Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Прогестерон
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
ПАО «Химфармзавод «Красная звезда»
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Gel
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Projestin-KR
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) progesteron
Dori shakli
gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 10 mg progesteron (quruq moddaga qayta hisoblanganda);
Yordamchi moddalar polietilenoksid, glitserin, 96% etanol, karbomer, trietanolamin, polietoksillangan, gidroksillangan kanakunjut moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz yoki kuchsiz sarg‘ish tusli, o‘ziga xos hidli gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Jinsiy bezlarning gormonlari va jinsiy a'zolar patologiyasida qo‘llanadigan preparatlar. Progesteron.
ATX kodi G03DA04.
Farmakologik xususiyatlari
Progesteron sariq tananing gormoni hisoblanadi. Sut bezlari to‘qimalarida progesteron kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va biriktiruvchi to‘qimali stromaning siklik shishining jadalligini kamaytiradi, sut chiqarish yo‘llari epiteliysining proliferatsiyasi va mitotik faolligini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Teriga surtilganda qo‘llanilgan dozaning taxminan 10% so‘riladi. Qon aylanish tizimiga tushmaydi, teri va sut bezlari to‘qimalarida metabolizmga uchraydi. Tizimli ta'siri yo‘q yoki ahamiyatsizdir.
Qo‘llanilishi
Progesteron yetishmovchiligi fonidagi mastodiniyalar va xavfsiz mastopatiyalarni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Aplikatorning bir dozasi (2,5 g gel) sutkada 1 marta har bir sut bezining yuzasiga surtiladi va to‘liq singunigacha ishqalanadi. Davolash kursining davomiyligi – kamida 3 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ushbu qo‘llash usulida preparatning klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan doza oshirilmasin.
Gelni tozalangan, quruq teriga surtish kerak. Hayz siklining kunidan qat'iy nazar qo‘llanadi. Preparat surtilgandan keyin to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlaridan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning II-III uch oyligida yoki emizishda preparatni, faqat preparatni qo‘llashdan ona uchun kutilgan foydasi homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tizimli so‘rilishi pastligi sababli dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
40 g dan gel shpatel-dozator bilan tubada.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
«Ximfarmzavod «Krasnaya zvezda» JAJ
61010, Ukraina, Xarkov sh., Gordiyenkovskaya ko‘ch., 1.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.