Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Синафлан мазь 0,025% 15г Борисовский (2161024##2 424) |
UZS 8 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Флуоцинолона ацетонид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Борисовский завод
Chiqarilish shakli
Sirtga surtish uchun malham
Sinaflan maz 0.025% 15g Borisovskiy haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinaflan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fluotsinolon atsetonidi (fluocinolone acetonide)
Dori shakli
0,25 mgg sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
15 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 3,75 mg fluotsinolon atsetonidi;
yordamchi moddalar propilenglikol, yumshoq oq parafin, suvsiz lanolin, serezin.
Ta'rifi oqdan sariq rangligacha, bir xil konsistentsiyali surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun yuqori faollikka ega glyukokortikosteroid.
ATX kodi D07AC04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid; yallig‘lanish mediatorlarni ajralib chiqishini tormozlaydi. Teriga ta'sir etganida neytrofillarning chegaraviy to‘planishini oldini oladi, bu yallig‘lanish ekssudatini va sitokinlar ishlab chiqarilishini kamayishiga, makrofaglar migratsiyasi tormozlanishiga, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarini kamayishiga olib keladi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Tizimli so‘rilish darajasi past bo‘lganligi tufayli sinaflan sirtga qo‘llanilganda organizmga ahamiyatli tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Mahalliy glyukokortikosteroidlarga javob beruvchi va kuchli qichishish yoki giperkeratoz bilan kechuvchi terining yallig‘lanishli va allergik kasalliklarida qisqa muddatli davolash uchun qo‘llanadi.
Suvsiz, yog‘ saqlovchi Sinaflan surtmasi quruq teri va surunkali jarayonlarda qo‘llash uchun afzal.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni oz miqdori sutkada 1-2 marta surtiladi va yengil ishqalanadi. 2 yoshdan oshgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan sutkada 1 marta shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanadi. 2 yoshdan kichik bolalarda dori vositasi qo‘llanmaydi. Bolalarda maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi, kasallik uzoq davom etganda – 2 haftani tashkil qiladi. Dori vositasini yirik (tana yuzasining 20% dan ko‘proq) shikastlanish sohalariga surtishdan saqlanish kerak. Medikamentoz bo‘lmagan surtma bilan birga qo‘llash mumkin agar surtma kuniga bir marta surtilsa, 12 soatdan keyin medikamentoz bo‘lmagan surtmani surtish mumkin. Sinaflan surtmasini boshqa medikamentoz bo‘lmagan surtma bilan davolash intervalini har haftada o‘zgartirish qismi sifatida qo‘llash mumkin.
Surtmani okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash mumkin emas, faqat psoriazda dori vositasini yopiq bog‘lam ostida qo‘llash mumkin, uni har kuni almashtirish kerak. Yuz terisiga 1 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Surtma asosan dermatozlarning quruq shakllarida qo‘llash tavsiya etiladi.
Bolalar kattalarga nisbatan sezuvchan glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llaganda dori vositasi organizmga kirishi mumkin. Shuning uchun bolalarda Sinaflan surtmasi qisqa vaqt davomida (5 sutkadan ko‘p emas) va eng past samarali dozada qo‘llanadi. Bolalarda dori vositasini faqat terining katta bo‘lmagan (tana yuzasi maydonining 10% gacha) sohalarida qo‘llash kerak. Surtmani bolaning yuziga surtishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan eshakemi, allergik kontakt dermatit, terini ta'sirlanishi, atrofik chiziqlar, dog‘li-papulyoz toshma, applikatsiya sohasida teri matseratsiyasi, teri butunligini buzilishi, giperkeratoz, perioral dermatit, furunkulyoz. Terining ikkilamchi infektsion shikastlanishi va unda atrofik o‘zgarishlar (terini achishishi, qichishishi, qurishi, steroid husnbuzar, follikulit) rivojlanishi mumkin. Uzoq vaqt qo‘llanilganda teri atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, purpura, pigmentatsiyasini buzilishi, gipertrixoz, alopetsiya, ayniqsa ayollarda.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan terining katta yuzalariga surtilganda gastrit, me'daning steroid yarasi paydo bo‘lishi mumkin.
Endokrin tizimi tomonidan giperglikemiya. Terining katta sohalariga surtilganda tizimli ko‘rinishlar buyrak usti bezi yetishmovchiligi, Itsenko-Kushing sindromi, steroid qandli diabet kuzatilishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan organizmni qarshilik ko‘rsatishini pasayishi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda quyidagilar kuzatilishi mumkin ikkilamchi immuntanqislik (surunkali infektsion kasalliklarni zo‘rayishi, infektsion jarayonni tarqalishi, opportunistik infektsiyalarni rivojlanishi), reparativ jarayonlarni sekinlashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya, shishlar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Boshqa GKS larga yuqori sezuvchanlik, oddiy husnbuzar. Bakterial, virusli, zamburug‘li kasalliklar. Anogenital qichishish, perioral dermatit, piodermiya, suvchechak, gerpes, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz, teri o‘smalari. Teri infektsiyalari, sifilisning teri ko‘rinishlari, teri tuberkulyozi, taglik dermatiti, pushti husnbuzar, venalarni varikoz kengayishi bilan bog‘liq trofik yaralar, applikatsiya sohasida yaralar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, homiladorlik, emizish davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Vaktsinatsiyadan keyin qo‘llanilmasin. Preparat oftalmologiyada qo‘llanilmaydi.
Homiladorlik. Dori vositasini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davri. Fluotsinolon atsetonidini odam ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Boshqa glyukokortikoidlar ko‘krak suti bilan ajraladi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki tananing katta sohalariga ishlov berilganda ayol emizmasligi kerak. Chaqaloqni ishlov berilgan teri yuzasi bilan kontaktidan saqlanish kerak.
Ehtiyotkorlik choralari
Agar preparat ta'sirlanish simptomlari yoki teri allergik reaktsiyalari (terini qichishishi, achishishi yoki qizarishi) ni chaqirsa, uni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Uzluksiz 2 xaftadan ortiq qo‘llanilmasin. Tananing katta yuzasida uzoq vaqt! qo‘llaganda nojo‘ya ta'sirlarni namoyon bo‘lish tez-tezligi va shishlar, gipertenziya, giperglikemiya, organizmni qarshilik ko‘rsatishini pasayishi rivojlanishi oshadi.
Preparatni yuzga surtish mumkin emas. Ko‘zlarga tushishidan saqlansin. Davolash vaqtida keng kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Infektsiya bilan kechuvchi teri kasalliklarini davolash uchun preparatni antimikrob vositalar bilan birga buyurish tavsiya etiladi. Okklyuzion bog‘lamlarni qo‘llaganda biokiraolishligini oshishi tufayli GKS uchun xarakterli bo‘lgan umumiy rezorbtiv samaralar rivojlanishi mumkin. Preparatni sirtga qo‘llaganda quyidagilar kuzatilishi mumkin gipofiz tomonidan AKTG ishlab chiqarilishini kamayishi, buyrak usti bezi-gipofiz tizimini susayishi, qonda kortizol darajasini kamayishi va preparat bekor qilingandan keyin o‘tib ketadigan yatrogen Itsenko-Kushing sindromini rivojlanishi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda AKTG tomonidan buyrak usti bezini rag‘batlantirilgandan keyin qonda va siydikda kortizolni aniqlash yo‘li bilan buyrak usti bezi faoliyatini muntazam nazorat qilish ko‘rsatilgan.
Preparatni qo‘llash joyida infektsiya rivojlangan hollarda davolashni bekor qilish va tegishli antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni o‘tkazish kerak. Yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek kataraktasi bo‘lgan patsiyentlarda kasallik simptomlarini kuchayishi mumkinligi tufayli, surtmani qovoqlar yoki ko‘z atrofidagi teriga qo‘llashdan saqlanish kerak. Kortikosteroidlar teri orqali so‘rilishi mumkinligi tufayli, uzoq vaqt davolash, tananing katta yuzalarida qo‘llash, okklyuzion bog‘lam ostida va bolalarda qo‘llashdan saqlanish kerak. Kattalarga nisbatan bolalarda tana yuzasi-tana vazni nisbati yuqoriroq ekanligi tufayli, ular glyukortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta'siri, shu jumladan gipotalamo-gipofizo-buyrak usti tizimi disfunktsiyasi va Kushing sindromi xavfga ko‘proq moyildirlar. Kortikosteroidlar bilan davolash bolalarni o‘sishi va rivojlanishiga nojo‘ya ta'sir ko‘rsatishi mumkin. AKTG tomonidan buyrak usti bezini rag‘batlantirilgandan keyin qonda va siydikda kortizolni aniqlash yo‘li bilan buyrak usti bezi faoliyatini muntazam nazorat qilish ko‘rsatilgan. Surtmani qo‘llash joyida infektsiya rivojlangan hollarda davolashni bekor qilish va tegishli antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni o‘tkazish kerak. Agar infektsiya simptomlari o‘tib ketmasa, infektsiyani davolash davrida surtmani qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Teri osti kletchatkasi atrofiyasi bo‘lganda, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni ko‘zlarga, shilliq qavatlarga va yaralarga tushishidan saqlansin.
Glaukoma yoki katarakta paydo bo‘lishi xavfi tufayli, preparat ko‘z atrofidagi sohalarda qo‘llanilmasin.
Psoriazi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash preparatga chidamlilik chaqirgan kasallikni qaytalanishi, tarqalgan pustulyoz psoriaz paydo bo‘lishi va teri disfunktsiyasi chaqirgan tizimli toksiklik xavfi tufayli xavfli bo‘lishi mumkin.
Hatto qisqa muddat qo‘llagandan keyin ham ko‘p so‘rilishi va nojo‘ya ta'sirlar (teleangioektaziya, dermatitis perioralis) rivojlanishini yuqori xavfini e'tiborga olib, yuz terisi, shuningdek chov va qo‘ltiq osti sohasi terisida faqat juda zarur holatlarda qo‘llanilsin.
Teri osti kletchatkasi atrofiyasi bo‘lgan, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Tegishli antitelalarni ishlab chiqarilishi ko‘rinishida adekvat immunologik javob kuzatilmasligi ehtimoli tufayli, davolash vaqtida suvchechakka qarshi emlash, shuningdek immunizatsiyaning boshqa turlarini (ayniqsa terining katta sohalarida uzoq vaqt qo‘llanilganda) o‘tkazish tavsiya etilmaydi. Preparat lanolin saqlaydi. U mahalliy teri reaktsiyalari (masalan kontakt dermatit) chaqirishi mumkin. Preparat propilenglikol saqlaydi. U terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin. Sut bezlari terisida qo‘llash mumkin emas.
Surtmani genital yoki anal sohasida qo‘llash mumkin emas, yordamchi modda – oq yumshoq parafin ta'sirida lateks prezervativlarning mustahkamligini pasayishi va yorilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tizimli ta'sirga ega glyukokortikosteroid preparatlari preparatning samaradorligini oshiradi, lekin shu bilan bir qatorda nojo‘ya samaralar rivojlanishi ehtimoli ham oshadi. NYaQV bilan birga qo‘llash tizimli va mahalliy nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Gipotenziv, diuretik, antiaritmik dori vositalari, kaliy preparatlarining faolligini kamaytiradi. Diuretik dori vositalari (kaliy tejovchilardan tashqari) gipokaliyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Preparat immunosupressiv dori vositalarining ta'sirini kuchaytirishi va immunitetni rag‘batlantiruvchi dori vositalarning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terining katta bo‘lmagan sohalarida faqat qisqa davolash kurslari bilan qo‘llanilsin. Davolash vaqtida erkin kiyim kiyish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari dori vositasini surtish joyida terini qichishishi va achishish, giperglikemiya, glyukozuriya, Itsenko-Kushing sindromi.
Davolash preparatni asta-sekin bekor qilish fonida simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
15 g dan surtma alyumin tubalarda.
Saqlash sharoiti
5°C dan 15°C gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Borisov sh., Minsk vil., Chapayev ko‘ch., 6427
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.