Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oksikort 10g mazi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрокортизон, окситетрациклин
Страна производитель
Польша
Производитель
Валеант,OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Oksikort
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi.
ta'sir etuvchi modda 30,0 mg oksitetratsiklin gidroxloridi, 10,0 mg gidrokortizon atsetati,
yordamchi moddalar oq vazelin 1,0 g gacha.
Ta'rifi bir xil, sariq rangli, yog‘li massa
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotiklar bilan majmuadagi glyukokortikosteroidlar. Antibiotiklar bilan majmuadagi gidrokortizon.
ATX kodi D07CF01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Oksikort - ikkita ta'sir etuvchi modda oksitetratsiklin va gidrokortizon saqlaydigan majmuaviy preparatdir.
Oksitetratsiklin – tetratsiklinlar guruhiga mansub antibiotik. Ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan bakteriostatik faollikni namoyon etadi.
Gidrokortizon – kortikosteroid hisoblanadi. Yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi ta'siriga ega, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Oksikort preparati terining yallig‘lanish joyidagi tetratsiklinga sezgir bakteriyalarga ta'sir etadi, shuningdek mahalliy yallig‘lanish jarayonlarini cheklaydi, eritema va qichishishni kamaytiradi.
Tarkibi
da gidrokortizon bo‘lgani uchun, preparat hujayra, subhujayra, shu jumladan lizosomal membranalarni barqarorlashtiradi. Lizosomalardan proteolitik fermentlarni ajralib chiqishini kamaytiradi, eozinofillardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini kamaytiradi, semiz hujayralar sonini kamaytiradi va membranalarini barqarorlashtiradi. Alteratsiya fazasini tormozlaydi va hujayrada yallig‘lanish infiltratlarini kamaytiradi, leykotsitlar va limfatsitlarning yallig‘lanish o‘chog‘iga migratsiyasini pasaytiradi. Immunoglobulinlarni hujayralar yuzasidagi retseptorlari bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfotsitlarda va makrofaglarda sitokinlar (interleykinlar va interferonlar) sintezi yoki ajralib chiqishini tormozlaydi. Araxidon kislotasini fosfolipidlardan ajralib chiqishini va uning metabolitlari (prostaglandinlar, leykotrinlar, trombaksan) sintezini kamaytiradi. Natijada shikastlanish o‘chog‘ida giperemiya va ekssudatsiya kamayadi.
Ilk immunologik javob yaqqolligini kamaytiradi. Immunologik komplekslarni hujayra membranalari orqali kirib borishiga to‘sqinlik qiladi va komplement komponentlari va immunoglobulinlar kontsentratsiyasini kamaytiradi. Steroid retseptorlarni rag‘batlantirib, shishga qarshi faollikka ega bo‘lgan gipokortinlarni hosil bo‘lishini induktsiya qiladi.
Glikoneogenezni kuchaytiradi, to‘qimalarda glyukozaning utilizatsiyasini pasaytiradi va katabolik jarayonlarni faollashtiradi. Davolovchi dozalarda deyarli tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Oksikort surtmasi teriga surtilganidan keyin, faol komponentlar epidermisda (asosan donali qavatida) to‘planadi.
Oksitetratsiklin teriga mahalliy surtilganda amalda so‘rilmaydi va tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi.
Gidrokortizon epidermisiga o‘tadi, kam miqdorda so‘rilib, tizimli ta'sir etishi mumkin. Gidrokortizonni teridan so‘rilishi tez-tez qo‘llanganida, terining katta yuzalarida ishlatilganda, yuz terisiga yoki teri burmalari sohalariga qo‘llanganida, shuningdek namlik va mahalliy haroratni oshiradigan okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida ortadi.
Gidrokortizonni teridagi, qo‘llangan joydagi kumulyatsiyasi preparat tez-tez qo‘llanganida oshadi. Gidrokortizon bevosita epidermisda metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin umumiy qon oqimiga tushadi - jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Metabolit ko‘rinishida va oz miqdorda o‘zgarmagan holda siydik orqali va oz miqdorda safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-surunkali piodermiyalar (streptokokkli, stafilakokkli va aralash)
-teri allergik kasalliklarining yiringli asoratlari
-allergik dermatit
-ekzema, kontaktli dermatit
-oddiy va pufakchali impetigo
-bakterial infektsiya bilan asoratlangan bichilishlar
-furunkullar, furunkulyoz, ko‘p miqdordagi abstsesslar
-eshakemi, hashoratlar chaqishi, strofulyusda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oksikort preparatini shifokor tavsiyasiga muvofiq qo‘llash kerak. Surtma terining shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib, sutka davomida 2-3 marta surtiladi. Surtmani okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash mumkin emas. Odatda davolash 1-2 hafta davom etadi. Yuz terisiga 1 haftadan ortiq qo‘llanmasin.
Nojo‘ya ta'sirlari
-preparat applikatsiya qilingan joyda achishish, qichishish, ta'sirlanish, terini haddan tashqari qurib ketishi, terining atrofik o‘zgarishlari, kontaktli dermatit, lab atrofidagi terini yallig‘lanishi, teri matseratsiyasi, aknega o‘xshash toshmalar, dermektaziyalar, issiqlik toshishi, toshmalar, gipotrixoz, teri depigmentatsiyasi, ikkilamchi teri infektsiyalari va follikulit.
-preparat uzoq vaqt qo‘llanganida va (yoki) terining katta sohalarida qo‘llanganida, gidrokortizon qonga o‘tishi mumkin va kortikosteroidlar uchun tipik simptomlarini, shu jumladan buyrak usti bezini faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
-preparatni uzoq vaqt yuz terisiga qo‘llash teri atrofiyasiga va qon tomirlarini kengayishiga olib kelishi mumkin.
-preparat tarkibida saqlanuvchi oksitetratsiklin terini mahalliy ta'sirlanishini, allergik reaktsiyalar, yorug‘likka nisbatan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va (yoki) achitqilar yoki bakteriyalarning chidamli shtammlarini o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Oksikort preparatini qo‘llash vaqtida ayrim patsiyentlarda boshqa nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-oksitetratsiklin, gidrokortizon yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
-teri tuberkulyozi
-teri o‘smalari, terining rak oldi holatlari
-terining bakterial, zamburug‘li, virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak)
-akne
-perioral (og‘iz atrofi) dermatit
-profilaktik emlashlar davri
-homiladorlik va laktatsiya davrida
-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar sirtga qo‘llanganida o‘zaro ta'sir holatlari ma'lum emas.
Immunologik tanqisligi kelib chiqishi xavfi tufayli, preparat bilan davolash paytida chechakka qarshi emlash va immunizatsiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emas. Glyukokortikosteroidlar qatoriga mansub ikki va undan ortiq dori vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparat immunosupressiv dori vositalari ta'sirini kuchaytirishi va immunrag‘batlantiruvchi dori vositalarining ta'sirini kuchsizlantirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, faqat terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ta'sirlanish simptomlari kelib chiqqanda davolash to‘xtatish kerak.
Preparatning yaralar, shilliq qavatlar bilan kontaktiga, shu jumladan ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, agar ko‘zga tushsa, xona haroratidagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak.
Glaukoma yoki katarakta yuz berishi xavfi tufayli, ko‘z atrofiga qo‘llanilmasin.
Preparatni uzoq vaqt (to‘xtovsiz 2 haftadan ortiq) qo‘llanilishidan yoki uni terining katta yuzalarida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Agar 7 kun qo‘llanilgandan keyin yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Yuz terisiga, qo‘ltiq ostida, chovda, preparatni bu sohalarda kuchli so‘rilishi oqibatidagi dermatitlarni yuz berishidan saqlanish uchun, surtmani faqat o‘tkir zarurat tug‘ilgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparat okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llanilmasin. Okklyuziv bog‘lovni qo‘llash preparatning teridan qonga o‘tishini kuchaytiradi va natijada kortikosteroidlarning tizimli noxush ta'siri rivojlanishi mumkin.
Gidrokortizon teri orqali qonga so‘rilishi va immunosupressiv ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun preparat qo‘llanilayotgan paytda patsiyent virus infektsiyalari (suvchechak, qizamiq) ni yuqishidan saqlanishi kerak.
Psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatda oksitetratsiklin bo‘lgani uchun va quyoshga allergiya yuz berishi mumkinligini nazarda tutib, quyosh nuri va sun'iy UB-nurlaridan (masalan solyariydan) saqlanish kerak.
Dori preparatini qo‘llash, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo‘llash, oksitetratsiklinga chidamli bakteriyalarning shtammlarini yoki zamburug‘larni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Oksikort dori vositasi qo‘llanganida yangi infektsiyalarning simptomlari paydo bo‘lgan hollarda, preparatni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolashdan oldin mavjud bo‘lgan teri osti to‘qimasidagi atrofik o‘zgarishlarda, ayniqsa keksalarda, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir etmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari kuzatilmagan.
Agar preparat terining katta sohalarida, katta dozalarda, okklyuzion bog‘lovlar ostida yoki shikastlangan teriga qo‘llanilganda, u qonga o‘tishi va kortikosteroid yoki oksitetratsiklinning tizimli ta'sirini chaqirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 g dan ichi laklangan alyumin tubalarda.
1 tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalar berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Jelfa A.J. farmzavodi
58-500, Yelenya Gura, V.Polya ko‘ch., 21 Polsha
Qayd qilish guvohnomasi egasi
“VALEANT” MChJ, Rossiya
Mahsulot sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shabolovka ko‘ch., 31 uy, 5 qur.
Telefon/faks +7 495 510 28 79
Elektron pochta Office.RU@valeant.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.