Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Линимент бальзамический 40 гр (по Вишневскому) Борисовский (1570624##2 395) |
UZS 10 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Производитель
Борисовский завод
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Liniment balzamicheskiy 40 gr (Vishnevskiy) Borisovskiy haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Liniment balzamicheskiy (po Vishnevskomu)
Dori shakli
liniment
Tarkibi
Har bir tuba (40 g) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar qayin qatroni – 1,2 g; kseroform – 1,2 g;
yordamchi moddalar suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kanakunjut moyi.
Ta'rifi och-jigarrangdan to yashil jigarranligacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli liniment.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va dezinfektsiyalovchi dori vositalari.
ATX kodi D08AX.
Qo‘llanilishi
Dori vositasini yiringli jarohatlarni, yaralarni, yotoq yaralarni (yotganda ularga bo‘lgan uzoq vaqt bosim oqibatidagi to‘qimalarni o‘lishi) davolashda, shuningdek yuza yallig‘lanish jarayonlarida (tromboflebitlar, saramas yallig‘lanishi) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda sirtga qo‘llanadi. Terining shikastlangan sohalariga jarayonni kechishini og‘irligi va preparatni o‘zlashtiraolinishiga ko‘ra yupqa qilib, sutkada 2-3 marta surtiladi.
Bog‘lov ostida qo‘llangan hollarda, uni qo‘yishdan oldin jarohatni nekrozga uchragan to‘qimalardan tozalanadi, pufaklar yoriladi, antiseptik eritma bilan yuviladi. Preparat surtilgan 5-6 qavatli dokani ustiga qo‘yilgan bog‘lov qo‘yiladi va mustahkamlanadi. Bog‘lovni 2-3 kunda 1 marta almashtiriladi. Davolash kursi 10-12 sutkani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganda dori vositasi surtilgan joyda terini qizarishi, shishi, qichishishi ko‘rinishidagi ta'sirlanish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qatronga va kseroformga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Liniment faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni shilliq qavatiga, ayniqsa ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymang. Tasodifan tushgan hollarda ularni ko‘p suv bilan yuvish kerak.
Linimentni surtib bo‘lgandan keyin qo‘llarni preparatni qoldiqlari ko‘zga, burunga, og‘izgatushib qolishini bartaraf qilish uchun yaxshilab yuvish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya. Homiladorlik va laktatsiyada ona uchun bo‘lgan foyda va homila/bola uchun bo‘lgan potentsial xavf nisbatini hisobga olgan holda faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llashga yo‘l qo‘yish mumkin.
Bolalar. Xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri. Ta'riflanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat qo‘llanganda mahalliy allergik reaktsiya ko‘rinishlari (toshmalar, qichishish) yuz berishi mumkin, bu desensibilizatsiya qiluvchi davolashni o‘tkazishni talab etadi.
Chiqarilish shakli
40 g dan tubalarda o‘ramda №1.
Saqlash sharoiti
15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» OAJ, Belarus Respublikasi,
Minsk viloyati, Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64, tel/faks +375 (177) 735612, 731156.