlarining boshqa kasalliklarini oldini olishga ham e’tibor berishlari kerak. Buning uchun sog‘lom turmush tarzini olib borish, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam ravishda mammolog ko‘rigidan o‘tish zarur.
Mastopatiyani davolash uchun Toshkentda dori-vositalarni sotib olish
"PharmaClick.uz" saytida mastopatiyaga qarshi vositalarni unumli narxda xarid qilishingiz mumkin. Bizning internet-dorixonamiz sizga mastopatiyada qo’llaniladigan dori-vositalarini o‘zingizga qulay vaqtda olish uchun shahar bo‘ylab tezkor buyurtma berish yoki dorilarni band qilishni taklif qiladi. Sayt bo‘ylab navigatsiya qidiruvidan foydalaning va o‘zingiz uchun kerakli dorilarni toping. Biz buyurtmalarni nafaqat Toshkent bo‘ylab, balki O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.