Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Olazol aerozol 80ml
Nomi | Narx | |||||
ОЛАЗОЛЬ аэрозоль 80мл (330723##2 130) |
UZS 51 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлорамфеникол, облепихи масло, бензокаин, борная кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
80 мл
Производитель
ЗАО "Алтайвитамины", Россия
Форма выпуска
Аэрозоль
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
OLAZOL
Guruhlash nomi Benzokain+Borat kislotasi+Chakanda mevalarining moyi+Xloramfenikol
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun aerozol
Tarkibi
1 ballonga 60 g, 80 g
Chakanda moyi 5,40 g, 7,20 g
Xloramfenikol 1,62 g, 2,16 g
Benzokain (anestezin) 1,62 g, 2,16 g
Borat kislotasi 0,27 g, 0,36 g
Yordamchi moddalar
Trolamin 1,62 g, 2,16 g
Suvsiz lanolin 0,27 g, 0,36 g
Stearin kislotasi 2,16 g, 2,88 g
Glitserol 5,40 g, 7,20 g
Tozalangan suv 35,64 g, 47,52 g
22 va 142V, xladonlarning aralashmasi
(diftorxlormetan+diftorxloretan) 6,00 g, 8,00 g
Ta'rifi preparat ballondan chiqishda sariq yoki biroz to‘q-sariq tusli sariq rangli ko‘pik hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Majmuaviy mikroblarga qarshi vosita.
ATS kodi
[D08AX]
Farmakologik xususiyatlari
Jarohatlarni bitkazuvchi vosita. Preparat og‘riqsizlantiruvchi va antibakterial ta'sir ko‘rsatadi, ekssudatsiyani kamaytiradi, to‘qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi va jarohatlarning epitelizatsiyalanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Qo‘llanilishi
Infektsiyalangan jarohatlar (shu jumladan sust bitayotgan jarohatlar), trofik yaralar, kuyishlar, erkin teri plastikasi, mikrobli ekzema, qichishuvchi dermatitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Jarohat yuzasi iloji boricha yiring, nekrotik to‘qimalardan tozalanadi va har kuni yoki kunora ko‘pikning birtekis qavati bilan, jarohatlar va kuyishlarni ochiq davolashda esa – yallig‘lanishning xarakteri va shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasining bosqichiga qarab, sutkada 1-4 marta qoplanadi. Davolash kursi davolovchi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Ko‘pikning bir tekis qavatini hosil qilish uchun ballonni silkitish kerak (10-15 marta). Ko‘pik 1-5 sm masofadan jarohat yuzasi butunlay yopilgunicha qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Davolash davrida tizimli antibakterial davolashdan foydalanish mumkin.
Boshqa sirtki dori vositalari bilan qo‘llashning imkoniyati va zarurati yallig‘lanishning xarakteri va shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasining bosqichiga qarab, davolovchi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
60 g va 80 g dan aerozol alyuminiy ballonlarda. Ballon purkagich-uchlik va himoyalovchi qopqopcha bilan karton qutida. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma matni qutiga tushiriladi.
Saqlash sharoiti
15°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, olov manbalaridan, isituvchi asboblardan va to‘g‘ri quyosh nurlaridan uzoqda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«Altayvitaminы» YoAJ
Manzili 659325, Rossiya, Oltoy o‘lkasi, Biysk sh., Zavodskaya ko‘ch., 69