Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Декспантенол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
5%
Производитель
Фармстандарт Леедства ОАО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Aerozol
Pantenol-Farmstandart aerozol 5% 58g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantenol Farmstandart
Halqaro patentlanmagan nomi dekspantenol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun aerozol.
Tarkibi
Bir ballon quyidagilarni saqlaydi
faol modda dekspantenol (D-pantenol) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 2,50 g;
yordamchi moddalar emulgatsiya qiluvchi A tip setostearil spirti (tsetostearil spirti 80%, natriy setostearilsulfati 7%) – 0,75 g, makrogol glitserilkokoati – 0,50 g, propilenglikol – 5,00 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,10 g, kaliy digidrofosfati (kaliy monofosfati) – 0,36 g, natriy gidrofosfat dodekagidrati –0,01 g, suv (tozalangan suv) – 40,78 g, tetraftoretan (xladon 134 a) – 8,00 g.
Ta'rifi preparat ballondan chiqarilganda oq rangli, sust o‘ziga hos hidli ko‘pik hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
to‘qimalar trofikasi va reparatsiyasi stimulyatori.
ATX kodi D03AX03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pantoten kislotasining hosilasidir. Organizmda Deksapantenol koenzim A ning tashkiliy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va atsetilizatsiya, uglevodlar va yog‘ almashinuvi jarayonlarida, atsetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi, teri, shilliq qavatini regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini me'yorlashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarini mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiya qiluvchi, metabolik va sust yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi, uni qondagi kontsentratsiyasi - 0,5-1 mg/l, qon zardobidagi 100 mkg/l ni tashkil qiladi. Pantoten kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi (Ko-A ga kirishishidan tashqari), o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terini qurishi, teri qoplamalari butunligini buzilishi mayda shikastlanishlar, kuyishlar (shu jumladan quyoshdan), tirnalishlar, bullyoz dermatit, abstsess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operatsiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bitadigan teri transplantatlari, bachadon bo‘yni eroziyasi, laktatsiya davrida ko‘krakni parvarish qilish (sut bezlari so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishi), emizikli bolalarni parvarish qilish (bichilish) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy shikastlangan sohaga surtiladi. Qo‘llashdan avval aerozol ballonini bir necha marta yaxshilab chayqatiladi va himoyalovchi qalpoq yechiladi. Klapan uchiga kiydirilgan uchlik shikastlangan sohaga keltiriladi va uchlikni sekin bosib, butun shikastlangan soha plyonka bilan koplanishi uchun preparatni shikastlangan sohaga 10-20 sm masofada 1-2 sekund davomida sepiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda terining allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pantenol Farmstandart aerozoli preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan,
Adabiyot ma'lumotlariga ko‘ra, Pantenol Farmstandartni tizimli qo‘llanishi suktsinilxolinning samarasini uzaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aerozolli ballon bosim ostida bo‘ladi! Shuning uchun uni tushib ketishlardan, zarblardan va bevosita quyosh nurlarining ta'siridan himoyalash lozim. Ballonni qo‘llash tugagandan keyin ochmaslik va yoqmaslik kerak. Preparatni ochiq olov yoki kizigan predmetlar yaqinida sepish mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Pantenol Farmstandartni homiladorlik va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek yuqori diqqat va ruhiy harakat reaktsiyalarining tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasini oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan. Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallanganligi tufayli, dozani oshirib yuborilish belgilarini rivojlanish ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
5% sirtga qo‘llash uchun aerozol.
Uzluksiz ta'sirga ega klapani va himoya qalpoqchasi bo‘lgan shisha yoki alyuminli ballonda 58 g.
1 ballon purkagichi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Farmstandart-Leksredstva” OAJ, 305022, Kursk sh., 2-aya Agregatnaya ko‘ch., 1a/18 uy.
Tel.faks (4712) 34-03-13, www.pharmstd.ru