Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Livamikol maz 30 g
Nomi | Narx | |||||
Ливамиколь мазь 30г (0100923##1974) |
UZS 12 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ливамиколь мазь 30г (0090923##2 112) |
UZS 12 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлорамфеник, метилурацил
Страна производитель
Украина
Дозировка
30 г
Производитель
Борщаговский ХФЗ
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Livamikol-BXFZ
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) xloramfenikol, 6-metiluratsil
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 7,5 mg xloramfenikol (100% quruq moddaga qayta hisoblanganda), 40 mg 6-metiluratsil (100% quruq moddaga qayta hisoblanganda);
yordamchi moddalar polietilenglikol 400, polietilenglikol 1500.
Ta'rifi oq yoki och sarg‘ish tusli oq rangli, bir xil konsistentsiyali surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
jarohatlarni bitishiga (chandiqlanishiga) yordam beruvchi preparatlar.
ATX kodi D03A X.
Farmakologik xususiyatlari
Antimikrob, reparativ va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi xloramfenikol, ta'sir mexanizmi mikroorganizmlarning oqsillari sintezini izdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan antimikrob ta'sir ko‘rsatadi. Bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga (stafilokokk, streptokokk, ko‘k yiringli va ichak tayoqchalariga) nisbatan faol. Metiluratsil hujayra regeneratsiyasi jarayonini tezlashtiradi, jarohatlarni chandiqlanishiga yordam beradi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Polietilenoksid asosi jarohat ekssudatini adsorbtsiya qiladi, dori vositalarining faolligini potentsiya qiladi. Preparat biologik membranalarni shikastlamasdan to‘qimalarga o‘tadi, biroq preparatni teriga, yaralarga, shilliq qavatlariga qo‘llagandan so‘ng tizimli so‘rilish darajasi noma'lum.
Qo‘llanilishi
Yarali jarayonlarning birinchi bosqichidagi (aralash mikroflorali infektsiyalangan) yiringli yaralarni, trofik yaralarni, yotoq yaralarni, infektsiyalangan kuyishlar, furunkullarni, karbunkulalarni davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
.
Livamikol-BXFZ kattalar va 3 yoshdan katta bolalarga sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Steril dokali salfetkalar surtma bilan shimdiriladi va jarohatga qo‘yiladi. Surtmani yiringli bo‘shliqqa kateter (drenaj naycha) orqali shprits yordamida yuborish mumkin. Bunday hollarda Livamikol-BXFZ oldindan 35-36oS gacha isitiladi. Bog‘lovlar jarohat yiringli-nekrotik massalardan to‘liq tozalangungacha va ularni granulyatsiyasi boshlangungacha har kuni qo‘yiladi. Yara yuzasining maydoni katta bo‘lsa, surtmaning sutkalik doza xloramfenikolga qayta hisoblanganda 3 g dan oshmasligi kerak. Surtma jarohatning birinchi sutkasidan boshlab 4 kun davomida qo‘llanadi. Livamikol-BXFZ giperosmolyar surtmasini uzoq vaqt qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u jarohatlanmagan hujayralarda osmotik shok chaqirish xususiyatiga ega. Davolashning 5-7 sutkalarida jarohatlangan to‘qimalarni butunligini tiklaydigan preparatga almashtirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri toshmalari), dermatitlar, achishish hisi, qichishish, mahalliy shish, giperemiya, angionevrotik shish, eshakemi rivojlanishi mumkin. Bunday xolatlarda surtmani qo‘llashni bekor qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• psoriaz, ekzema, terining zamburug‘li shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qon yaratilishini susaytiruvchi preparatlar (sulfanilamidlar, sitostatiklar, pirazolin xosilalari bilan) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirtga qo‘llanadigan antibakterial vositalarni ishlatish terini sensibilizatsiyasiga olib kelishi mumkin, bu ushbu preparatni sirtga yoki tizimli ta'sir qiluvchi dori ko‘rinishida keyinchalik qo‘llaganda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanishi bilan kechadi.
Yiring yoki nekrotik massalarni mavjudligida preparatning antibakterial ta'siri saqlanib qoladi. Surtmani ko‘zning shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatni uzoq muddat (1 oydan ortiq) qo‘llaganda qonning periferik manzarasini nazorat qilish zarur.
Dori vositasini qo‘llash qoidasini buzmaslik kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash, faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina maqsadga muvofiqdir.
Bolalar.
Preparatni bolalarda 3 yoshdan boshlab qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabarlar yo‘q. Shunday bo‘lsada, uzoq muddat (5-7 kundan ortiq) sirtga qo‘llash, preparatni sirtga keyingi marta qo‘llaganda yoki tizimli qo‘llash uchun dori shakli ko‘rinishida qo‘llaganda yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini rivojlanishi bilan kuzatiladigan ko‘pincha kontakt sensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin. Livamikol-BXFZ ni qo‘llanganda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Surtma 30 g dan tubada va 1 tuba qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 8oS dan 15oS gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili.
«Nauchno-proizvodstvenniy tsentr «Borsh'agovskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» jamoa aktsionerlik jamiyati
Ukraina, 03134, Kiyev sh., Mir ko‘ch., 17.