Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Клобетазол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Polsha
Производитель
Валеант
Chiqarilish shakli
Крем
Kloveyt 0,05% 25gr krem haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Telefon/faks
Preparatning savdo nomi
Kloveyt
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) klobetazol propionati (clobetasol propionate)
Dori shakli
krem
Tarkibi
1 g kremda quyidagilar saqlanadi
Faol moddalar klobetazol propionati 0,5 mg
Yordamchi moddalar propilenli glikol, dinatriy versenati, xlorkrezol, suyuq parafin, oq vazelin, glitserin monostearati, setosteril spirti, polisorbit 40, dekan va oktan kislotalarining triglitseridlari, kolloid kremniy dioksidi, natriy sitrati, limon kislotasi, tozalangan suv 1,0 g gacha.
Ta'rifi oq, bir xil massa.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.
ATX kodi D07AD01.
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy qo‘llash uchun preparat.
Klobetazol propionati terida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan eng kuchli sintetik glyukokortikosteroiddir. Juda kuchli yallig‘lanishga, qichishishga, allergiyaga qarshi va qon-tomirni toraytiruvchi ta'sirga ega. Mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri tufayli, ekssudativ reaktsiyalar yuz berishini kamaytiradi. Teri orqali organizmga oson kiradi. Asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Organizmdan glyukuron kislotasi bilan birikkan holda, ko‘p bo‘lmagan miqdori esa o‘zgarmagan holda siydik bilan va kamroq miqdorda safro bilan chiqariladi. Klobetazol propionatni terining burmalar sohasidagi nozik terida, epidermisi shikastlangan terida yoki yallig‘lanish jarayoni bilan shikastlangan terida qo‘llanganida uning so‘rilishi oshadi. Bundan tashqari, so‘rilishi dori vositasi tez-tez qo‘llanganida yoki terini katta yuzalarida qo‘llanganidan keyin oshadi. Klobetazol propionatni teri orqali so‘rilishi kichik yoshdagi shaxslarda, kattalarga qaraganda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Krem ko‘rinishidagi Kloveyt glyukokortikosteroidlar bilan davolab bo‘ladigan va kuchli qichishish yoki ortiqcha keratoz bilan kechuvchi, kuchsizroq glyukokortikosteroidlar bilan davolash samarasiz bo‘lgan hollarda terining o‘tkir va og‘ir, infektsiyalanmagan, xo‘llanadigan yallig‘lanish kasalliklarini qisqa muddatli mahalliy davolash uchun qo‘llanadi. Kloveyt seboreyali dermatitda, kontakt ekzemada, cho‘zilib ketgan psoriazda, eritematoz temiratkida, qizil diskoid yugurikda, jadal qichishish yassi temiratkida, impedigenoz ekzemada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy ravishda kremni ko‘p bo‘lmagan miqdori terining shikastlangan yuzasiga yengil surtiladi, kuniga 1-2 marta. Okklyuzion bog‘lov ostiga krem qo‘llash mumkin emas. Davolashni tanaffussiz 2 haftadan ortiq o‘tkazish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xusnbuzar, steroid purpura, epidermis o‘sishini susayishi, teri osti kletchatkasini atrofiyasi, terini quruqligi, gipertrixoz yoki sochni to‘kilishi, terini gipo- yoki depismentatsiyasi yoki giperpigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va striyalar, teleangiektaziyalar, prioral dermatit, soch follikulalarini yallig‘lanishi, atrofik izlar, ikkilamchi infektsiya paydo bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda eshakemi yoki dog‘li papulyoz toshma paydo bo‘lishi, hamda mavjud bo‘lgan patologik o‘zgarishlar kuchayishi mumkin. Ko‘z-qovoqlari terisiga mahalliy qo‘llanganida, preparat ba'zida glaukoma yoki katarakta rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kloveyt kremini terining bakterial, virusli va zamburug‘li infektsiyalarida, qizg‘ish va oddiy xusnbuzarlarda, perioral dermatitda (dermatitis perioralis), vaktsinoprofilaktikadan keyin va klobetazol propionatiga yoki boshqa glyukokortikosteroidlarga nisbatan tasdiqlangan yuqori sezuvchanlik bo‘lgan holda va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.
Kloveyt preparatini homilador ayollarda va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Teri o‘zgarishlarini glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida, ayniqsa terining katta yuzalariga mahalliy qo‘llanganida, chechakka qarshi vaktsinatsiya o‘tkazmaslik kerak. Antitelolar hosil bo‘lishi ko‘rinishidagi yetarlicha kuchli bo‘lmagan immunologik javob paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida immunizatsiyani boshqa turlarini ham o‘tkazish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash kerak.
Krem teriga surtilganidan keyin terini namligini va haroratini oshishiga yordam beruvchi bintli bog‘lov yoki kleyonka bog‘lov qo‘yish mumkin emas.
Dori vositasi faqat shifokor tomonidan ko‘rsatilgan kasalliklarda qo‘llanilishi kerak.
Uzoq muddat tananing katta yuzalarida qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligi va shishlar, gipertenziya paydo bo‘lishi, qonda glyukoza miqdorini oshishi, organizmning rezistentligini kamayish xavfi ortadi.
Krem qo‘llangan joyda infektsiya rivojlanganida, shifokor qo‘shimcha antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni qo‘llashi mumkin. Agar infektsiya belgilari o‘tib ketmasa infektsiya to‘liq davolangunicha Kloveyt kremini qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Shifokor ko‘rsatmasisiz yuz terisiga qo‘llanmasin. Agar shifokor yuz terisiga qo‘llashni buyurgan bo‘lsa, uni ko‘rsatmasiga juda qat'iy rioya qilish kerak, chunki so‘rilishini yuqoriligi va mayda qon tomirlarini uzoq muddatli kengayishi ko‘rinishidagi (teleangiektaziya) preparatning nojo‘ya ta'sirlarini paydo bo‘lishini katta ehtimoli tufayli, hattoki qisqa muddat davomida qo‘llanganida ham lablar sohasida teri osti kletchatkasining atrofiyasi bo‘lishi mumkin. Shuningdek preparat kasallik belgilarini kuchayish xavfi tufayli, ko‘z-qovoqlari terisiga yoki torburchakli yoki kengburchakli glaukomasi, hamda kataraktasi bo‘lgan shaxslarni qovoqlari sohasi terisiga juda katta ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Teri osti kletchatkasini atrofik holatlari bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni qo‘llash vaqtida qandaydir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lgan hollarda, darhol shifokorga bu haqida xabar berish kerak. Kremni shifokor ko‘rsatganidan ko‘proq muddat qo‘llash mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
KLOVEYT preparatini homilador ayollarda va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va harakatdagi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasi ruxiy-jismoniy ishlash qobiliyatini, transport vositalarini boshqarish va harakatdagi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini cheklamaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Terining katta yuzasida uzoq muddat qo‘llanganidan keyin kuzatilishi mumkin va organizmning rezistentligini kamayishi, gipertenziya, shishlar shaklida paydo bo‘lishi mumkin. Preparat bekor qilinganidan keyin dozani oshirib yuborilishi simptomlari o‘tib ketadi.
Chiqarilish shakli
Tubalar 25 g dan.
Saqlash sharoiti
Preparat 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«VALEANT» MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shabolovka ko‘ch., 31 uy, 5 str.
Telefon/faks
+ 7 495 510 28 79.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.